scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI O'RTASIDA MINTAQAVIY IQTISODIY INTEGRATSIYA IMKONIYATLARI

Eshmaxmatov Ulug'bek Erkin o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlari, ularning mavjud holati, imkoniyatlari va istiqbollari tahlil qilinadi. Maqolada integratsiyaning asosiy yo‘nalishlari – savdo-iqtisodiy aloqalar, transport-logistika infratuzilmasi, energetika hamkorligi va bojxona tartiblarini uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, integratsiyani cheklovchi muammolar – siyosiy ishonchsizlik, iqtisodiy raqobat, tashqi ta’sirlar va institutsional nomuvofiqliklar ham tahlil etiladi. Muallif mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro bozorlarga chiqishda birgalikdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini asoslaydi. Maqola yakunida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berilgan

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 255 MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI O‘RTASIDA MINTAQAVIY IQTISODIY INTEGRATSIYA IMKONIYATLARI Qarshi Davlat Universiteti o‘qituvchisi Eshmaxmatov Ulug‘bek Erkin o‘g‘li Annotatsiya: Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlari, ularning mavjud holati, imkoniyatlari va istiqbollari tahlil qilinadi. Maqolada integratsiyaning asosiy yo‘nalishlari – savdo-iqtisodiy aloqalar, transport-logistika infratuzilmasi, energetika hamkorligi va bojxona tartiblarini uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, integratsiyani cheklovchi muammolar – siyosiy ishonchsizlik, iqtisodiy raqobat, tashqi ta’sirlar va institutsional nomuvofiqliklar ham tahlil etiladi. Muallif mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish, raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro bozorlarga chiqishda birgalikdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini asoslaydi. Maqola yakunida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, iqtisodiy integratsiya, mintaqaviy hamkorlik, savdo aloqalari, transport infratuzilmasi, bojxona siyosati, energetika integratsiyasi, siyosiy ishonch, iqtisodiy raqobat, institutsional muvofiqlik, barqaror rivojlanish, xalqaro hamkorlik, mintaqaviy tashkilotlar. Abstract. This article analyzes the processes of regional economic integration among the Central Asian countries, their current status, opportunities and prospects. The article examines the main areas of integration - trade and economic relations, transport and logistics infrastructure, energy cooperation and harmonization of customs procedures. It also analyzes the problems limiting integration - political uncertainty, economic competition, external influences and institutional inconsistencies. The author substantiates the need to effectively use joint opportunities to achieve sustainable economic growth, increase competitiveness and access to international markets through deepening regional integration. At the end of the article, practical proposals and recommendations are given to strengthen economic integration among the Central Asian countries. Keywords. Central Asia, economic integration, regional cooperation, trade relations, transport infrastructure, customs policy, energy integration, political trust, economic competition, institutional coherence, sustainable development, international cooperation, regional organizations. Аннотация. В статье анализируются процессы региональной экономической интеграции стран Центральной Азии, их текущее состояние, возможности и перспективы. В статье рассматриваются основные направления интеграции – торгово-экономические отношения, транспортно-логистическая инфраструктура, энергетическое сотрудничество и гармонизация таможенных процедур. Анализируются проблемы, ограничивающие интеграцию – политическая неопределенность, экономическая конкуренция, внешнее влияние и институциональные противоречия. Обосновывается необходимость эффективного использования совместных возможностей для достижения устойчивого экономического роста, повышения конкурентоспособности и доступа к международным рынкам посредством углубления региональной интеграции. В конце статьи даны ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 256 практические предложения и рекомендации по укреплению экономической интеграции стран Центральной Азии. Ключевые слова. Центральная Азия, экономическая интеграция, региональное сотрудничество, торговые отношения, транспортная инфраструктура, таможенная политика, энергетическая интеграция, политическое доверие, экономическая конкуренция, институциональная согласованность, устойчивое развитие, международное сотрудничество, региональные организации. Kirish. Globalizatsiya va xalqaro iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi sharoitida mintaqaviy integratsiya jarayonlari davlatlar iqtisodiy taraqqiyotining muhim omiliga aylanib bormoqda. Ayniqsa, geografik, tarixiy, madaniy va iqtisodiy jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan hududlarda integratsion hamkorlikning kuchayishi barqaror rivojlanish, savdo hajmining oshishi va umumiy infratuzilmaning shakllanishiga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu mintaqada joylashgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston o‘zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish orqali ichki bozorlardagi to‘siqlarni kamaytirish, tashqi bozorlarga chiqishda yagona pozitsiyani shakllantirish hamda umumiy taraqqiyotga erishish imkoniyatiga ega. Biroq, mintaqaviy integratsiya jarayonining amalga oshishida muayyan cheklovlar va muammolar ham mavjud. Mazkur maqolada Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida iqtisodiy integratsiyaning real imkoniyatlari, asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari tahlil qilinadi, mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganiladi. Mavzuga oid ma’lumotlar tahlili. Bugungi globallashuv sharoitida mintaqaviy iqtisodiy integratsiya davlatlar uchun nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki siyosiy barqarorlik va tashqi bozorlarga samarali chiqishning muhim vositasiga aylanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston – geografik yaqinlik, tarixiy hamjihatlik va resurslarning to‘ldiruvchi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shunga qaramay, mintaqada iqtisodiy integratsiya jarayonlari hali to‘liq shakllanmagan bo‘lib, bu boradagi imkoniyatlar va muammolar kompleks tahlilni talab qiladi. Birinchi navbatda, mintaqa davlatlarining iqtisodiy tuzilmalari o‘zaro to‘ldiruvchi xususiyatga ega. Masalan, Qozog‘iston neft, gaz va rangli metallar eksporti bo‘yicha yetakchi bo‘lsa, O‘zbekiston mehnat resurslari, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida salohiyatga ega. Tojikiston va Qirg‘iziston suv-energetika resurslariga boy, Turkmaniston esa gaz eksporti hisobiga asosiy daromad topadi. Ushbu resurs va yo‘nalishlar o‘rtasidagi farqlilik ularni iqtisodiy jihatdan birbiriga bog‘lash imkonini yaratadi. Bu esa integratsiyaning tabiiy asosidir. Biroq iqtisodiy aloqalarning mavjud holati bu salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston tashqi siyosatini ochiq va pragmatik yo‘nalishga burib, qo‘shni davlatlar bilan savdo hajmini sezilarli darajada oshirdi. Masalan, O‘zbekistonning Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan o‘zaro savdosi 2016–2023 yillar oralig‘ida ikki barobarga yaqin o‘sdi. Ammo mintaqaviy savdo umumiy tashqi savdoga nisbatan hanuz 20% atrofida bo‘lib qolmoqda. Bojxona siyosatidagi tafovutlar, turli iqtisodiy ittifoqlarga a’zo bo‘lish (masalan, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zoligi) mintaqaviy integratsiya mexanizmlarini murakkablashtirmoqda. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 257 Integratsiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri – transport va logistika infratuzilmasidir. Markaziy Osiyo mintaqasi dengizga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani uchun tashqi bozorlarga chiqishda tranzit imkoniyatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Oxirgi yillarda bir qator strategik loyihalar – masalan, Trans-Kaspiy xalqaro transport yo‘lagi (TITR), Toshkent–Andijon–O‘sh– Kashgar yo‘nalishi, Termiz orqali Pokiston portlariga chiqish tashabbuslari – mintaqaning transport aloqalarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan. Bu esa integratsiyani chuqurlashtirish va savdoni kengaytirishga xizmat qiladi. Energetika sohasida ham o‘zaro hamkorlik muhim o‘rinda turadi. Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston tabiiy gaz va neft bo‘yicha eksportchi davlatlar sanalsa, Qirg‘iziston va Tojikiston gidroenergetika salohiyatiga ega. Shu sababli energetika integratsiyasi, ayniqsa mavsumiy ehtiyojlarni muvofiqlashtirishda, ya’ni yozda sug‘orish uchun suv, qishda esa elektr energiyasi bilan ta’minlashda strategik ahamiyatga ega. CASA-1000 kabi loyihalar elektr energiyasini mintaqalararo uzatish imkonini yaratadi va integratsion salohiyatni oshiradi. Biroq mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani sekinlashtirayotgan omillar ham mavjud. Eng avvalo, siyosiy ishonchsizlik, tarixiy ziddiyatlar, tashqi siyosiy ta’sirlar va iqtisodiy siyosatdagi nomuvofiqliklar mintaqaviy hamkorlikni cheklab kelmoqda. Aynan shu sababli, so‘nggi yillarda yo‘lga qo‘yilgan mintaqa yetakchilarining har yillik maslahat uchrashuvlari muhim platformaga aylangan. Bu uchrashuvlar orqali nafaqat ishonch mustahkamlanmoqda, balki integratsiyani institutsional asosda shakllantirish yo‘llari ham muhokama qilinmoqda. Xulosa va takliflar. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish bugungi kunda strategik ahamiyat kasb etmoqda. Mintaqa mamlakatlarining tabiiy resurslari, transport-geografik joylashuvi, iqtisodiy tuzilmalari va tarixiy-madaniy yaqinligi bu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay zamin yaratadi. Savdoiqtisodiy aloqalarning kengayib borayotgani, umumiy transport va energetika loyihalarining hayotga tadbiq etilishi, shuningdek, siyosiy yetakchilarning integratsiyani qo‘llab-quvvatlashi ushbu jarayonning ijobiy dinamikasini ko‘rsatmoqda. Biroq, iqtisodiy integratsiyaning to‘laqonli amalga oshishi uchun hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham mavjud. Jumladan, bojxona va tarif siyosatidagi tafovutlar, tashqi geosiyosiy bosimlar, suv va energetika resurslaridan foydalanishdagi ziddiyatlar hamda institutsional mexanizmlarning yetarli darajada shakllanmaganligi mintaqaviy hamkorlikni cheklab kelmoqda. Shu boisdan, integratsiyani chuqurlashtirish yo‘lida har bir davlat tomonidan uzviy siyosiy iroda, o‘zaro ishonch va muvofiqlashtirilgan harakat zarur. Kelgusida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish nafaqat mintaqa ichida barqaror rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka xizmat qiladi, balki xalqaro maydonda yagona iqtisodiy makon sifatida chiqish imkonini ham yaratadi. Bu esa mintaqani global iqtisodiy tizimda faol va ta’sirchan ishtirokchiga aylantiradi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Mirziyoyev Sh.M. Strategiya razvitiya Novogo Uzbekistana. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022. – 56 b. 2. Ziyodullaev U.T. Ma’naviy yangilanish va iqtisodiy integratsiya jarayonlari // Iqtisod va ta’lim. – 2022. – №4. – B. 23–29. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 258 3. Kurbanov R., Tadjibaeva M. Regional’noe ekonomicheskoe sotrudnichestvo v Tsentral’noj Azii: tendentsii i perspektivy // Tsentral’naya Aziya i Kavkaz. – 2021. – №2. – B. 57–65. 4. World Bank. Central Asia Regional Economic Outlook. – Washington D.C.: World Bank Publications, 2023. – 84 p. 5. Asian Development Bank. CAREC 2030: Connecting the Region for Shared and Sustainable Development. – Manila: ADB, 2022. 6. Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti. Markaziy Osiyo integratsiyasi: imkoniyatlar va cheklovlar. – Toshkent, 2023. 7. Jahon banki. O‘zbekiston iqtisodiy ko‘rsatkichlari: tahliliy hisobot. – Toshkent, 2023. 8. Osiyo Taraqqiyot Banki. CASA-1000 loyihasi bo‘yicha hisobot. – Manila, 2022. 9. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Tashqi savdo ko‘rsatkichlari (2019–2024). 10. United Nations Economic Commission for Europe (UNECE). Trade Facilitation in Central Asia. – Geneva, 2022.