QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONI OZIQ‑OVQAT SANOATIDA HUDUDIY RESURSLARDAN FOYDALANISH VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun hududdagi mavjud resurslar, ulardan foydalanish, shuningdek yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun tavsiyalar keltirilib o‘tilgan.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 267 QUYI AMUDARYO IQTISODIY RAYONI OZIQ‑OVQAT SANOATIDA HUDUDIY RESURSLARDAN FOYDALANISH VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Erkinov Qudrat To’lqinovich O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorazm akademik litseyi geografiya fani o’qituvchisi, Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti elektron pochta: [email protected] +99897-203-69-39 Annotatsiya: Ushbu maqolada Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish uchun hududdagi mavjud resurslar, ulardan foydalanish, shuningdek yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun tavsiyalar keltirilib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: iqtisodiy rayon, aholi zichligi, dehqonchilik yerlari, sug‘orish tizimlari, xususiy sektor Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O‘zbekistonning eng keng ijtimoiy‑iqtisodiy va tabiiy resurslarga ega mintaqalaridan biridir. Rayonga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Tabiiy sharoiti, sug‘oriladigan yerlari, iqlimi, aholi zichligi va mehnat resurslari ushbu hududda oziq‑ovqat sanoatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Maqolaning maqsadi - Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni hududidagi oziq-ovqat sanoatining holatini tahlil qilish, hududiy resurslardan foydalanishdagi imkoniyatlar va cheklovlar, hamda rivojlanish istiqbollarini aniqlashdan iborat. Rayon tarkibiga Qoraqalpoq Respublikasi va Xorazm viloyati kiradi. Maydoni 172,6 ming km², bu O‘zbekiston Respublikasining umumiy hududining 38,4 % ini tashkil qiladi. Asosiy yerlari sug‘oriladigan dehqonchilik yerlaridir. Quyi Amudaryoda paxta, sholi, poliz mahsulotlari, sabzavotlar, urug‘lik beda kabi ekinlar yetishtiriladi. Mineral - xomashyo resurslarining ham ayrim turlari mavjud bo‘lib, bularga tabiiy gaz, temir rudasi, fosforitlar, osh tuzi kabilarni misol qilib aytishimiz mumkin. Aholi hududlar bo’yicha noteks taqsimlangan. Xorazm vohasida aholining zichligi yuqori, lekin Orol dengizi tomonga qarab borgan sari zichlik kamayib boradi. Iqtisodiy rayonda aholining asosiy mehnat sohalari dehqonchilik, chorvachilik va kichik tadbirkorlik sohalari hisoblanadi. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni oziq‑ovqat sanoatini rivojlanlanishiga bir qator muammolar to’sqinlik qilishi mumkin, ularni quyidagicha izohlash mumkin: 1) Sug‘orish tizimlarining eskirishi va samarasi pastligi. 2) Suv resurslarining cheklanganligi, Orol dengizining qurib borishi ekologik muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 268 3) Infratuzilma, transport va logistika cheklovlari - mahsulotni bozorlarga yetkazish xarajatlari yuqori. 4) Texnologiyalar va zamonaviy uskunalar yetishmasligi - mahsulot sifatini va ishlab chiqarish hajmini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Quyi Amudaryo hududida oziq‑ovqat sanoatini rivojlantirish uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud: 1. Mahalliy xomashyo bazasi paxta, sholi, sabzavot - poliz mahsulotlari, urug‘lik beda va boshqalar hisoblanib, bular xomashyo, yog‘-moy, un-yorma, konserva, texnologik qayta ishlash sanoati uchun baza yarata oladi. 2. Suv resurslarini samarali foydalanish - sug‘orish infratuzilmalarini yangilash, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini, drip va sprinkler sistemalarini keng joriy etish mumkin. 3. Mineral resurslardan foydalanish - osh tuzi va boshqa minerallarni oziq‑ovqat sanoatida qayta ishlab, mineral tuz va kimyoviy ozuqalarni ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalanish. 4. Eksport salohiyati - Xalqaro bozorlarga poliz mahsulotlari, sabzavot, konserva, mevalar, urug‘, un-yorma kabi mahsulotlarni yetkazish mumkin. Organik dehqonchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ekologik tozaligi eksportga yo‘l ochadi. 5. Klasterlar va kichik sanoat zonalari tashkil etish – oziq-ovqat qayta ishlash korxonalari, muzlatish omborlari, logistika markazlari, qadoqlash zavodlari birlashtirilsa, xarajatlarni pasaytirish va mahsulot sifatini oshirish mumkin. 6. Innovatsiyalar va texnologiyalarni joriy etish - zamonaviy texnologiyalar, texnologik diagnostika, logistika, sovutish, saqlash, sifat nazorati, sertifikatlash tizimi yangilash. Rayonda oziq‑ovqat sanoatini rivojlantirish yo‘llari va strategik tavsiyalarni quyidagicha keltirib o’tish mumkin. 1. Sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish: 1) Suvni tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish (drip, sprinkler) va sug‘oriladigan yerlardan chiqqan va ifloslangan suvlarni tozalab, undan qayta foydalanish; 2) Suv ta’minoti va kanallar infratuzilmasini restavratsiya qilish. 2. Infratuzilma va transport aloqalarini yaxshilash: 1) Mahsulotni bozorlarga yetkazish tranzit yo‘llarini rivojlantirish; 2) Muzlatish, sovutish zanjirini (cold chain) takomillashtirish - sabzavot, meva va boshqa sezuvchanligi yuqori mahsulotlar uchun. 3. Moliya va investitsiyalarni jalb etish:
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 269 1) Qayta ishlash korxonalaridagi zamonaviy uskunalar, mehnat va texnik vositalarni yangilash; 2) Xususiy sektor, xorijiy investorlar va davlat-xususiy sheriklik yo‘li bilan investitsiyalarni rag‘batlantirish; 3) Kredit va subsidiyalar, soliq imtiyozlari, grantlar taklif etish. 5. Ekologik barqarorlik va iqlimga moslashish: 1) Yer unumdorligini saqlab turish, tuproq eroziyasi va sho‘rlanishini oldini olish choralari qo‘llash; 2) Rivojlanayotgan iqlim sharoitlariga mos navlar yaratish va ularga mos texnikalar tanlash; 6. Ta’lim va kadrlar salohiyatini oshirish: 1) Agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash; Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash o‘tish lozim, Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni oziq-ovqat sanoatining rivojlanishi uchun katta resurs va salohiyatga ega. Mahalliy iqlim va yer resurslari, aholi zichligi, ishlab chiqarish bazasi imkoniyatlar yaratadi. Biroq samarali rivojlanish uchun sug‘orish infrastrukturasini modernizatsiya qilish, sifat va texnologiyalarni yaxshilash, logistika tarmog‘ini mustahkamlash, investitsiyalar jalb qilish zarur. Agar shu yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlar ko‘rilsa, oziq-ovqat sanoati nafaqat ichki ehtiyojni qondiradi, balki eksport salohiyatini ham oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qurbonov Sh.B., Fedorko V.N. O‘zbekiston geografiyasi (II qism. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi). – T.: Yangi Chirchiq prints, 2024. – 384 b. 2. Ишчанов М. Экономико – географические проблемы развития орошаемого земледелия в низовьях Амударьи. – Т.: Фан, 1981. –101 с. 3. Вахабов А.В., Хажибакиев Ш.Х., Муминов Н.Г. Хорижий инвестициялар. – Т.: Молия, 2010. – 243 б. 4. Бектемиров К.К. Устойчивое развитие регионов экологического кризиса: методология и инструментарий применения в Приаралье. – Т.: Фан, 2006. – 160 с. 5. Солиев А., Қаршибоева Л. Иқтисодий географиянинг назарий ва амалий масалалари. – Т.: Зиё, 1999. – 181 б.