O'XSHATISHLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING O'RGANILISHI
Abstract
O’xshatish nutqiy hodisa hisoblanib, bir predmetning boshqa predmetga o’xshatilishini organuvchi badiiy san’at hisoblanadi. Uning lingvistik xususiyatlari tilshunoslikda keng o’rganilgan. Mazkur maqolada o’xshatishning o’ziga xos xususiyatlari va o’rganilishi bo’yicha ba’zi fikr-mulohazalar bayon qilingan.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 324 O’XSHATISHLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING O’RGANILISHI Murtazoyeva Mohidil Kamolovna Buxoro xalqaro universiteti magistri Annotatsiya: O’xshatish nutqiy hodisa hisoblanib, bir predmetning boshqa predmetga o’xshatilishini organuvchi badiiy san’at hisoblanadi. Uning lingvistik xususiyatlari tilshunoslikda keng o’rganilgan. Mazkur maqolada o’xshatishning o’ziga xos xususiyatlari va o’rganilishi bo’yicha ba’zi fikr-mulohazalar bayon qilingan. Kalit so’zlar: o’xshatish, turg’un o’xshatish, mushabbah, poeziya, metafora, shakily ko’rsatkichi, badiiylik. O’xshatish hodisasi nutqqa xos unsur sanaladi. Ma’lum bir predmetning boshqa biriga qiyoslanishi yoki taqqoslanishi bu hodisaning asosiy xususiyatidir. Mazkur hodisa qadimqadimdan ilm ahlini qiziqtirib kelgan. Buyuk faylasuf Aristotel poeziyani o’xshatish san’atiga qiyoslagan edi. U insoniyatning o’xshatish qobiliyati borligi uchun ham boshqa mavjudotlardan ajralib turishini va u barcha bilimlarini o’xshatishlarda olishini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, o’z umri davomida o’rganadigan nimanidir nimga qiyoslaydi, o’xshatadi vas hu asosda ilmini ravshanlashtiradi. O’xshatish – mumtoz adabiyotimizning keng qo’llanadigan san’at vositalaridan biri hisoblanadi. O’zbek adabiyotshunosligida bu hodisani dastlab XV asrning yirik namoyandalaridan Atoulloh Husayniy, Alisher Navoiy, Boburlar o’rganib tahlil qilganlar. Atoulloh Husayniy o’xshatishni ta’riflab shunday deydi: “Tashbih vasfta bir nimani bir nimag’a o’xshatmoqtin iboratdir. Anikim, tashbih qilurlar mushabbah derlar, va anikim, anga tashbih qilurlar, mushabbah bih derlar va ul vasfni vajh-i shibh derlar”.1 O‘xshatish tasvir obyektini boshqa narsa-hodisaga o‘xshatish orqali yorqin va bo‘rttirib tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo‘lib, bunda o‘xshatilayotgan narsa-hodisalar uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi. O’zbek tilshunosligida o‘xshatish hodisasi dastlab M.Mukarramov datslabki tadqiqotni amalga oshirganlar. Olim o’xshatishning asosiy vazifasi insonga estetik zavq bag’ishlash, deb ta’riflaydi. Ammo badiiy asarlar tarkibiga kiritilgan barcha o’xshatishlarga ham bunday ta’rif berib bo’lmasligini ta’kidlab, olim o’xshatishlar o’xshatish ob’yekti va o’xshatish sub’yekti ular orasidagi o’xshash belgining oldindan ma’lum yoki noma’lumligi bilan farqlanishini aytib o’tadi. Shu jihatda o’xshatishlarni ikki guruhga ajratamiz: 1. Umumxalq xarakteridagi o’xshatishlar. Bunda o’xshatilayotgan ob’yekt va sub’yekt o’rtasidagi belgi oldindan ma’lum bo’ladi. M.: osmondek musaffo, billurdek nozik, chinordek purviqor. 1Husayniy A. Badoyi’-us-sanoyi’. Forschadan Alibek Rustamov tarjimasi. – T.: G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1981, 214-bet.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 1, Oktabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 325 2. Badiiy o’xshatishlar. Bunday o’xshatishlarda o’xshatilayotgan va o’xshayotgan predmetlarga xos bo’lmagan noodatiy belgilar obrazli tarzda tasvirlanadi. Aynan mana shu jihat badiiy asarlarga xos bo’lgan badiiylikni yuzaga keltiradi. M.: “Tollar ning ko’m-ko’k sochpopuklari qizlarning mayda o’rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi”. Mazkur parchada tol daraxtining shoxlari qizlarning mayda o’rilgan sochlariga kutilmaganda, obrazli tarzda o’xshatilyapti. Bu esa o’xshatishni badiiy san’at darajasiga ko’tarilishiga hissa qo’shyapti. O’zbek tilshunos olimi R.Qong’urov va D.Xudoyberganovalar o’xshatishlarning semantikstilistik, sintaktik-shakliy va semantik-grammatik xususiyatlarini o’rgandilar. N.Mahmudov esa o’xshatishning milliy tafakkurimizda tutgan o’rni xususidagi qarashlarini bayon etdi. Olim o’xshatishlarning to’rt unsurdan iborat ekanligi, ular – o’xshatish sub’ekti, o’xshatish etaloni, o’xshatish asosi va o’xshatishning shakily ko’rsatkichi ekanligini asoslaydi. Bundan tashqari o’xshatish vositalari ham o’xshatishlarni hosil qilishda ba’zan muhim ba’zan esa nisbiy o’rin tutadi. Shunga ko’ra ular vositali va vositasiz turga bo’linadi. O’xshatish hosil qiluvchi leksik vositalarga kabi, singari, go’yo, xuddi, misli, misoli, singari ko’makchilari; -day (-dek), -simon, -ona, -larcha grammatik qo’shimchalardan tashkil topadi. G.Qobiljonova o’xshatishlarning metaforalar bilan o’xshashlik va farqli tomonlarini o’rgandi. F.Usmonov “O’zbek tilidagi o’xshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi” mavzusida dissertatsiyasini himoya qiladi va o’zbek tilidagi turg’un o’xshatishlar to’g’risida chuqur ilmiy ma’lumotlar beradi. S.Babanazarova ham turgun o’xshatishlarning kognitiv xususiyatlarini ilmiy tadqiq qiladi. Shuningdek. N.Mahmudov hamda D.Xudoyberganovalar “O’zbek tili o’xshatishlarining izohli lug’ati”ni tartib berib, bunga 500 dan ortiq o’xshatishlaning til xususiyatlarini yoritib berishgan. Xulosa qilib aytganda, o’xshatishlar tilimizning ta’sirchanligini oshirishda muhim hissa qo’shuvchi hodisalardan bo’lib, ularni o’rganishda tilshunoslikda katta ahamiyat qaratilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Husayniy A. Badoyi’-us-sanoyi’. Forschadan Alibek Rustamov tarjimasi. – T.: G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. 2. Mukarramov M. O’zbek tilida o’xshatishlar. – T.: Fan, 1976. 3. Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. – T.: Fan 2013. 4. Ҳожиаҳмедов А. Шеърий санъатлар ва мумтоз қофия. –Т.: “Шарқ”, 1998, 42-б. 5. Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. Тошкент: Фан, 1977, 42-бет. 6. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Т., 2002. 372-б. 7. Маҳмудов Н. Ўхшатиш содда гапларда семантик-синтактик асимметрия // Ж. Ўзбек тили ва адабиёти. –1986. -№ 6.