scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ONTOLINGVISTIKA VA BOLALAR NUTQINI O'RGANISHNING NAZARIY MUAMMOLARI

Musayeva Nafisa Kudratovna

Full text

58 ONTOLINGVISTIKA VA BOLALAR NUTQINI O‘RGANISHNING NAZARIY MUAMMOLARI Musayeva Nafisa Kudratovna Navoiy davlat universiteti, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387333 Annotatsiya: Ushbu maqolada ontolingvistika oid tadqiqotlar, bolaning nutqiy qobiliyati, uning kelib chiqishi, shakllanishi va keyingi rivojlanishi, shu jumladan, yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni o‘rganishi bilan kattalar nutqi lingvistikasidan farqlanishi yuzasidan fikr-mulohaza yuritilgan. Kalit so‘zlar: ontolingvistika, bolalar nutqi, antroposentrik yo‘nalish, lingvistik yo‘nalish, nutq, psixolingvistika, lisoniy va nolisoniy omillar. Abstract: This article discusses research related to ontolinguistics, the child's speech ability, its origin, formation, and subsequent development, including the study of age-related changes, which distinguishes it from adult speech linguistics. Keywords: ontolinguistics, children's speech, anthropocentric direction, linguistic direction, speech, psycholinguistics, linguistic and extralinguistic factors. Bolalar nutqi tilshunosligi − ontolingvistika o‘tgan asrning oxirgi choragida antroposentrik yo‘nalishda tadqiq etila boshlangan yosh ilmiy fanlar turkumiga kiradi. Ontolingvistika bolaning tilni o‘zlashtirish jarayoni, nutqiy faoliyatini tadqiq etishi bilan boshqa lingvistik yo‘nalishlardan ajralib turadi. Garchi isbot talab etilmaydigan haqiqat bo‘lsa-da, bolalar nutqi tilshunosligi yoki ontolingvistika alohida maqomga ega fan sifatida o‘z qimmati va ahamiyatini isbotlash bosqichida turibdi. Zero, inson nutqining rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish nafaqat ilmiyamaliy, balki milliy ahamiyatga ega muhim dolzarb masala sanaladi. Nutq orqali inson nafaqat muloqot qilish, atrofdagi olamni bilish, shaxsiyatini shakllantirish va namoyon etish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bugungi kunda bolalarni kattalar olamiga tayyorlash, ularni eng samarali tarzda ijtimoiylashtirish, lisoniy shaxs bo‘lish yo‘llarini ochib berish va izchil rivojlantirish zamonaviy antroposentrik tilshunoslikning muhim vazifalaridan sanaladi. Ontolingvistika bolaning nutqiy qobiliyatini: uning kelib chiqishi, shakllanishi va keyingi rivojlanishi, shu jumladan, yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni o‘rganishi bilan kattalar nutqi lingvistikasidan farqlanuvchi o‘ziga xos bir fan yo‘nalishi hamdir. Bu L.S.Vigotskiy, A.R.Luriya, A.N.Gvozdev, Seytlinlarning tadqiqotlarida ham o‘z isbotini topdi 1 . 1 Лурия А.Р., Юдович Ф.Я. Речь и развитие психических процессов ребенка: Экспериментальное исследование. – М., 1956.; Гвоздев А.Н. Формирование у ребенка грамматического строя русского языка. Часть первая / Под 59 V.B.Kasevich “Har qanday holatda ham til va nutq faoliyatini ontolingvistikasiz to‘liq tavsiflash mumkin emas” ligini ta’kidlaydi 2 . Darhaqiqat, ontolingvistika amaldagi tilning qay tarzda ayni tuzilishga kelganligini tushuntirishda asos vazifasini bajaradi. Bolalar nutqini tadqiq etish dastlab bolalar psixologiyasida nutqning rivojlanishini intensiv o‘rganishdan boshlangan bo‘lsa, lingvistik nuqtayi nazardan psixolingvistikada “og‘zaki muloqotning o‘ziga xos vositalaridan foydalanilgan nutq faoliyati” 3 sifatida tadqiq etilgan. Sh.Safarov bolalarning tilni o‘zlashtirish jarayoniga quyidagicha tavsif beradi: “Birinchidan, go‘dak o‘zi yashayotgan muhitdagi, ya’ni eshitib turgan tili grammatikasini o‘zlashtiradi. Shu ma’noda bu grammatika universal (barcha uchun umumiy) emas.... Lekin universal grammatikaning barcha tillar uchun umumiy bo‘lishini hech kim nazarda tutmagan, u go‘daklar dunyodagi har qanday tilni o‘zlashtirish jarayonida qo‘llashi lozim bo‘lgan “qurollar (vositalar)” majmuasidir. Ikkinchidan, grammatikaning tug‘maligi qay darajada ekanligini bilmoq zarur. “Tug‘ma” (innate) so‘zi lug‘atlarda kishida “tug‘ilishdanoq mavjud bo‘lgan” (resent at breath) izohiga ega, holbuki, lisoniy qobiliyat va shuningdek, lisoniy bilim tug‘ilgandan so‘ng shakllanmaydimi? Yoki olaylikki, lisoniy qobiliyat insonga Olloh tomonidan in’om etilgan bo‘lsin, lekin lisoniy bilimni o‘zlashtirish go‘daklik davrida (2-3 yoshlikda) kechadi. Bu bilimni o‘zlashtirishda atrof-muhitning ta’siri ham yetarlidir. Qolaversa, inson organizmining muhim a’zosi bo‘lgan tish ham tug‘ilgandan so‘ng chiqa boshlasa ham “tug‘ma” sifatini olishi mumkinligini unutmaslik kerak” 4 . M.Qurbonova o‘zbek bolalar nutqi leksikasining sotsiopsixolingvistik, pragmalingvistik xususiyatlarini tadqiq etib, o‘zbek bolalariga xos nutqiy akt turlari, ularning perseptiv faoliyatida kommunikativ-pragmatik to‘siqni yuzaga keltiruvchi lisoniy va nolisoniy omillar, bolalar nutqida deyktik vazifa bajaruvchi va faqat bolalarga xos “presuppozitsiya signallari”, konnotatsiyaning bolalar nutqida hosil ред. проф. Абакумова С.И. – Изд-во Академии пед. наук РСФСР. М., 1949. – 268 с.; Цейтлин С.Н. Язык и ребенок: Лингвистика детской речи: Учеб. пособ. для студ. вузов. М.: Гуманит. изд. центр «Владос», 2000. – 240 с. 2 Касевич В.Б. Соссюр. Корпус. Щерба. Онтолингвистика. Известия РГПУ им. А. И. Герцена, 2018. № 189. – 8 с. 3 Лингвистический энциклопедический словарь // Научн.-ред. совет изд-ва «Сов. энцикл.», Ин-т языкознания АН СССР / Гл.ред. В.Н. Ярцева. – М.: Сов. энциклопедия, 1990. –131 с. 4 Сафаров Ш. Прагмалингвистика. Монография. – Тошкент. 2008. – 318 б. 60 bo‘lishi usullari, baho munosabatining ifodalanishi kabi qator masalalarga oydinlik kiritgan 5 . N.Ahmedova esa bolalar nutqini obrazli tafakkur bilan aloqadorlikda, konnotativ hosilalar, so‘z ijod qilish jarayoni faoliyati birliklarini (bolalarning ijodiy so‘zi (BIS) semantik, sintetik, taqlid, nutqiy moslashish usullari orqali lingvistik tahlil qiladi 6 . Ko‘rinadiki, ontolingvistika qadimiy bo‘lishi bilan birga hali kelajagi oldinda bo‘lgan navqiron fandir. O‘zbek bolalar nutqining o‘ziga xosligini o‘rganish nafaqat milliy tilimizning o‘zlashtirilish jarayonini o‘rganish, balki uning kelajak avlod oldidagi muhim o‘rnini isbotlashga xizmat qiladi. Shuni unutmaslik lozimki, ontolingvistika turli yoshdagi til egalari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi, jamiyatda katta va yosh avlod o‘rtasidagi turli muammolarni hal qilishga amaliy yordam beradi. 5 Қурбонова М. Ўзбек болалар нутқи лексикасининг социопсихолингвистик тадқиқи: Филол.фан.номз.…дисс. – Тошкент, 2009. – 154 б.; Қурбонова М. Ўзбек болалари нутқининг прагмалингвистик аспекти. – Тошкент: Адабиёт учқунлари нашриёти, 2018. – 142 б. 6 87. Аҳмедова Н. Образли тафаккур ва ўзбек болалар нутқи. Филол.фан.б.фалс.док. …дисс. – Тошкент, 2021. – 135 б.