KO'KALAMZORLASHTIRISHDA FOYDALANILADIGAN AYRIM MANZARALI LIANALARNING AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI
Abstract
Ko’kalamzorlashtirishning aholi yashash joylarida vertikal ko’kalamzorlashtirish usulida foydalaniladigan o’simliklar biologiyasini o’rganish. Vertikal ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladigan o’simliklarning inson va atrof muhitga ta’siri mexanizmi o’rganiladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 608 УДК 630.635.9 KO’KALAMZORLASHTIRISHDA FOYDALANILADIGAN AYRIM MANZARALI LIANALARNING AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI Ashurov Qodirjon Komiljonovich O’rmon xo’jaligini rivojlantirish innovatsiya markazi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17387410 Annotatsiya. Ko’kalamzorlashtirishning aholi yashash joylarida vertikal ko’kalamzorlashtirish usulida foydalaniladigan o’simliklar biologiyasini o’rganish. Vertikal ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladigan o’simliklarning inson va atrof muhitga ta’siri mexanizmi o’rganiladi. Kalit so’zlar: ko’kalamzorlashtirish, vertikal ko’kalamzorlashtirish, tekoma, glitsiniya, forzitsiya, oddiy plyush, oila, turkum, manzarali vakillari, landshaft, kompozitsiya tuzish, morfologiya, ekologiya. Аннотация. Изучение биологии растений, используемых в методе вертикального озеленения населенных пунктов. Изучается механизм воздействия растений, используемых в вертикальном озеленении, на человека и окружающую среду. Ключевые слова: озеленение, вертикальное озеленение, текома, глициния, форзиция, плюш обыкновенный, семейство, род, декоративные представители, ландшафт, композиция, морфология, экология. Abstract. Studying the biology of plants used in the vertical landscaping method for residential areas. The mechanism of the impact of plants used in vertical landscaping on humans and the environment is studied. Keywords: landscaping, vertical landscaping, tekoma, glycine, forsythia, common plush, family, genus, ornamental representatives, landscape, composition, morphology, ecology. Kirish. Aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish bogʻlar barpo etish, xar hil ob’ektlar xududida manzarali oʻsimliklarni joylashtirishni, koʻkalamzorlashtirishda sharoitga qarab oʻsimlik turlarini tanlash va ularni parvarishlash kabi tadbirlarni qamrab oladi. Aholi yashash joylarini ko’kalamzorlashtirishda chirmashib o’sadigan o’simliklar alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa yangi qurilgan binolarda bularning ahamiyati beqiyos, chunki yangi ekilgan daraxt va butalar hali yaxshi o’sib, rivojlanmagan bo’ladi. Qurilishlar nihoyasiga etkazilgan davrda, chirmashib o’sadigan o’simliklardan yashil manzara hosil qilishi uchun foydalanish ko’kalamzorlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Uy-joylarga chiroy va manzarali qilish sifatida to’siq devorlarini hamda uylarning devorlari va balkonlarni uyg’unlashgan vertikal ko’kalamzorlashtirish xushmanzara bag’ishlaydi. Chirmashib o’sadigan o’simliklar binolarga kirish joylarini bezab, ulami manzarali va qulay qilib ko’rsatadi. Bino devorlarini, burchaklarini vertikal ko’kalamzorlashtirishda yashil o’simliklardan ustalik bilan foydalanilganda, ularning arxitektura ko’rinishi yanada ko’rkam bo’ladi. Binolarning ko’rimsiz bo’lgan yonbosh qismlarini berkitishda ham chirmashuvchi o’simliklar katta ahamiyat kasb etadi. Ammo, o’simliklarning haddan tashqari ko’p bo’lishi, bino arxitektura qismlarini yopib qo’yishi mumkin. Yashil o’simliklar g’isht, keramika fakturasini yopib qo’ymasligi kerak.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 609 Faqatgina yuqori quyosh radiasiyasi tushadigan joylardagina binolar devorlarini yashil chirmashuvchi o’simliklar bilan butunlay berkitish mumkin. Bunday usul aksariyat holda kasalxona va sanatoriylarda qo’llaniladi. Ko’kalamzorlashtirishda Chirmashuvchi o’simliklar kichik va katta ayvonchalarni bezatishda ko’proq ishlatiladi. “Qarama-qarshi ko’kalamzorlashtirish” uslubi ham borki, bunda pastdan yuqoriga chirmashib o’sayotgan o’simliklar ro’parasidan tepadan ampel deb nomlangan, ya’ni yuqoridan pastga tushayotgan yashil o’simliklar o’stiriladi. Ular karniz tagida mahkamlab joylashtirilgan yashikchalardan o’sib chiqadi. Ushbu uslub ko’p qavatli binolami vertikal ko’kalamzorlashtirishda qo’llaniladi, bu holda yashil o’simliklar binolar karnizlari ostida va balandlikdajoylashtirish mumkin. Ko’kalamzorlashtirishda quyidagi o’simliklar vertikal ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladi: har xil navdagi yovvoyi uzum (toklar), amur toki, “obvoynik”, lomonos, jimolostkaprivol, aktinidiya, kirkazon (aristoloxiya), plyush, limonnik va boshqalar; balkon va ayvonchalarni ko’kalamzorlashtirishda, shuningdek, bir yillik, chirmashib o’suvchi o’simiiklar: nastursiya, ipomeya, yapon xmeli, tomoshaqovoq yoki idishqovoq (lagenariya), xushbo’y no’xat va loviya. Ammo ushbu o’simliklarning to’liq manzarali ko’rinishi yozning o’rtalarida yoki kuzda namoyon bo’ladi. Ayvonchalar va pergolalarni ko’kalamzorlashtirish uchun quyidagi o’simliklardan foydalanish tavsiya etiladi: yog’och poyalilardan-tok (Uzum), Plyush, Lomonos (Klematis), Kaprifol Jimolosti, Aristoloxiya, chirmashuvchi atirgullar va chirmashuvchi Gortenziya; O’tsimonlardan-Xmel, Gladianta, Brioniya; bir yilliklardan - Ipomeya, turk dukkaklari, xushbo’y no’xat. Aksariyat chirmashuvchi o’simliklarga mahsus tirgovuch qurilmalar kerak bo’lsa, ayrimlarida: Plyush, Lomonos va boshqalarda bino devorlariga chirmashib o`sadigan moslamalari mavjud. Xar bir hududni ko’kalamzorlashtirishga kirishishdan oldin, u yerda joyning muxandislik tayyorgarchilik ishlari olib boriladi. Muxandislik tayyorgarchilik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: vertikal re’ja tuzish va hududni qisman yoki butunlay qamrab olish, yer osti kommunikatsiyalarini o’tkazish va hududni suv toshishdan ximoyalash, suv xavzalarining nishabliklari va qirg’oqlarini mahkamlash. Tayyorgarlik ishlari, shuningdek, hududni tozalash bo’yicha sanitar-gigiyenik tadbirlarini, barcha joyni qisman tekislab chiqishni o’z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarning asosiy vazifasi daraxtlar yaxshi o’sib-rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Muxandislik tayyorgarlikning barcha masalalari loyihalar bilan mutanosib holda ishlab chiqiladi hamda ko’kalamzorlashtirish ob’yektining umumiy rejasi bilan muvofiqlashtiriladi. Bu ishlarni yo’l–qurilish tashkilotlari amalga oshiradilar. Tayyorgarlik ishlarining turlari va xajmlari asosan oby’ektning joylashgan yeriga, hudud maydoniga, rel’yefiga, shuningdek, axlat va qurilish chiqindilari bor-yo’qligiga qarab belgilanadi. Tayyorgarlik ishlari qanchalik puxta va sifatli bajarilsa, istirohat bog’lari ishlarini tashkil etish uchun shunchalik yaxshi sharoitlar yaratiladi. Tadqiqot uslublari. Ko’kalamzorlashtirishning vertikal uslubini qanday qilish kerak, shunda u o’zining go’zalligi bilan zavqlanadi va to’g’ri kayfiyatni yaratadi? Avval siz uni qaerga joylashtirishingiz va qanday kayfiyatni yaratishingiz kerakligini aniqlashingiz kerak. Vertikal ko’kalamzorlashtirishda qanday o’simliklardan foydalanishni bilish kerak bo’ladi. Ushbu ko’kalamzorlashtirishning uslubida asosan lianali hayotiy shakllarga doir o’simliklardan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Vertikal ko’kalamzorlashtirishda quyidagi o’simliklardan foydalaniladi: har xil navdagi yovvoyi uzum (toklar), amur toki, “obvoynik”, lomonos, jimolostkaprivol, aktinidiya, kirkazon (aristoloxiya), plyush, limonnik va boshqalar; balkon va
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 610 ayvonchalarni ko’kalamzorlashtirishda, shuningdek, bir yillik, chirmashib o’suvchi o’simiiklar: nastursiya, ipomeya, yapon xmeli, tomoshaqovoq yoki idishqovoq (lagenariya), xushbo’y no’xat va loviya. Ammo ushbu o’simliklarning to’liq manzarali ko’rinishi yozning o’rtalarida yoki kuzda namoyon bo’ladi. Shu boisdan quyia siz bilan asosan doim yashil va hushmanzara gullovchi o’simliklar bilan tanishib chiqamiz Tekoma (lat.Tecoma) Amerika va Afrikaning tropik va subtropiklarida tarqalgan bignoniylar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. 7 turni o’z ichiga oladi, ulardan ikkitasi manzarali o’simlik sifatida keng tarqalgan va iqlimi qulay bo’lgan mintaqalarda butun dunyo bo’ylab tabiiylashtirilgan. Botanik tasnifiga ko’plab o’zgarishlar va aniqliklar kiritilganligi sababli, madaniyatda mashhur bo’lgan bignoniylar oilasiga mansub ba’zi o’simliklar bugungi kunda ham eskirgan sinonimik nomlar ostida uchraydi. Barglari qaramaqarshi joylashgan, oddiy yoki murakkab uch yaproqli yoki toq patsimon, yonbargchalari qaramaqarshi joylashgan, barg plastinkasi uchki. Bargchalarning shakli juda xilma-xil, cheti tishsimon yoki arrasimon. Barg bandlari kuchli rivojlangan, tomirlanishi patsimon. To’pgullari - novdalarning uchidagi shingil yoki murakkab shingil. Gulyon bargchalari mayda, qo’shilmagan. Gulbandli gullar. Kosachasi naysimon yoki qadahsimon, yuqori qismida kuchsiz rivojlangan beshta pallasi yoki tishchalari bor. Tabiiy turlarning gultoji (tojbarglari) yorqin, sariq yoki to’q sariq-qizil, madaniy duragaylarda boshqa ranglarda bo’ladi. Shakli naysimon, qo’ng’iroqsimon, radial simmetrik. Cheti 4-5 bo’lakli, ba’zan ikki labli. Tashqi tomoni silliq. Changchilari 4 ta qo’shilgan (changchilari ikki juft bo’lib qo’shilib o’sgan, uzunligi har xil) bo’lib, tojbarglarning bukilishigacha yetadi yoki undan uzunroq bo’ladi. Pastki qismida poya bezlari bo’lgan changchi iplari. Tugunchasi tangachasimon, ikki kamerali, urug’kurtaklari har bir kamerada ikki qator joylashgan. Mevasi uzun cho’ziq yassilashgan ko’sakcha. Parallel siqiladi, lekin ichki to’siqqa perpendikulyar ochiladi. Urug’lari yassi, yupqa, ikkita pardasimon shaffof qanotsimon o’simtalari bo’lib, urug’ning markaziy zonasidan keskin farq qiladi. Tarqalashi. Tabiatda tekomalar neotropiklarda-Janubiy Amerikaning katta qismida (janubda Argentina shimoligacha), butun Markaziy Amerikada va shimolda AQShning janubiy shtatlarigacha uchraydi. Xitoy glitsiniyasi (Wisteria sinensis) Xitoy glitsiniyasi – balandligi 20-25 m ga yetadigan yog’ochli liana. Poyalari soat miliga teskari yo’nalishda buralgan, yosh novdalari oqish tuklar bilan qoplangan, keyinchali bu tular to’kiladi. Barglari ketma-ket, toq patsimon 7-13 ta bargchalarga bo’lingan, ularning har biri tor tuxumsimon shaklda, yumaloq yoki zaif ponasimon asosga ega, 5-8×2 – 4 sm, ikkala tomondan dastlab siqilgan tukli. Shingilsimon to’pgullari novdalarning uchida yoki ikki yillik novdalarning barg qo’ltig’ida paydo bo’ladi, yirik, ko’p gulli, uzunligi 30 sm gacha, oq tukli. Gullari 2-2,5 sm uzunlikda, xushbo’y. Tojbargi kapalak tipida, ko’k-binafsha, ba’zan oq rangda. Kosachasi qo’ng’iroqsimon, besh tishli, oq tukli. Pastki to’qqizta changchisi qo’shilib o’sgan, yuqorigisi erkin. Urug’chisi yuqoriga egilgan, tugunchasi tukli, olti-sakkizta urug’kurtakli. Tabiatda bahorda, apreldan maygacha gullaydi, maydan avgustgacha meva beradi. O’simlik taxminan 150 kun vegetatsiya qiladi. Havo haroratining −20 oS gacha pasayishiga bardosh beradi. Mevasi – qalin baxmalsimon tuk bilan qoplangan, uzoq vaqt to’kilmaydigan dukkak, 10–15×1,5–2 sm. Urug’lari bittadan–uchtadan dukkakda, jigarrang, yaltiroq, vertical 1,5 sm atrofida. Xitoy glitsiniyasi tabiiy sharoitda markaziy va sharqiy Xitoyning (Anxoy, Fujian, Guansi, Xebey, Xenan, Xubey, Jiangsu, Jiangxi, Shensi, Shansi va Shandun provinsiyalari) hamda Yaponiyaning tog’li o’rmonlarida (dengiz sathidan 500-1800 m balandlikda) o’sadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 611 Glitsiniyaning bu turi 1816-yildan beri madaniylashtirilgan. Ko’plab manzarali nav va duragaylar yaratilgan. Wisteria vertica – xitoy glitsiniyasi va ko’p gulli glitsiniya gibridi hisoblanadi. Janubiy hududlarda vertikal ko’kalamzorlashtirish uchun qo’llaniladi, ko’p sonli xushbo’y ko’k-siren gullari bilan bezatiladi. Ilmiy ishning natijasi. Tekoma (tecoma) va xitoy glitniyasi (Wisteria sinensis) o’simligi landshaft dizaynida juda mashhur bo’lib, vertikal holatda joylashgan binolarni bezashda keng qo’llaniladi. Tekoma va glitsiniyaning bezakli qiymati uning serjilo gullari, zich shox-shabbasi va ko’p turlarining oddiy parvarish talab qilishi bilan bog’liq. Quyida ushbu o’simliklar asosida vertikal ko’kalamzorlashtirishni yaratish bo’yicha asosiy tavsiyalar keltirilgan: 1. O’simlikning landshaft dizayndagi afzalliklari Gullash davri: O’simlik turlari bahorda gullab, uzun mavsum davomida bino va imoratlarni bezaydi. Ranglar palitrasi: Gullari oq, pushti, qizil yoki krem rangda bo’lib, barglari uzoq vaqt yashil tusga kiradi. Moslashuvchanlik: O’simliklar turli tuproq va iqlim sharoitlariga moslashadi, zich shox-shabbasi orqali devor, to’siq yoki gulzor chegarasi yaratish uchun juda mos. 2. Xitoy glitsiniyasi bilan ishlashning asosiy g’oyalari a) Gul to’siqlar Xitoy glitsiniyasi xushbo’y gullarning yirik shokilalariga ega yog’ochli chirmashuvchan lianalardan iborat turkum. Turkumning nomi yunoncha “shirin” degan ma’noni anglatuvchi so’zdan kelib chiqadi va lotincha Wisteria nomi esa amerikalik olim Kaspar Vistar sharafiga berilgan. Glitsiniya poyalari bilan har qanday mavjud tayanchga chirmashib, yuqoriga ko’tariladi. Qizig’i shundaki, glitsiniya floribunda yuqoridan qaralganda soat yo’nalishi bo’yicha, Xitoy glitsiniyasi esa soat yo’nalishiga qarshi chirmashadi. Bu glitsiniyaning eng keng tarqalgan ikki turini ajratishga yordam beradi. Gullari turli xil ranglarda, jumladan, oq, siyohrang, binafsha va pushti rangda bo’lib, ular shirin hidi bilan mashhur. b) To’pguldagi gullarning bir vaqtda ochilishi betakror go’zallik yaratadi. Butun yoz davomida, ayrim formalari sentyabr-oktyabr oylarigacha gullab turadi. -20 C daraja sovuqqa bardosh beradi. c) Gullaydigan guruh ekish: Turli gullash davrlariga ega turlarini birlashtirish orqali mavsum davomida binolarni doimiy gullab turadigan zonaga aylantirish mumkin. 3. Ekish va parvarish bo’yicha tavsiyalar: Yoritish: Lianalar quyoshli joylarda yaxshi o’sadi, ammo qisman soya tushadigan joylarga ham moslashadi. Tuproq: Har qanday tuproqda o’sishi mumkin, ammo yaxshi drenajlangan tuproqni afzal ko’radi. Sug’orish: Yosh lianalarni muntazam sug’orish kerak, kattalar o’simligi qurg’oqchilikka chidamli. Xulosalar: 1. О’rganilgan ilmiy manbalardagi mavjud ma’lumotlar liana о’simliklarining manzaraviy ahamiyatiga ega о’simliklar sifatida shu kungacha bo’lgan vaqt mobaynida kam о’rganilganligi va doimiy ravishda ilmiy izlanuvchilarning tadqiqot obyekti sifatida diqqat markazimidan chetda qolmaydigan ishlarni amalga oshiramiz. 2. Liana turlari ichida kо’kalamzorlashtirishda keng foydalaniladiganlari yovvoyi uzum (toklar), Amur toki, Obvoynik, Lomonos, Kaprifol jimolosti, Aktinidiya, Kirkazon (Aristoloxiya), Plyush, Limonnik va boshqalardan foydalanish uchun agrotexnik tadbirlar muhim hisoblanadi. 3. Respublikamizga introduksiya qilingan Glitsiniya, Tekoma, Forzitsiya, Plyush turkumidagi bioxilma-xillikni istiqbolli shakllarini tanlash, biokimyoviy tahlil etish va kо’paytirish usullarini ishlab chiqish, plantatsiyalarini barpo etish shu kundagi ko`kalamzorlashtirish sohasi, agrotexnikasi uchun dolzarb hisoblanadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 612 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Qayimov A., Turok Dj. Aholi turar joylarini ko’kalamzorlashtirish. Darslik. Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. 2. «Ormon togrisida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni. Oliy Majlisning XIV sessiyasi matyeriallari. Toshkent, 1999. 3. Bogovaya I.O., Teodoronskiy V.S. Ozelenenie naselennыx mest: uchebnoe posobie dlya vuzov. – Moskva: Agropromizdat, 1990. -239 s. 4. Dosaxmetov A.O., Xoshimov K.X. Metodicheskie ukazaniya po ozeleneniyu naselannыx mest. -Tashkent, 1993. 5. Qayimov A., Xolmurodov CH. Manzarali dendrologiya. O’quv qo’llanma. –Toshkent, 2005. 6. Qalandarov M.M. Ko’kalamzorlashtirish ishlari. O’quv qollanma. Toshkent, 2013. 7. Slavkina T.I., Podolskaya A.I. Dekorativnoe sadovodstvo. Uchebnik. Tashkent: Mexnat, 1987. 8. Berdiyev E.T, Turg’unov M.D, Gulomxodjayeva Sh.F. Vertikal ko’kalamzorlashtirish. O’quv qo’llanma, Toshkent 2019.