TOG'AY MUROD NASRIY NUTQIDA ANTROPONIMIK PRETSEDENT BIRLIKLAR
Full text
84 TOG‘AY MUROD NASRIY NUTQIDA ANTROPONIMIK PRETSEDENT BIRLIKLAR Xolnazarov Umid Erkinovich Termiz davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, f.f.f.d (PhD) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387431 Annotatsiya. Ushbu maqolada pretsedent nomlar, ayniqsa, antroponim pretsedent birliklar badiiy diskursda muallif (adresant) nutqi uslubini shakllantirishda metaforaning oʻrnini yangi rakurslarda tadqiq etish zaruratini asoslaydi. Tayanch so‘zlar: nom, atoqli ot, obraz, metafora, pretsedent birlik, semantik guruh, eskilik yoki yangilik bo‘yog‘i. Annotation. This article substantiates the need to study precedent names, particularly anthroponymic precedent units, in literary discourse, demonstrating their role in shaping the author’s (addresser’s) speech style and emphasizing the importance of investigating the function of metaphor from new perspectives. Key words: name, proper noun, figurative image, metaphor, precedent unit, semantic group, connotation of antiquity or novelty. Аннотация. В статье обосновывается необходимость изучения прецедентных имён, в частности антропонимических прецедентных единиц, в художественном дискурсе, демонстрируется их роль в формировании речевого стиля автора (адресанта) и подчёркивается важность исследования функции метафоры с новых позиций. Ключевые слова: имя, имя собственное, переносный образ, метафора, прецедентная единица, семантическая группа, оттенок древности или новизны. Maʼlumki, ismlar tarixda koʻp asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bizga tarixiy-lisoniy boylik sifatida yetib kelgan ulkan madaniy va maʼnaviy qimmatga molik boʻlgan lugʻaviy qatlam hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib antroponimlar kishi nomlari sifatida deyarli barcha hududlarda uchraydi. Ismlar – odamga yoshlik paytida beriluvchi atoqli ot 1 bo‘lib, hozirgi oʻzbek tilida Allohning goʻzal nomlari zaminida yasalgan koʻpgina ismlar mavjud va ular oʻzbek kishilarining atoqli otlari hisoblanadi. Badiiy matnda metafora kabi pretsedent nomlar ham obrazli tafakkur natijasi boʻlib yaraladi. Zero, “metafora tushuncha shaklidagi yagona obraz, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan yaxlit geshtalt” 2 sifatida narsa-hodisani shunchaki atab qoʻymaydi, balki uni boshqa narsa-hodisaga qiyosan tavsiflaydi, ongimizda atalayotgan narsa haqidagi jonli tasavvur – obraz yaratadi. Tilshunos olim D.B.Gudkov pretsedent nomlarning semantik guruhlarini 1 Abduvahob Madvaliyev. “Onamastika” “Sharq” 2018. – B. 44. 2 Baranov A.N. Semantika “Atomisticheskaya” i kognitivnaya. Pyataya mejdunarodnaya konferensiya po kognitivnoy nauke. Tezisы dokladov. – Kaliningrad, 2012. Tom 1. – S. 230.
85 quyidagicha tasniflaydi: 1) mashhur erkak va ayol ismlari boʻlgan antroponimlar; 2) adabiy va folklor manbalaridan olingan nomlar; 4) tarixiy voqeliklar; 5) bastakorlar va ularning musiqiy asarlari; 6) reklama matnlaridagi nomlar; 7) kinomatografiya; 8) oʻz zamonasining taniqli odamlari, yaxshi yoki yomon ishlari bilan mashhur boʻlgan insonlarning nomlari bilan bogʻliq boʻlgan haqiqiy antroponimikani oʻz ichiga olgan nominatsiyalar; 9) badiiy asarlarning nomlari; 10) baʼzi voqealar sodir boʻlgan joyni koʻrsatib, ularni belgilaydigan pretsedent nomlar. Togʻay Murod asarlaridan olingan quyidagi dalillardan yorqin koʻrinib turibdi: Moʻmin (omonli va omonlik beruvchi) ismi “Yulduzlar mangu yonadi” asarida va “Ot kishnagan oqshom” qissasida, Karim (karamli, saxovatli, kechirimli), “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida, Rahmon (oʻta mehribon) “Ot kishnagan oqshom” asarida, Jabbor (bandalari ishini isloh etuvchi), Xoliqul (yaratuvchi; xalq qiluvchi) ismlari “Yulduzlar mangu yonadi” asarida, Shokirqul (oʻz ishga koʻp mukofot beruvchi) “Ot kishnagan oqshom” asarida, Majid (neʼmati va ehsoni bepoyon) “Oydinda yurgan odamlar” asarida, Hamid (hamdu sanoga, maqtovga loyiq zot), “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida va “Ot kishnagan oqshom” asarida, Samad (bahojat, hojatbaror) ”Yulduzlar mangu yonadi” va “Oydinda yurgan odamlar” asarlarida, Qodir (qudratli, mislsiz kuch va qudrat sohibi) “Ot kishnagan oqshom” asarida, Nurmat (oʻz -oʻzini, borliqni ayon etib, ravshan qilib turuvchining quli) “Yulduzlar mangu yonadi” asarida, Nurali (oʻz – oʻzini, borliqni ayon etib, ravshan qilib turuvchining quli) “Oydinda yurgan odamlar” qissasida, Sobir (gunohkor, isyonkorlarga jazo berishga shoshilmaydigan zot) “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida uchraydi. Asosiy qism Alloh taolo nomi ishtirok etadigan oʻzbekcha ismlarning katta bir guruhini oxiri -ulla (-ulloh, -alloh) komponenti bilan tugaydigan atoqli otlar tashkil qiladi. Bu ismlarda Allohni turli tomonlama taʼrif va tavsiflash hamda bu fikrni chaqaloqqa beriluvchi nom orqali izhor qilish, shuningdek, farzandli boʻlishni yaratganning (xudoning) irodasiga bogʻlash, bu uchun shukronalar qilish, bolaning borligʻi, kelajagi, istiqbolini tangrining xohish-irodasi 3 deb bilish kabi koʻpgina murakkab maʼnolar 3 Rahmatullaev Sh. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1978. – B. 162.
86 ifodalanganini eʼtiborga olishimiz zarur. Taʼkidlash joizki, T.Murod nasriy nutqida metafora nafaqat obrazlilik, hissiy jilo berish, balki tilning kommunikativ, nominativ, bilish maqsadlarining ajralmas qismi sifatida namoyon boʻladi. Quyida Togʻay Murod asarlarida uchraydigan, oxirida “-ulla” komponenti mavjud ismlar ifoda qiluvchi maʼnolarni izohlashgaharakat qilamiz: Ziyodulla (Alloh bergan tuhfa, ehson; Allohning marhamati yoki Alloh ustun, ortiq qilib bergan bola) va Fayzulla (Allohning marhamati, himmati; shafqati, muruvvati yoki Allohning quvnoq, baxtiyor farzandi) ismlari “Ot kishnagan oqshom” asarida, Xayrulla (Allohning muruvvati, ehsoni, sahovati) “Oydinda yurgan odamlar” qissasida uchraydi. Diniy ruhdagi oʻzbekcha ismlarning ikkinchi manbai bu payg ambarlarning ismlaridir. Badiiy matnda metafora obrazli tafakkur natijasi boʻlib yaraladi. Zero, “metafora tushuncha shaklidagi yagona obraz, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan yaxlit geshtalt” sifatida narsa-hodisani shunchaki atab qoʻymaydi, balki uni boshqa narsa-hodisaga qiyosan tavsiflaydi, ongimizda atalayotgan narsa haqidagi jonli tasavvur – obraz yaratadi. Bejizga metafora koʻmagida yuzaga keladigan poetik goʻzalliklardan hayratga tushgan tilshunos R.Yakobson “Lingvistika va poetika” nomli maʼruzasida poetikani lingvistikaning asosiy qismi sifatida qarash lozimligi haqidagi gʻoyani ilgari surmaydi. Maʼlumki, tarixda anchagina paygʻambarlar oʻtgan boʻlib, ularning aniq soni mavjud diniy ilmda yetarli ravishda belgilangan emas. Baʼzi manbalarda ularning soni 24 ming deyilsa, boshqa adabiyotlarda bundan ortiqroq yoki kamroq adad keltiriladi. “Qurʼoni karim”da 25 paygʻambarning nomi aniq keltirilgan boʻlib, bular: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Ismoil, Isʼhoq, Yaʼqub, Yusuf, Lut, Ayyub, Zulkafl, Yunus, Muso, Horun, Shuayb, Ilyos, al –Yasaʼ, Dovud, Sulaymon, Zakariyyo, Yahyo, Iso va Muhammaddir. Xizr, Luqmon va Iskandar Zulqarnaynesa avliyolar safiga kiritiladi. Paygʻambar leksemasi fors -tojik tilida yasama soʻz hisoblanadi. Uning birinchi qismi paygʻam - xabar‖ maʼnosini, ikkinchi komponenti –bar (burdan –eltmoq feʼlining hozirgi zamon asosi)dan iboratdir. Pretsedent nomlarning matn yaratuvchi roli ularning vazifaviy, ijtimoiymadaniy va tizimli xususiyatlari asosida shakllanadi. Ular orqali muallifning niyatini oshkor qilishda ularning motivatsiyasi ham muhim rol oʻynaydi. Matnni onomastik tahlil qilish nomlarning semantik tarkibini dekodlash orqali obrazlar tizimini, muallifning niyatini, umuman badiiy matnni tushunishga olib keladi. Badiiy asar kontekstida ism har bir soʻz kabi bir maʼnodan koʻra kengroq ifodalanishi mumkin. Badiiy nutq uchun polisemiya va talqinlarning koʻpligi xarakterli boʻlib, uning badiiy adabiyotdagi farqlaridan birini tashkil qiladi. Nomlar, bir tomondan, har qanday til
87 lugʻatining muhim qismini tashkil qilsa, boshqa tomondan, ular oʻzlari tegishli boʻlgan mamlakat tarixi, diniy eʼtiqodi va madaniyatini oʻzgacha tarzda aks ettiradi. Diniy adabiyotlarda, xususan, Qurʼoni karim va hadislarda “paygʻambar” maʼnosida nabiy va rasul soʻzlari ishlatilgan. Har ikkala soʻz ham arabcha boʻlib, Nabiy - ilohiy xabar keltiruvchi, xabarchi; Rasul - elchi, Ollohning elchisi maʼnolarini bildiradi. Baʼzi tarixiy lugʻatlarda Rasul ilohiy kitob sohiblariga nisbatan ham ishlatilgan. Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” asarida Nabi oqsoqol 4 nomi keltirilgan. Diniy va ilmiy adabiyotlarda koʻrsatilishicha, Odam Ato Yer yuziga yuborilgan birinchi paygʻambardir. Odam atamasi qadimiy suryoniycha Adam (qizil tuproq) soʻzidan olingan. “Odam” soʻzining turli adabiyotlar va tarixiy lugʻatlardagi izohlaridan maʼlum boʻlishicha, u quyidagi maʼnolarni ifodalagan: 1. Odam Ato; 2. Inson, odam; 3. Qora loydan yaratilgan birinchi odam; 4. Tuproqdan yaratilgan inson; 5. Qizil tuproq; 6. Bugʻdoyrang; 7.Yerning ustki qismi, poʻsti –aadim. “Shajarayi turk” asarida “Lafzi odam arab tili turur. Yerning qirtishini odim der. Azroil turfoqni yerning ichindin olmadi, taqi qirtishindin olib erdi. Aning uchun odam tedilar, laqabi safiyolloh turur”, deyiladi. Xullas, Togʻay Murod qissa va hikoyalarida qoʻllangan antroponim pretsedent birliklar matn referensiyasi shakllanishida, konseptual birlikning voqelikni kognitivdiskursiv modellashtirishdagi oʻrnini aniqlashda hamda olamning lisoniy manzarasini yaratishda alohida ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar: 1. Abduvahob Madvaliyev. “Onamastika” “Sharq” 2018. – B. 44. 2. Baranov A.N. Semantika “Atomisticheskaya” i kognitivnaya. Pyataya mejdunarodnaya konferensiya po kognitivnoy nauke. Tezisы dokladov. – Kaliningrad, 2012. Tom 1. – S. 230. 3. Togʻay Murod. Tanlangan asarlar. 1-jild. Qissalar. – Toshkent: Sharq NMAK, 2008. – B. 53. 4. Rahmatullaev Sh. Oʻzbek tilining izohli frazeologik lugʻati. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1978. – B. 162. 4 Togʻay Murod. Tanlangan asarlar. 1-jild. Qissalar. – Toshkent: Sharq NMAK, 2008. – B. 53.