scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NUTQIY AKT NAZARIYASINING "KONSEPT" KATEGORIYASIDAGI O'RNI

Yuldosheva Guli Xayrulla qizi

Full text

88 NUTQIY AKT NAZARIYASINING “KONSEPT” KATEGORIYASIDAGI O‘RNI Yuldosheva Guli Xayrulla qizi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387440 Annotatsiya: Ushbu maqolada nutqiy akt nazariyasi va uning tahlili, konsept kategoriyasi va uning bugungi kundagi ahamiyati amaliy va nazariy jihatlari bilan birga yoritib berilgan. Shuningdek, aktlar va ularning turlari doirasida konseptning o‘rni va har ikkala tushunchaning o‘zaro bog‘liqligi yoritib berilgan. Maqolada tahliliy va tavsifiy tekshirish usullaridan metodologik asos sifatida foydalanilgan. Kalit so‘zlar: nutqiy akt, lokutsiya, illokutsiya, perlokutsiya, konsept, pragmalingvistik tahlil. Annotation: In this article, a theory of speaking and analysis and its analysis, the concept category and its importance are covered with practical and theoretical aspects. The role of the concept and mutual interrelation of both understanding were also covered within the framework of the acts and their types. The article was used in analytical and deposure test methods as a methodological basis. Keywords: Circle act, locovation, illucine, perlociation, concept, pragmalingvistic analysis. Nutq akti nazariyasi gaplar orqali inson qanday amaliy harakatlarni amalga oshirishini o‘rganuvchi konsepsiyadir. Bu nazariya tilshunoslik, falsafa va muloqotshunoslik sohalarini o‘zaro bog‘lab turuvchi muhim nazariy asosdir. Tilshunoslik sohalari qatoriga antroposentrik paradigma sohalari kirib kelganidan keyin nutqning pragmatik xususiyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortdi va natijada nutqiy akt nazariyasi alohida ilmiy yo‘nalish sifatida shakllandi. Nutqiy akt tushunchasi oldingi davrlarda ham V.Gumboldt, Sh.Balli, K.Byuller, E.Benvenist, M.Baxtin kabi olimlarning ta’limotlarida mavjud bo‘lgan, ammo nutqiy akt nazariyasi to‘liq bir ta’limot sifatida ingliz mantiqshunosi J.Ostin, amerikalik psixolog J.Syorl va boshqalarning ishlarida shakllandi. Tilning mavjudligi insonlarning so‘zlash yoki yozish harakatlarini bajarishi harakatlarning bajarilishi bilan bog‘liqdir. Bu lisoniy birliklar (birinchi o‘rinda — gap) asl ma’nosidan tashqari, tasdiqlash, buyurish, ogohlantirish, va’da berish kabi mazmunni ifodalash imkoniyatini namoyon qiladilar. Bu ma’nolar so‘zlovchi shaxs tomonidan bajarilayotgan nutqiy faoliyat natijasidir. Demak, nutqiy akt so‘zlovchining ma’lum muhitda, aniq maqsadda tinglovchiga lisoniy murojaatidir. Muloqot jarayonida hosil bo‘ladigan nutqiy harakatlarni alohida lisoniy birlik sifatida talqin qilish va ularni mazmunan tasniflash g’oyasini ilk bor targ’ibot qilganlardan biri Oksford universiteti professori Jon Ostin edi. U 1955-yilda Garvard universitetida tashkil qilinadigan an’anaviy “Uilyam Jeyms o‘qishlari” dagi 89 ma’ruzalarida ushbu muammoni o‘rtaga tashladi. Keyinchalik bu ma’ruzalar 1962yilda “How To Do Things With Words” — “So‘zlar bilan qanday muomalada bo‘lmoq darkor?” sarlavhasi bilan nashr qilindi [Austin 1962; 1973; Ostin 1986]. J.Ostin falsafiy mantiq va an’anaviy grammatikada qo‘llanib kelinayotgan «gap» va «hukm (tasdiq)» tushunchalarining talqinidagi chalkashliklar qanday noqulayliklarga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkinligiga e’tiborini qaratadi. Grammatik an’anada har qanday gap ham hukm yoki tasdiq bo‘lavermasligi va savol, undov, istak-xohish yoki boshqa turdagi mazmunlarni ifodalovchi gaplar ham mavjudligi e’tirof etilgan. Demak, nutqiy akt — ma’lum bir gapning aniq muloqot muhitida talaffuz etilishidir. Nutqiy akt mazmunining shakllanishi talaffuz qilinayotgan gap ma’nosining so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan muloqot matniga nisbatan boyitilishi, idrok etilishi natijasidir. Nutqiy akt so‘zlovchining grammatik jihatdan to‘g‘ri gap tuzish qobiliyatini, balki uning kommunikativ niyatini ham ifodalaydi. Shuning uchun ham nutqiy aktlar o‘z ifodasida verbal vositalar (so‘z, gap, ibora) va noverbal vositalar (imo-ishora, yuz ifodasi, tana harakati) orqali vujudga kelishi mumkin va buni barcha pragmalingvistlar e’tirof etishgan. Ularning ko‘pchiligi nutqiy aktga uch bosqichli faoliyat sifatida qarash tarafdorlaridir. Bu bosqichlarda uch xil harakat bajariladi. Ular — lokutiv, illokutiv va perlokutiv harakatlardir. Biz muloqot jarayonimizda turli mazmundor jumlalarni yaratamiz. Va aynan o‘sha tuzilgan jumlalarni fikr ifodalash maqsadida nutqimizda voqelantirsak nutq akti harakatlari yuzaga keladi. Ammo fikr ifodalash faqatgina yozuvda qolsa nutqiy aktning hech qanday ko‘rinishi yuzaga chiqmaydi. Chunki aktlar nazariyasi o‘z nomidan ham bilinib turgani kabi og‘zaki nutqning birligi hisoblangan nutqqa tegishli nazariya hisoblanadi. Nutqiy akt nazariyasining uch xil harakati tahlili quyidagicha bo‘ladi. So‘zlovchi tomonidan aytilayotgan har bir gapdan ma’lum maqsad ko‘zda tutiladi. So‘zlovchi aynan o‘zi ko‘zda tutayotgan maqsadga erishish niyatida nutqini harakatga keltiradi. Ya’ni “Eshikni yoping!” gapini nutqimizda voqelantirsak (bunda talaffuzning o‘zi kifoya) lokutiv akt harakati yuzaga keladi. Mazkur gapdan ko‘zda tutilayotgan maqsad amalga oshishni boshlasa (eshikni kimdir yopmoqchi bo‘lsa yoki bu uchun harakatga tushsa) illokutiv akt harakati yuzaga chiqadi. Lokutiv va illokutiv harakatlarining natijasi, ya’ni ko‘zlangan maqsadning amalga oshishi (eshikni kimdir yopishi) perlokutiv akt harakati hisoblanadi. Sh.Sаfаrоv tаvsifigа kо‘rа, nutqiy аkt – mа’lum bir gаpning аniq mulоqоt muhitidа tаlаffuz еtilishidir. Nutqiy аkt mаzmunining shаkllаnishi tаlаffuz qilinаyоtgаn gаp mа’nоsining sо‘zlоvchi vа tinglоvchi tоmоnidаn mulоqоt mаtnigа nisbаtаn “bоyitilishi”, idrоk еtilishi nаtijаsidir[1]. Shuningdek, nutqiy akt jamiyat 90 a’zolari tomonidan qabul qilinadigan va nutq xulqi qoidalariga muvofiq tarzda amalga oshiriladigan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. U faqat lingvistik birliklar tizimi bilan emas, balki ijtimoiy-madaniy me’yorlar bilan ham bog‘liq bo‘lib, muloqot jarayonining samaradorligini ta’minlaydi. “Konsept” termini XX asrning 90-yillaridan boshlab qo‘llanilib keladi. Ushbu tushuncha hali hamon bitta umumiy izoh bilan talqin qilinmagan. Uning ustida tadqiqotlar olb borgan tilshunoslardan biri S.A.Askoldov konseptga “bir tur yoki boshqa turdagi tushunchalar haqida fikrlash jarayonini o‘zida aks ettiradigan birlik” deb izoh beradi. N.D.Aryutunova esa “Konsept falsafadagi amaliy tushuncha bo‘lib, milliy an’ana, hayotiy tajriba, din, ideologiya, folklor, san’at obrazlari kabi ko‘plab omillar va fikrlash jarayoni o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. U – inson va dunyo o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatadigan madaniy qatlamni o‘zida namoyon qiladi” deya yozadi. Turli tilshunoslarning ilmiy ishlarini solishtirish natijasida ko‘plab xususiy xulosalar qabul qilindi. Konsept tushunchasining tilshunoslikda qabul qilinganligi madaniyat, ong, tafakkur va til birligining asosiy o‘ziga xosliklarini aniqlashda, lingvistikaning kulturologiya, falsafa va kognitologiya aspektlari uchun yangi bosqich bo‘lib xizmat qildi. Aniqroq qilib tushuntirilganda esa konsept atamasini bir nechta o‘zaro aloqador bo‘lgan tushunchalarning yig’indisi desak ham bo‘ladi. “Or-nomus” konseptiga oid til birliklari J.Ostinning nutqiy aktlar nazariyasi asosida tahlil qilinganda, ular lokutsion, illokutsion va perlokutsion aktlar doirasida turlicha funksional ma’nolarda qo‘llanilishi aniqlandi. Bunda lokutsion akt darajasida mazkur birliklar oddiy xabar yoki tasviriy ifoda sifatida voqelansa, illokutsion akt doirasida ular buyruq, undash, ogohlantirish yoki taqiqlash kabi kommunikativ niyatlarni bildiradi. Perlokutsion aktda esa “or-nomus” konseptli birliklar tinglovchi yoki o‘quvchida ma’lum bir ruhiy-ta’sir uyg‘otib, uni ijtimoiy axloqiy qadriyatlarga rioya qilishga undash vazifasini bajaradi. Illokutsion akt nazariyasi nuqtayi nazaridan “or-nomus” konsepti bevosita til birliklari orqali ifodalangan axborot shaklida namoyon bo‘ladi. J.Ostinning ta’rifiga ko‘ra, illokutsion akt – bu so‘zlovchining nutq orqali ma’lum bir ma’noni bayon qilishi, ya’ni tovush, so‘z va gap vositasida axborotni yetkazish jarayonidir. Demak, “or-nomus” konsepti lokutsion aktda shunchaki so‘zlovchining fikrini oddiy bayon qilish, hodisani ta’riflash yoki ijtimoiy qoidani ifodalash orqali yuzaga chiqadi. Masalan, “Orli odam – obro‘li odam” gapida orning obro‘ bilan bog‘liqligi haqida xabar beriladi. “Orsiz odamdan yaxshilik kutma” jumlasida esa “orsizlik” salbiy baho sifatida ifodalangan. Yoki “Nomus – insonning eng katta boyligi” gapida “nomus” ijtimoiy qadriyat sifatida ta’riflanadi. Bunday hollarda “or-nomus” konsepti lokutsion 91 akt doirasida oddiy xabar yoki ta’rif shaklida, so‘zlovchining ma’lum qarashlarini ifoda etuvchi nutqiy birlik sifatida yuzaga chiqadi. Xulosa qilib aytganda, konseptning mavzusi, yo‘nalishi qanday bo‘lmasin, ularda akt nazariyasi ayni bo‘ladi. Lokutsion akt konseptning yo‘nalishi anglatib turadigan ma’no haqida shunchaki xabar bersa, illokutsion akt anglashilayotgan ma’nolardagi qo‘shimcha uslubiy, ya’ni buyruq, iltimos, so‘rov, his-hayajon kabi ma’nolardan darak beradi. Perlokutiv akt nazariyasi esa konsept doirasidagi ma’no so‘zlovchi yoki tinglovchiga ruhiy, hissiy ta’sir o‘tkazib biror vaziyatga tushishga undashi, harakatga keltirishi hisoblanadi. Nutqiy akt nazariyasi nutq harakatlarini, ya’ni so‘zlashuv jarayonida amalga oshiriladigan maqsadli harakatlarni o‘rganadi. “Konsept” kategoriyasi esa bu nazariyada asosiy tushuncha sifatida ko‘riladi, chunki u nutqiy aktlarning mohiyati va ularning qanday shakllanishi, bajarilishi va talqin qilinishini belgilaydi. Konsept — bu ma’lum bir nutqiy aktga bog‘langan intension yoki kontseptual mazmun bo‘lib, nutq harakatining maqsadini, mantiqiy tuzilishini va ijtimoiy kontekstini ifodalaydi. Shu sababli, nutqiy akt nazariyasida “konsept” kategoriyasi nutq jarayonining nazariy va amaliy tahlilida muhim o‘rin tutadi, chunki u so‘zlashuvning samaradorligi va ma’nosini aniqlashga xizmat qiladi. “Konsept” nutqiy akt nazariyasining poydevori bo‘lib, nutq jarayonini chuqur tushunish va uning samarali amalga oshirilishini ta’minlash uchun zarurdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. – B.7879. 2. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/ikki-shoira-dilorom-boyirova-fotima-karomatova.html 3. N.Axmadjonov. Nutq aktlar nazariyasi: tilning pragmatik funksiyasi va kommunikativ harakatlar mexanizmi. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya. –Toshkent, 2025. –B. 161-163. 4. Austin, J.L. How to Do Things with Words. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1962, – 168 b.