scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TILSHUNOSLIKDA EMOTSIYALARNI IFODALOVCHI BIRLIKLAR

L.Bo'riyeva

Full text

111 TILSHUNOSLIKDA EMOTSIYALARNI IFODALOVCHI BIRLIKLAR L.Bo‘riyeva QarDU o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387488 Annotatsiya: Mazkur maqolada so‘zsiz (noverbal) muloqotning tilshunoslikdagi o‘rni, uning insonlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, XX asr oxirlaridan boshlab noverbal muloqotga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar zaruriyati haqida fikr yuritilgan. Maqola shaxslararo muloqotda lingvistik va ekstralingvistik vositalarning uyg‘unligini ko‘rsatib beradi va noverbal muloqotni o‘rganish tilshunoslikda yangi yo‘nalish sifatida namoyon bo‘layotganini asoslaydi. Tayanch so‘zlar: Paralingvistik vositalar, shaxslararo muloqot, imo-ishoralar, yuz ifodalari, ovoz timbr (tembr), talaffuz, tilshunoslik, ekstralingvistik birliklar, xulq-atvor. Abstract: This article discusses the role of nonverbal communication in linguistics, its importance in the formation of interpersonal relationships between people. It also discusses the increasing need for nonverbal communication since the end of the 20th century, the need for scientific research in this area. The article shows the harmony of linguistic and extralinguistic means in interpersonal communication and justifies the emergence of the study of nonverbal communication as a new direction in linguistics. Keywords: Paralinguistic means, interpersonal communication, gestures, facial expressions, voice timbre (timbre), pronunciation, linguistics, extralinguistic units, behavior. Jahon tilshunosligida ham, o‘zbek tilshunosligida ham nutqiy faoliyatning, shaxslararo muloqotning eng go‘zal va jozibali ko‘rinishi so‘zsiz muloqot ekanligi alohida ta’kidlanadi. Bejizga olimlarimiz: “So‘zsiz muloqot – bu eng jozibali va ishonchli muloqotdir” – deb aytishmagan. Kishilar muloqot jarayonida og‘zaki ma’lumotlarni tinglash bilan birgalikda bir-birlarining ko‘z qarashlarini, ovozi, talaffuzi, yuz ifodalari va imo-ishoralarini ham sezishadi. Chunki ma’lumotlar so‘zlar orqali mantiqiy jihatdan ifodalansa, imo-ishoralar, yuz ifodalari, ovoz va talaffuzi bu ma’lumotlarni to‘ldirib kelish bilan birga so‘zning, gapning ma’nosiga ma’no qo‘shadi yoki uni kuchaytiradi. XX asr oxirlariga kelib insonlarning turli xil joy va vaziyatlarda, ishda, ko‘chada, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda so‘zsiz muloqot qilish ehtiyoji tug‘ildi. Buning natijasida noverbal muloqot jarayonida paralingvistik vositalardan, turli xil belgilardan, signallardan foydalanildi. Natijada insonlarning xatti-harakatlarini va xulq-atvorlarni o‘rganish, ular orasidagi munosabatlarni ifodalovchi paralingvistik birliklarni tadqiq etish ehtiyoji tug‘ildi va bu borada ilmiy tadqiqot ishlari olib borila boshlandi. Jumladan, noverbal kommunikatsiyaning asosiy jihatlari xususida o‘tgan asrning 60-yillaridan jiddiy o‘rganishga kirishilgan bo‘lsa, 1970-yilga kelib Yulius 112 Fastning bu boradagi kitobi e’lon qilinganidan keyingina ommaga ma’lum bo‘ldi. Mazkur asarda 1970-yilgacha olimlar tomonidan qilingan noverbal muloqotning muhim jihatlari bo‘yicha tadqiqotlari sarhisob qilindi va ommaga taqdim etildi. O‘tgan asrning 70-yillaridan keyin paralaingvistik vositalarning inson hayotidagi o‘rni, vazifalari borasida qator tilshunos, psixolog olimlar tomonidan amaliy ishlar, kuzatuvlar olib borila boshlandi. Jumladan, Albert Meyerabian o‘z kuzatuvlarida inson ma’lumotlarning 7 foizini faqat so‘zlar bilan, ya’ni verbal vositalar yordamida ifoda etsa, ovoz toni, talaffuz orqali ifoda etish 38 foizni tashkil etadi. Insonlar muloqot jarayonida o‘z fikrlarini bayon etishda, axborot almashinuvida noverbal vositalardan foydalanishi 55-60 foizni tashkil etadi. Professor Berdvisllning tadqiqotlariga ko‘ra esa, bir inson kun davomida o‘rtacha hisobda 10-11 daqiqa verbal, so‘z bilan muloqotga kirishadi. Muloqotning aksar qismini noverbal vositalar tashkil etadi. Ko‘pgina tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, verbal va noverbal vositalar insonlararo turli ma’lumotlarni uzatishda alohida, ba’zan birgalikda faol qo‘llanadi. Aytilganidek, noverbal muloqot so‘zlar yordamisiz, turli xil belgilar, imoishoralar yordamida amalga oshiriladigan muloqot turi bo‘lib, ko‘pchilik olimlar uning ongsiz ravishda yuzaga kelishini ta’kidlaydilar. Shu sababli noverbal muloqot verbal muloqotni to‘ldirib va kuchaytirib kelishi yoki aksincha, unga zid bo‘lishi mumkinligini, shuningdek, muloqot jarayonini susaytirishga ham xizmat qilishi mumkinligini aytadilar. Noverbal muloqot ongsiz jarayon sifatida talqin etilsa-da, bugungi kunda u yetarlicha o‘rganilmoqda va bu sohada muvaffaqiyatli natijalarga erishilmoqdda. Paralingvistik aloqa almashinuvi yoki noverbal muloqot muloqotning eng qadimiy va fundamental shakli hisoblanadi. Qadimgi davrlardanoq otabobolarimiz bir-birlari bilan so‘z orqali aloqaga kirishish imkoniyati bo‘lmagan paytda yoki so‘zlashish imkoniyati cheklanganda ko‘pincha tana harakatlari, yuz ifodalari, ovozning toni, tembri, nafas olish tezligi, qarashlar yordamida aloqaga kirishganlar. Olimlar paraverbal tilning bir qismini universal hodisa sifatida e’tirof etadilar. Jumladan, barcha chaqaloqlar bir xil tarzda yig‘laydilar va kuladilar. Boshqa qismi esa, masalan, imo-ishoralar, madaniyatdan madaniyatga farq qiladi. Nutqiy faoliyat jarayonida adresat va adresant orasida noverbal muloqot odatda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Biz, odatda, o‘z fikrlarimizni so‘zlar shaklida shakllantiramiz, lekin bizning ongimizdan tashqari, bizning holatimiz, yuz ifodalarimiz va imo-ishoralarimiz ham beixtiyor ifoda kasb etadi, ya’ni: “Inson so‘z bilan aldashi mumkin, ammo ovozi bilan hech qachon alday olmaydi!” 113 Har bir inson kommunikatsiya jarayonida paralingvistik muloqotning ba’zi parametrlarini boshqarishi mumkin. Ammo hech qachon barcha parametrlarni nazorat qilishi mumkin emas, chunki odam bir vaqtning o‘zida 5 yoki 7 tadan ko‘p bo‘lmagan omillarni yodda tutishi mumkin. Nutqiy faoliyat jarayonida adresat o‘z emotsiya va his-tuyg‘ularini adresantga so‘zsiz yetkazish mumkin. Shu sababli paraverbal til ham og‘zaki muloqotda qo‘llanadi. “Uning yordami bilan: - og‘zaki uzatilgan ma’lumotlarni tasdiqlash, tushuntirish yoki rad etish; - ongli yoki ongsiz ravishda axborotni uzatish; - emotsiya va his-tuyg‘ularni ifoda etish; - suhbatning borishini tartibga solish; - boshqa shaxslarni nazorat qilish va ta’sir qilish; - so‘zlarning yetishmasligini to‘ldirish mumkin (masalan, velosiped haydashni o‘rganayotganda). Hamkor bilan suhbatlashganda, biz uning yuz ifodalarini, suhbatdoshimiz haqiqatan ham nimani o‘ylashini va his qilishini aytadigan imo-ishoralarini ko‘ramiz. Shunday qilib, o‘tirgan suhbatdosh oldinga egilib, o‘zi gapirmoqchi ekanligini aytadi. Orqaga suyanib, u allaqachon bizni tinglamoqchi. Oldinga egilgan iyak kuchli irodali bosimdan, o‘z manfaatlariga qat’iy rioya qilish istagidan dalolat beradi. Agar iyak ko‘tarilgan bo‘lsa va bosh to‘g‘ri bo‘lsa, unda sherik o‘zini kuchli holatda deb hisoblaydi. Mutaxassis sifatida tinglovchilar oldida so‘z yuritar ekanmiz, barkamol, o‘ziga ishongan mutaxassis obrazini uyg‘otishimiz kerak. Aks holda fikrimizga hech kim ishonmaydi. Bundan tashqari, tinglovchilar nutqimizning dastlabki soniyalarida biz haqimizda o‘z taassurotlarini qoldiradilar. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Rajabov, A. "Til va tafakkur." – T.: Fan, 2005. 2. Nazarov, Q., Sayfiyev, N. "Tilshunoslikka kirish." – T.: O‘zbekiston, 2010. 3. Mehriniso Jo‘rayeva. "Nutq madaniyati va notiqlik san’ati." – T.: TDPU, 2016. 4. Mehriniso Jo‘rayeva. "Muloqot etikasi va pedagogik mahorat asoslari." – T.: TDPU, 2020. 5. Ekman, P. “Emotions Revealed: Recognizing Faces and Feelings to Improve Communication and Emotional Life.” – New York: Henry Holt, 2003. 6. Knapp, M. L., & Hall, J. A. “Nonverbal Communication in Human Interaction.” – Boston: Wadsworth, 2013.