LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQOTLAR ANTROPOSENTRIK PARADIGMA KO'ZGUSIDA
Full text
131 LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQOTLAR ANTROPOSENTRIK PARADIGMA KO‘ZGUSIDA G.Tojiyeva, QarshiDU professori, f.f.d. (DSc), D.Noraliyeva, QarshiDU mustaqil tadqiqotchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387554 Annotatsiya: O‘zbek tilshunosligida yangi leksik birliklarning shakllanishi va ommalashuvi, shuningdek, ular orqali ifodalanayotgan tushunchalarning leksik-semantik, ijtimoiy hamda madaniy xususiyatlarini tadqiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tezisda ham lingvokulturologiya yo‘nalishda bajarilgan ishlarning mazmun-mohiyati, antropotsentrik paradigmadagai o‘rni haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Lingvokulturologiya, antropotsentrik paradigma, til va madaniyat, milliymadaniy konseptlar, kognitiv tilshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya, til tafakkuri. Annotation: In Uzbek linguistics, significant attention is being devoted to the formation and popularization of new lexical units, as well as to the study of lexical-semantic, social, and cultural characteristics of the concepts expressed through them. This thesis also discusses the essence of the work conducted in the field of linguoculturology and its place within the anthropocentric paradigm. Keywords: Linguoculturology, anthropocentric paradigm, language and culture, nationalcultural concepts, cognitive linguistics, intercultural communication, linguistic cognition. Hozirgi vaqtda tilshunos olimlar tilshunoslik ilmining tub o‘zgarishlar bosqichida ekanligini ta’kidlamoqdalar. Bu o‘zgarishlar tilni insondan mustaqil, o‘zo‘ziga xos tizim sifatida ko‘rishdan voz kechib, uni “antropologik hodisa” sifatida tasvirlashga o‘tishda namoyon bo‘lmoqda. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikda antropotsentrik yondashuvning qo‘llanila boshlashi tilning jamiyat va shaxs hayotidagi roli, milliy o‘ziga xos xususiyatlari, nutqning qabul qilinishi va dunyoning lisoniy tasviri bilan bog‘liq masalalarga alohida diqqat qaratish imkonini berdi. Shu bilan birga, inson va xalqning dunyoqarashini, qadimiy odat-an’analarini va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan xalq madaniy merosi, folklor asarlari, ayniqsa, dostonlar tilining tahlili hamda ularda ishlatilgan lingvokulturologik birliklarning milliy mentalitet va madaniyatga xos xususiyatlari zamonaviy tilshunoslikning asosiy tadqiqot yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada Tilshunos Y.V.Dorofeyevning quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinli: “lingvistik maqsadlarning o‘zgarishi tilshunoslik sohasidagi tadqiqotlarda yangi rejalarning ishlab chiqilishi,
132 yangi paradigmaning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi” 1 . Aslida, antroposentrik paradigma haqidagi qarashlar uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. V.Gumboltning quyidagi fikrlari ham, aslda, antroposentrik paradigma yo‘nalishlari haqida edi: “Tilni o‘rganish inson ruhiyatini, boshqa sohalarga doir munosabatlarni tadqiq qilish bilan bog‘liq yakuniy maqsadlarni inkor qilmaydi” 2 . Nutqni shakllantirish va idrok qilish jarayonida insonning asosiy rol o‘ynashini e’tirof etish natijasida antropotsentrizm paradigmasi paydo bo‘ldi, bu esa lingvistik shaxs omilini tadqiqotlarda birinchi o‘ringa olib chiqdi. Ushbu yondashuv tilni nafaqat muloqot vositasi, balki insonning o‘z-o‘zini anglashi, dunyoqarashi va ijtimoiy-madaniy muhit bilan o‘zaro aloqasi sifatida o‘rganishga imkon berdi. Antropotsentrik paradigma tilshunoslikda insonning nutq faoliyatidagi faol ishtirokini ta’kidlab, tilning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rnini chuqurroq tushunishga yo‘l ochdi. Bunda lingvistik shaxs nafaqat tilni ishlatuvchi, balki uni yaratuvchi va uning ma’nolarini shakllantiruvchi sub’ekt sifatida ko‘riladi, bu esa tilning psixologik, ijtimoiy va madaniy jihatlarni o‘zida mujassam etishini ta’kidlaydi. Ma’lumki, til hayotni, insonlar orasidagi munosabatlarni, voqelikni ifodalashda fenomenal hodisadir. Tilning mohiyatini faqat inson va uning butun dunyosi bilan bog‘liq holda tushunish mumkinligi haqidagi qarash tobora mustahkamlanishi zamonaviy tilshunoslikda yuzaga kelgan eng muhim metodologik o‘zgarishga, ya’ni markazida inson turuvchi antroposentrik tilshunoslik yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Antropotsentrik yondashuv inson faoliyatining shaxsiy va ijtimoiy jihatlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. “Antropotsentrizmning maxsus tadqiqot tamoyili sifatidagi o‘ziga xosligi shundaki, unda ilmiy ob’ektlar birinchi navbatda inson uchun qanday rol o‘ynashi, uning hayotidagi maqsadi va inson shaxsini rivojlantirish hamda takomillashtirish vazifalariga ko‘ra o‘rganiladi” 3 . Inson o‘zining individual va ijtimoiy tajribasi, dunyo haqidagi bilimlar tizimi va atrofidagi voqelikning ongida aks etishi bilan faol biluvchi sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi kunda til tizimining turli xususiyatlarini aniqlash lingvistik tahlilning yagona yoki oddiy maqsadi sifatida qaralmaydi. Til hodisalarini inson va uning tafakkuri bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki inson o‘zini va o‘zining ma’naviy-amaliy faoliyatini anglash orqali dunyoni o‘rganadi. Tilshunos Y.S.Stepanovning fikriga ko‘ra, til semiotik tizim bo‘lib, uning farqlovchi belgilari 1 Дорофеев Ю.В. Антропоцентризм в лингвистике и предмет когнитивной грамматики // Актуальные проблемы совремменной когнитивной лингвистике: мат. XV международной лингвистической конф. «Язык и мир». Таврический национальный университет им. В.И.Венрадского. 2008. – С.102-207. 2 Гумбольдт В. фон. Язык и философия культуры. – Москва: Прогресс, – С.234. – 451 с. 3 Киличев А. Звмонавий билимлар парадигмасида антропоцентризм // Таълим ва инновацион тадқиқотлар. 2022. №1. – Б.74-80.
133 so‘zlovchi shaxsga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Til inson faoliyati asosida shakllanadi va shaxsning tilga ta’siri tilning tuzilishida ham aks etadi 4 . Shu tufayli inson shaxsi tilda va til orqali ifodalanadi. Tilshunos N.Mahmudov “olam manzarasi”, “olamning lisoniy manzarasi” tushunchalari markaziy o‘rinni egallashini ta’kidlaydi 5 . Shubhasiz, inson (xalq) dunyoni idrok etish darajasi, uning tasavvuridagi olam manzarasi va bilimlar to‘plami doimo o‘zgarib, uzluksiz rivojlanib boradi. Bu jarayon natijasida ushbu manzara tarkibida yangi tushunchalar va kontseptlar vujudga keladi. Tabiiyki, bunda inson omili yetakchi, markaziy o‘rinda turadi. Lingvokulturologiya ham antroposentrik paradigmaning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida tilning leksik, frazeologik va semantik tuzilmalarida milliy madaniyatning aks etishini tahlil qiladi. U til birliklari orqali xalqning tarixi, qadriyatlar tizimi, an’analari va ijtimoiy tajribasini o‘rganishga e’tibor qaratadi. Masalan, frazeologizmlar, maqollar yoki metaforalar orqali xalqning dunyoqarashi va hayotiy tajribasi ochib beriladi. Bu yo‘nalish antroposentrik yondashuvga asoslanib, tilni inson va uning madaniy muhiti bilan chambarchas bog‘liq hodisa sifatida talqin qiladi. Lingvokulturologiya til orqali milliy identifikatsiyani, madaniy konseptlarni va xalqlar o‘rtasidagi madaniy farqlarni aniqlashga yordam beradi. Zamonaviy lingvokulturologiya globalizatsiya sharoitida til va madaniyatning o‘zaro ta’siri, shuningdek, tilni saqlash masalalariga e’tibor qaratmoqda. Bu soha nafaqat ilmiy tadqiqotlarda, balki til o‘qitish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. “Lingvokulturologiya til va madaniyatning o‘zaro uzviy ta’siri, aloqasini o‘rganuvchi hamda bu jarayonlarning lisoniy va nolisoniy birliklarining bir butun strukturasi sifatida o‘zida aks ettiradigan alohida yaxlit ilmiy sohadir. U tilshunoslik va madaniyatshunoslik fanlari o‘rtasida vujudga kelgan umumlashma fan bo‘lib, til va madaniyatning chambarchas bog‘liqligining shakllanishi hamda rivojlanishini o‘rganadi” 6 . Bir tarafdan lingvokulturologiya insoniyatning madaniy til faktoridagi o‘rni, ikkinchi tarafdan esa, til faktoridagi insonning o‘rnini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Til milliy madaniyatning o‘ziga xos ko‘zgusi sifatida nafaqat insonning atrofidagi borliqni aks ettiradi, balki uning ijtimoiy muhitda o‘zini o‘zi idrok etishi, milliy xususiyatlari, mentaliteti, turmush tarzi, axloq-odob qoidalari, qadriyatlar tizimi va dunyoqarashining yaxlit ifodasidir. Shunday ekan, til nafaqat ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi, balki millatning madaniy boyliklari bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanadi va ularni o‘zida mujassam 4 Степанов Ю.С. Альтернативный мир, дискурс. Факт и принцип причинности // Язык и науки конца XX века: сб. ст. – Москва: РГТУ, 1995. – С.35-73. 5 Маҳмудов Н. Оламнинг лисоний манзараси ва сўз ўзлаштириш // Ўзбек тили ва адабиёти. 2015. №3. – Б.3-12. 6 O‘rmonova M. Lingvokulturologiya va til tavsifiga antroposentrik yondashuv // Innovative academy: “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: nazariya va amaliyot” nomli ilmiy, masofaciy, onlayn konferensiya. – B.112-116.
134 etadi. Til orqali xalqning tarixi, an’analari, qadimiy qadriyatlar va zamonaviy dunyoqarashning o‘ziga xos uyg‘unligi yaqqol ko‘rinadi, bu esa uni madaniyatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylantiradi. Antroposentrik paradigmadagi asosiy yondashuvlar sifatida quyidagilar ajratiladi: a) til olamning lisoniy manzarasini, ya’ni inson va uning hayoti tilda qay darajada aks etishini aks ettirishi masalasini o‘rganish; b) insonning aloqa-arakashuv jarayoniga munosabati – kommunikativ tilshunoslik; d) til olamni anglash va tushunish quroli; e) til inson tafakkurida qay tarzda mavjudligini o‘rganish 7 . Sanalgan bandlar antroposentrik paradigmada tildan amaliy foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarning ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi. Bunday yondashuv tilshunoslikning boshqa sohalar bilan aloqadorligini o‘rganishni talab qilishi shubhasiz edi. Jumladan, lingvokulturologiya tilshunoslikning madaniyatshunoslik bilan kesishgan o‘rinlarida shakllangan muhim yo‘nalishlardan biri sifatida shakllandi. “Lingvokulturologiya tilni madaniyat fenomeni sifatida o‘rganadi. Bu milliy til prizmasi orqali dunyoga o‘ziga xos nigoh bo‘lib, til milliy mentalitetning ifodachisi sifatida namoyon bo‘ladi. Butun tilshunoslik madaniytarixiy mazmun bilan yo‘g‘rilgan, chunki uning tadqiqot ob’ekti til bo‘lib, u madaniyatning sharti, asosi va mahsulidir” 8 . Tilshunoslik sathlari orasida eng ko‘p madaniy tushunchalarni ifodalovchi birliklar va ularning xususiyatlarini ifodalovchi sahlar sifatida ijtimoiy dialektologiya, etnolingvistika, stilistika, leksikologiya, frazeologiya, semantika, tarjima nazariyasi kabilarni kiritish mumkin. Til madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va saqlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Ba’zi til birliklarida bu ma’lumotlar zamonaviy til sohiblari uchun yashirin, asrlar davomida o‘zgarishlarga uchragan va faqat bilvosita yo‘l bilan aniqlanishi mumkin. Lingvokulturolog til belgilarida mujassam bo‘lgan madaniy ma’lumotlarni ochib berish uchun maxsus usullar va yondashuvlarni qo‘llashi zarur. Madaniyat tushunchasi lingvokulturologiya uchun asosiy tushuncha hisoblanadi, shuning uchun uning ontologiyasi, semiotik xususiyati va bizning yondashuvimiz uchun muhim bo‘lgan boshqa jihatlarni batafsil ko‘rib chiqishni zarur deb bilamiz. Madaniyat nafaqat xalqning turmush tarzi, an’analari va qadriyatlarini aks ettiradi, balki til orqali ifodalanadigan va avlodlardan avlodlarga o‘tadigan ramziy tizim sifatida ham namoyon bo‘ladi. Lingvokulturologiya nuqtayi nazaridan, madaniyatning semiotik tabiati til belgilarida mujassam bo‘lgan ma’nolar va ularning ijtimoiy-madaniy kontekstdagi o‘ziga xosliklarini tahlil qilish orqali chuqurroq 7 Ашуров Д. “Алпомиш” достонининг лингвокультурологик хусусиятлари: Филол. фанл. б. фалс. докт. (PhD) дисс. – Наманган, 2021. – Б.14. – 155 б. 8 Маслова В.А. Лингвокультурология. – Москва: Издательский цент “Академия”, 2001. – С.14. – 208 с.
135 anglaniladi. Shunday ekan, madaniyatning til bilan bog‘liqligi, uning tarixiy rivojlanishi va jamiyatdagi o‘rni kabi masalalarni atroflicha o‘rganish lingvokulturologik tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Lingvomadaniyatshunoslik bugungi kunda bir necha yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 1) lingvomadaniyatshunoslik madaniy munosabatlarni, lingvomadaniy leksik birliklarni, shu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni jamlaydigan alohida sotsial soha; 2) diaxronik lingvomadaniyatshunoslik. Lingvomadaniyatning etnos holatidagi aniq o‘tish vaqtining o‘zgarishlarini o‘rganadi; 3) qiyosiy lingvomadaniyatshunoslik. Lingvomadaniyatda paydo bo‘ladigan turli xil etnoslarning ikki tomonlama qiyoslash bilan shug‘ullandi; 4) tаvsifiy lingvomadaniyatshunoslik; 5) lingvokulturologik leksikografiya 9 . Lingvomadaniyatshunoslik ilmining markaziy tadqiqot obyekti sifatida til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni aniqlash hamda chuqur tahlil qilish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu ikki tushunchaning bir-biriga chambarchas bog‘langan va ajratib bo‘lmaydigan birlik ekanligiga shubha yo‘q, chunki zamonaviy sharoitda til madaniyatsiz rivojlanmaydi, madaniyat esa tilsiz shakllanmaydi va saqlanmaydi. Masalan, til nafaqat muloqot vositasi, balki xalqning dunyoqarashi, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarini aks ettiruvchi madaniy ko‘zgu sifatida ishlaydi – o‘zbek tilidagi maqollar, dostonlar yoki folklor namunalari bunga yorqin misol bo‘lib, ular orqali milliy madaniy meros avlodlarga yetkaziladi. Shu sababli lingvomadaniyatshunoslik tilni madaniy kontekstda o‘rganish orqali inson va jamiyatning ma’naviy olamini chuqurroq tushunishga yordam beradi, bu esa ta’lim, tarjima va madaniy almashinuv sohalarida muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ашуров Д. “Алпомиш” достонининг лингвокультурологик хусусиятлари: Филол. фанл. б. фалс. докт. (PhD) дисс. – Наманган, 2021. – Б.14. – 155 б. 2. Гумбольдт В. фон. Язык и философия культуры. – Москва: Прогресс, – С.234. – 451 с. 3. Дорофеев Ю.В. Антропоцентризм в лингвистике и предмет когнитивной грамматики // Актуальные проблемы совремменной когнитивной лингвистике: мат. XV международной лингвистической конф. «Язык и мир». Таврический национальный университет им. В.И.Венрадского. 2008. – С.102-207. 4. Маслова В.А. Лингвокультурология. – Москва: Издательский цент “Академия”, 2001. – С.14. – 208 с. 5. Маҳмудов Н. Оламнинг лисоний манзараси ва сўз ўзлаштириш // Ўзбек тили ва адабиёти. 2015. №3. – Б.3-12. 9 Tursunov M. Lingvomadaniyatshunoslik fanining dolzarb lisoniy masalalari muhokamasi // Miasto Przyszlości. Vol.47. 2024. – P.936-942.
136 6. Киличев А. Звмонавий билимлар парадигмасида антропоцентризм // Таълим ва инновацион тадқиқотлар. 2022. №1. – Б.74-80. 7. Степанов Ю.С. Альтернативный мир, дискурс. Факт и принцип причинности // Язык и науки конца XX века: сб. ст. – Москва: РГТУ, 1995. – С.35-73. 8. Tursunov M. Lingvomadaniyatshunoslik fanining dolzarb lisoniy masalalari muhokamasi // Miasto Przyszlości. Vol.47. 2024. – P.936-942. 9. Худайберганова Д.С. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик талкини: Филол. фанлари д-ри ... дисс. – Тошкент. 2015. - 240 б. 10. Худойберганова Д. Прецедент номларнинг антропосентрик талқини.//Ўзбек тили ва адабиёти журнали. 2015-йил 2-сон. 41 бет. 11. O‘rmonova M. Lingvokulturologiya va til tavsifiga antroposentrik yondashuv // Innovative academy: “Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: nazariya va amaliyot” nomli ilmiy, masofaciy, onlayn konferensiya. – B.112-116.