O'ZBEK MATBUOTIDA QADRIYAT KATEGORIYALARINING AKSIOLINGVISTIK-DISKURSIV TAHLILI
Full text
137 O‘ZBEK MATBUOTIDA QADRIYAT KATEGORIYALARINING AKSIOLINGVISTIK-DISKURSIV TAHLILI Boymatova Dilnoza Baxtiyorovna, Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti, f.f.f.d.(PhD) [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387564 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek matbuotida qadriyat kategoriyalarining aksiolingvistikdiskursiv tahlili taqdim etilgan bo‘lib, unda qadriyatlarning til orqali ifodalanishi, ularning semantik va pragmatik xususiyatlari hamda matbuot diskursida tutgan o‘rni ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, hozirgi globallashuv sharoitida jamiyatning ma’naviy hayoti va qadriyatlar tizimi ommaviy axborot vositalari, xususan matbuot orqali shakllanadi va tarqatiladi. Shu bois qadriyatlarning o‘zbek matbuoti tilida qanday aks etishini o‘rganish nafaqat lingvistik, balki ijtimoiy-siyosiy nuqtayi nazardan ham muhimdir. Aksiolingvistikaning nazariy asoslariga tayanib, maqolada qadriyatlarning nominativ, semantik va diskursiv xususiyatlari tahlil qilinadi. Qadriyat kategoriyalari milliy, ijtimoiy, axloqiy-etik va umuminsoniy guruhlarga ajratilib, ularning o‘zbek matbuotidagi namoyon bo‘lish shakllari yoritiladi. Masalan, milliy qadriyatlar (“vatan”, “milliy birlik”, “an’ana”), ijtimoiy qadriyatlar (“adolat”, “tenglik”, “mas’uliyat”), axloqiy qadriyatlar (“halollik”, “mehnatsevarlik”, “rahm-shafqat”), umuminsoniy qadriyatlar esa (“tinchlik”, “erkinlik”, “inson huquqlari”) misollar bilan tahlil qilinib, ularning til vositasida ifodalanishi va diskursdagi funksiyalari ko‘rsatib beriladi. Kalit so‘zlar: qadriyat, aksiolingvistika, diskurs, matbuot, Yangi O‘zbekiston, milliy identitet, metafora. Annotation. This article presents an axiolinguistic-discursive analysis of value categories in the Uzbek press, focusing on the linguistic representation of values, their semantic and pragmatic features, and their role in media discourse. The relevance of the study lies in the fact that, in the current context of globalization, the spiritual life of society and the system of values are shaped and disseminated through mass media, particularly the press. Therefore, studying how values are reflected in the language of the Uzbek press is significant not only from a linguistic but also from a socio-political perspective. Based on the theoretical foundations of axiolinguistics, the article examines the nominative, semantic, and discursive characteristics of values. Value categories are classified into national, social, moral-ethical, and universal groups, and their manifestations in the Uzbek press are demonstrated. For instance, national values (“homeland”, “national unity”, “tradition”), social values (“justice”, “equality”, “responsibility”), moral values (“honesty”, “diligence”, “compassion”), and universal values (“peace”, “freedom”, “human rights”) are analyzed with examples illustrating their linguistic expression and discursive functions. Keywords: value, axiolinguistics, discourse, press, New Uzbekistan, national identity, metaphor. O‘zbek matbuoti jamiyat hayotida muhim kommunikativ maydon bo‘lib, unda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar aks etadi. Matbuot diskursida qadriyatlar til vositasida ifodalanib, ijtimoiy ong va axloqiy mezonlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda aksiolingvistika qadriyatlarning
138 lingvistik ifodasi, ularning matnda qanday aks etishi va qanday diskursiv strategiyalar orqali o‘quvchiga yetkazilishini tahlil qilish imkonini beradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi davlat taraqqiyotining ustuvor strategiyasi sifatida belgilangan bo‘lib, u nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki ma’naviyma’rifiy sohalarda ham chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Shu jarayonda qadriyatlarning qayta tiklanishi, milliy identitetning mustahkamlanishi va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashuvi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Qadriyatlar har qanday jamiyatning mafkuraviy, ma’naviy va axloqiy tayanchidir. “Umuminsoniy qadriyatlar tushunchasi butun jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lganinsoniyatning mavjudligi, o‘tmishi, buguni va kelajagini, yashashning asosiy yo‘nalishlari, qonun-qoidalarini, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzuumidlari va ideallarini o‘zida aks ettiradigan qadriyatlarining umumiy shakllarini ifodalaydi” 1 . Ularning til vositasida ifodalanishi esa lingvistik va aksiologik tadqiqotlar uchun muhim ob’ekt sanaladi. Aksiolingvistika qadriyatlarning til va nutqda ifodalanishini o‘rganar ekan, matbuot diskursi ularning eng muhim ko‘rinish maydonlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Yangi O‘zbekiston matbuotida qadriyatlarning diskursiv taqdimoti orqali jamiyatning ijtimoiy ongini shakllantirish, milliy birlikni mustahkamlash va islohotlarga ijobiy munosabat uyg‘otish vazifalari amalga oshirilmoqda. Mazkur maqolada qadriyatlarning matbuotdagi diskursiv taqdimoti aksiolingvistik nuqtayi nazardan o‘rganilib, ularning lingvistik vositalar orqali qanday ifodalanishi va qanday ijtimoiy-ma’naviy vazifani bajarishi tahlil qilinadi. Shu orqali Yangi O‘zbekiston davridagi matbuotning qadriyatlarni shakllantirish va ommalashtirishdagi roli ochib beriladi. Qadriyatlar masalasi falsafa, sotsiologiya, psixologiya va tilshunoslik fanlarining kesishma nuqtasida o‘rganilgan murakkab hodisadir. Aksiologiya qadriyatlarni umumiy falsafiy kategoriya sifatida tahlil qilsa (Lotman, 1992; Rickert, 1995), tilshunoslikda aksiolingvistika ularning til orqali ifodalanishini, nutqiy muhitdagi diskursiv vazifasini o‘rganishga qaratilgan (Karasik, 2002; Kubryakova, 2004). O‘zbek tilshunosligida qadriyatlarning lingvistik tadqiqi oxirgi o‘n yillikda faollashdi. “Aksiolingvistika tildagi baho ifodalovchi birliklarni tahlil qilishga asoslanadi hamda qadriyatlar va baholashning til orqali ifodalanishini tadqiq etadi. Dunyo tilshunosligida qadriyatlar hamda ular bilan bog‘liq jihatlar, xususan, ularning tabiati, ijtimoiy va madaniy omillar hamda shaxs tushunchasi bilan o‘zaro 1 https://abiturtest.uz/mavzular/qadriyat-nima/
139 bog‘liqligini o‘rganuvchi aksiologik yo‘nalish muhimlik kasb etib bormoqda 2 .Shuningdek, qadriyatlarning maqol-matallarda, badiiy adabiyotda, siyosiy nutqlarda va matbuot diskursida qo‘llanishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Xorijiy tadqiqotlarda qadriyatlar diskurs nazariyasi bilan bog‘liq holda o‘rganilgan. N. Fairclough (1995), T. van Dijk (1998), R. Wodak (2001)larning ishlari siyosiy va ijtimoiy diskursning qadriyatlarga asoslanishini yoritadi. Shu bilan birga, matbuot diskursida qadriyatlarning ijtimoiy ong va milliy identitetni shakllantirishdagi o‘rni ham keng tadqiq etilgan. Demak, mavjud ilmiy manbalar qadriyatlarni falsafiy, ijtimoiy va lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilgan bo‘lsa-da, Yangi O‘zbekiston matbuotidagi qadriyatlarning aksiolingvistik-diskursiv o‘ziga xosliklarini maxsus o‘rganish zarurati mavjud. Bu esa mazkur tadqiqotning yangiligini belgilaydi. Yangi O‘zbekiston matbuoti diskursida qadriyatlar bir necha asosiy toifalarda namoyon bo‘ladi: milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar. Ularning barchasi lingvistik jihatdan turlicha vositalar yordamida ifodalanadi. Quyida har bir toifa bo‘yicha tahlil keltiriladi. 1. Milliy qadriyatlar. Milliy qadriyatlar – xalqning tarixiy xotirasi, madaniy merosi, urf-odat va an’analarini aks ettiradi. “Yangi O‘zbekiston” matbuotida milliy qadriyatlar ko‘pincha metaforalar va maqol-matallar yordamida ifodalanadi. Masalan, “Xalq so‘zi” gazetasida chop etilgan maqolalarda “Buyuk kelajak sari dadil qadam qo‘yayotgan xalq” (2023) iborasi ishlatiladi. Bu yerda “dadil qadam” metaforasi milliy taraqqiyotning ruhiy kuch bilan bog‘liqligini ifodalaydi. Shuningdek, maqollardan foydalanish qadriyatlarni yanada ta’sirchan qiladi: “El bilan yurt obod” iborasi milliy birlik qadriyatini aks ettiradi. “Ko‘pning kuchi – tog‘ni sindirar” jumlasi jamoaviylik va hamjihatlikni ta’kidlaydi. 2. Umuminsoniy qadriyatlar. Demokratiya, adolat, inson huquqlari va tinchlik umuminsoniy qadriyatlarga kiradi. Yangi O‘zbekiston matbuotida bu qadriyatlar ko‘pincha xalqaro diskurs bilan uyg‘un holda yoritiladi. Masalan, “O‘zbekiston ovozi” gazetasida e’lon qilingan maqolada shunday jumla uchraydi: “Har bir fuqaroning sha’ni va qadr-qimmati oliy darajada qadrlanadigan davlat qurish – islohotlarning bosh maqsadidir” (2022). Bu ibora aksiolingvistik jihatdan ijobiy baholash kategoriyasiga kiradi va umuminsoniy qadriyat sifatida inson sha’nini ustuvor qo‘yadi. 2 Saydaliyeva M. Aksiologik baho tushunchasiga oid ilmiy qarashlar tahlili// Yangi O‘zbekiston, yangi tadqiqotlar jurnali. Volume 3 Issue 102.06.2025
140 3. Ijtimoiy qadriyatlar. Ijtimoiy qadriyatlar jamiyatning hamjihatlik, birdamlik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini o‘z ichiga oladi. Bu qadriyatlar matbuotda ko‘proq ritorik savol shaklida ifodalanadi. Masalan, “Yangi O‘zbekiston” gazetasidagi maqolada shunday ritorik savol beriladi: “Jamiyatimizning ertangi kuni farzandlarimiz qo‘lida ekan, ularni sog‘lom va bilimli etib tarbiyalash burchimiz emasmi?” (2024). Bu yerda ritorik savol orqali ijtimoiy mas’uliyat qadriyati ta’kidlangan. 4. Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar: Ma’naviyat, halollik, mehr-shafqat, vatanparvarlik qadriyatlari ushbu toifaga kiradi. Matbuotda ular ko‘pincha diniy va ma’naviy konnotatsiyalarga ega iqtiboslar bilan ifodalanadi. Masalan, “Xalq so‘zi” gazetasida quyidagi jumla uchraydi: “Halol mehnat qilgan odamning qo‘li doimo baraka topadi” (2023). Bu jumlada qadriyat halollikni asosiy ma’naviy tamoyil sifatida ilgari suradi. Yana bir maqolada shunday deyilgan: “Vatanparvarlik – xalqni birlashtiruvchi eng kuchli ma’naviy qudratdir” (2022). Bu yerda aksiologik kategoriya – “qudrat” so‘zi orqali vatanparvarlik qadriyatiga ijobiy baho berilgan. O‘zbek matbuotida qadriyat kategoriyalari keng qamrovli diskursiv hodisa bo‘lib, ular orqali jamiyatning ma’naviy-axloqiy mezonlari mustahkamlanadi. Shuningdek, raqamli dunyoda matbuotning, xususan, gazetalarning raqamli ko‘rinishi ham paydo bo‘lgan va bu jarayon “gazeta korpuslari” deb ataladi. “Gazeta korpusining yaratilishi minglab maqolalarni bir joyga umumlashtirish imkoniyatini yaratgan. Bu esa tadqiqotchilar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilishini yengillashtirgan. Ayniqsa, multilingual gazeta korpuslari bu izlanishlarni yanada kengroq olib borish imkoniyatini ta’minlagan” 3 . Aksiolingvistik tahlil shuni ko‘rsatadiki, qadriyatlar matbuotda ijobiy obrazlar, metaforalar, chaqiriqlar va qiyoslashlar orqali berilib, ular o‘quvchilarning axloqiy qarashlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kelgusida qadriyatlarning matbuot diskursidagi o‘zgaruvchanligi, yangi davrda shakllanayotgan qadriyat konseptlari ham alohida tadqiqot mavzusi bo‘lishi mumkin. Adabiyotlar: 1. Arabboyeva G. Gazeta matnlari korpusini yaratish bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar tahlili // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3(1), Jan., 2023.- B.615-619. 2. Saydaliyeva M. Aksiologik baho tushunchasiga oid ilmiy qarashlar tahlili// Yangi O‘zbekiston, yangi tadqiqotlar jurnali. Volume 3 Issue 102.06.2025. 3. https://abiturtest.uz/mavzular/qadriyat-nima/ 3 Arabboyeva G. Gazeta matnlari korpusini yaratish bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar tahlili // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3(1), Jan., 2023 –B.619.