ETNOGRAFIZMLARNING LINGVOMADANIY ASOSLARI
Full text
146 ETNOGRAFIZMLARNING LINGVOMADANIY ASOSLARI Suvanova Mavjuda Xamrakulovna, Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. (PhD) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387570 Annotatsiya. Maqolada nikoh to‘yi marosimlari bilan bog‘liq etnografizmlarning nazariy asoslari lingvistik va madaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. O‘zbek xalqining urf-odatlari va marosim an’analari asosida shakllangan til birliklari hamda ramziy iboralar ilmiy tasnif qilinib, ularning madaniy kod va lingvomadaniy ahamiyati ochib beriladi. Kalit so‘zlar: nikoh to‘yi, etnografizm, nazariy asos, lingvomadaniyat, urf-odat, marosim, ramz. Abstract. The article examines the theoretical foundations of ethnographisms related to marriage rituals in linguistic and cultural aspects. Linguistic units and symbolic expressions formed on the basis of the customs and wedding traditions of the Uzbek people are analyzed. Their role as a cultural code and a linguocultural phenomenon is revealed. Keywords: marriage ceremony, ethnography, theoretical basis, linguoculture, custom, tradition, symbol. Til nafaqat aloqa va fikrni ifodalash, balki madaniyat bilan bog‘liq bilimlarni to‘plashning ham eng muhim vositasidir 1 . Madaniyat insonlarning ma’lum bir jamoasiga mansub moddiy va ma’naviy qadriyatlarini birlashtiradi va bir milliy jamoaning boshqasida umuman yo‘q bo‘lgan, yoki ular bilan sezilarli darajada farq qiladigan qadriyatlarini milliy ijtimoiy-madaniy fondini tashkil etadigan tushunchalarni o‘zida namoyon etadi 2 . Ma’lumki, lingvokulturologiya fanining obyektini xalq madaniyatining tilda yorqin ifodasini o‘zida namoyon etuvchi muqobilsiz leksika: etnografizmlar (yuz ochar, suprayoydi, chimildiqbichar), lakunalar (chimildiq, quroq, nonu sochiq), ekzotizmlar (sari, sarpo, gashtak) va til birliklarning miflashgan ko‘rinishlari: arxitip va miflar (asotir va rivoyatlar), tilda o‘z aksini topgan rasm-rusum va odatlar, tilning paremiologik fondi, til etalonlari, imo-ishora va ramzlar, tildagi o‘xshatish va metaforalar hamda o‘zbek nutq odatlari va nutqiy etiket shakllari tashkil etadi. Biz mazkur faslda lingvokulturemalar – lingvomadaniy birliklar tarkibiga kiradigan nikoh to‘yi marosimlariga oid bo‘lgan etnografizmlarni tahlilga oldik. Madaniyatga xos belgilarni o‘zida ifodalovchi so‘z, so‘z birikmasi, ibora kabi til birliklari lingvokulturema – lingvomadaniy birliklarni tashkil qiladi. Linguokulturema – lingvomadaniy tahlilning asosiy birligidir. Bu atama 1 Гумбольдт В. Избранные труды по языкознанию. – М.: Изд-во Прогресс, 1984. – 396 с. 2 Виноградов В.С. Перевод: Общие и лексические вопросы: учебное пособие. – М.: КДУ, 2004. – 240 с.
147 V.V.Vorobyov tomonidan taklif qilingan bo‘lib, tilshunoslik, madaniyatshunoslik va lingvokulturologiya sohasiga oid adabiyotlarda keng tarqaldi. V.V.Vorobyovning fikriga ko‘ra, so‘z va uning leksik-semantik ma’nosidan farqli lingvistik birlik – lingvokulturema nafaqat tilning (lisoniy ma’no), balki madaniyatning (tildan tashqaridagi madaniy ma’no) segmentlariga xos tegishli belgilarni ham o‘z ichiga oladi va ifoda etadi. U murakkab birlik sifatida lingvistik va ekstralingvistik (konseptual va obyektiv) tarkibga ega dialektik birlikdir. Ushbu birlik mohiyatiga ko‘ra so‘zdan chuqurroqdir 3 . V.V.Vorobyovdan so‘ng N.N.Kirillova va A.L.Afanaseva ham bu birlikka e’tibor qaratib, lingvokulturema – leksik yoki frazeologik birlik bo‘lib, u nafaqat denotativ – belgili ma’nolarni, balki ma’lum madaniy konsentratsiyalarni ifodalovchi madaniy semalarni ham o‘z ichiga oladi deb hisoblashadi 4 . A.A.Potebnya fikricha esa, so‘z ikki xil ma’noni anglatadi, ulardan biri tilshunoslikka oid, ikkinchisi, boshqa fanlarning predmeti bo‘lgan nomdir. Bu so‘zining konnotativ (qo‘shimcha, yangi) ma’nosi hisoblanadi 5 . Lingvokulturemalardagi konseptual va predmetli farqlar, ayniqsa, turli tillarda taqqoslaganda yaqqol namoyon bo‘ladi, bu biz o‘rganayotgan til yoki xalq madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishga imkon beradi. Har bir xalq ijtimoiy va mehnat tajribalarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular hodisalar va jarayonlarning leksikgrammatik nominatsiyasidagi farqlarda, ba’zi ma’nolarning uyg‘unligida, ularning etimologiyasida va boshqa jihatlarida ifodalanadi 6 . Lingvokulturema – ifodalaydigan o‘ziga xos ma’nolar qabul qiluvchi (tinglovchi) ongida mavjud bo‘lmasligi, ya’ni uning uchun notanish bo‘lishi mumkin. Qachonki, ifoda etilayotgan ma’no qabul qiluvchining yashash sharoitiga to‘la mos kelganda (shu tushunchalardan ongli ravishda foydalanganda) bu birliklarning ma’nosini tushunadi 7 . Shu sababli, madaniyatning ushbu birliklari tarjimashunoslikda matnda berilgan mazmunni yaxshiroq, chuqurroq anglatganda va ushbu mazmundagi qadriyatlar bilan 3 Воробьев В. В. Лингвокультурология: монография. – М.: РУДН, 2008. – С. 45. 4 Кириллова Н. Н., Афанасьева А. Л. Практическое пособие по лингвокультурологии: французский язык. –СПб.: Изд-во СПбГУ, 2008. – С. 73. 5 Потебня А. А. Мысль и язык. – М.: Лабиринт, 1999. – С. 349. 6 Власова Е. А. Соотношение понятий «язык», «культура» и «картина мира» // Филологические науки. Вопросы теории и практики. Тамбов: Грамота, 2012. № 7 (18). Часть 1. 7 Новый словарь методических терминов и понятий (теория и практика обучения языкам). — М.: Издательство ИКАР. Э.Г.Азимов, А.Н.Щукин. 2009.
148 bog‘liq ma’lumotlarni yana bir boshqa madaniyat vakiliga tushunarli bo‘lishi ta’minlanganda u muhim bo‘ladi 8 . O‘zbek tilidagi lug‘atlarda lingvomadaniy birliklar – lisoniy belgining va madaniy mazmun birikuvidan tarkib topuvchi, semantikasida madaniy axborot yaqqol namoyon bo‘luvchi til birliklari. Jumladan, frazeologizmlar, etalonlar, ramzlar, metaforalar, turg‘un o‘xshatishlar, nutqiy etiketlar, urf-odat va marosimga oid so‘zlar, topishmoqlar, milliy realiyalar, arxitiplar, mifologemalar, lakunalar, pretsedent birliklar va boshqalar lingvomadaniy birliklarni tashkil qiladi degan ta’rifni uchratishimiz mumkin. Adabiyotlar: 1. Гумбольдт В. Избранные труды по языкознанию. – М.: Изд-во Прогресс, 1984. – 396 с. 2. Кириллова Н.Н., Афанасьева А.Л. Практическое пособие по лингвокультурологии: французский язык. –СПб.: Изд-во СПбГУ, 2008. – С. 73. 3. Новый словарь методических терминов и понятий (теория и практика обучения языкам). — М.: Издательство ИКАР. Э.Г.Азимов, А.Н.Щукин. 2009. 4. Потебня А. А. Мысль и язык. – М.: Лабиринт, 1999. – С. 349. 5. Виноградов В.С. Перевод: Общие и лексические вопросы: учебное пособие. – М.: КДУ, 2004. – 240 с. 6. Власова Е. А. Соотношение понятий «язык», «культура» и «картина мира» // Филологические науки. Вопросы теории и практики. Тамбов: Грамота, 2012. № 7 (18). Часть 1. 7. Воробьев В. В. Лингвокультурология: монография. – М.: РУДН, 2008. – С. 45. 8 Виноградов В. С. Перевод: Общие и лексические вопросы: учебное пособие. М.: КДУ, 2004. 240 с. , 37