TASVIRIY SAN'AT TERMINLARINING MA'NOVIY GURUHLARI
Full text
149 TASVIRIY SAN’AT TERMINLARINING MA’NOVIY GURUHLARI Kozimova Zulfiya Ismoilovna, Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi ona tili va adabiyoti fani oqituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387579 Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy san’at sohasiga oid terminlarning ma’noviy guruhlanishi, ularning leksik-semantik xususiyatlari, milliy va xalqaro terminologik tizim bilan bogliq jihatlari tahlil qilingan. Kalit sozlar: tasviriy san’at, terminologiya, ma’no guruhlari, estetik kategoriyalar, semantika, milliy til, kompozitsiya, rangshunoslik. Abstract. This article analyzes the semantic grouping of terms related to the field of fine arts, their lexical and semantic characteristics, and aspects related to the national and international terminological system. Keywords: fine arts, terminology, meaning groups, aesthetic categories, semantics, national language, composition, color science. San’at inson qalbini yuksak his-tuygʻularga chorlaydigan, jamiyat ma’naviyatini yuksaltiruvchi kuchdir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “San’at va madaniyat – millat qalbining ifodasi, ma’naviyatning asosidir. Bu sohadagi har bir ijod – xalqimiz ruhiyatini, dunyoqarashini, madaniyatini namoyon etadi”. San’at tarlaridan biri bolgan tasviriy san’at ana shu ma’naviy jihatning muhim qismidir. Uning nazariyasi va amaliy yonalishlari til orqali oʻzining ifodasini topadi. Tasviriy san’at (art visualis) inson ongidagi badiiy tasavvurni ko‘rgazmali shaklda ifoda etishga qaratilgan ijodiy jarayondir. Tilshunoslik nuqtayi nazaridan qaralganda, tasviriy san’at terminlari – sohaga xos ilmiy, amaliy va badiiy atamalar tizimidir. Bu terminlar orqali rasm, kompozitsiya, rang, uslub, shakl va material kabi tushunchalar aniq ma’no ifodasiga ega boʻladi. Tasviriy san’atda ishlatiladigan terminlar nafaqat amaliy faoliyatda, balki ilmiy tahlil va talimda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan tasviriy san’at terminlarining mazmun doirasi kengayadi va oʻziga xos leksik-semantik guruhlarni tashkil etadi. Tasviriy san’atning asosiy turlari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin: 1. Rangtasvir (jivopis) – boʻyoqlar orqali mazmunli va koloritli tasvir yaratish san’ati bo‘lib, u “portret”, “peyzaj”, “natyurmort”, “abstraksiya” kabi janrlardan hamda bu janrlarni ifodalovchi atov birliklaridan tashkil topadi. 2. Grafika – chiziq va soya orqali shakl ifodalash usuli. Bu janrni ifodalovchi “Ofort”, “gravyura”, “illyustratsiya”, “eskiz”, “plakat” so‘zlari grafik terminlardir.
150 3. Haykaltaroshlik (skulptura) – uch olchovli shakl yaratish san’ati bo‘lib, u “Barelef”, “byust”, “monumental haykal”, “plastika” kabi san’at terminlarini o‘z ichiga oladi. 4. Amaliy san’at – xalq an’anaviy hunarmandchiligiga asoslangan bo‘lib, “naqsh”, «naqqoshlik», “gilamdozlik”, «zardozlik», “sirli keramika”, “bezak” kabi terminlar bu tizimning asosiy birliklaridir. 5. Dizayn – tasviriy san’atni zamonaviy texnologiyalar asosidagi korgazmali ifodalash usulidir. “Interer dizayni”, “grafik dizayn”, “modellashtirish” kabi atamalar bu sohada keng qo‘llaniladi va tasviriy san’atni ifodalovchi asosiy terminlar hisoblanadi. Tasviriy san’at turlarini ifodalovchi bu terminlar o‘z ichida quyidagi mikrosistemalarni va leksik-semantik guruhlarni tashkil etadi: 1. Asbob va vositalarni ifodalovchi. Bu guruhga ijod jarayonida qo‘llaniladigan leksik birliklar kiradi: molbert, palitra, moyqalam, qalam. 2. Material va texnikani ifodalovchi terminlar: akvarel, guash, pastel, maslo. 3. Tasvir uslubini afodalovchi terminlar: realizm, impressionizm, kubizm, abstraksionizm. 4. Ifoda turlarini ifodalovchi terminlar: portret, peyzaj, natyurmort. Tasviriy san’at sohasidagi terminlar ko‘p hollarda xalqaro manbalardan (lotin, fransuz, italyan, rus) o‘zlashtirilgan. Masalan, kompozitsiya (lat. compositio – tuzilish), perspektiva (it. perspectiva – masofada ko‘rish), palitra, pigment, kontur, miniatyura, ornament kabi so‘zlar o‘zbek san’at leksikasida faol qo‘llanadi. Bulardan tashqari, milliy an’analarga asoslangan terminlar ham mavjud: naqsh, islimiy, guldevor va boshqalar. Bu so‘zlar xalq badiiy didi va madaniy merosini aks ettiradi. O‘zbek tasviriy san’atida qo‘llanuvchi terminlar milliy madaniyat va urf-odatlar bilan chambarchas bog‘liq. Islom me’morchiligi va Sharq bezakchiligi an’analari natijasida islimiy, gireh, musharaka, guldevor kabi atamalar shakllangan. Bugungi kunda qo‘llanuvchi miniatyura va kompozitsiya kabi terminlar dizayn va rangtasvir sohasida zamonaviy ma’no bilan boyib, yangi semantik imkoniyatlar kasb etmoqda. Tasviriy san’at terminlari nafaqat badiiy jarayonni, balki xalqning madaniy ongi, estetik qadriyatlari va milliy an’analarini ham ifoda etadi. Ushbu terminlar lingvokulturologik tizim sifatida nafaqat tilshunoslik, balki madaniyatshunoslik va san’at nazariyasi nuqtayi nazaridan ham tadqiq etilishi zarur.
151 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2021. 2. Алимов Р. Санъатшунослик ва терминология масалалари. – Т.: Фан, 2018. 3. Рақибова М. Ўзбек тасвирий санъати тарихи. – Т.: Академнашр, 2020. 4. Ходжаев У. Тасвирий санъат назарияси асослари. – Т.: Камалак, 2019. 5. Рахимов А. Санъат тили ва унинг семантик хусусиятлари. – Тошкент, 2022.