scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"GO'RO'G'LINING TUG'ILISHI" DOSTONIDAGI USLUBIY VOSITALAR

D.Noraliyeva

Full text

152 “GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI” DOSTONIDAGI USLUBIY VOSITALAR D.Noraliyeva, QarshiDU mustaqil tadqiqotchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387589 Annotatsiya: Xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lgan “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni matni tadqiqi orqali asarda qo‘llangan til birliklari (evfemizmlar, teonimlar, ramzlar, pretsedent nomlar) asarning lingvokulturologik jihatlarini ochib berish maqsad qilingan. Buni tahlil qilish bevosita doston badiiyatini o‘rganish bilan birga xalqning ma’naviy qiyofasi, dunyoqarashi, tafakkur tarzi, madaniya saviyasi qanday bo‘lganini yoritib berishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: uslubiy vositalar, badiiy tasvir vositalari, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni, epik uslub, metafora, epitet, ta’kid, takror, xalq og‘zaki ijodi, folklor poetikasi, obrazlilik, poetik til, dramatik ifoda, hiperbola, parallelizm, dialogik nutq, qahramon obrazi, badiiy tasvir, estetik ta’sirchanlik. Annotation: The study of the text of the epic poem "The Birth of Gorogly," an example of oral folk literature, aims to reveal the linguocultural aspects of the work through an analysis of the language units employed (such as euphemisms, theonyms, symbols, and precedent names). Analyzing this serves not only to directly study the artistry of the dastan, but also to illuminate the spiritual character, worldview, mode of thinking, and cultural level of the people. Keywords: stylistic devices, artistic imagery tools, The Birth of Gorogly epic, epic style, metaphor, epithet, emphasis, repetition, oral folk literature, folklore poetics, figurativeness, poetic language, dramatic expression, hyperbole, parallelism, dialogic speech, hero image, artistic expression, aesthetic impact. Muayyan asar, u xoh hog‘zaki ijod namunasi bo‘lsin, xoh yozma adabiyotga tegishli bo‘lsin, undagi har bir voqelik, kechinma shu millatning orzu-umidlari, asar yaratilgan davr ruhi, xalqning milliy o‘ziga xosligi, ma’naviy qiyofasini gavdalantiradi. Zero, “Badiiy asarni tashkil etuvchi barcha elementlar, davr ruhi, personajlarning xatti-harakatlari va holatlari o‘sha millat milliy-madaniy muhiti ko‘zgusidir” 1 . O‘zbek xalq og‘zaki ijodining o‘lmas namunasi hisoblangan “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonida ham boshqa xalq dostonlarida bo‘lganidek, xalqimizning milliy madaniyati, tarixiy voqelik va uning millat ruhiyatiga ta’siri, xalqning e’tiqodi, qarashlari, ma’naviy sifatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Doston, avvalo, badiiy asar. Shunday ekan, asar unda aks etgan voqelik orqali ekspressiv vazifa (hissiy ta’sir qilish) bilan birga kommunikativ (ma’lum bir voqea-hodisa haqida axborot berish) vazifasini ham bajaradi. Dostondan olingan kommunikativ ma’lumot bizga xalq o‘tmishi, orzu-armoni, ideallari, turmush tarzi, urf-odatlari, madaniy va ma’naviy qiyofasining shakllanish bosqichlari haqidagi axborotni yetkazadi. Dostonni o‘qir 1 Худайберганова Д.С. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик талкини: Филол. фанлари д-ри ... дисс. – Тошкент. 2015. - 240 б. 153 ekanmiz, xalqimizning tarixini o‘rganamiz. Asardagi voqelikni badiiy tasvirlash jarayonida doston yaratuvchisi bo‘lgan donishmand xalqning ma’naviy olamini dostondagi tasviriy vositalar yordamida anglaymiz. Xususan, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonida tasvir vositalaridan bo‘lgan teonimlarning qo‘llanishi xalq e’tiqodini ko‘rsatuvchi lingvokultremalardan biridir. Butun yer yuzida har bir xalqning turmush tarzi o‘ziga xos urf-odatlar, an’analar, shuningdek, muayyan din, e’tiqod bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Inson yaralibdiki, uning o‘zi topinuvchi, e’tiqod qiluvchi, ishonuvchi, yordam so‘raladigan mavhum bir ilohiy qudrat haqidagi tasavvuri mavjud. Xuddi shunday onamastikaning tarkibiy qismi bo‘lgan teonimlar keng ma’noda insonlarning diniy-ilohiy qarashlaridan kelib chiqqan holda, ular nutqida ishlatiladigan ilohiy nomlardir. “Teonim (yunoncha theos “xudo” va -onim “ism” dan) – xudoning o‘ziga xos nomi. Teonimlarni o‘rganish onomastikaning bir tarmog‘idir. Jamiyat xudolarining nomlari ularning tillarining kelib chiqishini, shuningdek, ma’lum bir xudo haqidagi qarashlarini tushunishda foydali hisoblanadi” 2 . Har bir xalqning adabiyoti uning orzu-armonlari, istak-xohishlari, urf-odatlari, albatta, madaniyatini ko‘rsatuvchi yirik ko‘zgudir. Xususan, xalq dostonlarida ham milliy pretsedent birliklar xuddi shunday lingvokulturologik jihatdan ahamiyatlidir. Dostonlarda qo‘llangan Alpomish, Barchin, Go‘ro‘g‘li, Rustam kabi qahramon nomlari pretsedent birlik sifatida xalq madaniyatini ko‘rsatuvchi semaga ega bo‘lgan nomlardir. Chunki “badiiy asarda qo‘llangan pretsedent nomlar, eng avvalo, lingvopoetik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim semantik-stilistik komponentlardan biridir. Shu bilan birga presedent nomlar qatnashgan matn o‘zida umumjahon yoki umummillat ilmi, adabiyoti, madaniyati va tarixiga doir axborotlarni saqlovchi kontekst vazifasini ham bajaradi. Bu, xususan, pretsedent nomlar matnda allyuziv nom sifatida qo‘llanganida voqe bo‘ladi. Ma’lumki, allyuziv nomlar mashhur adabiy yoki tarixiy-madaniy faktga ishora qiluvchi nom hisoblanadi” 3 . Birgina o‘rganish obyektimiz bo‘lgan “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonida Go‘ro‘g‘li nomining o‘ziyoq eng ko‘p tarqalgan, badiiy adabiyot eng ko‘p murojaat qiladigan pretsedent nomdir. Go‘ro‘g‘li so‘zi go‘rda tug‘ilgan, kur (mard, botir)ning o‘g‘li, ko‘r (otasi Ravshanga ishora, uning ko‘zi o‘yib olingan edi)ning o‘g‘li ma’nolari 4 da qo‘llanilishi ta’kidlansa ham, badiiy adabiyotda mardlik, jasorat, botirlik ko‘rsatuvchi qahramon, el-yurt mudofaasi uchun jon kuydiruvchi, xalqning farovonligi va tinchini o‘ylovchi 2 https://findwords.info/term/theonym 3 Худойберганова Д. Прецедент номларнинг антропосентрик талқини.//Ўзбек тили ва адабиёти журнали. 2015йил 2-сон. 41 бет. 4 To‘xliyev B. va boshq. Adabiyot. – Toshkent: O‘zME, 2018. – B.50. – 200 b. 154 hukmdor sifatida keng qo‘llanadi. Masalan, To‘ra Sulaymonning “Go‘ro‘g‘li sulton bir yon, To‘ra Sulaymon bir yon” misralari she’r sevgi, muhabbat mavzusida bo‘lgani uchun beixtiyor Go‘rog‘lining bu masalada doimiy kurashib, yovuzlar, yovuzliklarni yengib, o‘z muhabbatiga yetishishi ma’nosini anglatishini o‘quvchi darrov ilg‘aydi. Ba’zan pretsedent nomlarning o‘zi badiiy matn (she’riy misralar, nasriy parchalar)da aynan ishtirok etmasa-da, matndagi ayrim so‘z(lar) orqali shu nomga ishora qilishi ham kuzatiladi. Bunda o‘quvchidan biroz badiiy tafakkur, og‘zaki yoki yozma adabiyotdan xabardorlik talab etiladi. Misol uchun, Faxriyorning “Go‘rlar qisir, tug‘ishdan qolgan” misrasida yoki Najmiddin Ermatovning “Yo erk uchun alp tug‘gan Faqat mozormi, jo‘ra?” qo‘shmisrasida pretsedent nom sifatida Go‘ro‘g‘li so‘zi ishlatilmaydi. Lekin bu yerdagi go‘r, tug‘moq; alp, mozor, tuqqan so‘zlari orqali doston bilan tanish bo‘lgan aksar kishilar bevosita gap nima haqida ketayotganligini sezmay qolmaydi, albatta. Zamonaviy o‘zbek nasrida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ijodkor Nazar Eshonqulning “Go‘r o‘g‘li” romani nomi bizga bir qarashda, garchi qo‘shma so‘z sifatida yozilmagan bo‘lsa ham, yuqoridagi kabi “signal” berishi mumkin, ammo bu roman nomi, voqealar rivojining doston qahramoni bilan bog‘liqligi ancha yiroq ekanligi uni bu o‘rinda pretsedent nom sifatida qo‘llab bo‘lmasligini ko‘rsatadi. “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni xalqimizning ko‘p asrlik an’analari, milliyligini ko‘rsatuvchi lingvomadaniy til birliklariga boyligi bilan ahamiyatlidir. Dostonda ko‘p uchrovchi shunday lingvokulturemalardan biri ramzlardir. O‘zbek tilining izohli lug‘atida ramzga shunday ta’rif berilgan: “Biror g‘oya, tushuncha, hodisa kabilarni ifodalovchi, eslatuvchi shartli belgi, ishora 5 ”, O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida esa mazkur atamaning voqelikni badiiy aks ettirishning shartli usuli va badiiy shartlilik shakllaridan ekanligi, u majozdan farq qilib, mazmuni obrazli qurilish bilan bog‘liq bo‘lishi hamda ko‘pma’noliligi bilan ajralib turishi izohlanadi 6 . Dostonda Odilxondan yengilgan Shohdorxonning tush ko‘rish epizodi mavjud. Podsho tushida ko‘rgan ikkita bo‘ri, ikki sher, qo‘y, bir lagan tilla, og‘izdan uchgan qush, vayron bo‘lgan imorat, shu’lasi hamma joyni yorug‘ qilgan oy, chinor, chinor soyasida soyalagan xaloyiq majozlari orqali anglashilgan ma’no, birinchi navbatda, doston islom dini va falsafasi asosida yashaydigan xalqning qarashlarini ifoda etadi. Bundagi majoziylikning xalq e’tiqodi bilan bog‘liqligini tushunish uchun podshoning tushini ta’bir qilgan Yusuf qur’andozning izohini ko‘zdan kechirish kifoya. U tushni quyidagicha ta’bir qiladi: ikkita bo‘ri Yovmit eldan kelgan Gajdumbek va Ravshanga ishora, podsho tepasidan sochilgan tilla – uning qoni, 5 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildlik, 4-jild. Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – B.384. – 824 b. 6 Ўзбекистон миллий энсиклопедияси. 7-том. Тошкент: Ўзбекистон миллий энсиклопедияси, 2004. – 247бет. 155 og‘zidan uchgan qush – joni, qulagan imorat – podshoning tanasi, chinor – Ravshanbek va uning avlodlari yoygan e’tiqod, chinorda soyalagan xalq – shu e’tiqodga kirgan kishilardir. E’tiborga olish kerakki, tushda tasvirlanga chinor va uning atrofida soyalagan xalq bobolarimiz e’tiqod qilgan islom dini ta’limotini, chinorda soyalagan xalq esa shu e’tiqodga amal qiluvchi kishilar jamoasini bildiradi. Demak, bu ramziylik orqali xalqimizning o‘tmishi haqida ham tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, doston xalq tarixi, boshidan kechirgan voqeliklarni, uning madaniyati, ma’naviyatining shakllanish bosqichlarini ko‘rsatuvchi ko‘zgudir. “Zeroki, folklor asarlari ajdodlar va avlodlarning jonli aloqasi va vorisiyligini o‘zida mujassamlashtiradi, xalq ijtimoiy-maishiy hayoti bilan bevosita bog‘langanligi tufayli har bir kishiga o‘z xalqi, uning tarixi va kelajagi, istiqboldagi orzu-umidlari bilan vobastalikni his etishga, amaliy faoliyatda esa yuksak axloqiy ideallarni asos qilib olishga yordam beradi” 7 . Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Go‘ro‘g‘li (aytuvchi Rahmatulla shoir Yusuf o‘g‘li, nashrga tayyorlovchi To‘ra Mirzayev va Zubayda Husainova) O‘zbek xalq dostonlari. – Toshkent: Sharq NMAK, 2006. – B.3. – 448 b. 2. Снесаров Г.С. К истории некоторых категорий теонимов у народов Средней Азии и Казахстана //Ономастика Средней Азии. – Фрунзе, 1980. – С.275. 3. Xalq og‘zaki ijodi. Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi. – Toshkent: Yangi Poligraph Service nashriyoti, 2019. – B.161. – 207 b. 4. Худайберганова Д.С. Ўзбек тилидаги бадиий матнларнинг антропоцентрик талкини: Филол. фанлари д-ри ... дисс. – Тошкент. 2015. - 240 б. 5. Худойберганова Д. Прецедент номларнинг антропосентрик талқини.//Ўзбек тили ва адабиёти журнали. 2015-йил 2-сон. 41 бет. 6. To‘xliyev B. va boshq. Adabiyot. – Toshkent: O‘zME, 2018. – B.50. – 200 b. 7. Ўзбекистон миллий энсиклопедияси. 7-том. Тошкент: Ўзбекистон миллий энсиклопедияси, 2004. – 247бет. 8. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 jildlik, 4-jild. Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2022. – B.384. – 824 b. 9. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xizr 10. https://findwords.info/term/theonym 7 Go‘ro‘g‘li (aytuvchi Rahmatulla shoir Yusuf o‘g‘li, nashrga tayyorlovchi To‘ra Mirzayev va Zubayda Husainova) O‘zbek xalq dostonlari. – Toshkent: Sharq NMAK, 2006. – B.3. – 448 b.