scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANGʻICH SINFLARIDA FE'L SOʻZ TURKUMINING NAZARIY ASOSLARI

Alibekova Xosiyat Esanboy qizi

Abstract

Mazkur maqolada 1-4 sinf ona tili darslarida fe’l mavzusining o‘rgatilishi, nazariyasi va e’tiborli juhatlari, asosan bu sinflarda fe’lning qaysi jihatlariga e’tibor qaratilishi masalalari tahlil etilgan bo‘lib, ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi samarasi va fe’l mavzusini o‘rganish yakunida o‘quvchilar egallashi mumkin bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi ham berilgan.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 285 BOSHLANGʻICH SINFLARIDA FE’L SOʻZ TURKUMINING NAZARIY ASOSLARI Alibekova Xosiyat Esanboy qizi Guliston shahar 18-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17387591 Anontatsiya. Mazkur maqolada 1-4 sinf ona tili darslarida fe’l mavzusining o‘rgatilishi, nazariyasi va e’tiborli juhatlari, asosan bu sinflarda fe’lning qaysi jihatlariga e’tibor qaratilishi masalalari tahlil etilgan bo‘lib, ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi samarasi va fe’l mavzusini o‘rganish yakunida o‘quvchilar egallashi mumkin bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi ham berilgan. Kalit so‘z: so‘z turkumi, fe’l, ot, sifat, bo‘lishli, bo‘lishsiz, kesim, ega, hol, maktab, o‘quvchi, o‘qituvchi. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ГЛАГОЛЬНОЙ ФРАЗЫ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Аннотация. В данной статье анализируются преподавание, теория и важные аспекты глагола как субъекта на уроках родного языка в 1-4 классах, в основном вопросы того, каким аспектам глагола уделяется внимание на этих уроках, и эффективность развития устной и письменной речи учащихся на уроках родного языка, а также уровень знаний, навыков и квалификаций, которые учащиеся могут приобрести по окончании изучения глагола как субъекта. Ключевые слова: класс слова, глагол, существительное, прилагательное, причастие, инфинитив, причастие, притяжательный падеж, школа, ученик, учитель. THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE VERB PHRASE IN ELEMENTARY GRADES Abstract. This article analyzes the teaching, theory and important aspects of the verb subject in native language classes in grades 1-4, mainly the issues of which aspects of the verb are paid attention to in these classes, and the effectiveness of the development of students' oral and written speech in native language classes, as well as the level of knowledge, skills and qualifications that students can acquire at the end of studying the verb subject. Keywords: word class, verb, noun, adjective, participle, infinitive, participle, possessive, case, school, student, teacher. Mamlakatimizda ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishdagi islohotlar boshlangʻich ta'limdan boshlab oʻquvchilarning fan asoslari boʻyicha bilim oʻzlashtirishga ehtiyojini, asosiy milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mеhnat koʻnikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatini shakllantirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib, boshlangʻich sinflarda ona tili fanidan oʻquvchilarning yozma va ogʻzaki nutqini oʻstirish faoliyatini takomillashtirish zaruratini yuzaga kеltirmoqda. Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsеpsiyasida“ oʻqitish usullarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, kichik yoshdan oʻquvchilarda oʻqishga sogʻlom, kuchli va ta'sirchan motivatsiyani shakllantirish” kabi muhim vazifalar bеlgilangan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 286 Umumiy oʻrta ta'lim sohasini tubdan islohqilish, xalqaro baholash dasturlari asosida oʻquvchilarda ona tili va oʻqish savodxonligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqish savodxonligi ta'limining sifati va samaradorligiga alohida e'tibor bеrilmoqda. Oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda maqsadga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarga alohida oʻrin ajratilmoqda. Boshlangʼich sinflarda ona tili va oʻqish savodxonligi fanlarida oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirishtiziminitashkil etish oʼqitish jarayonining ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi. Shubois bugungi kunda boshlangʼich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi fanlarida oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirish. Ona tili ta’limi darslari jarayonida oʻquvchilar nutqini oʻstirish masalasi oʻtgan asrning 30-50-yillarida A.Sa’diy, S.Dolimovlar tomonidan; 60-yillardankeyin pedagogika fanlari nomzodi Y.Abdullaev, pedagogika fanlari doktoriQ.Abdullaeva, professor K.Qosimova, B.Turdiev, A.Gʻulomov, M.Asqarova,S.Matchonov, SH.Yusupova, T.Ziyodova kabi olimlar tomonidan tadqiqqilingan.[2] A.Sa’diy adabiyot oʻqitishda qahramonlarga ogʻzaki va yozmatavsifberish, S.Dolimov yozma bayon, adabiy ijodiy ishlarni tashkil etishdaoʻquvchilarnutqiy boyligining ahamiyati boʻyicha metodik tavsiyalarni qaydetganlar. Q.Abdullaeva “1-sinfda nutq oʻstirish” metodik qoʻllanmasida oʻquvchilarnitoʻgʻri talaffuzga oʻrgatish, savod oʻrgatish davrida mantiqiy mashqlarni mustaqiltashkil etish, didaktik materiallardan, koʻrgazmalilikdan foydalanishusullaribayon etilgan.[5] Tilning lugʻat tarkibi oʻquvchining nutqiy rivojlanishi atrofdagilar bilan muloqotga kirishishida katta imkoniyatlar yaratadi. Onatili oʻquv predmeti sifatida nafaqat nazariy bilimlarni oʻzlashtirishga, balki insonuchun umri davomida zarur boʻladigan til birliklarini amaliyqoʻllashkoʻnikmalarini shakllantirishi lozim. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarda fe’l soʻz turkumiga oid bilimlarni oʻzlashtirishda lisoniy kompetensiyalarni shakllantirishda avvalambor, lisoniy 10 kompetensiyalar haqida toʻxtalib oʻtamiz. Shu bois lingvistikkompetensiyata’rifini keltiramiz. Lingvistik kompetensiya-til sаthlаri (fоnetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va tilning ifoda vositalarini (oʻqish texnikasi, oʻzgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish) еgаllashni nazarda tutadi. Soʻnggi paytlarda lingvistik kompetentsiyani shakllantirishga alohidaahamiyat bеrildi, chunki u toʻgʻri ravishda ijtimoiy faol shaxsning muvaffaqiyatli shakllanishining kafolati sifatida qaralmoqda. Lingvistik kompetentsiyani shakllantirishda matn bilan kompleks ishlashni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. [80] Lisoniy kompetensiya - bu tilda soʻzlashuvchilar ega boʻlgan lingvistik bilimlar tizimi. U til tizimidan muloqotda foydalanish usuli boʻlgan lingvistik koʻrsatkichdan farq qiladi. Noam Xomskiy bu konseptsiyani oʻzining generative grammatikasini ishlab chiqishda kiritgan va u yerda u keng tarqalgan va kompetentlik oʻrganilgan yagona til darajasidir. Xomskiyning fikricha, kоmpеtеnsiyа soʻzlovchilarga oʻz tilida cheksiz sonli jumlalar tuzish va tushunish, shuningdek, grammatik gaplarni grammatik boʻlmagan gaplardan farqlash imkonini beradigan ideal til tizimidir. Unga nutq xatolari kabi "Grammatik jihatdan ahamiyatsiz atamalar" ta'sir qilmaydi. Xomskiyning fikriga koʻra, kompetentsiyani "ishlash" tushunchasiga kiruvchi tildan foydalanishdan mustaqil ravishda oʻrganish mumkin, masalan, ona tilida soʻzlashuvchilarning introspektsiyasi vagrammatik mulohazalari orqali. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 287 Koʻpgina boshqa tilshunoslar - funksionalistlar, kognitivlingvistlar, psixolingvistlar, sotsiolingvistlar va boshqalar bu farqni rad etib,uni empirik ishni ahamiyatsiz qiladigan tushuncha sifatida tanqidqilib, tildanfoydalanishning koʻplab muhim jihatlarini e'tiborsiz qoldirdilar. Shuningdek, bu tafovut koʻpincha generativistik nazariya doirasida Uilyam Labov ta’biri bilanaytganda, “ishlash noqulay” boʻlgan real ma’lumotlarni istisno qilish uchun qoʻllanishi ta’kidlangan. Lisoniy kompetensiyaga turli tadqiqotchilar tomonidanturli davrlarda bir nechta ta’riflar berilgan. A. L. Berdichevskiylingvistik lingvistik va madaniy-kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishni taklifqildi. Kommunikativ kompetentsiyani oʻzlashtirishning asosiy tarkibiy qismlari lingvistik va madaniy kompetentsiyalardir. Sotsiolingvistik kompetensiya-soʻzlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xoxish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistikshakl, ifoda vositalarini tanlash imkonini yaratadi. Lingvistik kompetentsiyaba'zanbu atama lingvistik kompetentsiyaning sinonimi sifatida ishlatiladi, ammobutushuncha kengroqdir. Bu ogʻzaki va yozma nutqni - uning qonuniyatlarini, qoidalarini, tuzilishini chuqurroq tushunishni nazarda tutadi. Lingvistik kompetentsiya oʻquvchi shaxsining kognitiv madaniyatini, oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurini, xotirasini, tasavvurini rivojlantirish, oʻz-oʻzini anglash, oʻz-oʻzini hurmat qilish koʻnikmalarini egallashni ta’minlaydi.[8] Pragmatik kompetensiya – kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklarpaydo boʻlganda takroran soʻrash, uzr soʻrash va xokazolar orqali murakkabvaziyatlardan chiqib keta olish, egallangan bilimlarning amaliy imkoniyatlaridanoʻrinli foydalana olish qobiliyatini nazarda tutadi. Kompetensiya – bilim, koʻnikma, malakalarni kundalik hayotda qoʻllay olish qobiliyati hisoblanadi. Fe’lni oʻrganishda izchillik. 1-sinfda fe’l ustida ishlash. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga oʻrgatish davrida boshlanadi. Bu davrda oʻquvchilamingdiqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yigʻiladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini ,,Alifbe“dagi soʻz va mashqlarni oʻqish, rasmga qarab gap tuzish bilan bogʻlab oʻtkaziladi. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, soʻz nimani bildirishini va qanday soʻroqqa javob boʻlishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlami kuzatib yoki rasmlarni koʻrib, gapni mazmunga mos soʻzlarbilantoʻldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi?... (pishadi), sabzavotlar nimaqiladi?...(yetiladi), daraxt barglari nima qiladi?... (sargʻayadi). Bolalar nima qilyaptilar?...(dam olyaptilar), ...(oʻynayaptilar), ... (ishlayaptilar).[4] Fe’lni oʻrganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan soʻzlar mavzusini oʻrganishdan boshlanadi (1-sinf, oʻquv yilining 2-yarmi). Fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan(nima qilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan, oʻquvchilar oʻzlari bajargan harakatlarni aytishni soʻrab,ular bergan javobini (fe’lni) soʻroqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat oʻtkazishbilan tushuntiriladi. Oʻquvchilarni soʻroq berish bilan holat bildiradiganuxlayapti, о‘ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llami ham tanlashga oʻrgatib borish muhim ahamiyatga ega. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 288 Bunday mashqlar oʻquvchilarda predmet harakatinikeng ma’noda tushunish koʻnikmasining shakllana borishiga yordamberadi.[6] 2—3-sinflarda fe’lni oʻrganish. Bubosqichning asosiy vazifasi „Fe’l — soʻz turkumi" degan tushunchani shakllantirish, boʻlishli va boʻlishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab farqlash koʻnikmasini hosil qilish, boʻlishsizlik qoʻshimchasi (-ma)ning talaffuzi va imlosini oʻrgatish hisoblanadi. Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan oʻquvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun oʻqituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya’ni oʻquvchilaming oʻzlari bajarayotganish-harakatni aytishni soʻraydi, suhbat oʻtkazadi. Suhbatda „Oʻqituvchi nimaqildi? Oʻquvchilar nima qildilar? Hozir oʻqituvchi nima qilyapti? Oʻquvchilarni maqullyaptilar? Endi oʻquvchilar nima qiladilar? Oʻqituvchi nima qiladi?"kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida oʻquvchilar oʻqituvchi rahbarligida fe’llarni soʻrogʻi bilan yozib boradilar. Masalan, nima qildi? — soʻzladi, tushuntirdi; nima qildilar? — tingladilar, yozdilar; nima qilyapti?— tushuntirayapti, soʻrayapti, tinglayapti; nima qilyaptilar? – javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima qiladi? — tekshiradi, koʻradi; nimaqiladilar?—ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar. Suhbatdagi yoki oʻquvchilar aytgan gaplardan birini gap boʻlagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi: nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? kabi soʻroqlarga javob boʻlib, predmet harakatini bildirgan soʻzlar fe’l deyiladi. Fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Mavzu yuzasidan oʻquvchilarda koʻnikma hosil qilish uchun soʻroq berib fe’lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab qoʻyish, aralash berilgan soʻzlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. [7] Dasturga koʻra 3-sinfda boʻlishli va boʻlishsiz fe’llar oʻrganiladi. Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat uchun „Oʻqish darsida kimlaroʻqidi? Shokir ham oʻqidimi? Kim soʻzladi? Alisher soʻzladimi? Barnokutubxonagaboradimi? Abdulla-chi?, U qachon bormoqchi? Hozir kim tushuntirayapti? Hozir Tohir gapiryaptimi?" kabi savollardan ham foydalaniladi. Oʻquvchilar soʻroq berib fe’llarni topadilar, ma’nosini qiyoslaydilar va oʻqituvchi rahbarligida tushuntiradilar. 4-sinfda fe’lni o‘rganish, Bu sinfda fe’lni oʻrganishning vazifalari quyidagilar: 1. Fe’lning shaxs-son qoʻshimchalari bilan tuslanishi, zamonqoʻshimchasibilan oʻzgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki koʻnikmahosilqilish; fe’ining leksik ma’nolari, boʻlishli va boʻlishsizligi, gapdagi vazifasihaqidagi bilimni chuqurlashtirish. 2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. Shumaqsaddanutqda ma’nodosh va zid ma’noli fe’llardan matn bilan bogʻliqholdaoʻzvakoʻchma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishgaqaratilganmashqlardan foydalanish. 3. Zamon qoʻshimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi koʻnikmani hosilqilish. 4. Qoʻshma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchaniberish va dastlabki koʻnikmani hosil qilish hisoblanadi. Fe’l zamoni shakliningmohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, ya’ni ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan paytda, undan oldin va keyin bajarilishini taqqoslash asosida ochiladi. Oʻquvchilar oʻzlari bajargan yoki bajarayotgan harakatlarini kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama qiladilar. Xuddi shunga oʻxshash kuzatishni tabiatda boʻlayotgan oʻzgarishlar yuzasidan ham oʻtkazadilar. Bu mavzu bahorda oʻtiladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 289 Shuning uchun oʻquvchilar kuzatish asosida, Bahor keldi. О‘rik, olcha gulladi. Gullar ochilyapti. Endi gilospishadi. Bahordan so‘ng yoz keladi. Yozda bolalar oromgohga bormoqchi “kabi gaplar tuzadilar. Gapdagi fe’llarga soʻroq berib, ish-harakatning bajarilish payti, ya’ni ish-harakat bajarilayotganini (nima qilyapti? —oʻqiyapti, ochilyapti), oldin bajarilganini (nima qildi? — oʻqidi, keldi, gulladi) va keyin bajarilishi (nima qilmoqchi? — yodlamoqchi, bormoqchi) aniqlanadi. Aniq kuzatish asosida yigʻilgan bu leksik materiallar oʻqituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi: 1.Fe’llar zamon bilan oʻzgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, oʻtgan zamon, kelasi zamon. 2. Hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? soʻrogʻiga javob boʻladi, hozirning oʻzida, ya’ni nutq soʻzlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi. 3. Oʻtgan zamon fe’li nima qildi? soʻrogʻiga javob boʻladi, harakatning oldin, ya’ni nutq soʻzlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi. 4. Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? soʻrogʻiga javob boʻladi, harakatning keyin, ya’ni nutq soʻzlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan savoldan bilib boladilar. Soʻroqdan uning leksik ma’nosi ham bilinib turadi. Fe’ining zamon shaklini yasash va bilib olish uchun oʻquvchilarni soʻroqlardan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun avval jamoaviy ravishda ishlanadi va oʻquvchilar e’tibori soʻroq bilan fe’l zamonining bogʻlanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon shaklini hosil qilish uchun fe’lning I shaxs birlik shakli asos qilib olinadi (Boshlangʻich sinflarda fe’lning bosh shakli oʻrganilmaydi). Fe’lga soʻroq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi. Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe’lining zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordamberadi. Shuning uchun ,,Fe’l“ mavzusini oʻrganish jarayonida fe’lni zamon qoʻshimchasi bilan oʻzgartirish mashqi muntazam oʻtkazib boriladi. Oʻquvchilarni fe’l zamonlarini ongli qoʻllashga oʻrgatish maqsadida matnlardan foydalaniladi. Bunda fe’l zamonini aniqlash va biror fe’l shaklidanfoydalanishni asoslash, shuningdek, fe’l zamonini oʻzgartirish, fe’llarnimuayyan bir zamonda ishlatib hikoya tuzish topshiriladi. [7] FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Adilova S.A. Oʻzbеk tili mashgʻulotlarini kompyutеr tеxnologiyalarvositasida tashkil etish: pеd. fan. nom. ... dis. –Toshkеnt, 2004. – 160b. 2. Anorqulova Y. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari ongida oʻzbektili orqalimilliylikni shakllantirish: Magist.dissert.- Toshkent: 2021. – 100 b. 3. Asqarova M. va boshq. Kichik yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish.–Toshkеnt: Oʻzbеkiston, 2001. – 97 b. 4. Ashrapova T., Odilova M., Boshlangʻich sinflarda onatili oʻqitishmetodikasi, - T.: Oʻqituvchi, 1984. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 290 5. Kеnjaеva M.A. Ona tili fanini oʻqitishda innovatsion tеxnologiyalarningahamiyati \\Fanlarni oʻqitishda innovatsion mеtodikalar. Rеspublika masofaviy ilmiy sеminar matеriallari. – Toshkеnt-Samarqand. 2020. – B. 44 6. Matchonov S. va bosh. Oʻqish kitobi. 4-sinf uchun darslik. T., 2013. 240b. 7. Matjonov S., Gʻulomova H., Dolimov Z. 3-4-sinfda oʻqish darslari. Oʻqituvchi kitobi. Toshkent, 2007. 192 bet 8. Matjonov S., Gʻulomova H., Dolimov Z. Oʻqish kitobi. 4-sinf uchun.Toshkent, 2007. 272 bet.