O'ZBEK TILI NUFUZI VA UNING IJTIMOIY-MADANIY AHAMIYATI
Full text
208 O‘ZBEK TILI NUFUZI VA UNING IJTIMOIY-MADANIY AHAMIYATI Rahmatullayeva Shaxodat Iqtisodiyot va pedagogika universiteti professor v.b., f.f.f.d. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387642 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek tilining ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘rni, uning milliy o‘zlikni ifodalashdagi roli va davlat tili sifatidagi nufuzi yoritiladi. Maqolada tilning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, millat birligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda til siyosatining dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, tilning nufuzini oshirishda ta’lim, ommaviy axborot vositalari va raqamli madaniyatning o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, milliy o‘zlik, til nufuzi, davlat tili, madaniyat, til siyosati, raqamli madaniyat. Abstract.This article examines the role of the Uzbek language in socio-cultural life, its significance in expressing national identity, and its status as the state language. The article analyzes the role of language in societal development, its importance in ensuring national unity, and current issues in language policy. Furthermore, the roles of education, mass media, and digital culture in enhancing the prestige of the language are specifically highlighted. Keywords:Uzbek language, national identity, language prestige, official language, culture, language policy, digital culture. Til – har bir xalqning ma’naviy boyligi, madaniy merosi va milliy o‘zligining ajralmas qismidir. U xalq tafakkurining ifodasi, milliy ruhning ko‘zgusi hamda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida birlashtiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, o‘zbek tili o‘zining boy tarixiy ildizlari, badiiy-estetik qudrati va ijtimoiymadaniy salohiyati bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng qadimiy va rivojlangan tillardan biri sanaladi. U o‘zbek xalqining qadimiy madaniyati, urf-odatlari, e’tiqodi va dunyoqarashini asrlar davomida saqlab, avloddan avlodga yetkazishda muhim vosita bo‘lib kelgan. O‘zbek tili mustaqillik yillarida davlat siyosatining asosiy tayanchlaridan biri sifatida yuksak maqomga ega bo‘ldi. “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan til nafaqat huquqiy himoyaga ega bo‘ldi, balki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida faol ishtirok eta boshladi. Bugungi kunda o‘zbek tili ta’lim tizimi, ilm-fan, ommaviy axborot vositalari va axborot texnologiyalari sohasida barqaror o‘rin egallab, xalqaro miqyosda o‘z nufuzini oshirib bormoqda. Zamonaviy global axborot makonida tilning mavqeyi, avvalo, uning raqamli muhitda qay darajada qo‘llanilayotgani, xalqaro ilmiy va madaniy maydonda nechog‘li faol ishtirok etayotgani bilan belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan, o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlash, uni raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirish, o‘zbekcha ilmiy va madaniy kontentni kengaytirish bugungi kunning eng muhim
209 vazifalaridan biridir. Bundan tashqari, tilning nufuzini oshirish – bu faqat til siyosatining masalasi emas, balki har bir fuqaroning milliy o‘zligiga, madaniyatiga bo‘lgan hurmatining ifodasidir. O‘zbek tili nafaqat aloqa vositasi, balki xalqning tarixiy xotirasi, milliy g‘ururi va mustaqillik timsolidir. Shu bois, tilning ijtimoiy hayotdagi mavqeini mustahkamlash, uni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va yosh avlod ongida ona tiliga mehr va e’tiqodni shakllantirish, milliy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. O‘zbek tili turkiy tillar oilasining eng boy, serma’no va ifoda imkoniyatlari keng tillaridan biridir. U asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelgan va bugungi kunda mustaqil davlatning rasmiy tili sifatida jamiyatning barcha sohalarida faol qo‘llanilmoqda. O‘zbek tilining leksik boyligi, fonetik tizimining ravonligi, grammatik tuzilishining mukammalligi hamda uslubiy jihatdan serqirraligi uning nafaqat muloqot vositasi, balki badiiy, ilmiy va ma’naviy tafakkurning ifoda vositasi sifatida ham yuksak nufuzga ega ekanligini ko‘rsatadi. Tilning nufuzi, avvalo, uning davlat siyosatidagi o‘rni, jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyi va amaliy qo‘llanish darajasi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek, so‘nggi yillarda til siyosatini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturlari o‘zbek tilining ijtimoiy hayotdagi mavqeyini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda davlat idoralari, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va raqamli platformalarda o‘zbek tilining faol qo‘llanilishi bu tilning amaliy nufuzini yanada oshirmoqda. Biroq tilning nufuzi faqat huquqiy maqom bilan cheklanmaydi. Uning kuchi, eng avvalo, xalqning o‘z ona tiliga bo‘lgan muhabbati, e’tibori va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lishida namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilining nufuzini oshirish uchun uni har bir sohada faol ishlatish, yosh avlodga to‘g‘ri va ifodali so‘zlash madaniyatini o‘rgatish, tilni toza saqlash, so‘z boyligini asrab-avaylash zarurdir. Tilning obro‘si uni egallagan xalqning o‘zligini anglash darajasiga bog‘liq bo‘lib, o‘zbek tili shu jihatdan milliy birlik va ma’naviyatni mustahkamlovchi eng asosiy omil sanaladi. Hozirgi globallashuv jarayonlari til siyosatiga yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Internet va raqamli texnologiyalar asrida o‘zbek tili ham raqamli muhitga faol kirib bormoqda. O‘zbekcha veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, elektron lug‘atlar, onlayn darsliklar, shuningdek, sun’iy intellekt tizimlarida o‘zbekcha interfeyslarning paydo bo‘lishi, tilning zamon bilan hamnafas rivojlanayotganidan dalolat beradi. Bu jarayon, o‘z navbatida, yoshlarning ona tilida tafakkur qilishini, milliy o‘zlikni anglashini va madaniy merosga hurmatini mustahkamlaydi. Shu bilan birga, o‘zbek tili xalqaro miqyosda ham tobora kengroq
210 tanilmoqda. So‘nggi yillarda xorijiy mamlakatlardagi universitet va ilmiy markazlarda o‘zbek tili bo‘yicha kafedralar tashkil etilmoqda, o‘zbek tili kurslari ochilmoqda, tilshunos olimlar tomonidan o‘zbek tili grammatikasi, fonetikasi va leksikasi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tili nufuzini oshirish, bu davlat siyosatining, ilmfan va madaniyatning, eng muhimi, xalq tafakkurining uyg‘un natijasidir. Tilga e’tibor – millatga e’tibor, tilning rivoji esa milliy taraqqiyotning eng ishonchli kafolatidir. O‘zbek tili milliy o‘zligimizning asosi, xalqimizning eng ulug‘ qadriyati va mustaqil davlat ramzlaridan biridir. Tilning nufuzini saqlash va yanada oshirish har bir fuqaroning burchi va mas’uliyatidir. Bugungi kunda o‘zbek tilining ijtimoiy, ilmiy, madaniy va texnologik sohalarda faol qo‘llanilishi uning istiqboli keng ekanligini ko‘rsatadi. Tilni sevish, Vatan va millatni sevish bilan barobardir. Shu bois o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish, uni xalqaro miqyosda targ‘ib etish va yosh avlod ongiga ona tili qadriyatlarini singdirish milliy taraqqiyotning muhim omilidir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abdurahmonova M., Fattoxova D., Xalmuxammedova U., Inogamova N., Egamberdiyeva N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2018. 2. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma). – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.– 456 b. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5850 – son qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasining faoliyatini tashkil qilish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-40 son qarori