QORAKOʻL TOPONIMI XUSUSIDA NAZARIY QARASHLAR
Full text
229 QORAKOʻL TOPONIMI XUSUSIDA NAZARIY QARASHLAR Axmatova Intizora Hasan qizi Buxoro davlat universiteti Oʻzbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi oʻqituvchisi, PhD Sharopov Jamshid Gʻani oʻgʻli BuxDU mustaqil tadqiqotchi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387691 Annotatsiya. Buxoro viloyatining janubiy tumanlaridan biri boʻlmish Qorakoʻl toponimi xususida turli nazariy qarashlar mavjud. Ba’zi tadqiqotlar qora so’zining rang bildirishi izohlansa, ayrimlari toponimda rang ma’nosi emas, balki hajm mazmunini ifodalanganligini izohlaydi. Biz ushbu kichik tadqiqot mobaynida toponimga asos boʻlgan nomning kelib chiqish omillari, uning nazariy va amaliy asoslarini tahlilga tortdik. Kalit soʻz. Qorakoʻl, Boykand, Narshaxiy, Kattakoʻl, Panohkoʻl, Majusiylar koʻli, qoraqoʻyli, pastqamlikdagi koʻl, V.P.Ivanov, baxtsizlik koʻli, “Borgini farox”, “Keng havz”. Abstract. There are various theoretical perspectives on the toponym Karakul, which is one of the southern districts of Bukhara region. Some studies explain that the word "qora" (black) denotes color, while others argue that the toponym expresses not the meaning of color, but rather volume or size. In this small study, we analyzed the factors influencing the origin of the name that formed the basis of the toponym, as well as its theoretical and practical foundations. Keywords. Karakul, Baykand, Narshakhi, Kattakul, Panohkul, Lake of the Magi, Karakoyli, lowland lake, V.P. Ivanov, Lake of Misfortune, "Borgini farox," "Wide Pool." Qorako‘l toponimining yuzaga kelishi, nomlanish sabablari, ma’nosi hamda tarixi haqida o‘ziga xos talqinlar mavjud. Avvalo, qora (qara) so‘zi: a) rangni; b) jonli narsani (uyingda biror qara bormi? – uyingda birov bormi?); d) kattalik, buyuklik, yiriklikni; e) panohni, yordam berishni (sizni qora tortib keldim – sizdan panoh izlab keldim); f) qo‘rqinchli, yovuz kuchlarni; j) baxtsizlikni; h) arab tilida esa qara shaklida uchrab, qishloqni anglatadi (qora so‘zining yuqorida sanab oʻtilgandan tashqari ma’nolari ham mavjud). Qorako‘l toponimining yuzaga kelishida bularning qaysi biri asos boʻlgan degan savol paydo boʻladi. Aslida esa Qorako‘l toponimining paydo bo‘lishini yuqorida koʻrsatilgan sakkiz holat bilan ham bemalol bog‘lab asoslash mumkin, nomni shularga muvofiq tarzda rangiga qarab Qorako‘l, o‘lchamiga koʻra Kattako‘l; atrofida majusiylar istiqomat qilganligi sababli Majusiylar ko‘li; odamlar ko‘p cho‘kib ketganligidan Yovuz ko‘l; odamlar panoh topganligi jihatdan Panohko‘l; baxtsizlikni ifodalaganligi sababli Baxtsizlik ko‘li; qishloqqa arablar tomonidan asos solganligiga qarab Qarako‘l (Ko‘l bo‘yidagi qishloq) tarzida talqin qilish mumkin. Chetdan qaraganda ushbu fikrlarning barchasida mantiq bordek (4, 615).
230 Qorako‘l (1926-yildan 29-sentyabrda tashkil topgan) nomi ilk bor Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida Haromkom suvi Baykandga kelib tushadi. Baykandda qamishzorlar va katta-katta suv xalqoblari tutashadi: bularni “Borgini farox” – “Keng havz” deb ataydilar hamda Qaroko‘l deb ham yuritiladi. Ishonchli kishilardan eshitganmanki, u ko‘lning kengligi yigirma farsangdir (1, 25) tarzida uchraydi. Qorako‘l toponimi gidronim bilan bog‘liqligi ma’lum. Nom ikki qismdan iborat: qora – katta (qora so‘zining “ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanib, ular anglatgan narsaga xos belgi-holatning kuchli darajasini bildiradi” ma’nosi bor), ko‘l – tabiiy suv havzasi, ya’ni katta ko‘l. Qorako‘l toponimi gidronim bilan bog‘liqligi ma’lum. Nom ikki qismdan iborat: qora – katta (qora so‘zining “ba’zi so‘zlar bilan qo‘llanib, ular anglatgan narsaga xos belgi-holatning kuchli darajasini bildiradi” ma’nosi bor), ko‘l – tabiiy suv havzasi, ya’ni katta ko‘l. S.G‘aybullayev Qorako‘l toponimi haqida quyidagicha fikr bildirgan: toponim tarkibidagi ikkinchi so‘zga kelsak, aslida u ko‘l emas, balki kul so‘zining talaffuzga moslashgan shaklidir. Kul so‘zi qadimiy turkiy tilda erk, erkin; xalqqa xizmat qiluvchi degan ma’noda ishlatiladi... Qorako‘l – erkin, erkli, ozod qoralar yurti degan ma’noni beradi (6, 141). Qorako‘l toponimi dastlab Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida uchraydi. Ma’lumki, 11-15-asrlar vohaga Dashti Qipchoqdan, Turkistonning boshqa hududlaridan turli qabila hamda urug‘lar vakillarining ommaviy tarzda kirib kelishlari va suv koʻp bo‘lgan bu hududda o‘troqlashib qolishlar bilan xarakterlanadi. Ko‘chib kelgan, o‘troqlashgan mazkur etnik guruhlar tarkibida turkiy tilda so‘zlashuvchi turkeshlarga tegishli boʻlgan qora qabilalar ittifoqiga kiruvchi urug‘lar vakillari ham uchragan (4, 616). Mashhur tarixchi P.P.Ivanovning ma’lumotiga koʻra, Xiva xonligining vasiqa hujjatlarida qorako‘l urug‘i uchrashi qayd etilgan (2, 5-26). Bu fikrda maʼlum asos bor. Chunki etnonimlarning ichida urug‘-aymoqni ifodalovchi qora komponentlilari nisbatan ahamiyatli hisoblanadi: qoraaziq, qoraboy, qorakesak, qorabogish (qirg‘izlar orasida), qorabayir, qorako‘sa, qoramoyin, qorateri, qoraqo‘yli (o‘zbeklar orasida), qorabosh, qorabura, qorako‘z, qoratoy, qorato‘qay (qozoqlar orasida), qoraxo‘ja, qorasiyrak, qoramang‘it (qoraqalpoqlarda), qorabarak, qorabalkan, qoragan, qoraman (turkmanlar orasida) va b.(4, 609). Taxmin qilish mumkinki, qora komponenti etnonimlar (etnonimlardan paydo boʻlgan toponimlar ham) tarkibida rang-tus maʼnosidan tashqari maʼnoda qoʻllanadi. Qorako‘l hududi atrofi tekislik hamda to‘lqinsimon qirlardan tashkil topgan. Qorako‘l hududining atrofini baland qirlar o‘rab olgan. Shunga koʻra, hudud relyefi
231 nisbatan botiqdir. Narshaxiy ma’lumotlarida saqlanib qolgan juda katta ko‘l deb Qorako‘l nazarda tutilgan bo‘lishi ham mumkin. Mahalliy aholi tilida tuman hududida juda katta ko‘l mavjud bo‘lganligi toʻgʻrisida ma’lumot uchraydi. Hatto hozirgi kunda ham hududda bir-biriga nisbatan yaqin joylashgan hamda atroflari botqoqlashgan kichik-kichik ko‘lmak va ko‘llar saqlanib qolganligi ma’lum. Qorakoʻl hududidagi tuproqlarning sho‘rlanganligini hamda sizot suvlarining yer yuzasiga nihoyatda yaqin ekanligini inobatga olib yaqin tarixda hududning suv ostida bo‘lganligini izohlash mumkin. Shunday qilib, Qorako‘l toponimini “pastqamlikdagi ko‘l” deb aytish mumkin (4, 617). Qorakoʻl gidrooykonimining etimologiyasi haqida ham bir necha qarashlar mavjud: 1. Ayrim keksalarning talqinicha, oʻtmishda hozirgi Toʻsar qishlogʻi hududidagi toʻplanib qolgan qora moyni odamlar suvga tushmasin deb, uning yoʻlini hozirgi Qorakoʻl qishlogʻi tomonga yoʻnaltirganlar. Natijada qora moylar qishloqdagi chuqurliklarga quyilib koʻl hosil qilgan emish. Shunga koʻra qishloq Qorakoʻl deb atalgan emish. 2. Namangan tumani tarixini yozgan mualliflarning fikricha, qora hozirgi oʻzbek xalqi urugʻlaridan birining nomi. Qishloq shakllanayotgan paytlarda bu yerda mavjud koʻl atrofiga ana shu qora urugʻi vakillari kelib joylashganligiga koʻra qishloq Qorakoʻl deb atalgan. (3, 32) 3. Yer ostidan chiqadigan sizot va buloq suvlari tiniq, qoramtir tusda boʻladi. Shunday suv oqadigan soy-jilgʻalar koʻpincha Qorasuv deb ataladi. Shuningdek, loyqa suv ham maʼlum maʼnoda “qora” hisoblanadi. Bizningcha, qishloq ana shunday suvlar hosil qilgan koʻllar oʻrnida barpo etilganligiga koʻra shunday nomlangan (4, 615-618). Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Абу Бакр Муҳаммад ибн Наршахий Бухoрo тарихи. –Т.: Фан, 1966. – Б.25. 2. Иванов П. П. Архив хивинских ханов. Новые источники для истории Средней Азии XIX в. // Записки Института востоковедения. Том. VII. – Л.: Наука, 1939. – С. 5-26. 3. Namangan tumanining o‘tmishi va buguni. 32-bet. 4. Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati. – T., 2022. – B.615. 5. Ўзбек тилининг изoҳли луғати. 5-жилдли. 5-жилд. –Т.: ЎМЭ, 2006. – Б.336. 6. Ғайбуллаев С. Қумликлар бағрига яширинган тилсимлар... – Тoшкент: Алишер Навoий нoмидаги Ўзбекистoн Миллий кутубхoнаси, 2013. – Б. 141.