scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILIDA ZAMON KATEGORIYASINING O'RGANILISHI

Z.S.Kenjayeva

Full text

236 O‘ZBEK TILIDA ZAMON KATEGORIYASINING O‘RGANILISHI Z.S.Kenjayeva Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387706 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tilida zamon kategoriyasining grammatik shakllanishi, semantik xususiyatlari, tilshunoslikda qanday o‘rganilgani va uning dolzarbligi haqida fikr yuritiladi. Maqolaning maqsadi – zamon kategoriyasining nazariy asoslarini yoritish va u haqidagi ilmiy qarashlarni tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: zamon kategoriyasi, fe’l, grammatik shakl, hozirgi zamon, o‘tgan zamon, kelasi zamon. Abstract. This article discusses the grammatical formation, semantic features of the category of tense in the Uzbek language, how it is studied in linguistics, and its relevance. The purpose of the article is to shed light on the theoretical foundations of the category of tense and analyze scientific views on it. Keywords: tense category, verb, grammatical form, present tense, past tense, future tense. Har bir tabiiy tilning asosiy birliklaridan biri fe‘l bo‘lib, u harakat, holat, voqea-hodisalarni ifodalaydi. Fe’lning zamon kategoriyasi esa ushbu harakat yoki holatning qachon sodir bo‘lishini bildiradi. Zamon orqali voqelikning vaqt bo‘yicha tasnifi amalga oshiriladi: harakat o‘tgan, ayni hozirgi yoki kelajakda ro‘y berayotgan bo‘lishi mumkin. Bu esa til egasining dunyoni qanday idrok qilayotganini va voqealarning vaqt bo‘yicha ketma-ketligini qanday ifodalayotganini ko‘rsatadi. O‘zbek tilida zamon kategoriyasi grammatik jihatdan chuqur tizimga ega bo‘lib, u fe’l shakllari orqali ifodalanadi. Zamon shakllari morfologik, semantik va sintaktik jihatdan tahlil qilinadi. Har bir zamon o‘zining xos grammatik vositalari (qo‘shimchalar), qo‘llanish qonun-qoidalari va stilistik imkoniyatlariga ega. Bu holat uni mustaqil grammatik kategoriya sifatida o‘rganishga asos bo‘ladi. Zamon kategoriyasining o‘rganilishi o‘zbek tilshunosligida alohida yo‘nalish sifatida shakllangan. Tilshunoslar, jumladan, Sh. Rahmatullayev, M. Jo‘rayev, G‘. Rahmonov, H. Doniyorov va boshqalar bu mavzuga o‘z ilmiy izlanishlarini bag‘ishlagan. Ular zamon shakllarining grammatik qurilishini, semantik yukini va uslubiy xususiyatlarini tahlil qilib, bugungi zamonaviy tilshunoslik uchun mustahkam nazariy asos yaratganlar. Shu bilan birga, XXI asrda tilni kompyuterlashtirish, sun’iy intellekt tizimlarida tilni qayta ishlash kabi sohalarning rivojlanishi fonida ham zamon kategoriyasining o‘rni yanada muhimlashdi. Zero, zamon shakllarining avtomatik aniqlanishi va tahlili mashina tarjimasi, avtomatik matn tahlili kabi yo‘nalishlarda katta rol o‘ynaydi. 237 Tilshunoslikda zamon bilan tilning o‘zaro ta’siri: vaqt ichida til (tilga nisbatan tashqi omil sifatida vaqt) va tilda vaqt (tilga nisbatan ichki omil sifatida vaqt, immanent zamon) tarzida ikki xususiyati ajratiladi. Vaqt tashqi kuch bo‘lish imkoniyati bilan dunyo tillari evolyutsiyasida va muayyan bir etnik til tarixida o‘zligini ko‘rsatadi. Vaqt ichki ta’sir etuvchi omil bo‘lib, tilning rasmiy va mazmunli jihatlarini tavsif etadi 1 . Tilshunoslikda vaqtning zamonaviy lisoniy talqini: - funksional-grammatik va funksional-semantik jihatdan; - semiotik jihatdan; - semantik (logik-semantik) va lingvokulturologik jihatdan; - etnolingvistik jihatdan; - etnopsixolingvistik nuqtayi nazardan; - kognitiv jihatdan; - diaxron jihatdan o‘rganildi va ularda tushunchaning mazmuni belgilandi hamda vaqtni o‘rganish tamoyillari tavsiflandi. Zamon kategoriyasi — bu fe’lning grammatik shakli bo‘lib, harakatning qachon sodir bo‘lganini (yoki bo‘layotganini) bildiradi. Zamon grammatikasi orqali nutqdagi harakatlar o‘tgan, hozirgi va kelajak vaqt nuqtai nazaridan aniqlanadi. O‘zbek tilida uchta asosiy zamon mavjud: 1.Hozirgi zamon shakli harakat ayni paytda, nutq vaqtida sodir bo‘layotganini bildiradi. Asosan -yap(ti), -moqda, -yapman, -yapsan kabi qo‘shimchalar bilan yasaladi. Misol: Men kitob o‘qiyapman. 2. O‘tgan zamon harakatning nutqdan avval sodir bo‘lganini bildiradi. U bir necha kichik turlarga bo‘linadi: Aniq o‘tgan zamon: Men maktabga bordim. Noaniq o‘tgan zamon: U kelgan, deyishdi. Kuzatilgan o‘tgan zamon: U ketibdi. 3. Kelasi zamon kelajakda bo‘lishi kutilayotgan harakatni bildiradi. U ertaga boradi. Men bu ishni qilmoqchiman. U yozajak. Zamon kategoriyasi o‘zbek tilshunoslari tomonidan chuqur o‘rganilgan: 1 Маковский М.М. Понятие лингвистического времени // Иностранные языки в школе, 1976. ‒ № 6. ‒ С. 3-12. 238 Sh. Rahmatullayev: Zamonga grammatik kategoriya sifatida yondashib, uni boshqa grammatik shakllar bilan bog‘liqlikda tahlil qilgan. M. Jo‘rayev: Fe’lning zamon shakllarini morfologik va semantik yondashuv asosida tahlil qilgan. G‘. Rahmonov: Zamonning nutqdagi qo‘llanishi va uslubiy yukini o‘rgangan. Zamonaviy tilshunoslar zamonni funksional va kompyuter lingvistikasi nuqtai nazaridan ham tahlil qilmoqdalar. Zamon kategoriyasi o‘zbek tilidagi eng muhim grammatik kategoriyalardan biridir. U orqali nutqdagi harakatlar vaqtga nisbatan aniqlanadi. Zamon shakllarining to‘g‘ri qo‘llanishi nutqning mazmunan aniq va tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Tilshunoslikda bu kategoriya turli yondashuvlar asosida o‘rganilib kelmoqda va u hozirgi kunda ham dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, tilni avtomatlashtirish, tarjima tizimlari va sun’iy intellekt sohalarida zamon shakllarini tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Яковлев В. Н. Многоактность как способ глагольного действия. Филологические науки, 3. ‒ Москва, 1975. ‒ 352 с. 2. Hojiyev A. O‘zbek tili so‘z yasalish tizimi. ‒ Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007. ‒ 170 b. 3. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003. – B. 394. 4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. ‒ 432 b.