scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILIDA XULQ-ATVOR FE'LLARINING SEMANTIK TAHLILI VA IJTIMOIY MAZMUNI

Ochilova Sanobar

Full text

239 O‘ZBEK TILIDA XULQ-ATVOR FE’LLARINING SEMANTIK TAHLILI VA IJTIMOIY MAZMUNI Ochilova Sanobar Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387711 Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi xulq-atvor fe’llarining semantik xususiyatlari va ularning ijtimoiy-axloqiy mazmunini ifodalashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, mehr-shafqat, do‘stlik, odob-axloq, mehnatsevarlik, ijobiy hissiyotlar hamda mehmondo‘stlikni ifodalovchi fe’llar guruhlarga ajratilib, ularning ma’no qatlamlari va leksik-semantik imkoniyatlari ochib berilgan. Kalit so‘zlar: xulq-atvor fe’llari, semantik tahlil, ijtimoiy-axloqiy mazmun, pragmatika, madaniy qadriyat, insonparvarlik, mehmondo‘stlik, leksik ma’no. Abstract. This article analyzes the semantic properties of behavioral verbs in the Uzbek language and their role in expressing social and moral content. Specifically, verbs expressing kindness, friendship, integrity, hard work, positive emotions, and hospitality are divided into groups, revealing their semantic layers and lexical-semantic potential. Keywords: behavioral verbs, semantic analysis, socio-ethical content, pragmatics, cultural value, humanity, hospitality, lexical meaning. Til inson tafakkuri va ijtimoiy hayotining ajralmas qismi sifatida, insonning ruhiy kechinmalari, axloqiy qadriyatlari hamda jamiyatdagi o‘rnini ifodalovchi asosiy vositadir. Shu nuqtayi nazardan, xulq-atvor fe’llari til tizimining muhim qatlamini tashkil etadi. Bu turdagi fe’llar orqali insonning ichki kechinmalari, psixologik holatlari, ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va xulqiy me’yorlarga bo‘lgan munosabati til birliklarida o‘z ifodasini topadi. Ular tilning nafaqat grammatik, balki sotsiopragmatik imkoniyatlarini ham namoyon etadi. Xulq-atvor fe’llarining o‘rganilishi ularning mazmuniy, uslubiy va madaniy jihatlarini yoritish imkonini beradi. Ular inson faoliyatining ma’naviy-axloqiy tomonini ifoda etgani sababli, jamiyatda shakllangan axloqiy qadriyatlar tizimi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu bois, ularni tahlil qilishda nafaqat lingvistik, balki sotsiopragmatik yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir fe’lning ma’nosi va ishlatilish shakli so‘zlovchining ijtimoiy maqomi, muloqot muhiti, maqsadi va auditoriyaga nisbatan munosabatini aks ettiradi. Nazariy jihatdan xulqatvor fe’llarining mavzuviy-semantik tasnifi ularning ijtimoiy va madaniy kontekstini aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. Bu tasnif fe’llarni insoniy his-tuyg‘ular, irodaviy holatlar, axloqiy harakatlar, hissiy kechinmalar kabi semantik guruhlarga ajratish imkonini beradi. Shunday yondashuv lug‘atshunoslik va leksikografiya sohalarida izchil tizim yaratish, til birliklarining sotsiopragmatik xususiyatlarini chuqur tahlil qilishga yordam beradi. 240 O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida xulq-atvor fe’llari mavzuviy jihatdan bir necha asosiy guruhlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvoffiq bo‘ladi: Mehr-shafqat, yordam va qo‘llab-quvvatlash fe’llari. Insonning boshqalarga nisbatan ijobiy munosabatini, samimiy xatti-harakatlarini ifodalovchi fe’llar til tizimida alohida o‘rin egallaydi. Bunday fe’llar jamiyatda hamjihatlik, o‘zaro yordam va insonparvarlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu jihatdan mehrshafqat, yordam va qo‘llab-quvvatlash mazmunini anglatuvchi birliklar xulq-atvor fe’llarining muhim guruhini tashkil etadi. Masalan, “yordam bermoq”, “qo‘llabquvvatlamoq”, “yo‘l ko‘rsatmoq” kabi fe’llar aynan shu guruhga kiradi. Do‘stlik va hamkorlikni ifodalovchi fe’llar. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va jamoaviy aloqalarni ifodalovchi fe’llar til tizimida muhim semantik guruhni tashkil etadi. Bunday fe’llar insonlar o‘rtasida do‘stona munosabat, o‘zaro tushunish va hamjihatlikni ifodalaydi hamda shaxslararo muloqotning ijtimoiy mazmunini ochib beradi. Shu sababli do‘stlik va hamkorlik ma’nosini anglatuvchi fe’llar insoniy qadriyatlarni mustahkamlovchi til birliklari sifatida e’tiborga molikdir. Masalan, “suhbatlashmoq”, “hamkorlik qilmoq”, “o‘rtoqlashmoq” kabi fe’llar jamiyat a’zolari o‘rtasida muloqot, hamjihatlik va o‘zaro ishonchni ifoda etadi. Odob-axloq va hurmatni ifodalovchi fe’llar. Til tizimida milliy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy odoblarni ifodalovchi fe’llar xulq-atvor leksikasining muhim qismini tashkil etadi. Bu turdagi fe’llar insonning ma’naviy kamoloti, boshqalarga nisbatan e’tiborli va hurmatli bo‘lishi kabi fazilatlarni ifodalashga xizmat qiladi. Ular jamiyatda axloqiy barqarorlikni ta’minlash, shaxslararo muomala madaniyatini shakllantirish hamda ijtimoiy uyg‘unlikni mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega. Masalan, “hurmat qilmoq”, “kechirmoq”, “amal qilmoq” kabi fe’llar odob-axloq me’yorlariga rioya etish, insoniy fazilatlarni qadrlash va boshqalarni e’tirof etish mazmunini anglatadi. Ushbu birliklar til orqali jamiyatdagi axloqiy qadriyatlar tizimini mustahkamlaydi hamda shaxsning madaniy saviyasini ko‘rsatadi. Mehnat, halollik va intilishni ifodalovchi fe’llar. Til tizimida insonning mehnatsevarlik, halollik va mas’uliyatga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi fe’llar muhim o‘rin tutadi. Ushbu turdagi fe’llar inson faoliyatining ijtimoiy va ma’naviy jihatlarini yoritib, uning jamiyatdagi o‘rni hamda shaxsiy fazilatlarini aks ettiradi. Mehnat, halollik va intilish mazmunini anglatuvchi birliklar orqali insonning faoliyatga, kasbga va ijtimoiy burchga bo‘lgan ijobiy munosabati ifodalanadi. Masalan, “mehnat qilmoq”, “intilmoq”, “sa’yan qilmoq” kabi fe’llar shaxsning mehnatsevarligi, maqsad sari harakatlanish istagi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini bildiradi. Bunday fe’llar til orqali insonning faol hayot 241 pozitsiyasini, mehnatga ongli munosabatini hamda ijtimoiy mas’uliyatini ifodalovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Yaxshi xulq va ijobiy hissiyotlarni ifodalovchi fe’llar. Til tizimida insonning ruhiy kechinmalari, emotsional holati va ijobiy xatti-harakatlarini aks ettiruvchi fe’llar muhim semantik qatlamni tashkil etadi. Bunday fe’llar insonning atrofmuhitga, jamiyatga va o‘ziga nisbatan iliq, samimiy munosabatini ifodalaydi. Shu bois yaxshi xulq va ijobiy hissiyotlar mazmunini bildiruvchi fe’llar shaxsning ichki dunyosini, hissiy kechinmalarini va ijobiy xulqini til orqali yorituvchi vositalardir. Mehmondo‘stlik va ijtimoiy munosabatni ifodalovchi fe’llar. Til tizimida mehmondo‘stlik, samimiylik va ijtimoiy aloqadorlikni ifodalovchi fe’llar xalqning milliy mentaliteti hamda madaniy qadriyatlarini yoritishda alohida o‘rin tutadi. Bu turdagi fe’llar insonning boshqalar bilan o‘zaro munosabatini, ijtimoiy faolligini va jamiyatdagi bir-biriga mehr bilan yondashuvini ifodalaydi. Xulosa qilganda, xulqatvor fe’llari o‘zbek tilining leksik tizimida insonning ijtimoiy, ma’naviy va psixologik holatini ifodalovchi muhim birliklar sirasiga kiradi. Ular orqali shaxsning jamiyatdagi o‘rni, odob-axloq me’yorlariga munosabati, boshqalar bilan muloqotdagi madaniy darajasi va ijobiy fazilatlari namoyon bo‘ladi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Л.М Васильев. Современная лингвистическая семантика. – Москва: Высшая школа, 1990. 2. Aксёнoвa A.A. Ресептивные aспекты визуaлнoгo в литерaтуре // Нoвый филoлoгический вестник, 2020. - №3 (54). 3. Қўзиев У.Я. Ўзбек тилидаги изoҳли луғaтлaрдa ўзлaшмa сўзлaр тадқиқи: Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) … дисс. автореф. – Фaрғoнa, 2018. – 44 б.