scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MADANIYAT VA SHAXSNING O'ZARO MUNOSABATLARI

Farhodova Shohzoda Jasurbek qizi

Abstract

Ushbu maqolada madaniyat va shaxs tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Shaxsning shakllanishida madaniyatning o‘rni, xususan oila, ta’lim, diniy va milliy qadriyatlar, ommaviy axborot vositalarining ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, madaniyatning shaxsni shakllantirishdagi roli bilan bir qatorda, shaxsning madaniyatni boyitishdagi ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada tarixiy va zamonaviy misollar orqali shaxs va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslanadi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 307 MADANIYAT VA SHAXSNING O’ZARO MUNOSABATLARI Farhodova Shohzoda Jasurbek qizi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. 60211800-Madaniyatshunoslik ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi. Tel +99850-545-65-80. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17387788 Annotasiya. Ushbu maqolada madaniyat va shaxs tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Shaxsning shakllanishida madaniyatning o‘rni, xususan oila, ta’lim, diniy va milliy qadriyatlar, ommaviy axborot vositalarining ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, madaniyatning shaxsni shakllantirishdagi roli bilan bir qatorda, shaxsning madaniyatni boyitishdagi ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada tarixiy va zamonaviy misollar orqali shaxs va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslanadi. Kalit so’zlar: Madaniyat, jamiyat, munosabat, shaxs, madaniy muhit. faoliyat, kelajak, urf-odat. Avvalo madaniyat nima? Madaniyat bu -insonlar yaratgan maʼnaviy va moddiy boyliklar majmuyidir. Oddiy qilib aytganda odamlarning urf-odatlari, qadriyatlari, sanʼati, ilmi, axloqi va turmush tarzi madaniyatni tashkil etadi. Madaniyat soʻzi arabcha "madina" (shahar) soʻzidan kelib chiqqan boʻlib "shaharlik" degan maʼnoni bildiradi. [1.8-b.] Arablar kishilar hayotini ikki turga boʻlishgan: birinchisi "Badaviy", ikkinchisi "Madaniy" turmush deb atalgan. Badaviylikko'chmanchi holda dasht-u sahrolarda yashovchi xalqlarga, Madaniylik-shaharda o'troq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega l bo'lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan. Shu tariqa ti madaniyat soʻzi kelib chiqqan. Madaniyat va shaxs bir-biridan ajralmas tushunchalardir. Avvalo madaniyatning shaxsga tasiri haqida bilib olamiz. Inson tugʻilgandan boshlab jamiyatdagi til, urf-odat, qadriyat, turmush tarzi, ilmi va axloqiy meyyorlarini oʻzlashtiradi. Bu jarayon "Ijtimoiylashuv" deb ataladi. Madaniyat hamisha shaxs faolligi va uning yaratuvchanlik faoliyati bilan bog'liqdir. Buyuk nemis faylasufi Gegel oʻzining "Huquq falsafasi" asarida taʼkidlaganidek, madaniyatli inson, bu-avvalo, boshqalar qilgan ishni qila oluvchi, boshqalar kabi yaratuvchidir. Shu tarzda madaniyat insonga ta'sir qilib, uning dunyoqarashi, xulq-atvori va maʼnaviy olamini shakllantiradi. 2008-yili chop etilgan "Madaniyatshunoslik" nomli o'quv qo'llanmasida madaniyat insonga qanday ta'sir qilishi, madaniyat orqali shaxsning ma'naviy-axloqiy boyishi jamiyatdagi shaxsiy roli haqida tushunchalar belgilab oʼtilgan. Bu qoʻllanmadi shunday deyilgin: "Madaniyat insonni inson darajasiga koʻtaradi, shaxs esa madaniyatni boyitadi". Inson jamiyatlari tomonidan yaratilgan madaniyatlar cheksiz ravishda xilmaxildir. Ularning har biri dunyoni qabul qilishning va unga moslashishning o‘ziga xos va betakror usulini namoyon qiladi. Mamlakatimiz tadqiqotchisi F.I.Minyushev, YUNESKO ma’lumotlariga tayangan holda, bugungi kunda dunyoda 749 dan ortiq madaniyatlar “harakatlanadi”.[2.16-17-b] Keltirilgan raqamning ahamiyatli darajada kattaligiga qaramasdan, u insoniyatning madaniy ko‘p turliligini to‘liq aks ettira olmaydi, chunki shakllanib ulgurgan madaniyatlar doirasida doimiy ravishda madaniy ijod sodir bo‘ladi, yangi madaniy shakllar, yangi submadaniyatlar vujudga keladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 308 Agar, biz insoniyat tarixi va tarix sahnasidan chiqib ketgan xalqlarning madaniy merosini yodga oladigan bo‘lsak, u holda madaniyatlar soni cheksiz darajada ortib ketadi. Va nihoyat, kelajak insoniyatning madaniy xilma-xilligini yanada oshiradi, chunki inson o‘z mohiyatiga ko‘ra – ijodkor va arbobdir (garchi uning ijodiy faoliyati faqatgina ijobiy masara bermaydi). Endi esa insonni madaniyatga ta'sirini koʻrib chiqamiz. Insonni madaniyatga ta'sirining eng katta omillaridan biri buyuk allomalarimiz yozib qoldirgan asarlardir. Ular yaratgan asarlarda o'sha davrning madaniyati aks ettiriladi. Boshqa davlatlar madaniyati bilan solishtiriladi. Buning natijasida madaniyat rivojlanadi. Masalan, Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" asari ma'rifiy asar bo'lib, unda Navoiy shaxs sifatida axloqiy fazilatlarni rivojlantirib, rahim, shafqat, adolat kabi fazilatlar orqali jamiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatishni targ`ib qiladi. Shuningdek bu asar orqali madaniyat va mavifat tarixiy qadriyatlarning shakllanishi ko'rinadi. Undan tashqari Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq", Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch", Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar", Cho'lponning "Kecha va kunduz", Abdurauf Fitratning "Milliy madaniyat", Omon Muxtorning "Inson", Tohir Malikning "Shaytanat", Said Ahmatining "Jimjitlik" kabi asarlaridan madaniyat haqida to'liq ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin. Chunki bu asarlarda o'sha davr madaniyati haqida bayon etilgan. Bu kabi asarlarni o'qigan madaniyatshunoslar hozirgi davr madaniyatini o'sha davr madaniyati bilan solishtirib, uning rivojiga o'z hissalarini qo'shadilar. Madaniyat va shaxs bir-birini to‘ldiradigan va o‘zaro boyitadigan ikki asosiy tushunchadir. Shaxs madaniy muhitda shakllanadi va kamol topadi, madaniyat esa shaxslarning faoliyati orqali rivojlanadi. Shu boisdan, jamiyat taraqqiyoti uchun har bir insonning madaniy saviyasini oshirish, ma’naviy yetukligini ta’minlash dolzarb vazifalardan biridir. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak madaniyat jamiyatining asrlar davomida to'plagan bilim, qadriyat va urf-odatlarini o'zida mujassam etib, shaxsning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shaxs esa oʻzining faoliyati, ijodi va ijtimoiy hayotidagi ishtiroki orqali madaniyatni boyitadi. Demak, madaniyat shaxsni tarbiyalaydi, shaxs esa madaniyatni rivojlantiradi. Bu ikki tushuncha bir-biri bilan shu tarzda munosabatda bo'ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. “Madaniyat sotsiologiyasi” oʻquv qoʻllanma M. Bekmurodov N.Yusupova 2010-yil 8-bet. 2. Abdulazizov A. MADANIYAT SOTSIOLOGIYASI (o‘quv qo’llanma) Namangan. 2024. 16-17-bet. 3. Mansur Bekmuratov, Nargiza Yusupova Madaniyat sociologiyasi Toshkent 2010-y. 4. MADANIYATSHUNOSLIK VA MADANIYAT FUNKSIYALARI TRANSFORMATSIYASI mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami “Farg’ona” nashryoti 2025.