VIRTUAL MULOQOT JANRLARINING TASNIFI
Abstract
Annotatsiya Ushbu maqolada virtual muloqot fenomeni va uning janr jihatdan tasnifi tadqiq etilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan yangi muloqot shakllari va ularning lingvistik, pragmatik hamda ijtimoiy xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, chatlar, bloglar, videobloglar kabi platformalarda kuzatiladigan muloqot shakllari misol tariqasida ko‘rib chiqilgan. Har bir janrning kommunikativ maqsadi, auditoriyasi va tilshunoslik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: virtual muloqot, janr tasnifi, ijtimoiy tarmoqlar, chat, blog, pragmatika, kommunikatsiya, lingvistik xususiyatlar.
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 101 VIRTUAL MULOQOT JANRLARINING TASNIFI Nishonov Patxiddin Payziboyevich O’zbekiston davlat jahon tillari Universiteti dotsenti Annotatsiya Ushbu maqolada virtual muloqot fenomeni va uning janr jihatdan tasnifi tadqiq etilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan yangi muloqot shakllari va ularning lingvistik, pragmatik hamda ijtimoiy xususiyatlari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, chatlar, bloglar, videobloglar kabi platformalarda kuzatiladigan muloqot shakllari misol tariqasida ko‘rib chiqilgan. Har bir janrning kommunikativ maqsadi, auditoriyasi va tilshunoslik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: virtual muloqot, janr tasnifi, ijtimoiy tarmoqlar, chat, blog, pragmatika, kommunikatsiya, lingvistik xususiyatlar. Ilm-fanning rivojlanishi har sohada kun sayin yangidan yangi izlanishlar olib borishni taqazo etmoqda. Kommunikatsiya teoriyasi kontekstida hozirda kommunikatsiyaning yangi turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari kabi masalalar muhimligicha qolmoqda. “Kommunikatsiya” atamasi ilmiy adabiyotda XX asr boshida paydo bo’ldi va ilmiy ma’nosidan tashqari (har qanday obyektlarning aloqa vositasi) juda tez sotsiomadaniy ma’noga ega bo‘la boshlaydi. Kommunikatsiya muammolari lingvistik, psixologik va falsafiy tomondan ilmiy ishlarda o‘rganilib chiqilgan. Psixologiyada kommunikatsiya muloqotning tarkibiy qismlaridan biri deb qaraladi: “…muloqot umuman olganda kommunikatsiya tomonidan tugatila olmaydi, lekin u ham, o‘z navbatida, faqat informatsion jarayonga qaratila olmaydi” [1].
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 102 “Kommunikatsiya” va “muloqot” tushunchalarining noo‘xshashligi falsafada ham keltirilib o‘tiladi. Falsafiy nuqtai nazardan ular ba’zi munosabatda farqlanadi. Ulardan biri shundan iboratki, muloqot ham amaliy (material), ham ma’naviy (informatsion), ham amaliy-ma’naviy xususiyatga ega. Kommunikatsiya esa faqat informatsion jarayon hisoblanadi (ma’lumot yetkazish). Tilshunoslik ilmi tizimida diskurs fenomeniga qiziqish juda ham kuchli. Ko‘plab olimlar ilmiy ishlarida diskursga bag‘ishlangan ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin. Dastlab “diskurs” va “matn” terminlari ayni bir tushuncha uchun qo‘llangan bo‘lsa, keyinroq “matn” yozma kommunikatsiyaga nisbatan, “diskurs” esa og’zaki kommunikatsiyaga nisbatan ishlatilgan [2]. Maqolada Gasparova B.M., Karasik V.I. ishlariga to’xtalib o’tamiz. Ular o’z ishlarida diskurs va matn, diskurs va dialog, diskurs va nutq nisbatlariga katta e’tibor berganlar, ularning asosiy belgilarini tahlil qilganlar. “Diskurs” terminining asl ma’nosi “nutq”, “so’zlash” bo’lib, adabiyotlarda bu terminning “matn”ga sinonim sifatida qo’llaniladi. So’nggi vaqtlarda ko’plab tadqiqotlar maqsadi internet-diskurs yoki virtual muloqot bo’lib qolmoqda. Uning bu sohada yangiligi va to’liq tadqiq etilmaganligi mavjud muammolarga turli xil yo’llar orqali yechim berish istaklarini oshirmoqda. O’rganilayotgan obyektning ikki taraflamaligi nominatsiya darajasida aks etadi. Ko’plab mualliflarni keyinchalik nafaqat “kommunikatsiya”, “muloqot” va “diskurs” ta’riflari dovdiratib qo’yardi, balki ko’pchilik uchun ushbu atamalar ma’no jihatdan bir-biriga yaqindek tuyulardi. Shunday qilib, ko’plab tadqiqotchilar bir obyekt uchun turli xil nomlarni ishlatishmoqda. “Virtual kommunikatsiya” tushunchasi informatsion texnologiyalar yordamida yaratilgan va real hayotdan uzoq, mavjud bo’lmagan dunyoga g’arq qiladigan xayoliylikni chaqiruvchi sun’iy muhit mohiyati orqali yo’q bo’lolmaydi. Kommunikatsiyaning yangi turi – virtual muloqotning paydo bo’lishi alohida kommunikatsion makonning shakllanishini haqida gapirishimizga imkoniyat beradi. Kommunikativ makon o’z ichiga turli xil
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 103 kommunikativ sohalarni qamrab oladi, masalan: siyosiy, tibbiy, pedagogik, ilmiy va h.k. Diskurs tipi kommunikatsiya ishtirokchilari, shuningdek kommunikativ maqsadlar, u faoliyat yuritayotgan kommunikativ muhit orqali aniqlanadi. Inson faoliyatiga internet va kompyuter texnologiyalarining tobora kirib borishi tadqiqotchilar tomonidan murakkab tuzilishga ega va alohida elektron kommunikativ jabhada ishlovchi virtual diskurs yoki virtual muloqot ustida izlanishlar olib borilishi kerakligini bildiradi. E.N. Galichkina, D.V. Galkin, L.Y. Ivanov va boshqalar virtual diskursning mavjudligi va o’ziga xos xususiyatlari masalalari ustida chuqur izlanishlar va muhokamalar qilishgan [3]. N.G. Asmus o’z ilmiy ishlarida «virtual diskurs», «internet-kommunikatsiya», «elektron kommunikatsiya», «virtual muloqot» va «kompyuter diskursi» so’zlarini sinonim sifatida qo’llaydi va ularni u «subyektlarning kompyuter orqali amalga oshadigan kommunikativ o’zaro munosabati» deb hisoblaydi [4]. A.G. Abramova esa internet-diskursni «elektron diskurs» deb nomlaydi va uni faqat «internet saytlardagi og’zaki muloqot» deya izohlaydi [5]. D. Galkinning fikricha “virtual diskurs go’yoki kommunikatsiya tabiatini o’zgartirib qo’ydi – harflar va so’zlar, tovushlar va obrazlar raqamlar bilan almashgan, shuning uchun ham ular virtual …” [6]. Yana bir muallif – K.V. Ovcharova o’z ishlarida ko’plab terminlarni tushunchaning sinonimi sifatida qo’llaydi. Misol uchun: «kompyuter diskurs», «elektron diskurs», «internet-diskurs» [7]. Mening nazarimda, kompyuter muloqoti, ya’ni “virtual kommunikatsiya” yangi va muloqotning boshqa turlariga xos bo’lmagan jihatlarni o’zida mujassamlashtirgan kommunikativ muhitning shakllanishiga asos bo’ldi. O’rganilayotgan obyektning muhim (konstitutiv) belgilarini yodga olishda mualliflarning qarama-qarshiliklari kuchaya boshlaydi. Virtual muloqotning boshqalardan ajratib turuvchi o’ziga xos xususiyatlari deb N.G. Asmus ishlaridan kelib chiqib quyidagilarni ayta olamiz [4]: - dialoglilik;
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 104 - o’ziga xos muallif xarakteri; - muallif-o’quvchi kategoriyasining birga olib borilishi; - vaqt va makon bo’yicha chegaralanishlarning yo’qligi; - a’zolar mavqesi bir xil bo’lishi kerak; - dunyoning umumiy suratining shakllanishi; - til vositalarining cheklanmagan tanlovi. Muloqotning yangi turining — virtual kommunikatsiya — paydo bo’lishi bilan janrlashtirish masalasi aktual bo’lib qoldi: bir qancha o’ziga xos farqli belgilarga ega va faqatgina kompyuter kommunikatsiyalari uchungina xos janrlar hisoblanuvchi azaliy tarmoq janrlar va muloqotning boshqa doiralaridan o’zlashgan janrlar paydo bo’ldi. N.G. Asmusning fikriga ko’ra, internet-kommunikatsiyaning olti xil janrini belgilash mumkin: domashnaya stranitsa (homepage), elektron pochta, forum, elektron doska, chat, ko’ngilochar loyihalar. F.O. Smirnov o’z ishlarida internet-diskurs janrlarini interaktivlikning darajasiga ko’ra 3 guruhga ajratadi [8], ya’ni: 1. Yuqori interaktivlik darajasiga ko’ra: chat; ICQ (hozirgi Telegram, Whatsapp kabi messenjer) 2. O’rta interaktivlik darajasiga ko’ra: forumlar; konferensiyalar; bloglar 3. Quyi interaktivlik darajasiga ko’ra: elektron pochta L.Y. Ivanov internet-diskursni tematik prinsipga asosan sinflashtiradi va ushbu janrlarga ajratadi: yangiliklar janri (yangiliklar sayti, PR-saytlar); ilmiy-ta’limiy va maxsus informatsion janrlar (monografiyalar, onlayn-konferensiyalar, elektron lug’atlar va b.); adabiy-badiiy janrlar (elektron kutubxonalar, annotatsiyalar va b.); nomutaxassis, umumiy muloqotga tegishli janrlar (virtual o’yinlar, pochta yozishmalari, chat va b.); ish va tijorat janrlari (e’lonlar, bannerlar, korporativ saytlar va b.) [9].
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 105 L.G. Antonova va Y.S. Julenova yuqoridagi sinflashtirishda keltirilgan tijorat va ishga oid janrlarni rad etadilar. Ular hozirda mashxur bo’lgan “elektron janrlar”ni birlashtirishni taklif etishdi: web-sayt, elektron kutubxona, elektron jurnal, elektron xat, chat, e’lonlar taxtasi, dasturlar kolleksiyasi, internet-kataloglar, tijoriy e’lonlar, reklama bannerlari. L.A. Kapadze ikki katta guruhni taklif etdi: yozma matnlarga yaqin bo’lgan janrlar va yozma hamda og’zaki matnlar gibridi hisoblangan janrlar, masalan, chat [10]. Ingliz tilshunosi D. Kristall internet-diskursni beshta janrga ajratadi: elektron pochta, sinxron va asinxron chatlar, virtual olamlar, veb-matnlar [11]. Ko’plab tadqiqotchilar internet-diskursni interaktivlik darajasiga ko’ra, boshqacha aytganda suhbatdoshning xabarlarga qilgan reaksiya tezligiga ko’ra janrlarga bo’lishadi [12]. Ularga quyidagilar kiradi: chat; ICQ; forum va konferensiyalar; bloglar; elektron pochta. Internet diskursiv maydon sifatida faqatgina ijtimoiy-yo’naltirilgan va informatsion makon sifatida emas, balki elektron kommunikatsiyalarning o’g’zakiyozma ko’rinishlari orqali lingvomadaniy va ijtimoiy-muhim qiymatlarini ko’rsatib beruvchi o’ziga xos diskursiv maydon deb ko’rilishi mumkin. Internet-diskursning funksiyalari va maqsadlariga mos keluvchi barcha jabhalarni quyidagi janrlarga bo’lib chiqish mumkin: Informatsion: web-sayt; elektron hujjat; wiki-loyiha; qidiruv tizimi. Foydalanuvchida mavjud informatsion janr turli mavzudagi ma’lumot olish texnologiyalari va strategiyalarini shakllantiradi (ko’ngilochar, bilim orttirishga xizmat qiladigan va h.k.). Kommunikativ: elektron xat; messenjerlar; ijtimoiy tarmoq. Rivojlantiruvchi: o’yinlar olami va onlayn o’yinlar. Bu janrning o’ziga xosligi shundan iboratki, bunda birinchi planga uning, foydalanuvchilari o’rtasida nutqiy aloqasisiz amalga oshishi mumkin bo’lgan, rivojlantiruvchi funksiyasi chiqadi.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 106 Servis: internet-do’kon; to’lov xizmatlari. Ushbu janr u yoki bu xizmatdan foydalanishda ishlatilishi kerak bo’lgan nutqiy operatsiyalarning o’rniga texnologik usullarni qo’llaydi. Xulosa qilib aytganda, kompyuter texnologiyasining jadal rivojlanishi yangi kommunikatsiya turi hisoblanadigan virtual muloqot yoki internet-diskurs turini paydo bo’lishiga sababchi bo’ldi. XX asrning 80-yillaridan boshlab tilshunoslar tomonidan internet-diskursni keng tadqiq etish boshlandi. Ko’plab tadqiqotchilar internet-diskursni o’sha davr talabidan kelib chiqqan holda janrlarga bo’lishdi. Hozirgi kunda ham informatsion-texnologiyalar sohasida rivojlanish juda tezlik bilan amalga oshmoqda. Hozirda foydalanuvchi olimlar tomonidan yaratilgan sun’iy ong bilan ham muloqotda bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida virtual muloqot janrlarini qaytada ko’rib chiqish va bu borada keng tadqiqot ishlarini amalaga oshirish masalasini kundalik ehtiyojga aylantiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Парыгин Б.Д. Анатомия общения: Учебное пособие. – СПб.: Из-во В.А. Михайлова, 1999. – 300 с. 2. Хegay V. О pоnyatii diskurs // Filоlоgiya masalalari, 2006, N 2 (11), 63-66betlar. 3. Асмус Н. Г. Лингвистические особенности виртуального коммуникативного пространства: автореф. дис. ... канд. филол. наук. Челябинск: ЧелГУ, 2005. 4. Абрамова А. Г. Лингвистические особенности электронного общения: автореф. дис. ... канд. филол. наук. М.: МГУ им. М.В. Ломоносова, 2005. 5. Галкин Д. Виртуальный дискурс в культуре постмодерна // Критика и семиотика. 2000. № 1. С. 173–191. 6. Овчарова К. В. Компьютерные чаты в Интернет-коммуникации: содержание и особенности функционирования: автореф. дис. ... канд. филол. наук. Краснодар: КубГУ, 2008.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 107 7. Смирнов Ф. О. Национально-культурные особенности электронной коммуникации на английском и русском языках: автореф. дис. ... канд. филол. наук. Ярославль: ЯГПУ имени К. Д. Ушинского, 2004. 8. Иванов, Л. Ю. Язык в электронных средствах коммуникации // Культура русской речи. М.: Флинта : Наука, 2003. С. 791–793. 9. Капанадзе Л. А. Структура и тенденции развития электронных жанров // Русский язык. Приложение к газете «Первое сентября». 2002. № 21.