scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORIJIY TILNI O'QITISHDA YOZMA SHAKLDAGI NAZORATNING CEFR TALABLARIGA MUVOFIQLIGI

Sodiqova Gulsevar Sherali qizi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich talabasi

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy tilni o‘qitish jarayonida yozma shakldagi nazorat turlari va ularning Yevropa tillari uchun umumiy kompetensiyalar doirasi — CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) talablariga muvofiqligi tahlil qilingan. CEFR mezonlari asosida til bilimlarini baholashda yozma nazorat vositalarining ahamiyati, shakllari va samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Muallif yozma topshiriqlar orqali o‘quvchilarning leksik-grammatik bilimlari, kommunikativ kompetensiyasi va ijodiy fikrlash qobiliyatini aniqlash usullarini yoritadi. Maqolada, shuningdek, B1 va B2 darajalari uchun mos yozma topshiriqlarni tuzish va baholash mezonlari amaliy misollar asosida keltirilgan. Kalit so‘zlar: CEFR, yozma nazorat, xorijiy til, baholash mezonlari, til kompetensiyasi, B1, B2 darajalari, o‘qitish usullari.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 116 XORIJIY TILNI O‘QITISHDA YOZMA SHAKLDAGI NAZORATNING CEFR TALABLARIGA MUVOFIQLIGI Sodiqova Gulsevar Sherali qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada xorijiy tilni o‘qitish jarayonida yozma shakldagi nazorat turlari va ularning Yevropa tillari uchun umumiy kompetensiyalar doirasi — CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) talablariga muvofiqligi tahlil qilingan. CEFR mezonlari asosida til bilimlarini baholashda yozma nazorat vositalarining ahamiyati, shakllari va samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Muallif yozma topshiriqlar orqali o‘quvchilarning leksikgrammatik bilimlari, kommunikativ kompetensiyasi va ijodiy fikrlash qobiliyatini aniqlash usullarini yoritadi. Maqolada, shuningdek, B1 va B2 darajalari uchun mos yozma topshiriqlarni tuzish va baholash mezonlari amaliy misollar asosida keltirilgan. Kalit so‘zlar: CEFR, yozma nazorat, xorijiy til, baholash mezonlari, til kompetensiyasi, B1, B2 darajalari, o‘qitish usullari. Hozirgi kunda talabalar bilimini reyting ballari asosida baholash usuli oliy ta’lim tizimidagi eng ishonchli va samarali baholash turi sanaladi. Biroq xorijiy tillarni o‘qitishda CEFR talablari nuqtai nazaridan ish ko‘rish va u bo‘yicha talabalar bilimini baholash mezonlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunday ekan, xorijiy tilni o‘rganishda talab qilinadigan kompetensiyalar bilan reyting tizimini bir-biriga muvofiqlashtirish va ular bo‘yicha maxsus baholash mezonlari ishlab chiqish har bir xorijiy til o‘qituvchisining oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo‘lmog‘i lozim. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 117 Xorijiy tilni o‘qitishda talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash bo‘yicha talab qilinadigan nazorat turlaridan oraliq yoki yakuniy nazorat turini yozma tarzda qabul qilish inobatga olingan hollarda umumevropa CEFR talablaridan faqat yozma nutq kompetensiyasiga qaratilgan shartlardan foydalanish yaxshi samra beradi. Xususan, ushbu nazorat turida talabalar Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalaridan: tinglab tushunish, o‘qib tushunish va yozish kompetensiyalari bo‘yicha baholanishi inobatga olinishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, tinglab tushunish va o‘qib tushunish kompetensiyalarini yozma tarzda namoyon etish ham mumkin. Bunda topshiriqlar turi va sharti quyidagicha tarzda bo‘lishi mumkin: 1-topshiriq. Video yoki audio tasmalarda yozilgan materiallar orqali eshitib (ko‘rib) tushunish ko‘nikmalarini sinash. Tinglab tushunish ko‘nikmalarini sinash maqsadida qabul qilinadigan bu topshiriq o‘tilgan og‘zaki nutq mavzulari bo‘yicha matnlar(video-roliklar)ni video yoki audio tasmalar orqali eshittirish va tushungan ma’lumotlarni yozma bayon etish talab etiladi. Ushbu topshiriq talabalarga yalpi tarzda yoki individual tarzda eshittirilishi yoki namoyish ettirilishi mumkin. 2-topshiriq. Tinglash uchun testlar bajarish. Bunda ma’lum bir mavzu asosida eshshittiriladigan dialog yoki informativ ma’nodagi matnlar audio tasmalar orqali 2-3 marta talabalarga qo‘yib eshittiriladi va ular ushbu tinglangan o‘quv materiali asosida tuzilgan testlarni belgilangan vaqt davomida tinglab tushungan ma’lumotlari asosida bajaradilar. Test topshiriqlari orasida tinglab tushungan ma’lumotlar asosida shaxsiy fikr bildirish va ularni yozma tarzda yozib to‘ldirish shartlari mavjudligi sababli test shaklidagi bunday topshiriqlarni ham yozma shakldagi nazorat turiga kiritish mumkin. 3-topshiriq. Talabalarga o‘tilgan mavzular yuzasidan kichik hajmdagi diktantlar yozdirish. Bunda talabalarga matn bir marta to‘liq o‘qib eshittiriladi va shundan so‘ng matn birma-birma sekin aytib turiladi va belgilangan vaqt davomida talabalar diktantni yozishga harakat qiladilar. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 118 4-topshiriq. O‘qib tushunish va uni yozma bayon etish sharti. Bunda o‘qib tushunish ko‘nikmalarini sinash maqsadida ma’lum bir matn (kichik hikoya parchasi, jurnal va gazeta maqolalari, yangiliklar bayoni, internet matnlari va hokazolar ) har bir talabaga individual tarzda taqdim etiladi va 1) matnning asosiy g‘oyasi, 2) matndagi tayanch so‘zlar, 3) matndan qanday ma’lumotlarni bilish mumkinligini yozma bayon etish talab qilinadi. 5-topshiriq. Ma’lum bir rasmiy hujjatni yozish. Bunda talabalarga turli vaziyatlar misol tariqasida keltiriladi va shunday hollarda qanday rasmiy hujjat talab qilinishi va bunday rasmiy hujjat turini qanday tarzda yozma rasmiylashtirish talab etiladi. 6-topshiriq. Ma’lum bir badiiy film parchasini yozma bayon etish. Bunda talabalarga badiiy filmdan parcha ko‘rsatiladi va uning mazmunini yozma tarzda bayon etish talab qilinadi. 7-topshiriq.Ma’lum bir mavzudagi hujjatli film tahliliy tafsilotini yozma bayon etish talab qilinadi. Xususan, talabalardan namoyish etilgan voqea – holatga nisbatan o‘zining shaxsiy munosabatini yoritish talab qilinadi. 8-topshiriq. Matnga asoslangan test o‘tkazish. Bunda dars jarayonida foydalanilmagan turli matnlarga asoslangan testlar tuziladi va talabalardan ularga to‘g‘ri javoblarni belgilash talab etiladi. Shuningdek, test savollarining yarmi matnni mazmun jihatdan tushunish bo‘yicha, qolgan yarmi esa lingvistik tahlil nuqtai nazaridan bo‘lishi lozim. 9-topshiriq. Ma’lum bir badiiy matnning lingvistik yozma tahlili. Bunda ma’lum bir badiiy asardan olingan parchani leksik, grammatik, stilistik va boshqa nuqtai nazardan yozma tahlil qilish talab etiladi. 10-topshiriq. Matbuot materiallarini o‘qib yoki video tasma orqali ko‘rib, fikrni yozma bayon etish. Bunda matbuot materiallaridan olingan ona tilidagi ma’lum bir kichik maqola talabalarga beriladi va uning mazmunini xorijiy tilda ifoda etish talab qilinadi yoki informasion tusdagi axborot ko‘rsatuvlaridan ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 119 olingan parchalar talabalar e’tiboriga 2-3 marta namoyish etiladi, shuningdek, uning mazmunini xorijiy tilda bayon etish sharti belgilab quyiladi. Bunday topshiriqlar uchun nazorat turiga ajratilgan maksimal balldan har bir topshiriq uchun ajratilgan ulushni aniqlash va topshiriqlar kesimidagi ballar tizimini ishlab chiqish lozimdir. Yuqorida keltirilgan yozma nazorat turlari talabalarning xorijiy til bo‘yicha bilim va malakalarini to‘g‘ri va optimal tarzda baholashga yordam beradi. Shuningdek, yozma shaklda qabul qilinadigan bunday nazorat turlaridan fanning xususiyati va o‘tilgan mavzu hamda materiallar darajasiga ko‘ra 3-4tasi tanlab olingan holda ularni amaliyotga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Ularning har biri xorijiy tilni bilish darajasini sinab ko‘rishda muhim ahamiyatga ega va ular hozirgi zamon talablari asosidagi eng samarali usullardan bo‘lib hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Rosen E. Le point sur le CECR. Paris : « Clé International », 2007. 2. « De l’approche communicative à la perspective actionnelle », Le Français dans le monde n° 347, septembre 2006, pp. 37-40. 3. Cadre européen commun de référence pour les langues, Conseil de l’Europe /Les Editions Didier, 2001. 4. Béacco J-C. L’approche par compétences dans l’enseignement des langues, Paris, Editions Didier, 2007. 5. Passov E.I. Коммуникативный метод обучения иноязычному говорению. - М.: Просвещение, 1991.