O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA FUQAROLAR HUQUQIY ONGI VA HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH BILAN BOG'LIQ ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
Abstract
Annatatsiya: Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi rolini takomillashtirishning ayrim masalalari tahlil qilingan va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, jamoat xavfsizligi, qonun, qonunchilik va boshqalar.
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 164 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA FUQAROLAR HUQUQIY ONGI VA HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH BILAN BOG‘LIQ ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Zamonbekov Umidbek Avazbek o‘g‘li, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi. Annatatsiya: Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi rolini takomillashtirishning ayrim masalalari tahlil qilingan va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, jamoat xavfsizligi, qonun, qonunchilik va boshqalar. Jamoat xavfsizligini ta’minlashda aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Fuqarolarning qonunlarga rioya qilish va huquqiy munosabatlarda faol ishtirok etish qobiliyati jamiyatda huquqiy tartibotni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bois, huquqiy ta’limni takomillashtirish, keng jamoatchilikni qonun hujjatlari bilan tanishtirish, profilaktik tadbirlar o‘tkazish va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish zarur. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va aholi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash jamoat tartibini samarali ta’minlashga yordam beradi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikni zamonaviy talablarga moslashtirish, profilaktika va jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi huquqiy
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 165 mexanizmlarni joriy etish qonun ustuvorligini ta’minlashda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. 1994-yil 13-iyunda qabul qilingan «Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida 1 yoshlar huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari belgilab qo‘yildi. Voyaga yetmagan yoshlarimizning huquq haqidagi bilimlarini kengaytirish, huquqqa nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, huquqiy madaniyatni oshirishda, huquqiy tarbiyaning aynan ijtimoiy-huquqiy asoslariga, shaxs huquqiy ijtimoiylashuv jarayonining dinamikasiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bizningcha, huquqiy ijtimoiylashuv muammosini tadqiq etishda voyaga yetmaganlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratish zarur: birinchidan, jamiyat barqarorligi, uning rivojlanish yo‘llari va sur’atlari ijtimoiy normalar va qadriyatlarning yangi avlod tomonidan qay tarzda va qanday shaklda o‘zlashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi; ikkinchidan, hamma davrlarda va butun dunyoda muayyan sabablarga ko‘ra yoshi katta avlodlarga qaraganda o‘smirlar va yoshlar xulq-atvorining chetga chiqish holati(deviatsiyasi)ning yuqori bo‘lishi kuzatiladi; uchinchidan, sog‘lom mantiqqa ko‘ra, biron-bir jarayon dinamikasini o‘rganishni ushbu jarayonni keltirib chiqaruvchi birlamchi asos va sabablarni o‘rganishdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi, shunga ko‘ra, shaxs huquqiy ijtimoiylashuvi tahlilini yoshlar ijtimoiy moslashuvining tahlilisiz amalga oshirish asossiz bo‘ladi. Shaxsning ijtimoiylashuvidagi muhim jarayonlardan biri sifatida uning og‘ish bosqichi, ya’ni shaxs xulq-atvorida muayyan salbiy illatlarning paydo bo‘lishi bilan 1 https://lex.uz/ru/docs/737318
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 166 bog‘liq jarayon alohida tadqiqot ob’ektini tashkil etadi. To‘g‘rirog‘i, ushbu holat aynan biz tadqiq etayotgan shaxsning huquqbuzarlik sodir etishi bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonini qamrab oladi. Voyaga yetmaganlarning ongi va xulq-atvoridagi deviantlikning eng muhim sabablari qatoriga, fikrimizcha avvalo, har biri o‘z xususiyatlari va qiziqishlariga ega bo‘lgan alohida ijtimoiy-demografik guruh hisoblanuvchi avlodlar o‘rtasidagi ob’ektiv ziddiyatlarni kiritish mumkin. Bunday ziddiyatlar qatoriga, qoida bo‘yicha, mehnat va ijtimoiy xizmatlar bozoridagi raqobatni, katta yoshdagilarning konservatizmi va yoshlarning novatorlik intilishlarini, ba’zilarda g‘amxo‘rlik qilishga moyillikni va boshqalarda qaram bo‘lmaslikka bo‘lgan intilish kabilarni kiritish mumkin. Bu ziddiyatlar muayyan darajada keskin shaklda bo‘lishi va ijobiy yoki buzg‘unchi tus kasb etishi mumkin. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarninng ijtimoiy yetuk emasligi, o‘z harakatlarining oqibatlarini bashorat qilish qobiliyati yetarli bo‘lmay turib, mustaqil bo‘lishga haddan ziyod intilishi, shuningdek, muhitning ziddiyatli ta’siri ostida individ biologik asoslarining muayyan shaklga ega bo‘lishi bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonini o‘zining murakkabligi – bularning hammasi o‘smirlarning hali shakllanmagan ruhiyatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi va pirovard natijada voyaga yetmagan shaxs xulq-atvorini belgilaydi. Voyaga yetmaganlar xulq-atvorining yuqori deviantligini keltirib chiqaruvchi muhim sabablarga, bizning fikrimizcha, voyaga yetmagan avlodning fiziologik xususiyatlari: hissiy ta’sirchanlik, o‘zini tutib turishni eplay olmaslik, hayotiy tajriba yetishmagan holda, faol harakatlanishga intilish kabi xususiyatlarni kiritish mumkin. Ijtimoiy deviatsiya muammosi shu darajada jiddiyki, u bilan nafaqat yetakchi olimlar, balki shu bilan birga davlat hamjamiyatlari ham shug‘ullanadilar. Voyaga yetmaganlar deviant xulq-atvorining o‘ziga xosligini tushuntirish uchun «neytrallashtirish» deb nomlanuvchi nazariyaga murojaat qilish kerak. Uning mohiyati shundaki, o‘smir sodir qilingan faktni inkor qilmay, ijtimoiy normalar
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 167 ahamiyatini tan olib, ko‘pincha mazkur normalarning o‘ziga nisbatan ko‘rsatadigan ta’sirini neytrallashtirishga, ya’ni o‘z harakatlarini yanada «muhimroq» motivlar (o‘rtoqlarini tashlab ketmaslik, qo‘rqoqlarcha ish tutishga haqqi yo‘qligi va b.) bilan oqlashga, shuningdek, yengillashtiruvchi holatlarni ko‘plab keltirishga, o‘z qilmishining sabablarini tashqi omillardan izlashga harakat qiladi. Bu ijtimoiylashuv jarayonida muayyan qadriyatlarning odatiy ma’nosi o‘zgarishini hisobga olmaslik mumkin emas. Yuqoridagilar ijtimoiy-huquqiy muhitning individ xulq-atvoriga ta’sir etish mexanizmini ko‘rsatib berish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan ijtimoiy-huquqiy muhitning shaxs huquqiy madaniyatiga va uning huquqiy faolligiga ta’siri to‘g‘risidagi masala nazariy va amaliy qiziqish uyg‘otadi. Ijtimoiy muhit bu insonni qurshab turgan uning mavjudligini, shakllanishini ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning majmuasi. Ijtimoiy muhit keng ma’noda (makromuhit) umuman ijtimoiy-iqtisodiy tizim ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy munosabatlar va institutlar majmui, ijtimoiy ong, jamiyat madaniyatini qamrab oladi. Tor ma’noda (mikromuhit) umuman ijtimoiy muhitning tarkibiy qismida bevosita insonni o‘rab turgan oilasi, mehnat, o‘quv va h.k. jamoalar va guruhlarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ayni chog‘da inson ijodiy faolligi, faoliyati ta’sirida u ham o‘zgaradi va bu o‘zgarishlar jarayonida odamlarning o‘zi ham o‘zgaradi. Huquqiy muhit bizning fikrimizcha, makromuhitning tarkibiy qismi hisoblanadi va ijtimoiy muhitni mikrodarajada bavosita ifodalaydigan omil bo‘lib namoyon bo‘ladi. Huquqiy muhit sub’ektlar o‘rtasida yuzaga keluvchi o‘ziga xos aloqalar va munosabatlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ularning negizida huquqiy qoidalar doirasida amalga oshiriladigan huquqiy xulq-atvor yotadi. Huquqiy muhitning o‘ziga xosligi unga taalluqli maxsus qadriyatlar, o‘z o‘zini tartibga solishning maxsus usuli va
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 168 huquqiy muhitdagi ijtimoiy sub’ektlar o‘zaro ta’siri ustidan davlat-huquqiy nazorat vositalarining mavjudligi va harakati orqali ifodalanadi. Bizningcha, huquqiy muhit – bu huquqiy tartibga solish sohasida ijtimoiy faol sub’ektlar tomonidan amalga oshirish natijasida jamiyatda yuzaga keluvchi huquqiy aloqalar va munosabatlar majmuida ifodalanadigan, huquq harakati sohasida sub’ektning borlig‘ini belgilaydigan, sub’ektni qurshab turgan, bevosita unga yaqin bo‘lgan hayotiy makondir. Shu tariqa, huquqiy muhit jamiyat tuzilmasida makro va mikro muhitni bog‘lab turuvchi unsur, bu tizim tavsifining asosi hisoblanadi. Bu huquqiy muhitni tushunishdagi eng zarur va muhim jihatdir, chunki huquqiy muhit aynan fuqarolarning o‘zaro ta’siri jarayonida huquqiy qoidalarni tatbiq etishda, ularning huquqiy sohadagi faoliyatida va turmush tarzida namoyon bo‘ladi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, jinoyatchilikning sodir etilishiga yoshlardagi salbiy xulq-atvor turtki beradi. Oiladagi noto‘g‘ri tarbiya asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Bunday oilalarda ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshi emasligi ko‘pincha nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Misol uchun, muqaddam sudlangan 1999 y.t. D. o‘zining uyida 1970 y.t. B. bilan o‘zaro o‘rtasida kelib chiqqan nizo oqibatida otasiga «menga aql o‘rgatmang» deb gap qaytarib, otasiga jismoniy kuch ishlatib, otasining ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikast yetkazgan 2 . O‘z navbatida, ushbu jinoyatchilikning kelib chiqishiga asosiy omil sifatida oilada yoshlar tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolik deyish mumkin. Bu borada A.Avloniy ta’kidlaganidek: «Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir» 3 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bu borada shunday deydi: «Biz bir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz lozim: ota-ona, jamiyat e’tiboridan chetdan qolgan bola oilaga quvonch va foyda o‘rniga faqat tashvish 2 Жиноят ишлари бўйича Юнусобод туман суди архиви 2/104-7-сонли иш. 3 Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2-жилд. –Т., 2006. – Б. 38.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 169 keltiradi. Shu bois bola tarbiyasi, yoshlar bilan ishlash biz uchun eng muhim va dolzarb vazifa bo‘lib qolishi shart» 4 . Tarbiya masalasi shunday og‘irki, agar oilada farzand tarbiyasida muayyan xato va kamchiliklar yuzaga kelganda u bartaraf etilmas ekan, bu albatta o‘zining salbiy ta’siri bilan namoyon bo‘ladi. M.X.Fayziyeva, «agar oilada oilaviy munosabatlar ijobiy bo‘lmasa yoki yetarli darajada shakllanmagan bo‘lsa unda turli muammo va nizolar vujudga keladi» 5 , deb yozadi. Tadqiqot jarayonida jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan o‘g‘il va qiz bolalarga «Qaysi salbiy ta’sir etuvchi omillar yoshlar jinoyatchiligini keltirib chiqarmoqda»? degan savol bilan murojaat etganimizda ularning 51,8 foizi oilalardagi nosog‘lom muhit sabab bo‘layotganligini, 32,2 foizi yoshlarda huquqiy ongning pastligini, 16 foizi yoshlar ongiga ta’sir etuvchi ma’naviy omillar mavjudligini ta’kidlashgan. Shuningdek, sud-tergov materiallari tahlil qilinganida, yoshlar jinoyatlarning har uchinchisiga oiladagi nosog‘lom muhit sabab bo‘lganligini kuzatish mumkin 6 . Chunki oila yoshlarning ilk shakllanish o‘chog‘idir. Zero, uning dunyoqarashi, ruhiy shakllanishi aynan oiladagi sharoit asosida shakllanadi. Shuning uchun ham tadqiqotlarimizda oila va undagi mavjud sharoitga alohida e’tibor qaratiladi. Avvalo shuni ta’kidlash joizki, har bir oila betakror bo‘lib, o‘zining ob’ektiv va sub’ektiv xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlar esa yoshlarning shakllanishida salbiy yoki ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Ma’naviy tarbiya har bir oilada o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, ko‘p holatlarda ichkilikbozlik, fohishabozlik kabi 4 Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т., 2017. – Б. 135. 5 Файзиева М.Х. Оила барқарорлигига шахслараро муносабатлар таъсирининг ижтимоий-психологик хусусиятлари (эр-хотин мисолида). Псих. фан. ном. дис. ... – Т., 2005. – Б. 36. 6 Жиноят ишлари бўйича Самарқанд шаҳар суди архив материаллари таҳлили.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 170 illatlarni kelib chiqishi aytib o‘tilgan tarbiya ta’sirida yuzaga kelishini ham ko‘rish mumkin. Zotan, ushbu nomaqbul sharoitlar oilalarda nisbatan kam kuzatilsada, uning salbiy oqibatlari jamiyatda g‘oyatda achinarli holatlarni keltirib chiqaradi. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma tahlilidan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, jinoyatchilik yo‘liga kirgan 38 foiz yoshlarning oilaviy sharoitlarida ota-onalarning muntazam ichkilikbozlikka berilganligi, rahm-shafqatsizligi, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning ahloqan buzuqligi kabi illatlarni uchratish mumkin. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilik sodir etgan har to‘rt nafar yoshlardan birining ota-onasi, yaqin qarindoshlari, opa yoki akasi muqaddam sudlanganligi yoki jamiyat uchun foydali mehnat bilan shug‘ullanmaganligini ko‘rish mumkin. Bunday holatlarda oiladagi sharoit yoshlarning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan holda, jamiyat manfaatlariga ham ziyon keltiradi. Bizga yaxshi ma’lumki, shaxs yoshligidan boshlab jinoyatchilik yo‘liga kirsa, sudlansa, bu jinoyatchilikning oshishiga olib keladi. Oilada ma’naviy tarbiyaning yaxshi emasligiga yana bir omil unda nosog‘lom muhitning mavjudligidir, ya’ni axloqiy kelishmovchiliklar natijasida kelib chiqadigan o‘zaro janjal hamda bir-biriga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish kuzatilgan oilada jinoyatchilikga moyil yoshlarning shakllanishi yaxshi sharoitdagi oilaga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etishini ko‘rish mumkin. O‘ziga xos ravishda ko‘zga tashlanmasada, ammo xavf tug‘dirishi bo‘yicha oilada noto‘g‘ri tarbiya ham alohida e’tiborni qaratishni talab etadi. Chunki noto‘g‘ri tarbiya oqibatida o‘ziga xos yaxshi oilada ham jinoyatchilikga moyil yoshlarning yetishishiga zamin yaratishi mumkin. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat faqat aholi o‘rtasida emas, balki jamiyatda davlat boshqaruvini amalga oshirayotgan davlat tashkilotlari xodimlari o‘rtasida ham yuqori darajada shakllantirilishi lozim. Chunki jamoat xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi va ijroiya organlari vakillarining huquqiy
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 171 savodxonligi va qonuniy qarorlar qabul qilish madaniyati hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda aholi huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda fuqarolarning davlat organlariga ishonchini mustahkamlash jarayonida davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va uni tizimli baholab borish maqsad va vazifalarini belgilash zarurati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqsadlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: Davlat xizmatchilari tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, xizmatda qonuniylik, xolislik va adolat mezonlariga amal qilishga e’tibor qaratish; Noqonuniy qarorlar qabul qilinishi, vakolatlardan tashqari xatti-harakatlar va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish uchun profilaktik tizim joriy etish; Xodimlarning huquqiy bilimlarini baholash bo‘yicha shaffof, ob’ektiv mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; Davlat xizmatchilari uchun amaldagi qonunchilik va uning yangiliklari bo‘yicha muntazam o‘quv kurslari, simpoziumlar va interaktiv treninglar tashkil etish. Bunday tizimli va qonuniy yondashuv nafaqat jamoat xavfsizligini ta’minlashda davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshiradi, balki davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasidagi ishonch muhitini mustahkamlaydi. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan vakolatlarning to‘g‘ri ijro etilishi, huquqbuzarliklarga qarshi intizomiy va ma’muriy chora-tadbirlarning o‘z vaqtida ko‘rilishi bilan hamda profilaktik yondashuv kuchaytirilishi orqali ijtimoiy adolat prinsiplari ro‘yobga chiqadi. Xulosa qilib aytganda, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini baholash va oshirishga oid huquqiy tartiblarni belgilovchi normativ-
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 172 huquqiy asoslarni takomillashtirish jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali instrumentlaridan biriga aylanmoqda. Bu jarayonda faqat huquqiy bilim berish bilan cheklanib qolmay, balki mas’uliyat, etika va fuqarolik jamiyati bilan muloqot madaniyatini ham shakllantirish dolzarb hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, oilada ma’naviy-axloqiy tarbiyaning zaifligi yoki sustligi birinchidan eng avvalo ota yoki onaning ma’naviyaxloqiy tarbiyasining pastligi bilan bog‘liq ekanligi, ikkinchidan, uning oilada o‘sib kelayotgan yoshlar xulq-atvorida salbiy xususiyatlarning shakllanishiga olib kelishi, uchinchidan, yoshlarning jinoyatchilikni keltirib chiqarishi, to‘rtinchidan, yoshlar o‘rtasida salbiy munosabatlarning yuzaga kelishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Jinoiy xulq-atvorning vujudga kelishini N. Dubin, I. Karpes va V. Kudryavsevlar quyidagicha ta’kidlashgan: Inson tug‘ilganda tayyor ijtimoiy dastur bilan tug‘ilmaydi. Aksincha u individual shaxs sifatida tarkib topish jarayonida shakllanadi 7 . Ushbu tadqiqotchilarning inson qanchalik ma’nan boy, aqlan yetuk bo‘lsa, u jinoyatchilik ko‘chasiga kirib ketmaydi. Ma’naviy qashshoq, irodasiz, ilmsiz, qat’iy hayotiy maqsad va niyatlari bo‘lmagan, ijtimoiy mavqega ega emas kishilarda jinoiy hulq-atvorning paydo bo‘lishi oson va tez kechadi, degan fikrlariga qo‘shilamiz. Tadqiqotimiz jarayonida Milliy gvardiya organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada «Siz xizmat qilayotgan hududda yoshlarda ma’naviyaxloqiy tarbiyaning zaifligi nimada kuzatilmoqda?», deb so‘ralganida, ularning 47,6 foizi muntazam ravishda janjal bo‘lib turuvchi oilalarda, 22,4 foizi qo‘niqo‘shnilarning tinchini buzayotgan oilalarda, 18,2 foizi nosog‘lom turmush tarziga ega bo‘lgan oilalarda, 11,8 foizi farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir etayotgan ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarda deb, javob berishgan. 7 Дубинин Н.П., Карпец И.И., Кудрявцев В.Н. Генетика. Поведение. Ответственность. – М., 1982. – С. 304.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 179 Shu bilan birga, Birinchi Prezident I.Karimovning “Adolat – qonun ustuvorligida” nomli ma’ruzalarida aytilishicha: “Sud, prokuratura organlarining asosiy vazifasi, avvalo, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularning o‘z huquqlarini, qonunlarni yaxshi bilishlariga erishish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha samarali ish olib borishdan iboratdir. Biz mana shu oddiy haqiqatni tushunib yetsak, shunda jamiyatimizda jinoyatchilar soni ham, ehtimol, bu sohada ishlovchi xodimlarning soni ham keskin kamayadi” 16 . Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisini quyidagi mazmunda ifodalashni taklif qilamiz: “normativhuquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda, xususan yoshlar orasida huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda jinoyatchilikni oldini olish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etadi.” Milliy gvardiyaga yuklangan jinoyatchilik bilan kurashishga oid yangi vazifalar bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyoti zarurati va amaldagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda tadqiqot natijalariga, shuningdek huquqiy adabiyotlar tahliliga asoslanib “huquqbuzarliklar erta profilaktikasi”ning mualliflik ta’rifi ishlab chiqildi. Yuqoridagilarga asosan O‘zbekiston Respublikasi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunda: a) 4-moddasi birinchi qismini quyidagi mazmundagi ikkinchi band bilan Воробьев A.M., Дубовцев В.А. О некоторых причинах рецидивной преступности // Социологические исследования. 2001. - № 5. - С.92-94. 16 Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримовнинг хотирасига бағишланган “Ўзбекистонда таълим, фан ва маданиятнинг модернизациясини таъминлашда Ислом Каримовнинг роли” // Республика илмий-амалий анжумани материаллари тўплами. – Тошкент: ТошДТУ, 2017. – Б.387 бет
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 180 to‘ldirish: “voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek g‘ayriqonuniy hulq-atvorga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;” b) 6-moddasi birinchi qismi beshinchi xatboshisida “ichki ishlar organlari” so‘zlaridan so‘ng “va Milliy gvardiya bo‘linmalarini” so‘zlari bilan to‘ldirish; v) 7-moddasi birinchi qismini quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirish: “voyaga yetmaganlarning yonida o‘qotar qurol, pnevmatik qurol yoki sovuq qurol, boshqa shu kabi insonga jiddiy shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik”; d) 8-moddasi birinchi qismini quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirish: “Milliy gvardiya bo‘linmalari”; e) 13-moddasini ikkinchi qismini quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirish: “sinfdoshlariga va atrofdagi boshqa shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik hamda shafqatsiz munosabat ko‘rsatayotgan, maktabda sovuq qurol yoki boshqa shu kabi qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ularni tarbiyalash, ularning ota-onasi bilan profilaktik tushuntirish ishlarini o‘tkazish, zarur hollarda Milliy gvardiya xodimiga zudlik bilan xabar berish chora-tadbirlarini ko‘radi” maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasi ikkinchi qismini quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirishni taklif qilamiz:
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 181 “o‘zganing mulki dahlsizligini inkor etuvchi, mol-mulkni qonunga xilof ravishda, zo‘ravonlik yo‘li bilan egallab olish mumkinligini oqlaydigan va yengilyelpi yo‘l bilan boyishni targ‘ib qiladigan; yoshlar ongida qurol, shu jumladan sovuq qurol olib yurish zarurligi yoki erkak kishi uchun sharafligini targ‘ib qiladigan, undan nizo yoki janjallarda foydalanishga undaydigan yoki oqlaydigan;”. Mazkur taklifni asoslantirish uchun quyidagi misolni keltirib o‘tamiz. Jinoyatlarni sodir etgan yoshlarning aksariyatini axloqsiz, ma’naviyati past, salbiy xulq-atvorga ega bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Chunki, hayotda ko‘pgina hollarda muayyan toifadagi yoshlar o‘zining salbiy xulq-atvori, axloqsizligi, ma’naviyatsizligini namoyon qilib, takroran qasddan jinoyat sodir etishi mumkin. Misol uchun, 2000 y.t. Sh. 2018-yil 25-avgust kuni taxminan soat 2130 larda o‘zi norasmiy ravishda ishlab kelayotgan Yunusobod tumanida joylashgan MChJ qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexida bo‘la turib, shu qandolat sexining boshqa norasmiy ishchisi 2001 y.t. F ismli qizbolaga shilqimliq qilib, uning ko‘ylagini yechishini aytib, quchoqlaganligi oqibatida o‘zaro janjallashib qolgan. Shundan so‘ng F.ni qasddan o‘ldirish maqsadida ushbu sexdan pichoq olib chiqib, ushbu pichoq bilan F.ning qorin sohasiga qasddan bir necha marta urib, kesibsanchilgan tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan. O‘tkazilgan sudtibbiy ekspertizasining 27.08.2018 yildagi 512-sonli xulosasiga ko‘ra F ismli qizbolaning o‘limi qorin old tomonidagi bu jarohatlar shu joylarga o‘tkir, yassi, pichoq tig‘i tipidagi sanchib-kesuvchi jism ta’sirida yetkazilganligi aniqlangan 17 . Fikrimizcha, oilaviy va ijtimoiy holat yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda oilaviy hayot va turmush tarziga xos to‘g‘ri tasavvurlar yetarli emasligi sababli 17 Жиноят ишлари бўйича Тошкент шаҳар Юнусобод туман суди архиви материаллари 116-42-сонли жиноят иши.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 182 turmush qurganlarida oila-nikoh munosabatlaridan qoniqmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Shuning uchun yoshlar o‘sib ulg‘ayadigan va o‘qish joylarida ularni oilaviy hayotga, turmushga tayyorlash, ularda baxtli oila va farovon turmushni ta’minlaydigan zarur fazilatlarni shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Shundan ma’lumki, istalgan bir tuzumni nasl-avlodsiz yoki ushbu avlodni tarbiya jarayonisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ozodlikdan mahrum etishning muqarrar salbiy oqibatlariga jazoni o‘tashdan keyingi ijtimoiy moslashuvdagi psixologik qiyinchiliklar, shuningdek, boshqa shu kabi holatlar. Yuqoridagilarga asosan, O‘zbekiston Respublikasi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunda: a) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan to‘ldirish: “151-modda. Milliy gvardiya bo‘linmalarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari Milliy gvardiya bo‘linmalari: yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir faoliyatda ishtirok etadi; yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va bunga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi, bartaraf etadi; yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi. Milliy gvardiya bo‘linmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”; Shuningdek, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun quyidagi mazmundagi 261-modda bilan to‘ldirishni taklif qilamiz: “261-modda. Ayrim toifadagi yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlari
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 183 Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi: g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etganlar; oliy yoki o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olmayotgan yoki mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmayotganlar; alkogolni suiiste’mol qiluvchi yoki giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qiluvchi shaxslar; shaxsga qarshi yoki mol-mulkka qarshi, zo‘ravonlik bilan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlar; amnistiya akti asosida yoki qilmish yoxud shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligi sababli yoki aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi yoxud yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganlar; ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmaganligi sababli javobgarlikka tortilmagan, biroq ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmayotganlar; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganlar. Qayd etilgan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: yoshlar o‘rtasida eng keng tarqalgan huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha maxsus tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; notinch oilalarda voyaga yetgan, uyushmagan yoshlarni o‘qish yoki mehnat qilish orqali ijtimoiy moslashtirishga tayyorlash bo‘yicha maxsus tadbirlarni
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 184 amalga oshirish; mastlik holatida, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida tushib qolgan yoshlarni aniqlash bo‘yicha profilaktika tadbirlarini o‘tkazish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoshlarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini tashkil etayotgan tashkilotlarni rag‘batlantirish choratadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Ayrim toifadagi yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin”. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasini ikkinchi qismini quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi band bilan to‘ldirish zarur: “qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish”.