HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI HAMDA IJTIMOIY ZARURIYATI
Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalari, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur qadriyatlarni yuksaltirishning ijtimoiy zarurligi, fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash va faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishda tutgan o‘rni yoritib beriladi. Huquqiy madaniyatni rivojlantirishda ta’lim, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va davlat organlarining hamkorlikdagi faoliyati muhimligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi, fuqarolik jamiyati, huquqiy targ‘ibot, ta’lim, armiya, konsepsiya.
Full text
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 185 HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI HAMDA IJTIMOIY ZARURIYATI Zamonbekov Umidbek Avazbek o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi. Annotatsiya: Mazkur maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalari, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur qadriyatlarni yuksaltirishning ijtimoiy zarurligi, fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish orqali huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash va faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishda tutgan o‘rni yoritib beriladi. Huquqiy madaniyatni rivojlantirishda ta’lim, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va davlat organlarining hamkorlikdagi faoliyati muhimligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi, fuqarolik jamiyati, huquqiy targ‘ibot, ta’lim, armiya, konsepsiya. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi rolining nazariy-huquqiy asoslarini bevosita talqin etish jarayonida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning bugungi kundagi ahamiyati hamda ijtimoiy zaruriyati shuningdek ushbu jarayonni amalga oshirishning nazariyhuquqiy masalalarini yoritish dolzarb ahaqmiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan chuqur siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, huquqiy va boshqa o‘zgarishlar nafaqat inson va fuqaroning huquq va erkinliklarining haqiqiy tasdiqlanishiga, bozor munosabatlarining tiklanishiga, xalqaro munosabatlarning kengayishiga va boshqa natijalarga olib keldi, balki
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 186 kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda, shuningdek, tubdan yangi shoshilinch yechimlarni talab qiluvchi qator murakkab muammolarni hal etishda jiddiy hissa qo‘shdi. Shuni ta’kidlaymizki, huquqiy ong tushunchasi polemik xarakterga ega. Mashhur rus faylasufi I.A. Ilin fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va jihatlarini chuqur o‘rgandi. «Armiya davlat mavjudligining elementi sifatida o‘zini muntazam ravishda g‘alabaga va uning uchun o‘limga, davlat maqsadi yo‘lida o‘ldirishga tarbiyalaydigan uyushgan olomondir. armiya davlatchilikning jonli ilhomi bilan sug‘orilishi kerak. Jangchi — bu fuqarolik darajasi va mavjudligining jamlangan yukini o‘z zimmasiga olgan fuqaro: chunki u davlat hokimiyatining jonli timsolidir, davlat irodasining jonli quroli, o‘z ishini shaxsiy hayot masalalari bilan bog‘lagan vakildir» 1 . I.Ilinning ushbu ta’rifida armiya faqatgina harbiy kuch sifatida emas, balki davlat hokimiyatining timsoli va yuridik ongni shakllantirishdagi markaziy sub’ekt sifatida talqin etilgan. Shu nuqtai nazardan, uning fikrlari zamonaviy huquqshunoslik va falsafa uchun ham dolzarb ahamiyatga ega. Biroq, ushbu konsepsiyani tanqidiy tahlil qilar ekanmiz, qator ilmiy polemik nuqtalar yuzaga chiqadi: I.Ilin armiyani huquqiy ong va fuqarolik mas’uliyatining jonli timsoli sifatida tavsiflaydi. Ammo ushbu qarashga qarshi chiquvchi ba’zi mualliflar, jumladan, demokratiyani yoqlovchi faylasuflar armiyaning roli haddan tashqari kuchayib ketishi fuqarolik jamiyati va huquqiy ongga tahdid solishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Masalan, J. Lokk yoki J.J. Russo kabi g‘arb faylasuflari armiyani fuqarolarning erkinligiga ehtimoliy xavf sifatida baholagan; -I.Ilinning fikricha, harbiy xizmatchi davlat irodasini amalga oshiruvchi "jonli qurol"dir. Bu nuqtai nazar avtokratiya yoki markazlashgan davlat hokimiyati 1 Ильин И.А. О сущности правосознания. — М., 1994.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 187 g‘oyalari bilan uyg‘un kelsa-da, huquqiy davlat konsepsiyasi uchun ziddiyatli ko‘rinishga ega. Zamonaviy huquqiy yondashuvlarda davlat organlari va harbiy kuchlar shaxsiy erkinliklar va huquqlarni ta’minlovchi vosita sifatida talqin qilinadi. Harbiylarning fuqarolik jamiyatidagi roli ko‘proq muhofaza funksiyasiga qaratilishi lozim; -I.Ilinning fuqaro va jangchi rollarini uyg‘unlashtirish g‘oyasi ham tortishuvlarga sabab bo‘lishi mumkin. Jangchi har doim ham fuqarolik qadriyatlarini o‘zida mujassam etuvchi shaxs sifatida talqin qilinmaydi. Ba’zi tadqiqotchilar huquqiy ong va harbiy intizom o‘rtasidagi tafovutlarni ta’kidlab, harbiy xizmatchilardagi huquqiy bilimlar va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirish zaruratini ilgari surmoqda; -I.Ilinning "davlatchilikning jonli ilhomi" atamasi nazariy jihatdan diqqatga sazovor bo‘lsa-da, amalda bu ilhom qanday namoyon bo‘lishi, qanday mexanizmlar orqali fuqarolar va harbiy xizmatchilar ongiga ta’sir qilishiga oid masala ochiq qolmoqda. Bu tushunchani harbiy va davlat o‘rtasidagi munosabatlar tizimida aniq yuridik yoki ijtimoiy kategoriyalar orqali mukammalroq yoritish zarur. Huquqiy ong tushunchasining ta’riflariga turlicha qarashlar mavjud. Xususan, N.L.Granat huquqiy voqelikni aks ettirishning quyidagi shakllarini sanab o‘tadi: "huquqiy bilimlar, huquqiy munosabatlar, huquq va huquqiy amaliyotni baholash, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan vaziyatlarda odamlarning faoliyati va xattiharakatlarida namoyon bo‘ladigan insoniy qadriyat yo‘nalishlari" 2 . N.Granat tomonidan ilgari surilgan huquqiy voqelik shakllari murakkab va turli yondashuvlarni talab qiladigan nazariy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tushunchalarni zamonaviy huquqshunoslikning multidissiplinar yondashuvlari 2 Ўша жойда.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 188 asosida qayta ko‘rib chiqish va to‘ldirish orqali huquqiy voqelikni yanada aniqroq yoritish mumkin. A.B. Vengerov huquqiy ongni "jamiyat, guruhlar, shaxslarning qonunga, uning tizimi va tuzilishiga individual munosabatini va huquq tizimining boshqa xususiyatlarini ifodalovchi ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan o‘zaro bog‘liq g‘oyalar, his-tuyg‘ular majmui" 3 deb hisoblaydi. A.Vengerovning huquqiy ongga oid ta’rifi nazariy jihatdan chuqur asoslangan bo‘lsa-da, uning individual va ijtimoiy ong o‘rtasidagi muvozanat, ratsional va emotsional elementlarning roli kabi jihatlari yuzasidan turlicha yondashuvlar mavjud. Huquqiy ongning zamonaviy talqinida ushbu nuqtalarni inobatga olish muhim ahamiyatga ega. A.N.Golovistikova va Y.A.Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, huquqiy ong — bu odamlarning o‘tmishdagi va amaldagi qonunchilikka bo‘lgan kognitiv-baholash munosabati, uni yanada takomillashtirish, qonuniylik, adolat haqidagi g‘oyalaridir 4 . A.N.Golovistikova va Y.A.Dmitriyev huquqiy ongda kognitiv (bilimlar) va baholash (qimmat hukmlar) jihatlariga urg‘u beradilar. Lekin tanqidchilar, jumladan, kognitiv psixologiya va huquqiy ong mutaxassislari, ushbu ikki jihat o‘rtasidagi aloqani yanada aniqroq tadqiq qilish zarurligini ta’kidlaydilar. Ularga ko‘ra, huquqiy ongda faqat ratsional bilimlar emas, balki inson tajribasi, ijtimoiy ta’sir va emotsional holatlar ham muhim o‘rin tutadi. Avtorlar ta’rifida huquqiy ong o‘tmishdagi va amaldagi qonunchilikka bog‘liq ravishda shakllanishi ko‘rsatilgan. Biroq ba’zi huquqshunoslar huquqiy ongning tarixiy aspektlardan emas, balki ayni zamondagi ijtimoiy muammolar va amaliyotlarga tezroq moslashish qobiliyatiga e’tibor qaratishni zarur deb 3 Венгеров А.Б. Теория государства и права: учебник. М., 2007. С. 560. 4 Головистикова, А.Н., Дмитриев, Ю.А. Проблемы теории государства и права: Учебник. - М.: ЭКСМО. 2005.С. 649
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 189 hisoblaydilar. Masalan, dinamik huquqiy nazariya tarafdorlari huquqiy ongning tez o‘zgaruvchan ijtimoiy muhitda yangilanishi kerakligini ta’kidlaydilar. A.N.Golovistikova va Y.A.Dmitriyevning ta’rifida qonuniylik va adolat g‘oyalari markaziy o‘rin egallaydi. Ammo bu g‘oyalarning sub’ektiv va madaniy xususiyatlari turlicha talqin etiladi. Ba’zi tadqiqotchilar, jumladan, huquqiy plyuralizm vakillari, adolat tushunchasining turli jamiyatlarda har xil shakllarda namoyon bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Ta’rifda huquqiy ong qonunchilikni yanada takomillashtirish g‘oyasi bilan bog‘liq qilib ko‘rsatilgan. Lekin tanqidchilarga ko‘ra, huquqiy ong faqat takomillashtirish emas, balki amaldagi qonunlarga tanqidiy yondashuvni va ijtimoiy reallikka moslashuvni ham o‘z ichiga olishi kerak. Bu jihatdan, huquqiy ong ijtimoiy islohotlar va innovatsiyalar jarayoniga integratsiya qilinishini taqozo etadi. A.N.Golovistikova va Y.A.Dmitriyevning huquqiy ongga oid ta’rifi kognitiv va baholash elementlarini qamrab olgan murakkab nazariy tuzilmaga asoslanadi. Biroq huquqiy ongni to‘liq anglash uchun uning sub’ektiv, tarixiy va ijtimoiy omillari hamda amaldagi dinamikasini yanada chuqurroq o‘rganish zarur. Yuqorida muhokama qilingan huquqiy ongning mohiyatini aniqlashning barcha yondashuvlari bu tushunchaning juda murakkab, o‘ziga xos va noaniq ekanligini ko‘rsatadi. Huquqiy ong — ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv ehtiyojlarini aks ettiruvchi, inson xulq-atvorini oldindan belgilab beruvchi va undaydigan ijtimoiy ong shaklidir. Ijtimoiy munosabatlarning aksi sifatida ongning bir qancha shakllari mavjud: falsafiy, diniy, huquqiy, siyosiy, estetik ong. Huquqiy ong o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uni nisbatan mustaqil hodisa deb hisoblash imkonini beradi. L.A.Morozova uning quyidagi xususiyatlarini ta’kidlaydi 5 : 5 Морозова Л. А. Кўрсат. асарда. С. 373.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 190 huquqiy ong qonunchilikni, huquqiy amaliyot — jamiyat hayotining huquqiy sohasini tashkil etuvchi davlat-huquqiy hodisalarni aks ettiradi; davlat huquqiy voqeligi quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: huquqiy an’ana va urf-odatlar, huquqiy kategoriya va tushunchalar, huquqiy tuzilmalar va boshqalar orqali; huquqiy ong ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish tendensiyalarini aks ettiradi, bu huquqiy ongning huquqiy voqelikni faol aks ettirish qobiliyatidan dalolat beradi; huquqiy ong ijtimoiy ongning boshqa shakllari, ayniqsa, axloqiy ong bilan chambarchas bog‘liqdir. Huquqiy g‘oya va qarashlar mazmunini axloqiy tamoyillar, yo‘riqlar – insonparvarlik va adolat tushunchalari, barcha odamlarning tengligi va boshqalar tashkil etadi; huquqiy ong islohotlarga, ijtimoiy jarayonlar va o‘zgarishlarga ta’sir qiladi: u bu jarayonlarni sekinlashtirishi yoki aksincha, tezlashtirishi mumkin. Bu, xususan, aholining huquqiy ongi ijtimoiy ehtiyojlardan orqada qolsa, ilg‘or huquqiy islohotlarni yirik ijtimoiy guruhlar tushunib, qo‘llab-quvvatlamasligi mumkinligida namoyon bo‘ladi. Huquqiy ong, P.P.Baranovning fikricha, jamiyat a’zolarining amaldagi qonunga ham, huquqiy amaliyotga ham, istalgan qonunga bo‘lgan munosabatining ifodasi bo‘lgan huquqiy g‘oyalar va munosabatlar, his-tuyg‘ular va qadriyatlar, g‘oyalar tizimidir. 6 "Huquqiy ong" tushunchasining shunga o‘xshash ta’rifini N.L.Granat taklif qiladi, u huquqiy ong — bu inson ongining maxsus sohasi yoki shakli, "to‘g‘ridanto‘g‘ri kuzatilishi mumkin bo‘lmagan ideal hodisa" deydi . Muallifning fikricha, huquqiy ong ong sohasi yoki shakli bo‘lib, huquqiy voqelikni turli ko‘rinishlarda 6 Баранов П. П. Правосознание и правовое воспитание // Общая теория права / под ред. В. К. Бабаева. Н.Новгород, 1993. С. 475.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 191 aks ettiradi. N.L.Granat huquqiy voqelikni aks ettirishning quyidagi shakllarini sanab o‘tadi: "huquqiy bilimlar, huquqiy munosabatlar, huquq va huquqiy amaliyotni baholash, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan vaziyatlarda odamlarning faoliyati va xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan insoniy qadriyat yo‘nalishlari" 7 . V.S.Barulin ham huquqiy ongni odamlarning qonunga (haqiqiy yoki istalgan) munosabatini ifodalovchi his-tuyg‘ular va g‘oyalar yig‘indisi sifatida yozadi. Muallifning yozishicha, huquqiy ong o‘ta mustaqil, yaxlit hodisa bo‘lib, huquq nazariyasining alohida ob’ekti sifatida o‘rganilishi kerak, chunki huquqiy ong orqali huquqning genezisi va mohiyati, huquq nazariyasi, huquqshunoslik, muayyan sivilizatsiyaga xos bo‘lgan huquqiy tartibga solishning madaniy o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, "ijtimoiy patologiyalar, jinoyatlar va huquqiy xulqatvorning boshqa shakllarining sabablari to‘g‘risida"gi savollarga javob beradi. 8 Huquqiy ong tushunchasiga oid P.Baranov, N.Granat va V.Barulinning ta’riflari orasida umumiy jihatlar mavjud bo‘lsa-da, ularning tushunchalarni izohlashdagi yondashuvlari bir qator nazariy polemik nuqtalarni keltirib chiqaradi. P.Baranov huquqiy ongni jamiyat a’zolarining qonun va huquqiy amaliyotga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi g‘oyalar, qadriyatlar va his-tuyg‘ular tizimi sifatida talqin qiladi. Bu ta’rif huquqiy ongni faqat insonlarning shaxsiy va ijtimoiy munosabatlari doirasidagi tushuncha sifatida cheklab qo‘yadi degan tanqidlarga duch kelishi mumkin. Huquqiy ong ko‘p hollarda davlat institutlari va huquqiy tizimning siyosiy va ijtimoiy ta’siridan ham shakllanadi. N.Granat esa huquqiy ongni inson ongining maxsus sohasi sifatida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatilishi mumkin bo‘lmagan ideal hodisa deb ta’riflaydi. Uning ta’rifi huquqiy ongni nazariy jihatdan metafizik tuzilma sifatida ko‘radi, bu esa huquqiy ongning amaliyotdagi aniq ko‘rinishlarini yetarlicha tushuntirmasligi 7 Ўша жойда. 8 Барулин В. С. Социальная философия. Ч. 1. М., 1993. С. 233–237.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 192 mumkin. Bunga qarshi fikr bildiruvchi mutaxassislar, xususan, huquqiy realizm tarafdorlari, huquqiy ongning faqat nazariy emas, balki qonunlarning amaliy tatbiqi jarayonida namoyon bo‘lishini ham e’tiborga olishni taklif qiladilar. V.Barulin esa huquqiy ongni qonunga bo‘lgan his-tuyg‘ular va g‘oyalar yig‘indisi sifatida, shuningdek, uni mustaqil tahlil qilish kerakligini ta’kidlaydi. Barulinning yondashuvi huquqiy ongni madaniy va sivilizatsion o‘ziga xos xususiyatlar bilan bog‘lab, uning ijtimoiy patologiyalar va huquqiy xulq-atvor sabablarini tushunishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Biroq buni tanqid qiluvchi yondoshuvlar huquqiy ongning haddan tashqari madaniy va falsafiy tahlili uning huquqiy tizimlar doirasidagi amaliy ahamiyatini zaiflashtirishi mumkinligini qayd etadilar. Shu tariqa, huquqiy ongni izohlashdagi turli yondashuvlar huquqiy ongning tuzilishi, uning sub’ektlari, huquqiy munosabatlar va qadriyatlar bilan bog‘liqligi masalalarini qayta ko‘rib chiqish zaruratini ko‘rsatadi. Polemik tahlil shuni anglatadiki, huquqiy ongni ham nazariy, ham amaliy jihatdan kengroq tadqiq qilish orqali uning ijtimoiy va huquqiy jarayonlardagi roli yanada aniqroq ochib berilishi mumkin. Yuqorida muhokama qilingan huquqiy ongning mohiyatini aniqlashning barcha yondashuvlari bu tushunchaning juda murakkab, o‘ziga xos va noaniq ekanligini ko‘rsatadi. Huquqiy ongning xulq-atvor elementi haqidagi qarashlarga kelsak, O.F.Skakun shunday yozadi: "Huquqiy xulq-atvor — bu huquqiy ongning ixtiyoriy tomoni, bu huquqiy normalarni haqiqiy huquqiy xulq-atvorga aylantirish jarayonidir" 9 . O.F.Skakunning huquqiy ong va xulq-atvor o‘rtasidagi munosabatga oid fikrlari nazariy jihatdan qimmatli bo‘lib, huquqiy ongning amaliy xulq-atvorga 9 Теория государства и права / под ред. В. М. Корельского и В. Д. Перевалова. М., 2000. С. 348.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 193 aylanish jarayonini tushunish uchun asos yaratadi. Biroq, tanqidiy yondashuvlar ushbu jarayonning murakkabligini hisobga olib, xulq-atvorga ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik omillar ta’sirini ham e’tiborga olishni taklif qiladilar. Huquqiy ongning turli elementlarini yanada chuqurroq tadqiq qilish orqali uning xulq-atvordagi rolini kengroq tushunish mumkin. Keling, yuridik amaliyot tushunchasini ko‘rib chiqishga o‘tamiz. Bugungi kunda olimlar nafaqat alohida davlat tuzilmalarida, balki butun ijtimoiy dunyo miqyosida ijtimoiy tuzilmalarning beqarorlashuvini haqiqatda tan olishadi. Zamonaviy globallashuv o‘zgarishlari bir qator halokatli hodisalar bilan bog‘liq. Binobarin, O‘zbekistondagi huquqiy modernizatsiya va islohotlarning izchil olib borilishi tegishli mustahkam huquqiy baza yaratishni taqozo etadi. Tadqiqotchilar ko‘p yillar mobaynida jamiyatdagi nigilistik huquqiy ongning holati haqida yozadilar (Gulina O.R., Shchedrin O.G., Krivsov S.I., Senin I.N., Ziryanov M.Y. va boshqalar). Ushbu masala bo‘yicha ko‘plab nashrlar orasida mualliflar asosan nigilistik xususiyatlarga ega bo‘lgan huquqiy ongning deformatsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan quyidagi tarixiy omillarni aniqladilar. Sovet huquqni qo‘llash amaliyotida qonun va huquqning belgilanishi davlatning inson huquqlarini himoya qilishini va o‘zboshimchalik bilan qaror qabul qilishini anglatgan 10 . Shunday qilib, postsovet jamiyatning huquqiy madaniyati tarixan o‘rnatilgan markazlashganlik qadriyatlarining ustunligi bilan tavsiflanadi. «Mamlakatimizda fuqaroga an’anaviy ravishda davlat manfaatlarini o‘z manfaatlaridan so‘zsiz ustun qo‘yib, har bir shaxsning huquqlari buzilishi 10 Келле В.Ж, Ковальзон М.Я. Формы общественного сознания / В.Ж. Келле, М.Я. Ковальзон. М., 1959. 288 с.; Строгович М.С. Тезисы доклада. Право и правосознание / М.С. Строгович. М., 1940. 10 с.; Стальгевич А.Г. Ценная книга. Избранные произведения по марксистско-ленинской теории права / А.Г. Стальгевич. Рига, 1964. 748 с.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 200 huquqiy tizimning boshqa tarkibiy qismlari bilan aralashmaganligi va umuman uning ko‘lamini kengaytirmasligidadir. Huquqiy madaniyat ushbu tizimning o‘zi va uning tarkibiy bo‘linmalarining huquqiy qadriyatlar bilan to‘yinganlik darajasini tavsiflaydi. Ko‘rib chiqilayotgan hodisani normativ va normativ bo‘lmagan tomonlar kontekstida ham ko‘rib chiqish mumkin 21 . Buning sababi shundaki, huquq tizimi normaga ega bo‘lgan pozitiv huquqni o‘z ichiga oladi. Albatta, bu huquqiy madaniyatga ta’sir qiladi. Lekin shu bilan birga, bu xususiyatga ega bo‘lmagan ko‘plab huquqiy hodisalar mavjud. Huquqiy madaniyat shaxslarning bevosita ishtirokida vujudga keladi, lekin keyinchalik jamiyatda ulardan mustaqil ravishda mavjud bo‘ladi. Masalan, buyuk mutafakkirlarning siyosiy-huquqiy ta’limotlari ularning g‘oyalarini aks ettiradi va huquqiy qadriyatlar tizimida mustaqil ravishda mavjuddir. Huquqiy madaniyat huquqiy tizimning sifat holatini tavsiflash imkonini beradi 22 . Bu huquqiy madaniyatni huquqiy tizimning mustaqil tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqmaslik kerakligini anglatadi. U barcha huquqiy hodisalarda mavjud bo‘lib, ularning qonun bilan to‘yinganlik darajasini baholashga imkon beradi. Bundan kelib chiqadiki, huquqiy madaniyat salbiy bo‘lishi mumkin emas, chunki qadriyatlar har xil, har xil sharoitlarda paydo bo‘ladi, ular har doim ham bir-biriga mos kelmaydi. Huquqiy madaniyatning xususiyatlari yoki ko‘rsatkichlari orasida inson huquq va erkinliklarining ustuvorligi, shuningdek, uning fuqarolik jamiyati evolyusiyasi sharti sifatidagi roli ba’zan tilga olinadi 23 . Ushbu qoidalarning ahamiyatini 21 Қаранг: Карташов В.Н., Баумова М.Г. Ўша асарда. С.23-24. 22 Братусева О. Н. Правовые культуры в условиях глобализации: автореф. дис. ...канд. юрид. наук. М., 2009. С. 12. 23 Қаранг: Карташов В.Н., Баумова М.Г. Оп. 27-30-бетлар.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 201 kamaytirmasdan, ularning joylashuvini ta’kidlash kerak. Ular huquqiy madaniyatning barcha tarixiy turlari uchun xos emas va zamonaviy dunyoda bu parametrlarni tushunish har xil bo‘lishi mumkin. Ushbu fikrni rivojlantirar ekanmiz, qiyosiy huquq nuqtai nazaridan ushbu qadriyatlarni kim belgilaydi degan savol muqarrar ravishda paydo bo‘lishini ta’kidlaymiz. Yuqorida ta’kidlanganidek, ular har xil, ularning evolyusiyasi ko‘plab omillarga bog‘liq. Bu yerda muayyan jamiyatning an’analari, uning hayotining ma’naviy va diniy sohasining o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirish mumkin. Guruh va individual huquqiy madaniyatning alohida turi yuristlarning kasbiy huquqiy madaniyatidir. Bu "ma’lum bir kasbiy guruhda vujudga keladigan va mavjud bo‘lgan tahliliy maslahat xarakteriga ega bo‘lgan umumiy axloqiy me’yorlar va maxsus kasbiy axloq normalarining o‘ziga xos majmuidir" 24 . V.P.Salnikov huquqiy voqelikning tarkibiy qismlari bo‘lgan huquqiy madaniyatning quyidagi tarkibiy elementlarini belgilaydi: "qonun, huquqiy ong, huquqiy munosabatlar, qonuniylik va tartib, sub’ektlarning qonuniy faoliyati" 25 . V.P. Salnikovning huquqiy madaniyatga oid qarashlari kompleks yondashuvni aks ettiradi. Biroq, tanqidiy tahlildan kelib chiqib, huquqiy madaniyatni na faqat qonunlar va huquqiy faoliyat bilan, balki ijtimoiy munosabatlar, qadriyatlar va ijtimoiy tartibni qo‘llab-quvvatlovchi omillar bilan ham bog‘lab o‘rganish zarur. Ayrim shaxslarning qonunni yaxshi bilmasligi sababli qonundan chetga chiqishi boshqalarning huquq va erkinliklarini xavf ostiga qo‘yadi 26 . Inson huquqlari 24 Кокорев Л.Д., Котов Д.П. Этика уголовного процесса: / учеб. пособие. – Воронеж. – 1993. – С. 8– 9. 25 Сальников В. П. Правовая культура // Актуальные проблемы теории права / под. ред. К. Б. Толкачева и А. Г. Хабибуллина. Уфа, 1995. С. 152. 26 Бурдоносова М.А. Способы снижения уровня деформации правового сознания как элементы профилактики правонарушений // Всероссийский криминологический журнал. 2018. Т. 12, № 2. С. 237–246. https://doi.org/10.17150/2500-4255.2018.12(2).237-246.; Шопина И.М., Мулявка Д.Г., Гречанюк С.К., Федчишина В.В. Совершенствование социального контроля как направления
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 202 umumjahon deklaratsiyasining 29-moddasida shunday deyilgan «Har bir inson o‘z huquqi va erkinliklaridan foydalanishda o‘zgalarning huquq va erkinliklarini demokratik jamiyatda yetarli darajada bo‘lishini hamda hurmat qilinishini ta’minlash, axloq, jamoat tartibi, umum farovonligining odilona talablarini qondirish maqsadidagina qonunda belgilangan cheklanishlarga rioya etishi kerak» 27 . Shaxsning huquqiy madaniyatini shakllantirishda huquqiy hissiyotlar muhim rol o‘ynaydi. Ular huquqiy tartibga solish, huquqiy amaliyot va ularni baholash bo‘yicha fikrlarini hissiy va shaxsiy ohanglarda ifodalaydi. Voqelikni aks ettirishning bu noyob shakli shaxsning qonunga sub’ektiv munosabatini, undagi ideallarga mos kelishi yoki mos kelmasligini ifodalaydi. Huquqiy his-tuyg‘uning rivojlanishi shaxsning boshqa ijtimoiy tuyg‘ularini kompleks shakllantirish tizimida sodir bo‘lishi mumkin. Qadriyat yo‘nalishlari — bu huquqni amalga oshirishda muhim bo‘lgan, shaxsning turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan va uning taqdiriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan individual munosabatlar tizimi. Ta’lim faoliyati jarayonida shaxsiy va ommaviy jihatlardagi darajasi jamiyatning huquqiy madaniyati holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy tafakkur inson va jamiyatning yashash tarzi, shaxsning turmush tarzi, shuningdek, atrof-muhitga moslashish va uni o‘zgartirish vositasidir. Uni shakllantirish jarayoni ta’lim tizimida shaxsning yoshi, falsafiy va psixologik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. S.S.Alekseyev ta’kidlaganidek, "huquqiy madaniyat, birinchi navbatda, "sifat jihatdan boy" huquqiy ongdir" 28 . Xuddi shu fikrni V.V.Lazarev ham предупреждения преступности // Всероссийский криминологический журнал. 2019. Т. 13, № 3. С. 447–454. https://doi.org/10.17150/2500-4255.2019.13(3).447-454. 27 https://constitution.uz/uz/pages/humanrights 28 Алексеев С. С. Право. Опыт комплексного исследования. М., 1999. С. 270.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 203 ta’kidlaydi, agar u barcha maqsadlarga "eng qisqa vaqt ichida turli xil ijtimoiy qadriyatlarga eng kam zarar yetkazgan holda erishilsa, huquqni qo‘llash samarali deb hisoblanishi mumkin" 29 deydi. Haqiqiy madaniyat faqat insonning uzviy, ajralmas huquqlarini himoya qilish vositasi sifatidagi huquqiy davlat doirasida shakllanishi mumkin 30 . Huquqiy davlat – shaxs erkinligining zaruriy sharti va asosi. Shaxs demokratiya, qonuniylik, ijtimoiy himoyalanganlik va huquqiy madaniyat, ya’ni umuminsoniy qadriyatlar hukm suruvchi, sivilizatsiya yutuqlari inson, uning jamiyatdagi yuksak mavqei xizmatiga qo‘yilgan, huquqiy davlatning boshqa prinsiplari ham hukmron bo‘lgan jamiyatdagina erkindir. Huquqiy davlatning shakllanishi esa, jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatining o‘sishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir 31 . Madaniyatshunoslikda mavjud qoidaga muvofiq rasmiy madaniyat ma’lum darajada formallashgan, dogma tusini olgan va oqilonalashgan taqdirda, unga qarama-qarshi o‘laroq aksilmadaniyat paydo bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda “aksilijtimoiy submadaniyat”, “aksilmadaniyat”, “kriminal submadaniyat” kabi ancha o‘xshash tushunchalarga duch kelish mumkin bo‘lib, ularning mazmunini ajratish talab etiladi. Aksilijtimoiy submadaniyat normalari jamiyat tomonidan ma’qullanadigan barcha normalar bilan muvofiq kelmaydigan submadaniyatni o‘zida ifodalaydi. Aksilmadaniyat atamasi odatdagi madaniyatning teskarisini aks ettiradi. Bu me’yorlar umum e’tirof etilgan me’yorlarga qarshi qaratilgan submadaniyatdir; u aksilijtimoiy submadaniyatning bir turi hisoblanadi. “Aksilijtimoiy madaniyat” va “aksilmadaniyat” tushunchalari o‘rtasidagi farq 29 Лазарев В. В. Эффективность правоприменительных актов. Казань, 1975. С. 61. 30 Кудрявцев В.Н., Лукашева Е.А. Новое политическое мышление и права человека // Вопросы философии. 1990. №5. – С. 7-8. 31 Тихомиров Ю.А. Государство на рубеже столетий // Государство и право. 1997. №2. – С. 24-32.; Матузов Н.И., Малько А.В. Теория государства и права. – М., 2003. – С. 114-140.; Затонский В.А. Безопасность личности, общества и государства как важнейшая цель правовой политики в Российской Федерации // Правовая политика и правовая жизнь. 2005. №1. – С. 187-194.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 204 asosan shu bilan belgilanadiki, aksilmadaniyat me’yorlari nainki jamiyat tomonidan ma’qullanuvchi me’yorlardan farq qiladi, balki rasmiy madaniyatga qarama-qarshi qo‘yiladi. “Submadaniyat” deganda madaniyat sohasi, hukmron madaniyat doirasida mavjud bo‘lgan, o‘z qadriyatlar to‘plami, odatlari va me’yorlari bilan ajralib turadigan alohida yaxlit tuzilma tushuniladi 32 . Umumiy madaniyatning kichik tizimi hisoblangan submadaniyat undan asosan madaniyatning maxsus sub’ektiga ko‘ra ajralib turadi. Ilmiy atama sifatidagi “submadaniyat” tushunchasi ilk bor chet elda XX asrning 30-yillarida paydo bo‘lgan, respublikamiz faniga esa o‘tgan asrning 60-yillarida G‘arbdagi yoshlar harakatlari (xippi, okkultizm va mistitsizm vakillari) o‘rganilishi va tanqidiy tahlil qilinishi munosabati bilan kirib kelgan. Umumiy madaniyatdan submadaniyatning ajralishi zamirida, madaniyat sub’ektidan tashqari, me’yorlar, qadriyatlar va g‘oyalarning muvofiq emasligi yoki to‘qnashuvi yotadi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida submadaniyat tushunchasiga berilgan ko‘p sonli ta’riflar mavjud va ulardan birida submadaniyat ma’naviy hayot elementi sifatida, muayyan ijtimoiy muhit, qatlam, kichik guruhda shakllangan va umumiy madaniyatdan alohida ajralib chiqqan mafkuraviy qarashlar, turmush tarzi va xulqatvor sifatida tavsiflanadi. Mazkur ta’riflar tahlili submadaniyat muayyan umumiy (kasbiy va boshqa) qiziqish vositasida birlashgan shaxslarning muayyan ijtimoiy kichik guruhi doirasida mavjud bo‘lgan, guruhning barcha a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan va jamiyatda umum e’tirof etilgan munosabatlar, me’yorlar va qoidalardan farq qiladigan ijtimoiy munosabatlar va ularga asoslangan xulq-atvor me’yorlari va qoidalari, an’analar, odatlar va tashqi atributlar majmuini o‘zida ifodalaydi, degan xulosaga kelish imkonini beradi. 32 Словарь. Культурология. ХХ век. – СПб., 1997. – С. 450.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 205 O.V.Starkovning qayd etishicha, kriminal submadaniyat kriminal madaniyatning bir ko‘rinishi bo‘lib, krimininal madaniyat deganda, jamiyat madaniyatining moddiy, ideologik, huquqiy, badiiy va ma’naviy sohasidagi jinoiy hodisalar bilan bog‘liq madaniyatini tushunish lozim 33 . I.M.Maskevich fikriga ko‘ra, kriminal submadaniyat delinkvent kichik madaniyatning bir turi hisoblanadi va odatdagi madaniyatning jamiyat jinoiy qatlami madaniyati sifatida amal qiluvchi salbiy talqin qilingan me’yorlari va qadriyatlari to‘plami sifatida amal qiladi 34 . Ta’bir joiz bo‘lsa, kriminal submadaniyat qatlamani eslatadi. Uning har bir qatlami konkret kriminal faoliyat bilan band bo‘lgan muayyan guruhlar submadaniyati sifatida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan turma submadaniyati, o‘g‘rilar submadaniyati, fohishalar va giyohvandlar submadaniyati va hokazolar haqida so‘z yuritish mumkin. Bundan tashqari, kriminal submadaniyat – bu konkret jinoiy guruhning turmush tarzidir. Kriminal submadaniyat va yo‘ldosh salbiy hodisalarning shikastli ta’siri ostida jamiyat ijtimoiy-ijobiy immunitetining, ya’ni jamiyat xavfsizligini kafolatlaydigan, uni kriminal zararlanishdan saqlaydigan immunitetning sezilarli darajada susayishi yuz beradi. Bu zararli illatlarning ildizlarini quritish uchun jamiyat jinoyatchilikka qarshi kurashni yanada faollashtirishi, shu jumladan ko‘p sonli ijtimoiy munosabatlarni, davlat va jamoat institutlarining faoliyat sohalari va vazifalarini qayta ko‘rib chiqishi, ijtimoiy ongda o‘zgarish yasashi talab etiladi. Bugungi kunda nainki aholi asosiy ommasining, balki davlat va jamoat arboblarining huquqiy madaniyatini shakllantirish ham dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu vazifani hal qilish uchun davlat kriminal submadaniyatning jamiyatga yoyilishiga qarshi harakatlar kompleks dasturini ishlab chiqishi lozim. 33 Старков О.В. Криминальная субкультура: Спецкурс. – М.: Волтерс Клувер, 2010. – С. 14. 34 Современная западная социология: Словарь. – М., 1990. – С. 336.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 206 Yana bir muhim omil – aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasining pasayishi, jamiyatda huquqiy nigilizmning kuchayishi. Jamiyatda qonuniylik va aksilqonuniylik, axloqiylik va g‘ayriaxloqiylik o‘rtasida chegara yo‘qolib bormoqda. Yuqorida bayon etilganlar jamiyat jinoyatchilikka qarshi yanada faol kurash olib borishi, shu jumladan ko‘p sonli ijtimoiy munosabatlarni, davlat va jamiyat institutlarining faoliyat sohalari va vazifalarini qayta ko‘rishi, ijtimoiy ongda ijobiy o‘zgarishlar yasashi talab etiladi. Bugungi kunda nainki aholi asosiy ommasi, balki davlat va jamoat arboblarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish ham dolzarb ahamiyatga egadir. Jamiyatning hozirgi holatini ijtimoiy-huquqiy sohadagi avvalgi inqirozli holatlardan yiroq deb aytishimiz qiyin, chunki bugungi kunda ham biz haqiqiy hayot va Konstitutsiya normalari o‘rtasidagi sezilarli tafovut ancha mustahkam o‘rnatilganligini aytishimiz joiz. Ushbu salbiy ijtimoiy hodisaning sabablari ko‘p omillardir. Birinchidan, bu qonunga e’tiborsizlik, qonun nominalizmi, qonunning instrumental ahamiyatining anomiyasi bo‘lib, bu, misol uchun, huquqiy nigilizm, tizimli korrupsiya ko‘rinishidagi salbiy omilni keltirib chiqaradi. «Korrupsiya huquqlarni imtiyoz sifatida individuallashtirishning buzuq usulidir» 35 . Ikkinchidan, demokratik institutlarning (birinchi navbatda, saylovlar), jamiyatning kriminallashuvi, noqonuniy mehnat migratsiyasi va ko‘pincha huquqni muhofaza qilish organlarining harakatsizligi, beboshligi, oqibatida "...huquqiy 35 Малахов В.П. Концепция философии права. Серия «Научные школы Московского университета МВД» / В.М. Малахов. М.: Юнити-Дана. 2007. с.484.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 207 madaniyat asosan ijtimoiy amaliyotlarning huquqiy bo‘lmagan tabiati va qonunga nigilistik munosabat bilan tavsiflanadi" 36 . Uchinchidan, buning oqibati sub’ektning ijtimoiy mavqei, daromad darajasi va hokimiyat ko‘lamiga qarab amalga oshiriladigan jazoning muqarrarligi prinsipining samarasizligidir. Yuridik adolat, erkinlik va tenglik deklarativ ravishda orzu qilingan huquqiy tamoyillar bo‘lib qolmoqda. Vaholanki, «qaerda haqiqiy tenglik tamoyili amal qilsa, huquqiy tamoyil va tartibga solishning huquqiy usuli mavjud: qonun amal qiladigan joyda shu tamoyil mavjud bo‘ladi» 37 . "Qonun amal qiladi" mazmunida huquq haqida hech qanday huquqiy g‘oyalar mavjud bo‘lmagan ong uchun haqiqat, huquqning instrumental ahamiyati haqidagi g‘oyalar ham bir tiyinlik ahamiyatga ega bo‘ladi. To‘rtinchidan, zamonaviy qonunchilikda nazarda tutilgan me’yor va qoidalarni qo‘llash va amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan to‘siqlar orasida biz mansabdor shaxslarning konservatizmini, qonunlarning yetarli darajada samarador emasligini, yuqori darajadagi korrupsiyani qayd etamiz. Qonun hujjatlarining nomuvofiqligi va uning nomukammalligi huquqiy normalarni huquqiy voqelikka aylantirishdagi qiyinchiliklar bilan yanada kuchayadi. Beshinchidan, faqat jismoniy shaxslar erkin va demak, javobgar bo‘lgan joyda huquqiy munosabatlar va umuman huquqiy tartib prinsipial jihatdan yuzaga kelishi mumkin. Shu munosabat bilan I.A.Ilin ta’kidlaganidek, inson faqat shaxsiy qaroriga ko‘ra, shaxsiy ishonchiga ko‘ra halol, sodiq va qonunga bo‘ysunishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, demak, unda adolat tuyg‘usi yo‘q. Odam soxta, ayyor, sarguzashtsevarga aylanadi. Unda qonun va tartib ustun emas, balki unda tirik qolish 36 Смоленский М.Б. Правовая культура как элемент социокультурного пространства: перспективы становления в современной России: Автореф. дис. … докт. социол. наук / Б.М. Смоленский. Ростов н/Д, 2003. С.12. 37 Нерсесянц В.С. Философия права: учебник для вузов / В.С. Нерсесянц. М.: Норма. 2003. – С.22.
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 208 istagi bor. Huquqiy davlat majburlov va qo‘rquvga emas, balki fuqarolarning erkin sodiqligiga asoslanadi 38 . Mazkur paragraf yuzasidan quyidagi nazariy xulosa, taklif va tavsiyalarni keltirib o‘tishimiz mumkin: birinchidan, huquqiy ong – bu shaxs yoki jamiyat a’zolarining qonunlarga, huquqiy normalarga va huquqiy amaliyotga nisbatan ongli munosabatini ifodalovchi, huquqiy bilimlar, qadriyatlar, his-tuyg‘ular va ijtimoiy xulq-atvorga ta’sir qiluvchi murakkab ijtimoiy-falsafiy jarayondir. ikkinchidan, huquqiy madaniyat – bu shaxs yoki jamiyatning qonunlar, huquqiy normalar va huquqiy amaliyotga munosabatida namoyon bo‘ladigan, huquqiy ong, huquqiy qadriyatlar, qonuniylik va huquqiy faoliyatning uzviy tarkibiy qismlarini qamrab olgan murakkab ijtimoiy-huquqiy holat. uchinchidan, har bir viloyatda yoshlar uchun maxsus profilaktika markazlari tashkil etish, ularga psixologik maslahat va huquqiy yordam ko‘rsatish, huquqiy muammolar bo‘yicha yoshlar orasida muntazam axborot berish va ogohlantirish tadbirlari o‘tkazilishi ta’minlash; to‘rtinchidan, huquqiy ma’lumotni izlashni osonlashtirish uchun mobil ilovalar va huquqiy xizmatlarga onlayn platformalarni ishlab chiqish, qonun va huquqiy hujjatlarga kirish uchun maxsus QR-kod tizimini joriy etish; beshinchidan, ziddiyatli va bir-biriga muvofiq bo‘lmagan huquqiy normalarni aniqlash va bartaraf etish uchun qonunchilik monitoringini yo‘lga qo‘yish, yangi qonun loyihalari jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi uchun yuridik ekspertiza mexanizmini kuchaytirish. 38 Ильин, И.А. Наши задачи. Историческая судьба и будущее России / И.А. Ильин. М., 1992. - с. 183– 184
ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 10–to’plam 2025 y. Sahifa: 209 oltinchidan, davlatning rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlarining soddalashtirilgan va sharhlangan versiyalarini joylashtirish;