scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"YANGI SAODAT" MILLIY ROMANIDA JADIDCHILIK G'OYALARINING BADIIY IFODASI

Shirinova Sitora Xayrullo qizi

Abstract

XIX – asr oxiri – XX asr boshlari Turkiston tarixiga ijtimoy –siyosiy o‘zgarishlar, madaniy yangilanishlar davri bo‘lib kirib keldi. Milliy uyg’onish harakatining vujudga kelishi esa uning zamirida yangi o‘zbek adabiyotining yuzaga kelishiga vosita vazifasini o‘tadi. Mustamlakachilik siyosatining xalq ongi, tafakkuri, dini va qadriyatlariga nechog’li aks ta’sir etayotganini ko‘rgan xalqning ziyoli qatlam vakillari ma’rifatsizlik, jaholatning tubsiz qa’ridan xalq kelajagini omon saqlamoq uchun kurashga bel bog’ladilar. Ular jadidlar sifatida adabiyot, matbuot va teatrning ahamiyatini anglab, xalq orasida eskicha qarashlardan holi, yangi tur va janrlar bilan boyitilgan adabiyotni, sho‘ro mustabid tuzumining siyosiy gazetalari o‘rniga “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Oyna” kabi gazeta – jurnallarni, teatrda esa sahna asarlarini yorita boshladilar. Ular ichida shoir, dramaturg, yozuvchi, aktyor va pedagog hisoblangan jadid ma’rifatparvari Hamza Hakimzoda Niyoziyning o‘rni va xizmati beqiyosdir. Ushbu maqolada Hamzaning nasriy asarlaridan biri “Yangi saodat” milliy romanida jadidchilik g’oyalarining tasviri, badiiyati va ahamiyati haqida so‘z boradi.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar “YANGI SAODAT” MILLIY ROMANIDA JADIDCHILIK G‘OYALARINING BADIIY IFODASI Muallif: Shirinova Sitora Xayrullo qizi 1 Affiliyatsiya: ToshDO‘TAU 2-kurs tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17390850 ANNOTATSIYA XIX – asr oxiri – XX asr boshlari Turkiston tarixiga ijtimoy –siyosiy o‘zgarishlar, madaniy yangilanishlar davri bo‘lib kirib keldi. Milliy uyg’onish harakatining vujudga kelishi esa uning zamirida yangi o‘zbek adabiyotining yuzaga kelishiga vosita vazifasini o‘tadi. Mustamlakachilik siyosatining xalq ongi, tafakkuri, dini va qadriyatlariga nechog’li aks ta’sir etayotganini ko‘rgan xalqning ziyoli qatlam vakillari ma’rifatsizlik, jaholatning tubsiz qa’ridan xalq kelajagini omon saqlamoq uchun kurashga bel bog’ladilar. Ular jadidlar sifatida adabiyot, matbuot va teatrning ahamiyatini anglab, xalq orasida eskicha qarashlardan holi, yangi tur va janrlar bilan boyitilgan adabiyotni, sho‘ro mustabid tuzumining siyosiy gazetalari o‘rniga “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Oyna” kabi gazeta – jurnallarni, teatrda esa sahna asarlarini yorita boshladilar. Ular ichida shoir, dramaturg, yozuvchi, aktyor va pedagog hisoblangan jadid ma’rifatparvari Hamza Hakimzoda Niyoziyning o‘rni va xizmati beqiyosdir. Ushbu maqolada Hamzaning nasriy asarlaridan biri “Yangi saodat” milliy romanida jadidchilik g’oyalarining tasviri, badiiyati va ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: jadidchilik, nasr, badiiy adabiyot, ma’rifat, bilim, tur va janr. “Har bir xalq milliy adabiyotini yaratar ekan, undagi har bir asar nasriy yoki nazmiy uslubda yozilishidan qat`iy nazar jahon adabiyoti tarkibini boyitishga xizmat qiladi. Etnologiya faniga aloqador millat shakllanishi nazariyasiga ko`ra ham muayyan xalqning millat darajasiga chiqishida ushbu xalqning iste`dodli vakillari tomonidan yaratilgan adabiy asarlarda kitobxon omma uchun ilgari surilgan bunyodkor va birlashtiruvchi g`oyalar katta o`rin tutadi. Ma`lum bir jamiyat adabiyotining izchil g`oyalar tizimiga aylanishi uchun ushbu adabiyot shakllanish va rivojlanish yo`lini bosib o`tgan, boshqa milliy adabiyotlar bilan ijodiy hamkorlikda bo`lishi zarur”. [Karimov. N, 9-bet] Birinchi “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvonini olgan Hamza o‘z umrini boshqa jadid namoyondalarimiz kabi xalqimizni jaholatdan uyg‘otish, o‘zlikni anglashga, ozodlikka intilish va ilm-ma’rifat orqali rivojlanib, azaliy qadriyatlarini saqlab qolishlari uchun o‘zining boy merosi, zakovati bilan harakat qilgan. O‘zbek tilidan tashqari, boshqa ko‘plab tillarni, jumladan, arab, fors, rus va turk tillarini mukammal o‘rgangan Hamza o‘z asarlarida ta’lim – tarbiyaning ahamiyati, ayollarning huquqlari, ijtimoiy tengsizlikning oldini olish, tabaqalanish kabi ijtimoiy muammolarni yoritgan, Ularga yechim sifatida esa xalqning ilmga intilishi va avlodlarning ziyoli qatlamini shakllantirishda deb bilgan. Hamzaning revolyutsiyagacha bo‘lgan ijodida nasr ancha katta o‘ringa ega. Uning “Yangi saodat yohud milliy roman” nomli asari ular ichida alohida o‘rin tutadi. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar Ushbu asari orqali Hamza nafaqat o‘z ijodida balki XX asr o‘zbek adabiyotida yangi janr va adabiy tur tushunchasini olib kirgan. Shuningdek, Matyoqub Qo‘shjonov ta’biri bilan aytganda asar: “mazmunan shoirning ma’rifatparvarlik ruhida yaratgan asarlarining davomi va yangi bosqichidir”. Asar 1914 – yilda yozilgan va 1915 – yilda ilk bor Qo‘qonda toshbosma shaklida, Toshkentda litografiya yo‘li bilan nashr etilgan. Bu asar adibning ma’rifatparvarlik g’oyasi bilan sug’orilgan, davrning ijtimoiy muammolarini o‘zida aks ettirgan asaridir. Roman qahramonlari hayoti, taqdirlar bir – biriga o‘xshamagan va eng muhimi adib asarda o‘z estetik idealidagi qahramonni ya’ni “jadid” insonini yaratib, uni namuna qilib ko‘rsatib bera olgan. Hamza asarni she’riy epigraf va “Ixtor” deb nomlangan qism bilan boshlaydi. Unda Turkiston xalqining matbuotdagi yangiliklarga qiziqmasligi, biroz ilmdan xabardorlari kerakli manba va kitoblarni emas, balki, eskicha urf – odatlarga asoslangan, bit’at kitoblarni o‘qishi, yangi bilim olib, ma’rifatimizni shakllantirishimiz kerakliligi mazmunidagi nasihatlarini bayon etadi. Roman bosh qahramoni Olimjon. Taqdirning ming bir chig’iriqlaridan kelgan sinovlarda toblangan onasi Maryam, G’ozi ismli boy savdogarning erka, tanti bo‘lib zoriqmay o‘sgan, ammo otasi vafotidan so‘ng nafaqat o‘zining, balki oilasining hayotini vayronalik yoqasiga olib kelib, ularni tashlab ketishgacha borgan Abduqahhorning o‘n yoshli o‘gli. Onasi Maryam otasiz farzandlari Olimjon, endigina yetti yoshga qadam qo‘ygan qizi Xadichani va nochor qaynonasi Ruzvonni boqish uchun oldin o‘zi ba’zida tengi deb hisoblagan, ba’zilaridan esa har tomonlama ustun bo‘lgan mahalladoshlarining uyida idish yuvib, ostona tozalab ro‘zg’or tebratishga harakat qiladi. Yoshligida biroz bo‘lsa-da, eski xat – savod olganidan ilmning qadrini, o‘qigan inson hechnimaga zoriqmasligi, zamona zaylida tik tura bilishi, nafaqat o‘zi balki yaqinlarini ham har jihatdan ta’minlay olishi tushunadi. Ikki dilbandini o‘qitish orzusida, ammo qo‘lining kaltaligi, turmush o‘rtog’ining butun ro‘zg’orini tashlab, uzoq Toshkentda ne ahvoldaligidan behabar. Ba’zan farzandlariga bildirmay, yo ish, yo bolalarining ko‘ylagini yamash bahonasida yolg’iz qolar ekan, taqdirining bu og’irligidan o‘ksina – o‘ksina ko‘z yosh to‘kadi. Onasining qanchalar qiynalayotganini ko‘rib, voyaga yetayotgan Olimjon esa o‘qish, ilm olish, halol risq – nasiba topishni orzu qiladi. Taqdirning tuhfasini qarangki, do‘sti Ahmadjon bilan qiziqish tufayli uning “yangi usul” maktabiga borgan Olimjon u yerda o‘zining odob – axloqi, o‘zini tutishi bilan sinf muallimining e’tibori va mehrini qozonadi. Muallim tomonidan o‘qishga qabul qilingan Olimjonning qiyinchilik sarguzashtlari bu bilan bitmaydi. Imtixon topshirishda taklifnoma chaqirig’ining otalarga atalganidan dili vayron bo‘ladi. Ammo onasi, buvisi, singlisi, onasining o‘rtog’i Halimaxonimning va eng asosiysi muallimining qo‘llovlari bilan imtixonni a’loga topshiradi. Yana qanday imtixonni deng. O‘zi birinchi sinf bo‘lsa-da, uch soat mobaynida ham birinchi, ham kkinchi sinflarning darsligidan bir o‘zi imtixon topshiradi. U yerda jamlanganlar orasida boylardan biri bo‘lgan Abdurahmonboyning nazariga tushib, keyinchalik unga bayramdan boshqa kunlarda mirzolik qilib, pul topa boshlaydi. O‘zi orzu qilgan istiqbolga farzandi orqali yetishgan Maryam esa niyatiga yetgan edi. Abdurahmonboy qizi Nazokatxonimni Olimjonga uzatadi va bir necha yildan so‘ng barcha boyliklarini Olimjonga vasiyat qilib vafot etadi. Olimjonning hayoti tubdan o‘zgaradi. U singlisini o‘zi o‘qitadi. Do‘sti Ahmadjonni halolligi ortidan o‘ziga kuyov va yordamchi qilib oladi. To‘yidan oldin 11 https://www.asr-conference.com/ V SHO‘BA: Til va adabiyot ta’limida dolzarb muammolar va yechimlar otasi Abduqahhorni Toshkentning kosibchilari orasidan tang ahvolda olib kelib, keyinchalik unga do‘kon ochib beradi.Olimjonlaring hayoti o‘zgarishida eng katta vositachi bu jadid maktabi muallimi edi. U Olimjonni bepul, hamma o‘quv qurollari bilan ta’milab o‘qitadi. Undagi iste’dodni erta anglaydi, uni boshqa bolalardan ko‘ra ko‘proq e’zozlaydi. Undagi bilimga chanqoqlikni shunchaki yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har doim qo‘l – qanot keladi. Natijada esa xalqqa nafi tegadigan, halol, puxta, ilmi va zakovatda tengsiz, o‘zining davomchisi yangi jadid – Olimjonning yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi. Yana bir hisobdan Hamza asarda Maryamxon singari onalar qo‘lida tarbiya topgan farzandalar har qandau holda ham halol, pokiza, ilmga tashna bo‘lib voyaga yetishini uqtirmoqchi bo‘ladi. Bunda ularga na otasizlik, na kambagallikning imkonsizliklari to‘siq bo‘lolmasligini ko‘rsatib beradi. Xulosa o‘rnida, Hamza o‘zining ko‘pqirrali ijodi bilan o‘zbek adabiyotida yangi tur va janrlarni o‘zbek adabiyotiga olib kirganligi bilan ham tahsinga sazovordir. To‘g’ri “Yangi saodat” romani o‘zbek adabiyotida roman janrining talablari darajasiga ko‘tarilmadi, ammo bu nasriy asarlar yozish ko‘nikmasining shakllanishi, roman yozish etikasining o‘zbek adabiyotida rivoj topishida vosita bo‘lib xizmat qilgani bilan nihoyatda qimmali manbadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2002. 2. Ёқубов. И. Ўзбек романи тадрижи. Тошкент: “Fan va texnologiya”, 2006. 3. Наим Каримов. ХХ аср адабиёти манзаралари. Биринчи китоб. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2008. 4. Қосимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маьрифат, фидойилик. – Тошкент: Маънавият, 2002. 5. Sanjar Sodiq. Yangi o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: “O‘qituvchi” NMIU, 2019.