BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY – NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning zaruriyati, bu jarayonda qo‘llaniladigan metodlar xususida so‘z boradi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 105 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17391684 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY – NAZARIY ASOSLARI G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizi Innovatsion texnologiyalar Universiteti o‘qituvchisi Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) Davkarova O‘g‘iloy Muhiddin qizi Innovatsion texnologiyalar Universiteti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning zaruriyati, bu jarayonda qo‘llaniladigan metodlar xususida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: mantiqiy fikr, tafakkur, ong, intellektual qobiliyat, pedagogik jamoa, pedagogik qobiliyat. KIRISH Ba’zi ilmiy adabiyotlarda mantiqiy tafakkur, ya’ni mantiqiy fikrlash tushunchasiga quyidagicha izoh berib o‘tilgan. Mantiqiy tafakkur bir nechta ma’nolarga ega. Ushbu tushunchalar fikrlashning rivojlanish bosqichlarini, tahlil qilish qobiliyatini, voqelikka munosabatini ifodalaydi. 1 Bu o‘qituvchiga, o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rag‘batlantirish uchun mantiqiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasida foydalanadigan texnikasi va vositalariga bog‘liq. Mantiqiy tafakkur “baholash” va “o‘z-o‘zini baholash”, “mantiqiylik” va “o‘z1 Jahongir Xudoyqulov. Mantiqiy tafakkur tushunchasi va uing ta’lim jarayonidagi roli. file:///C:/Users/User/Downloads/tan-idiy-tafakkurtushunchasi-va-uning-talim-zharayonidagi-poli.pdf
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 106 o‘zini tahlil qilish”, “isbotlash” va “rad etish”, “mantiqiy tahlil” kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Mantiqiy tafakkur madaniyati amalda qo‘llaniladigan ishonchli dalillarning usullari va usullarini o‘z ichiga oladi. Bularning barchasi shaxsni rivojlantirishga, o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Judi Bruz va Devid Vud mantiqiy fikrlashni tanqidiy tafakkurning aks ko‘rinishini namoyonettiruvchi fikrlash deb bilishadi. Fikrlash o‘z “men” ini anglash, ob’ektiv bo‘lish, o‘z nuqtai nazarini hisobga olgan holda boshqa nuqtai nazarlarni qabul qila olish va ba’zan o‘z xurofotlaridan voz kechish orqali shakllanadi. Muammolarni echishda yangi g‘oyalarni ilgari surish va ularni yechish yo‘llarini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lish kerak. 1 Shu o‘rinda bo‘lajak pedagoglar xususan umumiy o‘rta ta’lim tizimining boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida faoliyat olib borishi kutilayotgan o‘qituvchilarning biz yuqorida so‘z yuritayotgan mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning metodik holati dolzarb masalalardan hisoblanadi. Aytish o‘rinliki globallashuv, texnogen sivilizatsiya yosh avlod tarbiyasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani sir emas, bugungi kun o‘quvchisini “o‘tmish ertaklari, voqealari” bilan aldab bo‘lmaydi, ularni real voqealarga asoslangan ma’lumotlar qiziqtiradi. Aksariyat hollarda bir yoshli bola mobil aloqa vositalaridan foydalana olayotganligini «quvonch» bilan gapiramiz. Demak, bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi zamonaviy talablarga javob beradigan ta’lim sohasida kechayotgan yangilanishlarni bilishi, o‘z ustida tinmay ishlashi, doimiy o‘zgarib turuvchi nostandart sharoitlarda amaliy faoliyatga innovatsion tayyorligini ta’minlash ehtiyojini yuzaga keltirmoqda, bu esa qo‘shimcha, noan’anaviy, parallel mustaqil ta’lim tizimlarini yaratishga ehtiyoj tug‘dirmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA A. Ye. Dmitriev va M. R. Levov ta’kidlashlaricha, maktabning dastlabki, boshlang‘ich bosqichi bola shaxsini, uning qobiliyatlarini rivojlantiradi, uni muloqotga, ona tiliga, o‘qishga, axloqiy, estetik, jismoniy madaniyat asoslarini 1 Jahongir Xudoyqulov. Tanqidiy tafakkur tushunchasi va uing ta’lim jarayonidagi roli. file:///C:/Users/User/Downloads/tan-idiy-tafakkurtushunchasi-va-uning-talim-zharayonidagi-poli.pdf
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 107 o‘rgatadi, tizimli mehnat odatini shakllantiradi. Bolalar tabiat, jamiyat, inson va uning mehnati to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlarni, dunyoqarash asoslarini egallaydilar. Boshlang‘ich maktabda ta’lim oluvchilar o‘qish, yozishning zarur ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, atrofdagi olamni kuzatish, o‘lchash va hisoblashga o‘rganadilar, mantiqiy eslab qolish usullarini, nazariy tafakkur elementlarini, nutq va xulq madaniyati, shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi asoslarini egallaydilar. Bolalarda dastlabki qadriyatli yo‘nalishlar yuzaga keladi, o‘qish motivi shakllanadi, bilimlar, ma’naviy qadriyatlarga mehr singdiriladi. Har bir o‘qituvchi mazkur sharoitlarda ishlash, bunday vazifalarni bajarishga tayyorlangan bo‘lishi kerak. U shuningdek, zamonaviy bolani, uning ehtiyojlari, qiziqishlarini bilishi, bolalarni va ularning rivojlanish shartsharoitlarini o‘rganishning zamonaviy metodlarini egallagan bo‘lishi kerak. 1 Bizning fikrimizcha, yuqoridagi muammolar orasida eng muhimlari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mantiqiy tafakkurni shakllantirish, ta’lim jarayoniga teran yondashuv jarayonini modernizatsiya, innovatsiya va novatsiya, innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan qurollantirish lozim. Neonologik yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish jarayonini mazmunli tashkil qilish tayanch o‘quv rejasining qanchalik mustahkam egallanganligiga bog‘liq va bu ushbu ta’lim jarayonining metodik ta’minoti va hozirgi holatida o‘z aksini topmoqda. Bilamizki, oliy ta’lim va ijtimoiy sohadagi yangilanishlar asosida ta’lim unsurlari jiddiy o‘zgarishlarga uchradi. Shu bois, ta’lim falsafasi, qonuniyatini, mantiqiy va innovation yondashuvlar asosida ta’lim muammolarini qaytadan ko‘rib chiqish davr talabiga aylanib bormoqda. NATIJALAR Ayni vaqtda ushbu masalaning to‘liq fundamental tadqiqotlar doirasida o‘rganilmaganligi va ilmiy faoliyatning ushbu yo‘nalishi metodik to‘ldirilmaganligi 1 Концепция подготовки учителя начальных классов (в педагогических институтах и училищах) [Текст] / Сост. А.Е.Дмитриев, М.Р.Львов // Начальная школа. - 1990. - №7. — С.64-69
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 108 holatiga ko‘ra avvalo pedagogik faoliyat va kuzatishlarimiz asosida aytishimiz mumkinki, bo‘lg‘usi pedagoglar o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim. Fikrimizcha, har bir bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiga sadoqat bilan yondashgan holda: - intellektual-ijodiy tashabbuslar ko‘rsatishi; - kasbiy bilimlarining kengligi va teranligi; - mantiqiy tafakkur va intellektual qobiliyatlarga ega bo‘lishi; - turli ziddiyatlarga kretaiv va kognitiv jihatdan ideologik tayyor turishi; - ijodiy g‘oyalarni mantiqiy ketmaketlikda ilgari surish va ularga mantiqiy tafakkur bilan munosabatlar bildira olish; - yangiliklarga intilish; - o‘zining tajribalarini boshqalarning tajribalari bilan taqqoslagan holda o‘zining imkoniyatlari, kamchiliklari va muvaffaqqiyatlarini anglab yetishi; - o‘zidagi kreativ jihatlarni anglay olishi; - o‘zini ko‘rsata olishi, yangiliklarni amaliyotga olib kirishga tayyor turishi; - har bir talaba o‘z ustida mantiqiy yondashgan holda tinimsiz ishlab, ta’lim jarayonini loyihalashda ta’lim strategiyalardan o‘zi uchun maqbulini tanlashi mumkin. (Strategiyalardan birining tanlanishi o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligi, shaxsiy qiziqishlari, shuningdek, mavjud hayotiy vaziyatlarga bog‘liq). Pedagogik ta’limda mantiqiy kompetensiyalarga asoslangan yondashuvni amalga oshirish uning asosiy maqsadiga erishishiga ko‘maklashadi, bu esa– kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali ularning yashirin aqliy qobiliyatlari (zukkolik, nutqiy ravonlik va mantiqiy fikrlash)ni namoyon qilish imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Aynan shuning uchun ta’lim muassasalarining pedagogik jamoalari, metodik xizmatlarining rahbarlari faoliyatida o‘qituvchilar tomonidan kiritilayotgan pedagogik innovatsiyalarni tahlil qilish va baholash, ularni muvaffaqiyatli ishlab chiqish va qo‘llash uchun zarur sharoitlarni yaratish, umumta’lim maktablarining bozor munosabatlariga o‘tishlari, ularning raqobatbardoshligi haqiqiy vaziyatni yaratadigan
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 109 yangi turdagi, jumladan, nodavlat ta’lim muassasalarini yaratish muhim yo‘nalishga aylanmoqda. Innovatsion faoliyatni shaxsiy toifa, ijodiy faoliyatning yaratuvchilik jarayoni va natijasi sifatida talqin qilish mumkin. 1 N.Muslimov va M Mirsolievalarning fikrlariga ko‘ra ham ijtimoiy faol ta’limda, yuqori natijalarga erishishga intiluvchi, pedagoglik kasbini tanlash va egallash ishida jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiquvchi shaxsni shakllantirishda kreativ kompetensiyalar muhim omil sifatida qaraladi. 2 Mantiqiy fikrlash ham aynan ushbu kreativlikni yuzaga chiqaruvchi omildir. Zero insonda avvalo tafakkur va mantiqning borligi voqea-hodisalar zanjirida aniq va to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi. MUHOKAMA Aytish o‘rinliki, zamonaviy ta’limda yangicha metodik yondashuvlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayoni – muassasaning ta’limiy va ijtimoiy faoliyatining ajralmas qismidir, mantiqiy metodik urg‘uning bunda mujassam bo‘lishi esa bo‘lg‘usi pedagoglarning umumkasbiy o‘ziligi va pedagogik imidjini fikran anglash layoqatini shakllantirishning ochiq, o‘zgaruvchan, demokratik sohasidir. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari bizning nazarimizda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirishda ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik mexanizmlari mazmunini motivatsion, zamonaviy universal ta’lim, integratsion yondashuv, xalqaro hamkorlik tamoyillari asosida optimallashtirishning ilmiy - amaliy asoslarini aniqlash; - Oliy ta’lim tizimida ish reja va kalendar rejasi mazmunini xalqaro me’yorlar va davlat talablarini implemintatsiya qilish asosida integratsiyalashtirilgan zamonaviy axborot ta’lim bazasini ishlab chiqish; 1 D. Elmuratova. Theoretical Basis of Training Future Techers to Innovative Professional Activities. Eastern European Scientific Journal. Б 194-197. Germaniya. Ausgabe 1-2017. 2 Muslimov N., Usmonboeva M., Sayfurov D., To‘raev A. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. –T.: Sanostandart, 2015. –120 bet
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 110 - o‘quv faoliyati jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali o‘quv-metodik resurslarning samaradorligini aniqlash; - o‘quv faoliyati natijalariga ko‘ra bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim, malaka va ko‘nikmalarining sifat va samaradorligini innovatsion baholash tizimini aniqlash. Bo‘lajak o‘qituvchiga kasbiy moslashishda professional yordam kerak, chunki muvaffaqiyatizliklarni boshdan kechirish, o‘z qo‘rquvini haddan tashqari oshirib yuborish, mas’uliyatni anglash — bularning barchasi pedagogik mas’uliyatdan qo‘rqib, umidsizlikka vamaktabni tark etishga olib kelishi mumkin. Bunda bo‘lajak pedagogni qo‘llab-quvvatlashi, unga manzilli yordam ko‘rsatishi zarur. Pedagoglar agarda o‘zlarining kreativ o‘qitish metod va strategiyalarini qo‘llash (ya’ni keng ko‘lamda o‘ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar ongiga singdirishlari va o‘z vazifalarini mantiqan anglagan holda sidqidildan bajarishlari lozim. Qolaversa, "mantiqiy mazmun va xarakterga ega muhitdagina bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rganayotgan mavzuning mazmuni, o‘quv axborotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladi va bu haqida fikrlashni boshlashadi”. 1 Tizimli yo‘naltirilgan tadqiqot ishlarda innovatsion faoliyat logik paradigmaning shaxsiy, boshqaruvchi-kommunikativ va natijali tizimostilarining tahlilida ochib beriladi. Shaxsning innovatsion imkoniyatini yangi tasavvurlar va g‘oyalarni ishlab chiqish, asosiysi ularni amaliy shakllarda loyihalash, modellashtirish ijodiy qobiliyati shaxsning yangiga, shaxs bag‘rikengligiga, tafakkurining moslashuvchanligiga bog‘liq. Madaniy-estetik rivojlanganlik va ma’lumotlilik o‘z faoliyatini takomillashtirishga tayyorlik, ichki, mazkur tayyorlikni ta’minlovchi vosita va metodlarga asoslanadi, rivojlangan innovatsion ong (innovatsion faoliyatning 1 Misirova N Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari / Monografiya T: “Ilm-ziyozakovat”nashriyoti, 2020. -124 b
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 111 an’anaviyga ko‘ra qimmati, innovatsion ehtiyojlar, innovatsion xulq motivatsiyasi) kabi asosiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘laydilar. 1 Shunday ekan bo‘lajak kadrlarni mantiqiy fikrlash qobiliyati teran sshaxs sifatida rivojlantirishning metodik holati va amaldagi vazifalardan kelib chiqib o‘qituvchi ijodiy imkoniyatining rivojlanishi prinsiplari quyidagilar deb hisoblanadi: - pedagog shaxsining qadrliligini tan olishi prinsipi; - “o‘zligini” ijodiy tushunish prinsipi; - kompensatsiya prinsipi; - individuallashtirish prinsipi; ziddiyatlilik prinsipi; axloqiy bog‘liqlik prinsipi; - kreativ ilhomlanish prinsipi; - refleksiya prinsipi; tizimni tanlash prinsipi. XULOSA Mantiqiy fikrlash yordamida innovatsion faoliyatni amalga oshirish bosqichida refleksiya ikki jarayon bilan birga kechadi: 1) o‘qituvchi xuddi bashorat bosqichiga takroran qaytadi va u yerda konsepsiyaning alohida tashkil etuvchilarini kuzatadi; 2) ikkinchi jarayon o‘z faoliyatiga refleksiya bilan, ya’ni maqsadni amalga oshirish jarayoni bilan bog‘liq: o‘qituvchi imkoniyatlari va tashqi sharoitlar bog‘liqligining tahlili (mantiqiy refleksiya) sodir bo‘ladi, innovatsiyalar, malakalar, pedagogik amallar, mazmun tahlil etiladi. Ko‘rib chiqilgan interfaol yoki yangicha imkoniyat o‘qituvchi innovatsion faoliyati jarayonlari, hatti-harakatlari va xulqini belgilaydi. Mantiqiy fikr mulohaza va mo‘tadil kreativ xulqi asosida pedagogik amaliyot sharoitlarida amalga oshiriladigan mukammallik ideali va qiymati yotadi. Bunday xulq muloqotda, o‘qitishda, o‘z-o‘zini belgilashda, mantiqiy-refleksiv jarayonlar kechishida va boshqalarda namoyon bo‘ladi. 1 Dilrabo Elmuratova (2021). BO‘LAJAK BOShLANG‘ICh SINF O‘QITUVChILARIDA INNOVATSION FAOLIYaTNING ShAKLLANGANLIK DARAJASI. Scientific progress, 2 (8), 220-223.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 112 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Azizxo‘jayeva N. O‘qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. –T.: TDPU, 2000. 2. Asqarova O‘.M. Pedagogika. Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik/ . O‘zR Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi. – T.: “Talqin”, 2008. 3. Maftuna, G. (2021). Effective ways to Use Triz (The Theory of Inventive Problem Solving) in Elementary School. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 85-88. 4. Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63). 5. Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94. 6. Ganiyeva, M. (2023). INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA, O‘QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O‘RGATISHNING, SHAKL, METOD VA VOSITALARI. Scienceweb academic papers collection. 7. Ganiyeva, M. (2024). PEDAGOGICAL CONDITIONS FOR METHODICAL PREPARATION OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Science and innovation, 3(B5), 178-182. 8. Abduqodirov A.A., Astanova F.A., Abduqodirova F.A. “Case-study” uslubi: nazariya, amaliyot, tajriba. – T.: “Tafakkur qanoti”nashriyoti, 2012. 9. Abdullaeva X.A. Mashg‘ulotlarda faol taʼlim usullaridan foydalanish. – Farg‘ona: FarDU, 2008. 10. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008. 11. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. – T.: “O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi” nashriyoti. 2006. 12. Boymurodova G., Tosheva N.Ta’lim tizimini modernizatsiyalashtirish jarayonida o‘qituvchi kasbiy kompetentliligini uzluksiz rivojlantirish davr talabi\\ Uzluksiz ta’lim .-2012.