scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Boʻrikalla qovun navini oʻgʻit berish meyorini xosildorlikka ta'siri.

Satipov Gaipnazar Matvapayevich; Yusupova Azada Kadambayevna

Abstract

Maqolada Xorazm tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan ertapishar qovun navlaridan xisoblangan Boʻrikalla qovun navini o‘gʻit berish meyorlarini turli xil variantlarda qoʻllash orqali xosildorlik koʻrsatkichlarini oʻzgarishi keltirilgan boʻlib, toʻgʻri va optimal oziqlantirishga erishish orqali oʻsimliklarning generativ rivojlanishini jadallashtirish xamda ertaroq hosil olish imkoniyatini amalga oshirish mumkinligini kabi masalalar yoritilgan.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 484 Boʻrikalla qovun navini oʻgʻit berish meyorini xosildorlikka ta’siri. Satipov Gaipnazar Matvapayevich Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor. Biologiya kafedrasi. Yusupova Azada Kadambayevna Tayanch doktorant; Abu rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti. Biologiya kafedrasi. Annatatsiya: Maqolada Xorazm tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan ertapishar qovun navlaridan xisoblangan Boʻrikalla qovun navini o‘gʻit berish meyorlarini turli xil variantlarda qoʻllash orqali xosildorlik koʻrsatkichlarini oʻzgarishi keltirilgan boʻlib, toʻgʻri va optimal oziqlantirishga erishish orqali oʻsimliklarning generativ rivojlanishini jadallashtirish xamda ertaroq hosil olish imkoniyatini amalga oshirish mumkinligini kabi masalalar yoritilgan. Kalit so‘zi: qovun, ekish muddati, oʻsuv davri, agrotexnologiya, hosildorlik, anemiya, texnologiya, eksport, xarorat. Аннотация: В статье представлены данные об изменении урожайности раннеспелого сорта дыни Борикалла, выращиваемого в почвенно-климатических условиях Хорезма, при применении различных норм внесения удобрений. Также освещена возможность ускорения генеративного развития растений и получения более ранних урожаев за счет обеспечения правильного и оптимального питания. Ключевое слово: дыня, срок посадки, вегетационный период, агротехника, урожайность, анемия, технология, экспорт, температура. Annotation: The article presents changes in the yield indicators of the Borikalla melon variety, an early-ripening melon variety grown in the soil-climatic conditions of Khorezm, by applying different fertilizer application standards. It also highlights the possibility of accelerating the generative development of plants and achieving earlier harvests by achieving proper and optimal nutrition. Key word: melon, planting date, growing season, agrotechnology, yield, anemia, technology, export, temperature. Qovun yetishtirishning nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, balki qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotida, eksport salohiyatini oshirishda va aholi daromadlarini koʻtarishd muhim rol oʻynaydi. Qishloq xoʻjaligi nuqtai nazaridan, qovun yetishtirish yuqori daromad keltiruvchi sohalardan biridir. Ayniqsa, ertapishar navlarning bozorga erta kirib borishi fermerlar uchun katta iqtisodiy foyda keltiradi[1,4]. Qovun inson salomatligi uchun juda foydali boʻlib, tarkibida koʻp miqdorda vitaminlar, minerallar hamda antioksidantlar mavjud. Anemiya, jigar kasalliklari, ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklarida tavsiya etilishi uning dorivor ahamiyatini koʻrsatadi. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarida qovun mevasi tarkibidagi likopenning ultrabinafsha nurlanishiga qarshi kurashishdagi rolini ta’kidlagan [7]. Jahonda qovun yetishtirishning turli tizimlari va texnologiyalari mavjud boʻlib, ular mintaqaviy tuproq-iqlim sharoitlari va bozor talablariga moslashgan. Bular quyidagi tizim va texnologiyalardan iborat: Yevropa, Shimoliy Amerika va Yaponiyada yuqori qiymatli qovun navlarini yetishtirishda issiqxonalarда keng qoʻllaniladi. Bu, ayniqsa, sovuq iqlim sharoitida yoki erta yetishtirish uchun ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 485 muhim hisoblanadi. Issiqxona sharoitida qovun hosildorligini oshirishda harorat, yorugʻlik va namlikni nazorat qilishning ahamiyatini oʻrganishgan [5]. Dunyoda 14 ta mamlakat umumiy qovun hosilining 85% ini yetishtirib chiqaradi, ular quyidagilar: Xitoy, Turkiya, Eron, Hindiston, Qozogʻiston, AQSH, Oʻzbekiston, Misr, Ispaniya, Gvatemala, Italiya, Meksika, Braziliya va Marokash. 2018 yilda jahon miqyosida qovun eksporti 2,4 million tonnaga yetdi va umumiy qiymati 1,8 milliard dollarni tashkil etdi. Eng katta qovun eksport qiluvchi mamlakatlar - Ispaniya, Gvatemala, Braziliya, Gonduras, AQSH, Niderlandiya, Meksika va Kosta-Rika boʻlib, ularning jahon bozoridagi ulushi taxminan 80%ni tashkil etadi [3]. Qovun eksport qiluvchi yetakchi davlatlar qatoriga kirish uchun avvalo Respublikamizda qovun yetishtirishda yuqori innovatsion texnologiyalardan foydalanish muxim sanaladi. Intensiv texnologiyalarini qoʻllashda qovun navlarining biologiyasi bilish muxim sanaladi. Qovun urugʻlari tuproq harorati 14-15°C boʻlganda unishni boshlaydi va 5-7 kun ichida oʻsishni boshlaydi. Eng maqbul issiqlik +25…+30°C. Xarorat +12…+15°C xaroratga qadar pasayganda oʻsimlikning oʻsishi sekinlashib, gullari toʻkiladi, -1°C da esa oʻsimlik nobud boʻladi. Yuqori (+40°C dan yuqori) xarorat oʻsimliklarning oʻsishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi [2,6]. Boʻrikalla (Obinovvot): “Dasturxon koʻrki” va ertagi moʻl-koʻllikning elchisi. Dehqonlar orasida “Obinovvot” nomi bilan ham tanilgan Boʻrikalla navi, ertapishar nav. Oʻrtacha kattalikda. Urugʻi tuproqqa qadalgan kundan to oltinrang mevalar dasturxonimizni bezaguncha oʻrtacha 75-85 kun vaqt talab etadi. Oʻrtacha kattalikda (3-4 kg), faqat dum tomoni toʻrlaydi, baʼzan toʻrsiz boʻladi. Tusi toʻq sariq, Poʻstining qalinligi oʻrtacha, eti qalin (5-6,5 sm), oq, yumshoq, sershira, shirin, tarkibida 7,4-9,3% qand, shuningdek, 4,9-5,6% saharoza bor. Quruq moddasi 9,2%. Urugʻxonasi oʻrtacha, urugʻi yirik, sariq. Urugʻi unib chiqqandan keyin 70-80 kunda pishadi. Hosildorligi 180200 s/ga. Uzoq muddat saqlashga, uzoq joylarga yuborishga yaroqsiz. Fargʻona vodiysida, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida yetishtiriladi. Yuqori harorat va suv tanqisligiga nisbatan ma’lum darajada chidamliligi uning qimmatini oshiradi. 1-jadval Dala tajriba tizimi № Navlar Ekish sxemasi (pushtalar orasi x oʻsimlik orasi) Qaytariqlar soni Tup soni ming/ga 1-variant: NPK (200:120:90 kg/ga) 1.1 Boʻrikalla 150 x 50 sm 3 13.3 1.2 Boʻrikalla 150 x 70 sm 3 9,5 2-variant: NPK (250:140:90 kg/ga) 2.1 Boʻrikalla 150 x 50 sm 3 13,3 2.2 Boʻrikalla 150 x 70 sm 3 9,5 Qovun urugʻlari aprel oyining birinchi oʻn kunligida ekildi. Agrotexnik tadbirlar - dalani ekishga tayyorlash, sugʻorish, kultivatsiya, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash - mintaqada qabul qilingan agrotexnik tavsiyalarga muvofiq amalga oshirildi(1-jadval). Tadqiqot doirasida tanlab olingan “Boʻrikalla (Obinovvot)” navlarining 2024-2025 yillar vegetatsiya davridagi asosiy fenologik fazalari va ularning davomiyligi ma’lumotlarda berilgan. Kuzatuvlar har bir tajriba variantida tizimli ravishda olib borildi. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 486 Turli qovun navlarining hosildorlik ko‘rsatkichlari, jumladan ko‘chat soni, bir tupdagi meva soni, bitta mevaning o‘rtacha og‘irligi va gektar hisobidagi umumiy hosildorlik ko‘rsatkichlariga NPK o‘g‘it me’yorlari va ekish sxemasining ta’sirini tahlil qilinganda tajriba natijalariga ko‘ra, “Bo‘rikalla” navining hosildorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda qo‘llanilgan NPK o‘g‘it me’yorlari va ekish sxemasining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Tajriba natijalariga ko‘ra, ko‘chat soni 150x50 sm ekish sxemasida 13333 tup/gani, 150x70 sm ekish sxemasida esa 9524 tup/gani tashkil etgan. N1 (200:120:90 kg/ga) o‘g‘it me’yori qo‘llanilganda 150x50 sm ekish sxemasida bir tupdagi meva soni 0,85 donani, bitta mevaning o‘rtacha og‘irligi 2,5 kgni, umumiy hosildorlik esa 28,3 t/gani tashkil etgan. 150x70 sm ekish sxemasida bir tupdagi meva soni 1,0 donani, meva og‘irligi 2,8 kgni, hosildorlik esa 26,7 t/gani tashkil etgan. Ikkinchi variant NPK o‘g‘it me’yori N2 (250:140:90 kg/ga) ga oshirilganda, "Bo‘rikalla" navida yuqori hosildorlik kuzatilgan. Xususan, 150x50 sm ekish sxemasida bir tupdagi meva soni 0,95 dona, bitta mevaning o‘rtacha og‘irligi 2,6 kg bo‘lib, umumiy hosildorlik 33,3 t/gani tashkil etgan. 150x70 sm sxemasida esa bir tupdagi meva soni 1,15 dona, meva og‘irligi 2,9 kg, hosildorlik 31,6 t/gani tashkil etgan. Bu shuni anglatadiki, yuqori oziqlantirish meva soni va og‘irligini oshirish orqali umumiy hosildorlikni yaxshilagan. “Bo‘rikalla” navida ham NPK o‘g‘it me’yorining oshirilishi (N2) hosildorlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Eng yuqori hosildorlik (33,3 t/ga) 150x50 sm ekish sxemasida, N2 o‘g‘it me’yori qo‘llanilganda kuzatilgan. Bu natijalar, oziqlantirishning optimallashtirilishi “Bo‘rikalla” navining hosildorlik salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi(2-jadval). 2-jadval Hosildorlik ko‘rsatkichlari. Nav nomi O‘g‘it me’yori NPK (kg/ga) Ekish sxemasi (sm) Bir tupdagi meva soni (dona) Bitta mevaning o‘rtacha og‘irligi (kg) Umumiy hosildorlik (t/ga) Bo‘rikalla N1 (200:120:90) 150x50 0.85 2.5 28.3 150x70 1 2.8 26.7 N2 (250:140:90) 150x50 0.95 2.6 33.3 150x70 1.15 2.9 31.6 Fenologik davrlar (gullash, meva tugish, pishish davri) bo‘yicha qiyosiy tahlili, hosildorlik bilan bog‘liqligi, gullash va meva tugish davrlarining qisqarishi taxlil qilinganda, barcha navlarda N2 o‘g‘it me’yorining qo‘llanilishi otalik va onalik gullarning ochilish davrini hamda meva tugish davrini nisbatan qisqartirgan. Bu, optimal oziqlantirish o‘simliklarning generativ rivojlanishini jadallashtirishini, natijada ertaroq hosil olish imkoniyatini berishini ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abdullaev Z. Q., Nasimov S. S. (2019). Poliz ekinlari agrotexnologiyasi. Toshkent: “Navroʻz” nashriyoti. 2. Mavlyanova R., Rustamov A., Xakimov R., Xakimov A., Turdieva M., Padulosi S. (2018). “Oʻzbekiston qovunlari”. Toshkent: Oʻzbekiston milliy universiteti. B.1-216. 3. Qoʻchqor D., Bahodir X., Shokir I., Xusniddin T.L. (2023). Cultivation of melon varieties and study of their agrobiological characteristics. Universum: texnicheskie nauki, (8-4 (113)), 19-22. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 20235.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-10 487 4. Chaithra, C., Sood, M., Indiresh, K. M., Anjanappa, M., Kattegoudar, J., & Rajeshwari, R. (2022). Studies on Heterosis and its Extent for Horticultural Traits in Long Melon (Cucumis melo var. flexuosus (L.) Naudin). International Journal of Bio-resource and Stress Management, 13(9), 987-994. 5. Jones, R. K., & Pitelka, L. F. (2019). Greenhouse Production of Horticultural Crops. CRC Press. 6. Rouse, S. L., & Andersen, S. R. (2002). "Seed germination and growth conditions of melon," Journal of Agricultural Science, 138(2), 165-172. 7. Smith, J. A., et al. (2021). Lycopene content in melon fruit and its role in human health. Journal of Agricultural and Food Chemistry, 69, pp-pp.