Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 16 RANGTASVIR FANINI GRAFIK DASTURLAR ORQALI O‘QITISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI 1Abdumajitov Avazjon Shuhrat o‘g‘li, 2Berdiyarova Sevdiyora Ahmadali qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi o‘qituvchisi, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 2bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17392271 Annotatsiya. Mazkur tezis oliy pedagogik ta’lim tizimida rangtasvir fanini grafik dasturlar orqali o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda raqamli ta’limning zamonaviy yondashuvlari, interaktiv metodlar va Krita, Sketchbook, Infinite Painter grafik dasturlarning o‘quv jarayoniga integratsiyasi o‘rganiladi. Grafik dasturlarni qo‘llashning talabalarning ijodiy salohiyati va estetik tarbiyasiga ta’siri, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda adabiyotlar tahlili, tajriba-sinov ishlari (50 nafar talaba ishtirokida), so‘rovnomalar va statistik tahlil usullari qo‘llanildi. Natijada samarali pedagogik shart-sharoitlar aniqlanib, ularning ta’lim sifatiga ta’siri isbotlandi. Xalqaro tajribalar tahlili va kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar keltirilgan Kalit so‘zlar: rangtasvir, raqamli san’at ta’limi, grafik dasturlar, pedagogik shartsharoitlar, interaktiv metodlar, ijodiy salohiyat, estetik tarbiya. Аннотация. Данная статья посвящена исследованию педагогических условий преподавания изобразительного искусства, в частности живописи, с использованием графических программ в системе высшего педагогического образования. В работе анализируются современные подходы к цифровому образованию, интерактивные методы и интеграция Krita, Sketchbook, Infinite Painter графических программ в учебный процесс. Исследуется влияние графических программ на творческий потенциал и эстетическое воспитание студентов, а также их роль в повышении качества образования. Использованы методы анализа литературы, экспериментальные исследования (с участием 50 студентов), анкетирование и статистический анализ. Результаты определили эффективные педагогические условия и их значение для улучшения образовательных результатов. Представлены выводы по международному опыту и направлениям развития цифрового художественного образования. Ключевые слова:живопись, цифровое художественное образование, графические программы, педагогические условия, интерактивные методы, творческий потенциал, эстетическое воспитание. Abstract. This study explores the pedagogical conditions for teaching painting through graphic software in higher pedagogical education. It analyzes modern digital education approaches, interactive methods, and the integration of Krita, Sketchbook, Infinite Painter graphic software into the teaching process. The research investigates the impact of graphic software on students’ creative potential and aesthetic education, as well as its role in enhancing educational quality. Methods include literature review, experimental studies (with 50 students), surveys, and statistical analysis. The findings identify effective pedagogical conditions and their
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 17 significance in improving educational outcomes. The study also offers insights into international practices and future directions for digital art education. Keywords:painting, digital art education, graphic software, pedagogical conditions, interactive methods, creative potential, aesthetic education. Rangtasvir fani oliy pedagogik ta’limda estetik tarbiya va ijodiy salohiyatni rivojlantirishning muhim vositasidir. Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi rangtasvir o‘qitish metodikalarini tubdan o‘zgartirmoqda . Grafik dasturlar Krita, Sketchbook, Penup va Infinite Painter, an’anaviy san’at vositalarni raqamli muhitda takrorlaydi va talabalarga yangi ijodiy imkoniyatlarni ochib beradi. Ushbu dasturlar grafik planshetlar, yuqori aniqlikdagi sensorli ekranli qurilmalar va zamonaviy interfaolli texnologiyalar bilan jihozlangan qurilmalar orqali qulay foydalanish imkonini taqdim etadi, bu esa ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil qiladi va zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning integratsiyasi ta’lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.Bu borada O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich rahbarligida qabul qilingan PF-5847-son Prezident farmoni (“O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019-yil 28-oktabr) 1 hamda PQ-4884-son Prezident qarori (“Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020yil 6-noyabr) 2 da ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish vazifalari belgilab berilgan. Rangtasvir fani oliy pedagogik ta’limda estetik tarbiya va ijodiy salohiyatni rivojlantirishning muhim vositasidir. 3 Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi rangtasvir o‘qitish metodikalarini tubdan o‘zgartirmoqda. 4 Grafik dasturlar Krita, Sketchbook, Penup va Infinite Painter, an’anaviy san’at vositalarni raqamli muhitda takrorlaydi va talabalarga yangi ijodiy imkoniyatlarni ochib beradi 5 . Ushbu dasturlar grafik planshetlar, yuqori aniqlikdagi sensorli ekranli qurilmalar va zamonaviy interfaolli texnologiyalar bilan jihozlangan qurilmalar orqali qulay foydalanish imkonini taqdim etadi, bu esa ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil qiladi va zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning integratsiyasi ta’lim sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi . 6 Ushbu tezis rangtasvir fanini grafik dasturlar orqali o‘qitishning pedagogik shartsharoitlarini aniqlash va ularning ta’lim jarayoniga ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan.Tezisda quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqiladi: 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019, 28-oktabr). O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PF-5847-son Prezident farmoni). 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020, 6-noyabr). Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida (PQ-4884-son Prezident qarori). 3 Smith, J. (2020). Digital Tools in Art Education: A Global Perspective. London: Routledge. 4 Abdumajitov, A. Sh. (2023, iyun). Grafik dasturlar orqali o‘quvchilarga rasm chizishni o‘rgatish [O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali, 20-son]. Chirchiq davlat pedagogika universiteti. https://www.researchgate.net/publication/394998573_o%27zbekistonda_fanlararo_innovatsiyalar_va_ilmiy_tadq iqotlar_jurnali 5 Abdumajitov, A. (2025). Using Open Source Graphic Software in Uzbek Fine Arts Education: A Methodology for Improving the Creative Skills of Future Teachers. Journal of Contemporary American Linguistics, Education and Pedagogy, 1(3), 500-507Rhode 6 Adobe Inc. (2023). Adobe Creative Suite: Educational Applications. https://www.adobe.com/creativecloud
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 18 Rangtasvir o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llash nafaqat talabalarga yangi ijodiy imkoniyatlar ochadi, balki o‘qituvchilar uchun ham yangi metodik yondashuvlarni talab qiladi. Shu sababli, ushbu tadqiqotda grafik dasturlarni o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari, ularning amaliy qo‘llanilishi va ta’lim sifatiga ta’siri keng yoritiladi 7 . Rangtasvir fanini o‘qitishda grafik dasturlardan foydalanish esa talabalarga nafaqat texnik ko‘nikmalarni, balki ijodiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Biroq, bu jarayonning samaradorligi aynan yuqorida qayd etilgan Prezident farmon va qarorlarida nazarda tutilganidek, pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda ta’lim muhitining moslashuvchanligini ta’minlashga bevosita bog‘liqdir. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida tasviriy san’at fanlarini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha faol islohotlar amalga oshirilmoqda. 8 Biroq, grafik dasturlarni o‘qitish jarayoniga integratsiyalashda bir qator muammolar mavjud, masalan: O‘qituvchilarning raqamli texnologiyalar bo‘yicha yetarli malakaga ega emasligi. Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy texnik resurslarning cheklanganligi . Grafik dasturlarni o‘qitish uchun maxsus metodik yondashuvlarning yetarlicha ishlab chiqilmaganligi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mazkur tadqiqotda grafik dasturlarni o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari chuqur o‘rganiladi. Tadqiqotning dolzarbligi nafaqat mahalliy ta’lim tizimi, balki xalqaro miqyosda raqamli ta’limning rivojlanish tendensiyalari bilan ham bog‘liq. Tadqiqot uslublari tadqiqot jarayonida quyidagi usullar qo‘llanildi: Adabiyotlar tahlili: Rangtasvir o‘qitishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha xalqaro va mahalliy tajribalar o‘rganildi. Krita, Sketchbook, Penup, Infinite Painter va boshqa platformalar tomonidan taqdim etilgan grafik dasturlarning imkoniyatlari tahlil qilindi. Tajriba-sinov ishlari: O‘zbekistonning bir qator oliy ta’lim muassasalarida rangtasvir fanini grafik dasturlar (Krita, Sketchbook, Penup, Infinite Painter) orqali o‘qitish bo‘yicha tajribalar o‘tkazildi. Tajribada 50 nafar talaba va 10 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi. So‘rovnoma: Talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida grafik dasturlarni o‘qitishning samaradorligi, qiyinchiliklari va afzalliklari bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazildi. Tahliliy usullar: Olingan ma’lumotlar statistik tahlil qilindi va grafik dasturlarni o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlandi. Tadqiqot jarayonida talabalarning grafik dasturlarni o‘zlashtirish darajasi, o‘qituvchilarning malakasi va texnik resurslarning ta’lim jarayoniga ta’siri keng ko‘lamda tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida rangtasvir fanini grafik dasturlar orqali o‘qitishning quyidagi asosiy pedagogik shart-sharoitlari aniqlandi: O‘qituvchilarning malakasi grafik dasturlarni o‘qitishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchilarning 70% dan ortig‘i grafik dasturlarni o‘qitishda yetarli tajribaga ega emas. Shu sababli, o‘qituvchilarni raqamli texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirish 7 Abdumajitov, A. (2025). O‘zbek tasviriy san’ati ta’limda ochiq manbali grafik dasturlarni qo‘llanish: bo‘lajak o‘qituvchilar ijodlik sakolatligini oshirish metodikasi. Zamonaviy Amerika tilshunoslik, ta'lim va pedagogika jurnali, 1(3), 500-507 8 Kim, S. (2022). Digital Art Education in South Korea: Trends and Innovations. Seoul: ArtEd Press.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 19 kurslariga jalb qilish zarur. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarning 80% maxsus treninglar va seminarlar orqali malakasini oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. O‘quv jarayonida zamonaviy kompyuterlar, grafik planshetlar va litsenziyalangan dasturiy ta’minotlardan foydalanish ta’lim sifatini sezilarli darajada oshiradi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, talabalarning 85% texnik resurslarning yetishmasligini o‘qitish jarayonidagi asosiy muammo sifatida qayd etgan. Tajriba-sinov ishlari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan guruhlarda talabalarning ijodiy loyihalari sifati 25% ga oshgan. Grafik dasturlarni o‘qitishda loyiha asosidagi ta’lim va interaktiv metodlar samarali ekanligi isbotlandi. Masalan, talabalar tomonidan raqamli muhitda yaratilgan loyihalar ularning ijodiy salohiyatini 30% ga oshirdi. Interaktiv metodlar, xususan, real vaqt rejimida o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi hamkorlik, talabalarning motivatsiyasini oshirishga yordam berdi. Talabalarning estetik tarbiyasi grafik dasturlarni qo‘llash talabalarning estetik qarashlarini rivojlantirishga yordam beradi. Raqamli vositalar orqali talabalar ranglar, kompozitsiya va dizayn elementlari bilan ishlashda yangi imkoniyatlarni kashf etadi. Tajribasinov guruhlarida talabalarning estetik tarbiyasi darajasi o‘rtacha 20% ga oshganligi qayd etildi. Xalqaro tajribalarni o‘rganish natijasida ko‘plab mamlakatlarda grafik dasturlarni tasviriy san’atda o‘qitishda qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribalar mavjudligi aniqlandi. Masalan: Rhode Island School of Design (AQSh, Providence, Rhode Island) — Rasmiy sayt: www.risd.edu. Mazkur oliy ta’lim muassasasida raqamli san’at yo‘nalishlari chuqur o‘qitiladi. Ta’lim jarayonida Adobe Creative Suite, Procreate, Blender va After Effects kabi grafik dasturlar keng qo‘llaniladi. Shuningdek, Krita, Sketchbook, Penup hamda Infinite Painter dasturlari talabalar uchun qo‘shimcha ijodiy vosita sifatida tavsiya etiladi, biroq ular rasmiy o‘quv dasturida asosiy o‘rin egallamaydi. 9 Royal College of Art (Buyuk Britaniya, London) — Rasmiy sayt: www.rca.ac.uk. Ushbu ta’lim muassasasi san’at va dizayn yo‘nalishlarida yetakchi o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, ilg‘or texnologiyalarni ta’lim jarayoniga faol integratsiya qiladi. Raqamli rasm chizish bo‘yicha ta’limda Photoshop, Illustrator, ZBrush, Rhino, KeyShot va Blender kabi dasturlar keng qo‘llaniladi. Krita, Sketchbook, Penup va Infinite Painter kabi dasturlar esa talabalar tomonidan mustaqil ijodiy ishlar uchun foydalanilishi mumkin, ammo rasmiy o‘quv dasturida asosiy dasturlar sifatida keltirilmagan. Janubiy Koreyada raqamli san’at ta’limi bo‘yicha maxsus platformalar ArtStation va Behance talabalarning portfoliolarini shakllantirishda keng qo‘llaniladi. 10 Yevropa Ittifoqida ochiq manbali grafik dasturlar GIMP va Krita o‘quv jarayoniga joriy etilgan bo‘lib, bu ta’lim xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Arizona Universiteti (University of Arizona) ham o'qituvchilar va talabalariga to'liq Creative Cloud kolleksiyasini bepul berib, video tahrirlash va grafik dizaynda foydalanishga imkon yaratmoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimida xalqaro tajribalarni joriy etish uchun quyidagi yo‘nalishlar muhim hisoblanadi: Xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali o‘qituvchilar va talabalar uchun tajriba almashish dasturlarini tashkil etish. 9 Rhode Island School of Design. (2021). Integrating Digital Tools in Fine Arts Curriculum. Providence. https://www.risd.edu 10 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi. (2023). Raqamli ta’limni rivojlantirish strategiyasi. Toshkent.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 20 Raqamli ta’lim platformalarini mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirish. O‘tkazilgan keng qamrovli tadqiqotlar va pedagogik eksperimentlar shuni ko‘rsatdiki, oliy pedagogik ta’lim tizimida tasviriy san’at, xususan, rangtasvir fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va tendensiyalarni joriy etish ta’lim sifatini yaxshilashning asosiy shartidir. Raqamli texnologiyalar, ayniqsa Krita, Sketchbook, Infinite Painter kabi grafik dasturlar, an’anaviy rangtasvir ta’limini boyituvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.Maqolada belgilangan maqsadga erishildi: rangtasvir fanini grafik dasturlar orqali o‘qitishning pedagogik shartsharoitlari asoslandi va amaliyotga joriy etish mexanizmlari aniqlandi. Raqamli vositalarning ta’limdagi roli: Grafik dasturlarning integratsiyasi talabalarning motivatsiyasini oshiradi, ijodiy erkinlikni shakllantiradi va eksperimentlar uchun imkoniyatlar yaratadi. Raqamli muhitda ranglar va kompozitsiyalar bilan ishlash tasavvur va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Pedagogik shart-sharoitlar: Grafik dasturlarni muvaffaqiyatli joriy etish uchun zamonaviy texnik ta’minot, dasturiy ta’minot va interaktiv materiallar zarur. O‘quv dasturlarini raqamli san’atga moslashtirish muhimdir. O‘qituvchilarning tayyorgarligi: Raqamli savodxonlikni oshirish uchun malaka kurslari va metodik yordam zarur, bu an’anaviy va raqamli texnikalarni uyg‘unlashtirishga yordam beradi. O‘quv jarayonini rivojlantirish: Loyiha asosidagi ta’lim va interaktiv metodlar o‘quv jarayonini qiziqarli qiladi, talabalarga portfoliolarini namoyish etish va xalqaro hamkorlik imkonini beradi. Baholash tizimi: Raqamli ishlar uchun aniq mezonlar va portfolio asosidagi baholash tizimi zarur, bu ijodiy jarayonni ham baholashga imkon beradi. Ushbu natijalar tasviriy san’at ta’lim sifatini oshirishga, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilishga va raqamli ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga hissa qo‘shadi. Tadqiqot raqamli texnologiyalarni qo‘llashning nazariy asoslarini boyitadi, pedagogik shart-sharoitlarni asoslaydi va kelajakdagi ilmiy izlanishlar uchun asos yaratadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019, 28-oktabr). O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PF-5847-son Prezident farmoni). 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020, 6-noyabr). Ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PQ-4884-son Prezident qarori). 3. Smith, J. (2020). Digital Tools in Art Education: A Global Perspective. London: Routledge. 4. Abdumajitov, A. Sh. (2023, iyun). Grafik dasturlar orqali o‘quvchilarga rasm chizishni o‘rgatish [O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali, 20-son]. Chirchiq davlat pedagogika universiteti. https://www.researchgate.net/publication/394998573_o%27zbekistonda_fanlararo_innovatsi yalar_va_ilmiy_tadqiqotlar_jurnali 5. Abdumajitov, A. (2025). Using Open Source Graphic Software in Uzbek Fine Arts Education: A Methodology for Improving the Creative Skills of Future Teachers. Journal of Contemporary American Linguistics, Education and Pedagogy, 1(3), 500-507Rhode
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 21 6. Adobe Inc. (2023). Adobe Creative Suite: Educational Applications. https://www.adobe.com/creativecloud 7. Abdumajitov, A. (2025). O‘zbek tasviriy san’ati ta’limda ochiq manbali grafik dasturlarni qo‘llanish: bo‘lajak o‘qituvchilar ijodlik sakolatligini oshirish metodikasi. Zamonaviy Amerika tilshunoslik, ta'lim va pedagogika jurnali, 1(3), 500-507 8. Kim, S. (2022). Digital Art Education in South Korea: Trends and Innovations. Seoul: ArtEd Press. 9. Rhode Island School of Design. (2021). Integrating Digital Tools in Fine Arts Curriculum. Providence. https://www.risd.edu 10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi. (2023). Raqamli ta’limni rivojlantirish strategiyasi. Toshkent.