MUSTAQILLIK DAVRI O'ZBEK TERMINOLOGIYASIDAGI O'ZGARISHLAR VA ULARNI TARTIB SOLISH HAQIDA
Full text
245 MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK TERMINOLOGIYASIDAGI O‘ZGARISHLAR VA ULARNI TARTIB SOLISH HAQIDA Jabborov Xo‘jamurod Jabborovich Qarshi DU professori, f.f.d. [email protected] ORCID.0009-0007-25-1391 UDK: 636-413-164.(045) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17387728 Bugungi kunda o‘zbek tili terminologiyasi har tomonlama takomillashish jarayonini boshdan kechirmoqda. Terminlar va ular ifodalayotgan narsa-buyum, predmet, harakat, belgi, voqea-hodisaning ma’no-mazmuniga mutanosibligi, ya’ni mos tushishi, struktur (shakl) jihatdan ixcham bo‘lishi, yakka ma’noni ifodalashi, ma’nodoshlik qatorlariga kirmasligi kabi talablar terminshunoslar diqqat markazidan joy olganligi yangilik emas. Ayniqsa, xorijiy tillardan shiddat bilan kirib kelayotgan fan, texnika, sanoat, qishloq xojaligi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, internet, kompyuter, ishlab chiqarish va shu kabi ko’plab sohalarga doir terminlarni qanday tarzda qabul qilish, o‘zlashtirish xususida har xil yondashulvr ko‘zga tashlanadi. Istiqloldan keyin o‘zbek terminologiyasida terminlar nafaqat miqdor jihatdan, balki sifat jihatdan ham ona tilimizning tabiyatidan kelib chiqqan holda o‘zgarishtirimoqdaki, bu albatta quvvonarli holdir. O‘zbek tili imkoniyatlaridan foydalangan tarzda terminlar tizimini tartibga solishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, muayyan narsa-buyum, tushuncha, vrqea-hodisani ifodalashda ona tili qatori o‘rni bilan o‘zbek tili shevalari va lahjalari so‘z xazinasida mavjud tayyor so‘zlardan foydalanilmoqda, o‘zbek tilida asrlar osha sinovlarga bardosh bergan so‘z yasovchi affikslarning termin hosil qilishdagi ishtirokidan unumli istifoda etilmoqda, kalkalashning turlari yordamida terminlar hosil qilishga jiddiy diqqat qaratilmoqda. Mustaqillik davrida o‘zbek xalq hayotida yuz bergan ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, milliy-mafkuraviy o‘zgarishlar, o‘zbek tiliga davlat tili maqomning berilishi o‘zbek terminologiyasi uning terminologik tizimi rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu ta’sir-ayniqsa soha terminologiada aniq seziladi va uni ikkiga-oddiy (turdosh ot) terminlar tizimidagi o‘zgarishlar va atoqli otlar tizimidagi o‘zgarishlarga bo‘lish mumkin. Har ikkala tizimda yuz bergan lisoniy o‘zgarishlar ikki xususiyat jarayonida aniq ko‘rinadi: 1. O‘zbek adabiy tili, xususan, uning terminologiyasi bu davrda miqdoran yangi
246 terminlar bilan boyidi: spravka (ma’lumotnoma), bosqich (kurs), hisobxona (buxgalteriya), dorixona (apteka), qadimshunoslik (arxeologiya), zobit (ofitser), devonxona (kanselariya) va boshqalar. 2. Oldinlar “ruscha-internatsional terminlar” deb yuritilgan ko‘pgina terminlar o‘zbek tilining tarixiy-an’anaviy so‘zlari yoki yangidan yasalgan so‘zlar bilan almatirildi. tarixiy–an’anaviy so‘zlar: matn (tekst), mavzu (tema), she’riyat (poetika), nasr (proza), nazm (poeziya), muqobil (variant, ekvivalent), tahlil (analiz), mumtoz (klassik), tabobat (meditsina), jarrohlik (xirurgiya), unsur (element), ijtimoiy (sotsial), psixika (ruhiyat), faol (aktiv), jamg‘arma (fond), muloqot (dialog), omil (faktor), musahhih (korrektor), muharrir (redaktor), yangidan yasalgan so‘zlar: chiptaxona (bilet kassasi), ma’ruzachi (dokladchi), shohko‘cha (prospekt), hakamlik (opponentlik), o‘yingoh (stadion), dalolatnoma (akt), so‘rovnoma (anketa), shahodatnoma (attestat), videotasma (videolenta) va boshqalar. Mustaqillik davrida o‘zbek terminologiasida yuz bergan o‘zgarishlar, asosan ilmiy terminologiya sohasida, qisman moddiy-maishiy turmush leksikasi qatlamida yuz berdi. Tildagi sezilarli o‘zgarishlar, eng avvalo, til leksikasida, xususan, uning terminologiyasida o‘z ifodasini topadi. Mustaqillik davrida o‘zgarishga uchragan terminlarlar qatlamining ularda yuz bergan lisoniy xususiyati va jarayonlarning harakteriga ko‘ra uchga bo‘lish mumkin: 1.Ruscha-baynalmilal so‘z o‘rniga almashib, uzil-kesil adabiy tilning lug‘aviy meyoriga aylangan so‘zlar: nomzod (kandidat), nazorat (kontrol), dasta (ansabl), vazir (ministr), taqriz (retsenziya), bo‘yoq (kraska), tanlov (konkurs), ijara (arenda), ma’ruza (doklad), badal (vznos), kotib (sekretar), mafkura (ideologiya), foiz (protsent); 2. Almashib, ma’lum vaqt qo‘llangan va keyinchalik iste’moldan chiqqan so‘zlar: kulliyot (fakultet), tayyoragoh (aeroport), ro‘znoma (gazeta), oliygoh (universitet), ilmgoh (institut), suxanshunoslik (filologiya), ayblovchi (prokuror), qoralovchi (adokat); 3. O‘zining muqobil bilan birgalikda parallel ravishda qo‘llanilayotgan so‘zlar; yeyilma (amortizatsiya), qarzdor (debitor), shahodatnoma (diplom), ombor (baza), muvozanat (balans), vositachi (broker), bosqich (instansiya), xona (kabinet), taqvim (kalendar), sarsoya (kapital), xatjildi (konvert), tasma (lenta), uslubiyat (metodika) va boshqalar.Mustaqillik davrida o‘zbek adabiy til leksikasida yuz bergan o‘zgarishlar, asosan ilmiy terminologiya sohasida, qisman moddiy-maishiy turmash leksikasi qatlamida yuz berdi. 4. Мazkur usullarning birortasi ham qo‘l kelmagan kezlarda chet tili terminlari aynan, tayyor holda o‘zbek terminologiyasi tizimiga olinmoqda. So‘nggi fikrning
247 isbotini AKT va zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kompyuter, internet bilan bog‘liq terminlarning qo‘llanishida ko‘ramiz: texnologiya, kompyuter, internet, pedagogik texnologiya каби. Shubhasiz, o‘zbek terminologiyasi tizimi sezilarli rivojlanishda bo‘lishiga qaramay, ushbu soha ham muayyan qusur va kamchiliklardan holi emas. Bizning nazarimizda ularni quyidagi tarzda guruhlashtirish o‘zini oqlaydi: Ilmiy-texnikaviy terminlarning yanada taraqqiy etishi va takomillashuvida ona tilining ichki manbalari va so‘z yasash usullaridan qoniqarli tarzda foydalanmaslik. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bugungi kunda dunyodagi barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hayotida lokomativ rolini ado etmoqda. Eng zamonaviy asbob-anjomlar, dastgohlar, robotlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz kelajak jamiyat taraqqiyotini tasavvur qilish amri mahol. O‘zbek modeli asosida o‘z rivojlanish yo‘lini belgilab olgan mamlakatimizda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari, xususan, og‘ir va yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat, san’at sohalari ildam qadamlar bilan rivojlanmoqda. Buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston jahon hamjamiyatining faol a’zosiga aylandi. Dunyoning yetakchi davlatlari bilan o‘rnatilgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy, madaniy, diniy va h.k. aloqalar negizida taraqqiyotning yangi pallasini boshidan kechirayotgan xalqimiz xorijdan olib kelinayotgan eng so‘nggi texnika va texnologiyalar bilan oshno bo‘lmoqda, ularni kundalik hayotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Vatandoshlarimiz, ayniqsa, iste’dodli yoshlarning xorijning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishi, yosh mutaxassislarning chet ellardagi universitetlarda malakasini oshirishi, zamonaviy axborot texnologiyalarining insonlar turmushidan o‘rin olishi kabi omillar oqibatida yangidan-yangi tushunchalar va ular bilan bog‘liq terminlar tilimizning so‘z xazinasidan o‘rin olmoqda. Mubolahasiz ta’kidlash joizki, ayni kezlarda o‘zbek tili terminologik tizimiga G‘arbiy Yevropa tillaridan bevosita va bilvosita yopirilib kirib kelayotgan terminlarni tartibga solish, unifikatsiya qilish, ularni o‘zbek tili qoidalariga bo‘ysundirish qiyin kechmoqda. Chetdan kelayotgan axborotning haddan tashqari ko‘pligi va serqirraligi terminologiyaga xos jihatlarni har doim ham diqqat markazida ushlab turish imkoniyatini bermayapdi. Bu holat terminlarni o‘zlashtirish, kalkalash, izohlash paytida muayyan qiyinchiliklarni yuzaga chiqarmoqda. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanishga zarur e’tibor qaratilmoqda, so‘z yasash usullaridan har doim ham unumli iste’foda etilmoqda, deb bo‘lmaydi. Chet tilidan o‘zlashayotgan istilohlarni aynan qabul qilish tendensiyasi hamon yetakchilik qilmoqda. Ayni bir termin bilan bir nechta yoki har xil ma’nolarni ifodalash; Terminologiyada salbiy jihat hisoblangan mazkur holat qator tiziminlar tizimidagi
248 chalkashliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Terminning faqat yakka ma’noni ifodalishi lozimligini hisobga oladigan bo‘lsak, ayni holatni o‘nglash borasida jiddiy ishlarni amalga oshirishning zarurligi oydinlashadi. Bir ma’noni ifodalashda ikki, ba’zan bir nechta termin-sinonim (dublet, leksik variant)larning parallel ishlatilishi; Terminologiyaga oid tadqiqot ishlarining barchasida bitta ma’noni ifodalash uchun faqat bitta termin qo‘llanishi zarurligi bot-bot takrorlangan. Shunga qaramasdan, nafaqat o‘zbek terminologiyasi, balki boshqa til teraminologiyalarida ham muayyan ma’noining bir nechta termin-sinonimlar yoki dubletlar va leksik variantlar yordamila ifodalanishi ko‘zga tashlanadi va h.k. O‘zbek terminshunoslari oldida yuqorida keltirilgan muammolar qatori tubandagi maslalarni ham hal etish mas’uliyati ko‘ndalang turibdi: 1.Umumqo‘llanish xarakteridagi ba’zi terminlarning mutanosib variantining mavjud emasligi; 2. Fan va texnika, ayniqsa, qishloq xo’jaligining turli sohalari terminlarini tartibga solish va bir xillashtirishning qoniqarsizligi; 3.Terminlarni qo‘llashda imloviy chalkashliklarga yo‘l qo‘yish; 4.Turli turdagi terminologik lug‘atlar tuzish va nashr qilish jarayonini boshqarish hamda nazorat qilishning sustligi; 5.Turli sohalarda qo‘llanuvchi terminlar aynanligini ta’minlaydigan metodik qo‘llanma va davriy byulletenning mavjud emasligi; 6.Terminologik leksika, ayniqsa, mustaqillik davri ilmiy-texnik terminlar haqida olib borilayotgan nazariy tadqiqotlarning qoniqarli emasligi; 7. Terminologiya masalalari bilan maxsus shug‘ullanadigan boshqaruv organining yo‘qligi va boshqalar. Umuman olganda, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga ham 35 yil to‘layapti. Davlat tili maqomi esa til va uning terminologiyasining har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu qonun ona tilimizning turmushning barcha sohalarida xizmat qiluvchi qudratli vositalarga aylanishi, uning obro‘sining ko‘tarilishini ta’minlovchi hujjatdir.