scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALISHER NAVOIY ASARLARI BO'YICHA O'Z ZAMONIDA TUZILGAN MUALLIFLIK LUG'ATLARI XUSUSIDA

F.Maxmudova

Full text

280 ALISHER NAVOIY ASARLARI BO‘YICHA O‘Z ZAMONIDA TUZILGAN MUALLIFLIK LUG‘ATLARI XUSUSIDA F.Maxmudova Qarshi DU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392457 Annotatsiya: Maqolada ijodkor asarlari bo‘yicha o‘z zamonida tuzilgan mualliflik lug‘atlarining yaratilishi, ularning o‘ziga xos imkoniyatlari, lug‘atlarda so‘zlarning tanlanishi ularning bir-biridan farqli va o‘zaro o‘xshash xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: mualliflik leksikografiyasi, davr, lug‘at, lug‘at tarkibi, leksik qatlam, lingvistik tadqiqot. Abstract: The article discusses the creation of author's dictionaries compiled in their time based on the works of the creator, their unique capabilities, the selection of words in dictionaries, and their different and similar features Keywords: authorial lexicography, period, dictionary, dictionary structure, lexical layer, linguistic research. Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti tarixida katta mavqega ega buyuk siymodir. U o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida o‘z xalqining adabiyoti va adabiy tilini himoya qilish, rivojlantirishdek juda katta va muhim masalani ko‘tarib chiqdi hamda umrining oxirigacha o‘zbek adabiy tili va adabiyotini yuksak darajaga ko‘tarish uchun kurashdi. Aslida, Navoiy nazdida milliy adabiyot uchun kurash adabiy til rivoji uchun kurash edi. Bu yo‘lda u o‘zining qator asarlari bilan ona tilini adabiy til darajasiga ko‘tarish, adabiyot uchun yagona til yaratish ishida tinimsiz sa’yharakatlar qildi va buning natijasi o‘laroq o‘zidan boy she’riy, nasriy va ilmiy meros qoldirdi. Alisher Navoiy ijodiyotiga qiziqish shoir hayotligi davridayoq boshlangan edi. O‘sha davr tarixchilari va shoirlari uning ijodiga yuksak baho berdilar va undan ijodiy foydalandilar. Hatto shoir asarlarini o‘rganuvchilar uchun maxsus lug‘atlar ham tuzilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, Navoiy asarlari tili XVI asrdayoq o‘rganila boshlangan va turli yo‘nalishdagi lug‘at kitoblari tuzilgan. Jumladan, Toli Imoniyning forscha «Badoye’ al-lug‘at»i, muallifi noma’lum, XVI asrda Turkiyada yaratilgan «Abushqa», Navoiyning “Chordevon”i asosidagi «Lug‘ati Navoiy», «Lug‘ati Amir Navoiy», «Xamsa bo halli lug‘at», «Dar bayoni lug‘ati Navoiy», «Halli lug‘ati Xamsayi Navoiy», XVIII asrda Mirza Mahdixonning «Sanglox» asari, eng so‘nggi lug‘atlardan biri shayx Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy” kitoblarini misol qilib keltirish mumkin 1 . 1 Muhammad G’iyosuddin. G’iyos ul-lug’ot. 3 jildlik. 2-j. Dushanbe, 1988 281 «Xalli lug‘oti chig‘atoyi», «Xamsayi Navoiy», «Nisobi Navoiy», «Lug‘ati Amir Navoiy», «Dar bayoni lug‘ati Navoiy», «Xalli lug‘oti chig‘atoyi» kabi qo‘lyozma hamda Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibrohimov tomonidan tuzilgan «O‘zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug‘at» (1953) va yana shu mualliflar ishtirokida «Alisher Navoiy asarlari lug‘ati» (1972), «Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati» (1983-1985), Botirbek Hasanov tomonidan tuzilgan «Navoiy asarlari uchun qisqacha lug‘at» (1993) kabi qomuslar shular jumlasidandir. Bu lug‘atlarda Navoiy asarlarida qo‘llanilgan minglab turkiy, forsiy va arabiy so‘z va iboralarni izohlangan. Ulardan hozircha nisbatan to‘larog‘i to‘rt jildli «Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati» hisoblanadi. Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining tarixiy leksikologiya va leksikografiya bo‘limida (1983-85) tayyorlanib, nashr etildi. U buyuk mutafakkir shoirning bebaho asarlarini o‘qish va tushunish uchun kitobxonlarga katta yordam beruvchi fundamental tadqiqotdir 2 . A.Navoiy asarlariga tuzilib bizgacha yetib kelgan lug‘atlarning eng qadimiysi «Badoyi al-lug‘at»idir. Bu lug‘at muallifi Tole alImoniy al-Haraviy haqida deyarli ma'lumotlar yo‘q. Ushbu lug‘at qo‘lyozmasi bilan tanishgan kishi Tole Haraviyning o‘qimishli kishi bo‘lganiga ishonch hosil qiladi. Uning fors, turk va arab tillarini bilgani adab ilmlarini egallagani lug‘at kirishining qofiyali saj bilan yozilganidan ko‘rinib turibdi 3 . Haraviy lug‘atni Husayn Boyqaro topshirig‘i bilan 1500-yillarda tuzgan. Bu haqida muallif asarning muqaddima qismida ma'lumot berib o‘tadi. Hozircha lug‘atning ikki nusxasi ma'lum bo‘lib biri Eronda, Sipohsolor kutubxonasida, ikkinchisi Sankt-Peterburg xalq kutubxonasida saqlanmoqda. Lug‘atning SanktPeterburg shahridagi qo‘lyozmasi 1750yillarda ko‘chirilgan bo‘lib, 1960yilda A.K. Borovkov tomonidan nashr qilingan. «Badoyi al-lug‘at» uch qismdan iborat bo‘lib, kirish, lug‘at teksti,va zayl ya'ni qo‘shimchalarni o‘z ichiga oladi. Kirish epistolyar janr namunasi. U qofiyali proza-saj bilan yozilgan. Orada she'riy parchalar ham keltiriladi. Muqaddimadan ma'lum bo‘lishicha, Tole Haraviy Navoiy she'rlarini tushunish uchun zarur ba'zi qiyin eski o‘zbek so‘zlarini o‘z ichiga oluvchi qisqa lug‘at tuzish kerak bo‘lgan. «Badoyi al-lug‘at» Navoiy asarlarida uchraydigan avvalo turkiy va mo‘g‘ulcha so‘zlarni, so‘ng esa juda kam miqdorda arabiy so‘zlarni ham o‘z ichiga olgan lug‘atdir. Shuning bilan birga lug‘atni tashkil qiluvchi bu so‘zlarning ma'nolari fors tilida izohlangani yoki tushintirilgani uchun «Badoyi al-lug‘at» ikki tilli lug‘atlar turiga ham kiradi.O‘sha davrga yani XV asrga 2 Manzar Abdulhayr. Navoiy asarlarining izohli lug’ati. Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent-2018 3 Tole alImoniy al-Haraviy. Badoyi al-lug'at. 282 kelib, bunday ikki tilli lug‘atlarni tuzishda katta tajriba yig‘ilgan edi. Arabchaforscha, forscha-turkcha, shuningdek,turkcha-arabcha lug‘atlar ko‘plab tuzilgan bo‘lib, katta izohli lug‘atlar qatori tarjimali lug‘atlar tuzish bo‘yicha ham boy leksikografik traditsiyaning mavjudligi «Badoyi al-lug‘at» ni yaxshi leksikografik saviyada tuzish imkonini berdi. Lug‘atdan jami 854 so‘z o‘rin olgan bo‘lib, ular 24 bobga joylashtirilgan. Har bir so‘z o‘zining ma'nolari va shu ma'nolar tasdiqi uchun keltirilgan misollar ilyustratsiyalar bilan birga mustaqil lug‘at maqolani tashkil qiladi, hamda qo‘lyozmada uning bosh so‘zi sifatida lug‘at tekstidan ajratilib, qizil siyoh bilan bitilgan, ba'zan ustiga chiziq ham tortib qo‘yilgan. «Badoyi al-lug‘at» tuzilishidagi eng muhim shartlardan biri so‘zlarning ma'nolarini tasdiqlovchi misollarning keltirilishidir. Tole Haraviy bu uslubni lug‘atning kirish qismidayoq ta'kidlab o‘tgan. Bu misollar «shohid», deb ataladi va ular, asosan, Alisher Navoiy «Xamsa»sining «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin» , «Layli va Majnun», «Sabbai sayyor», «Saddi Iskandariy», «Lison ut-tayr» dostonlari, «Mahbub ul-qulub» , «Majolis un-nafois» asarlaridan olingan. Bundan tashqari Tole Haraviy misollarning «Chor devon»dan olinganini ham ta‘kidlab o‘tadi. Lug‘atda Lutfiy, Husayn Boyqaro, she'rlaridan va Mir Haydarning «Maxzan ul-asror» asarlaridan ham misollar olingan. Shuningdek Suhayliy va Azraqiy she'rlaridan bittadan misollar keltirilgan. Shunday qilib bu lug‘at o‘zidan keyin tuzilgan lug‘atlar uchun ajoyib manba vazifasini o‘tadi. Hozirgi kunda esa tilshunos, adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar uchun unutilgan yoki unitilayozgan, lekin Haydar Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi ulug‘ allomalar iste'molida bo‘lgan so‘zlarni o‘z sahifalarida saqlab turgan bebaho xazinadir. Navoiy asarlariga tuzilgan yana bir lug‘at «Abushqa» lug‘atidir. Lug‘at bundan 450 yil muqaddam ilgari tuzilgan bo‘lib uni o‘zbek tilida yaratilgan birinchi izohli lug‘at deyish mumkin. Ushbu lug‘atning fanda o‘ndan ortiq nusxalari bo‘lib, ularning eng qadimgi nusxalari chet el xazinalarida saqlanmoqda. Lug‘atning 1552-yilda kitob qilingan Vena nusxasidan foto ko‘chirma olingan edi. Endi Tehron nusxasidan ham ko‘chirma olindi. Foto nusxasidan ko‘rinib turibdiki, qo‘lyozma to‘liq va yaxshi saqlangan. Lug‘at yirik nasta'liq xatida yozilgan. Hajmi 201 varaq, ya'ni 402 betdan iborat. Har bir betda to‘rttadan sakkiztagacha so‘z misollar bilan izohlangan . Lug‘atning bu nusxasi Tehrondagi Malak kutubxonasida «Farhangi devoni Alisher Navoiy» nomli qo‘lyozma tarkibida saqlanmoqda. Hozirgacha bu lug‘at muallifi noma'lum edi.Vena va Tehron nusxalarini solishtirish natijasida uning muallifi Turk olimi Mustafo Binni Sodiq ekanligi ma'lum bo‘ldi. Ammo uning tartib berilgan yili hali ham noma'lum. 283 Hozircha lug‘atning bizga ma'lum eng qadimgi Vena shahridagi nusxasi 1552yilgi tarixga ega. Lug‘atda so‘z ma'nosi, asosan 2 xil usulda ochib berilgan. Birinchi usulda lug‘atshunos so‘z ma'nosini bir so‘z bilan lo‘nda ifodalaydi.Chunonchi, ko‘kumtul so‘zi ko‘m-ko‘k deb izohlangan. Ikkinchi usulda so‘z ma'nosi tushuntirish yo‘li bilan ochib berilgan. Qirov-qirag‘u demakdurki, savuq ayyomda gecha ila havodan era dushar eri ag‘arduri «Navodir – ush-shabob» da kelur, bayt. Xullas kofurg‘un ul xil'ati xuzro uza, Sabzai xuzroya go‘yo tushti rahmatdir qirov. Alisher Navoiy asarlariga tuzilgan lug‘atlardan «Abushqa» o‘zining leksik materialni qamrab olishi jihatidan «Badoyi al-lug‘at» ga nisbatan boyligi va keng o‘quvchilar ommasi foydalanishi uchun qulayligi tufayli uning qo‘lyozma nusxalari keng tarqalgan. Bu esa lug‘atni ilmiy muomalaga kiritish ishini birinchi navbatda amalga oshirishning omili bo‘ldi. Natijada «Abushqa» navoiyshunoslar, turkologlar va o‘zbek klassik adabiyoti mutaxassislari uchun tez-tez murojaat qilib turiladigan kitobga aylanishiga olib keldi. Shunday qilib «Abushqa» lug‘ati ham boshqa lug‘atlar kabi Navoiy asarlariga yaratilgan mukammal asarlardan biridir.«Abushqa» lug‘ati Navoiy davridan boshlab hozirgi kunga qadar Navoiy asarlarini o‘rganishda qimmatli manba hisoblanadi.«Abushqadan so‘ng ikki asr davomida Alisher Navoiy asarlariga bag‘ishlangan katta lug‘at tuzilgani ko‘zga tashlanmaydi. Bu davr ichida Navoiy asarlari qo‘lyozmalari hoshiyalariga bitilgan kichik lug‘atlargina shu qo‘lyozmalar bilan birga bizgacha yetib kelgan. Navoiy asarlarining til xususiyatlarini turli yo‘nalishlarda o‘rganib, so‘zlarning lug‘aviy, nutqiy, lisoniy hatto badiiy xususiyatlarini imkon darajada ochib berishgan. Bu ishlar muayyan jihatdan shoir asarlari tilining izohli lug‘atlarini tuzishda yordam bergan, desak xato qilmaymiz. Zotan, tilshunoslik va lug‘atshunoslik bir-birini taqozo etuvchi ilm sohalaridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Muhammad G‘iyosuddin. G‘iyos ul-lug‘ot. 3 jildlik. 2-j. Dushanbe, 1988 2. Manzar Abdulhayr. Navoiy asarlarining izohli lug‘ati. Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent-2018 3. Tole alImoniy al-Haraviy. Badoyi al-lug‘at.