scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OʻZBEK SHEVALARINING INTERAKTIV-KOʻRGAZMALI LUGʻATINI TUZISH STRUKTURASI

Mansur Xamidov

Full text

284 OʻZBEK SHEVALARINING INTERAKTIV-KOʻRGAZMALI LUGʻATINI TUZISH STRUKTURASI Mansur Xamidov Termiz davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392472 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek dialektologiyasi doirasidagi so‘zlarning izohiga innovatsion yondashish masalasi ifoda etilgan. O‘zbek shevalarining kichik interaktiv-ko‘rgazmali lug‘atining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Har bir DL (dialektal leksika)ga alohida havola yoki QR orqali kirib u haqida atroflicha ma’lumotlar olish imkoniyati yaratilgan. Lug‘atdagi sheva so‘zining qisqacha adabiy tildagi izohi ham berilgan. Umuman olganda maqolada bu kabi lug‘atlarning soha rivojidagi o‘rni, dolzarb masalalarga amaliy, maqbul yechim topishning ahamiyatiga urg‘u berilgan. Kalit so‘z va iboralar: Dialektal so‘z, dialektal lug‘atlar, QR, so‘zning rasmli ifodasi, shevaga xos birliklar, dialektal etnografizm, innovatsiya, lug‘at-maqola, dialektal tadqiqotlar. Abstract: This article presents the issue of an innovative approach to the interpretation of words within the framework of Uzbek dialectology. It is devoted to the content and essence of a small interactive-visual dictionary of Uzbek dialects. It is possible to obtain detailed information about each DL (dialectal lexicon) by accessing it via a separate link or QR code. A brief literary explanation of the dialect word in the dictionary is also given. In general, the article emphasizes the role of such dictionaries in the development of the field, the importance of finding practical, acceptable solutions to current issues. Keywords and phrases: Dialectal word, dialectal dictionaries, QR, figurative expression of the word, dialect-specific units, dialectal ethnography, innovation, dictionary article, dialectal research. Yer xaritasiga nazar solsak, har bir millat, har bir mamlakatning ona tili yoinki davlat tili mavjud. Oʻsha tilning jozibasi, imkoniyat koʻlami, bor boʻy basti bir qancha indikatorlar, mezonlar bilan belgilanadi. Shulardan biri shu tilda mavjud lugʻatlar, ulardan soha va boshqa mutaxassislar, turli kasb-kor vakillari, umuman olganda tub aholi qatlamining foydalanish darajasi, boshqa tillar uchun ahamiyatli jihati bilan ham belgilanadi. Ayniqsa, leksikografiyada dialektal lugʻatlar yaratish va ulardan unumli foydalanish nafaqat lugʻatshunoslik uchun manfaatli, shuningdek, xalq mansub boʻlgan tilning taraqqiyot omili hamdir. Filologiya fanlari doktori, professor Sh.Maxmaraimova tilning lugʻat sathiga tizim sifatida urgʻu berar ekan, tilning lugʻat tarkibidagi har bir soʻz boshqa lugʻaviy birlik bilan mustahkam aloqa oʻrnatgan holda 3 ta asoslanish (nutq boʻlaklarining 285 semantik-grammatik asoslari, soʻz yasalish asoslari, semantik asoslar)ga ega tizimlarni hosil qilishini taʼkidlaydi 1 . Maʼlumki, lugʻatlarning turli-tuman koʻrinishlari (ensiklopedik, lingvistik) mavjud. Mazkur ikki tur lugʻatlar ham tuzilish jihatidan bir-biriga hamohang. Yaʼni alifbo tartibida soʻz va jumlalarni maʼlum ketma-ketlikda joylashtirish anʼanaviylik kasb etadi. Shu bilan bir qatorda mavzulashtirilgan, boshqacha aytganda ideografik 2 , konseptual 3 , tarjima (oʻzbek-ingliz, oʻzbek rus va b.lar), bir soʻzli lugʻatlar va hokazo formatga ega boʻlgan lugʻatlar ham tuzilgan. Har bir sohaning atamalar bilan bogʻliq lugʻati mavjud. Va bu jarayon mashaqqatli faoliyat hisoblanadi. Hattoki, biror kishi qilmishi uchun jazo oʻtayotganda, unga eng ogʻir ish sifatida lugʻat tuzish topshirilganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Bu eng murakkab mehnat sirasiga kiritilgan. Darhaqiqat, lugʻat yaratish qanchalik zahmatli ekanligiga Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻatit-turk”i 4 dalil boʻla oladi. Muallif butun umrini sarf etgani lugʻatning har tomonlama ham foydali, ham qiyin ekanligidan darak beradi. Shevaga xos lugʻatlar xususida toʻxtaladigan boʻlsak, oʻzbek tilshunosligida sobiq ittifoq davrida ushbu sohaga oid lugʻatlar nashr etilgan. Ulardan biri 1971-yilda “Fan” nashriyotida eʼlon qilingan “Oʻzbek xalq shevalari lugʻati” boʻlib, Sh.Shoabdurahmonov muallifligida krill alifbosida soʻzlar tarjimasi rus tilida berilgan. Lugʻat hozirgi kun rakursi bilan qaraganda barcha lahjalarni, hududiy variativlik asosida barcha shevalardagi mavjud soʻzlarni qamrab olmagan. Lekin undan keyingi chiqqan lugʻatlar uchun muhim manba boʻla oladi. Mustaqillikkacha va undan keyin ham shevaga xos lugʻatlar tuzildi va bu jarayon yanada takomillashib bormoqda. DL(dialektal lugʻat)lar bilan shugʻullangan olimlardan 1961-yilda F.Abdullayevning “Oʻzbek tilining Xorazm shevalari” lugʻati, O.Madrahimovning “Oʻzbek tili oʻgʻuz lahjasining qisqacha qiyosiy lugʻati”, 1969yilda B.Joʻrayevning “Yuqori Qashqadaryo oʻzbek shevalari” (tasnif, tekstlar va lugʻat), 1965-yilda Saidmuso Rahimovning “Surxondaryo oʻzbek shevalari lugʻati”, mustaqillikdan keyin 1997-yilda esa Ahmad Ishayevning “Qoraqalpogʻistondagi oʻzbek shevalari lugʻati” 5 , Z.Xolmanova va D.Nasriyevalarning “Oʻzbek shevalaridagi lakunar birliklar lugʻati”, F.Musayevaning 1 Maxmaraimova Sh.T. Hozirgi oʻzbek tili (leksikologiya). – Toshkent: Firdavs-Shoh, 2021. – B. 22. 2 Ҳамраева Ё. Ўзбек тилининг идеографик луғатини тузиш тамойиллари: Филол. фан. ном. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2010. 3 Махмараимова Ш.Т. Ўзбек тили теоморфик метафораларининг қисқача концептуал луғати. – Тошкент: Чўлпон, 2018. 4 Кошғарий М. “Девону луғати-т-турк”. Қосимжон Содиқов таҳрири остида. – Тошкент, Ғ.Ғулом, 2017. 5 Ashirboyev S. Oʻzbek dialektologiyasi (darslik). – Toshkent: Nodirabegim, 2021. 286 “Oʻzbek xalq soʻzlari”, M.Hamidovning “Janubiy Surxondaryo oʻzbek shevalari turgʻun birikmalarining izohli lugʻati” singari DLlar dunyo yuzini koʻrdi. Oʻzbek tilshunosligida dialektal lugʻat tuzish nazariyasi va amaliyoti hozirgi kunda juda ham takomiliga yetib bormoqda. Turli loyihalarning eʼlon qilinishi, sohaga oid ilmiy ishlarning yuzaga kelishi, konferensiyalar tashkil qilinishi va boshqa bir qator istiqbolli ishlar shular jumlasidandir. Filologiya fanlari doktori, professor Anvar Omonturdiyev ham bu oʻzbek dialektologiyasiga munosib hissasini qoʻshgan olimlarimizdan biri hisoblanadi. B.Rahmonov bilan hammualliflikdagi “Surxondaryo dialektal-etnografik maqollarining izohli lugʻati” 6 , 2015-yildagi “Chorvachilikka oid soʻz va atamalarning qisqacha tematik evfemik lugʻati” 7 , “Professional nutq evfemikasi” (chorvadorlar nutqi misolida) mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalari ham alohida ahamiyatga egadir. Hozirgi zamonaviy tilshunoslik integratsion yondashuvni, kommunikativlik va kompyuterlashtirilgan tizim va sunʼiy intellekt vositalarining amaliy tadbiqini talab etmoqda. Til korpusida ham ayni shu jarayonlar muhim ahamiyatga ega boʻlib, dialektal korpus masalasida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Muyassar Xolovaning ham “Oʻzbek milliy shevalari korpusini tuzishning lingvistik asoslari (Boysun tumani “j”lovchi shevalar misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi va dialect.uz saytining yaratilishidagi mehnatlari dialektologiyaning sohalararo zamonaviy qiyofa kasb etishiga olib kelmoqda. Oʻzbekistonning turli hududlariga nazar solsak, dialektal rang-baranglikni uchratamiz. Har bir lahja, har bir dialekt, har bir DH (dialektal hudud) vakillari, boshqacha aytganda sheva fuqarolari oʻzlarining mikrolugʻatiga ega. Shevashunos olimlarimiz shuni toʻgʻri anglagan holda tadqiqotlarida dolzarb vazifalarni, oʻzining muqobil yechimini kutayotgan masalalarga eʼtibor qaratishmoqda. Z.Xidraliyevaning “Oʻzbek dialektologiyasi” (amaliy mashgʻulotlar), Sh.Alimovaning “Oʻzbek dialektologiyasi kursidan amaliy topshiriqlar” (oʻquv-uslubiy qoʻllanma), “Dialektologik amaliyotni tashkil qilish (oʻquv-uslubiy koʻrsatma)”, “Xorazm qipchoq shevalarining leksik-grammatik xususiyatlari (monografiya)”, M.Saparniyazova, M.Sabirovalarning hammualliflikda yozgan “Onasoʻz” lugʻati, A.Allaberdiyevning Buxoro oʻgʻuz shevalari”ning leksik xususiyatlariga bagʻishlangan ishlari, I.Darveshovlarning “Areal tilshunoslik: Janubi-gʻarbiy Namangan shevalarining fonetik-fonologik xususiyatlari”, “Janubi-gʻarbiy Namangan shevalari areali” (fonetik-fonologik sath), X.Fayziyevaning “Oʻzbek tili 6 Омонтурдиев А., Раҳмонов Б. Сурхондарё диалектал-этнографик мақолларининг изоғли луғати. – Тошкент: Ilm-ziyo zakovat, 2019. 7 Омонтурдиев А. Чорвачиликка оид сўз ва атамаларнинг қисқача тематик эвфемик луғати. – Тошкент, 2015. 287 Boysun-Shoʻrchi guruh shevalarining lugʻat xususiyatlari” Z.Tillabayeva “Samarqand shahri oʻzbek shevalarining leksik xususiyatlari”, mazkur lugʻat muallifi M.Hamidovning “Oʻzbek tili Janubiy Surxondaryo oʻzbek shevalari barqaror birikmalarining lingvistik xususiyatlari” va boshqa olimlarning ilmiy-amaliy ishlari alohida ahamiyatga ega. Umuman olganda dialektal sohaga oid ilmiy ishlar DL yaratilishiga ham asos boʻlib xizmat qiladi. Dialektal lugʻat mezoni boʻyicha olib qarasak, 1971-yildagi “Oʻzbek xalq shevalari lugʻati” keyin barcha oʻzbek shevalarini toʻliq qamrab olgan lugʻat mustaqillikkacha tuzilmagan boʻlsa-da, yuqorida qayd etgan mualliflar areal nuqtayi nazardan maʼlum bir dialektal hududni qamrab olgan yoki biror-bir mavzu, sohaga yoʻnaltirilgan lugʻatlar yaratishdi. Lekin oʻzbek shevalarining toʻliq va mukammal holatdagi koʻp jildli lugʻatlari nashr etilgani yoʻq. 2022-yilga kelib mustaqillikdan keyin filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Feruza Musayeva “Oʻzbek xalq soʻzlari” 8 lugʻatini tuzdi. Lugʻat garchi mukammal holda barcha oʻzbek shevasidagi soʻzlarni oʻz ichiga jamlagan boʻlmasa-da, muhim va zarur sof dialektal leksika maydonini hosil qilgan lugʻat sifatida eʼtirof etildi. Shuningdek, F.Musayeva “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning mualliflaridan biri sifatida 6-jildli OʻTILga oʻzbek shevalaridan koʻp soʻzlarni kiritgan va bu bilan mukammal DL va DA (dialektal atlas) tuzish uchun muhim nazariy manbalar sonini yana bittaga oshishiga xizmat qilgan. Aslida ham izohli lugʻat deganda biz faqat adabiy tilda mavjud boʻlgan, nutqimizda muqobil leksika sifatida qoʻllaydigan soʻzlarni asosiy soʻz boyligimizga aylantirmasligimiz zarur. Tildagi barcha soʻzlarni toʻla-toʻkis qamrab olsagina, oʻsha tilning lugʻat boyligi haqida statistik faktlarni keltirish oʻrinli boʻladi. Xorazm shevasi boshqa hudud shevasi, lahjasidan koʻp xususiyatiga koʻra farqlanadi. Sh.Norbayeva, N.Saʼdullayeva, M.Atabayevlarning “Xorazm shevalari lugʻati”, “Xorazm shevalaridagi maqol va iboralarning qisqacha izohli lugʻati” shuningdek, boshqa bir qator mualliflarning Xorazm shevasi bilan bogʻliq lugʻatlari asosida “Xorazm” lugʻatning mobil ilovasi yaratildi. Bu ayni elektron lugʻatlar yaratish tizimida dialektologiya sohasiga zamonaviy yondashuvlardan biri boʻldi. Zamon bilan hamnafas boʻlish har bir sohaning taraqqiyot omillaridan biridir. Hozirda har bir mahsulotda, umuman olganda har bir faoliyatda qisqalik, aniqlik, mazmundorlik, har tomonlama manfaatli boʻlish, yuqori natijadorlik kabi bir qator sifatlarga qisqa fursatda erishishga intilish, vaqt meʼyori masalasi, tezkorlik ham dolzarblik ahamiyat kasb etmoqda. Bu ilm-fanda ham oʻz taʼsirini koʻrsatib, olimlar faoliyati ham shunga monand moslashmoqda. Shuni inobatga olgan holda biz 8 Musayeva F. Oʻzbek xalq soʻzlari. – Тoshkent, Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2022. 288 “Oʻzbek shevalarining kichik interaktiv-koʻrgazmali lugʻati”ni ixcham, har jihatdan qulay, qiziqarli boʻlishini maqsad qilgan holda foydalanuvchining bugungi kundagi talab va taklifidan kelib chiqib, koʻrgazmali, qisqa izoh va barcha maʼlumotlarini bir joyga jamlashni inobatga olib, quyidagicha formula asosida tartiblashtirdik. ➢ Dastavval lugʻat tuzish mezoniga rioya qilgan holda soʻzlar alifbo tartibida joylashtirildi; ➢ Har bir soʻzga mos birinchi ustunga rasm, 2-ustunga DS (Dialektal soʻz) dialektal soʻz va uning qisqacha izohi, 3-ustunga esa QR (Quick Response code – tezkor javob kodi), baʼzi DS(dialektal soʻz)lar uchun maxsus havola joylashtirdik; Lugʻatdan foydalanuvchi xohishiga koʻra DS haqida koʻproq maʼlumot olishni istasa, taqdim etilgan QRni skaner qilib, oʻzi uchun qiziqarli, yangi bilimlarga ega boʻlishi mumkin. Lugʻatimizning mikrostrukturasi quyidagi koʻrinishga ega: Rasm Izoh QR yoki havola Secha – chumchuq Lugʻatdan oʻrin olgan soʻzlar statistikasiga nazar tashlasak, 357 ta DSdan eng koʻp “Ch” harfi, eng muxtasar “V, Z, O‘” harfi bilan boshlanuvchi soʻzlar oʻrin olganligiga guvoh boʻlasiz. Lugʻatning lingvostatistik taqsimoti Aa Bb Dd Ee Ff Gg Hh Ii Jj Kk 11 22 14 8 13 16 16 15 18 26 Ll Mm Nn Oo Pp Qq Rr Ss Tt Uu 21 14 11 21 13 21 15 13 25 9 Vv Xx Yy Zz Oʻoʻ Gʻgʻ Shsh Chch Ngng ʼ(tutuq belgisi) 6 8 10 6 6 7 12 30 - - Shevaga xos boʻlgan soʻzlar haqida kengroq maʼlumot olish uchun QR yoki havola orqali turli sohalardan bilimga ega boʻlish va fanlararo integratsiyani ham inobatga oldik. Manbalarni shartli ravishda faol (koʻp) va nofaol (kam) murojaat sifatida ikki qismga ajratib tahlil qildik. 289 Bundan tashqari turli xil web-saytlardan ham foydalanildi: “Kun.uz”, “Daryo.uz” va “Uzpedia.uz” saytlari – 5, “Oyina.uz”dan – 6, “Sinaps.uz”dan – 8, “Milliycha.uz” – 3, “Tahrirlovchi.uz”, “Encyclopedia.uz”, “Med360.uz”, “Mutolaa.com” – 2 tadan, “Zira.uz” va “Oriftolib.uz” internet sahifalari – 4 tadan DS izohini, u haqidagi maʼlumotlar matnini berishda QR kod va havolalar joylashtirishda murojaat qilindi. Glotr.uz, Savodxon.uz, Gov.uz, Aniq.uz, Pazanda.com, Gulxan.uz, Qalampir.uz, Uz.yengemdical.com, Ertak.uz, Zamin.uz, Qomus.info, Lex.uz, Ginnes.uz, Birccgcutlery.com, Odam.uz, Imzo.uz, Erkatoy.uz, uzschoolcorpara.uz, jadid.uz, ziyouz.com va boshqa saytlarning giperhavolasidan ham 1 tadan DS izohini kengaytirish va qoʻshimcha, yangi maʼlumotlardan boxabar qilish uchun foydalanildi. Shuningdek, telegram, instagram, facebook kabi ijtimoiy tarmoqlardan ham maʼlumotlar olinib, lugʻatdagi rasm+DS-izoh+QR// giperhavola formulasi (qolipi) uchun joylashtirildi. Lug‘atning asosiy qismidagi suratli so‘z//so‘zli suratning qisqacha izohi (adabiy tildagi muqobili) va QR ostida o‘sha leksema haqida kengaytirilgan ma’lumotlar bazasi o‘rin olgan. Xulosa qilib aytganda har bir soha qatori lingvistikaning ham kun tartibidagi asosiy masalalardan bir ham aynan zamonaviylik asosida davr taqozosi bilan ilmiyamaliy tadqiqotlarga yondashishdir. Shu orqali keyingi avlod uchun muhim bo‘lgan ma’naviy xazinani meros qilib qoldirishning yangicha metodini yaratamiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ashirboyev S. Oʻzbek dialektologiyasi (darslik). – Toshkent: Nodirabegim, 2021. 2. Ҳамраева Ё. Ўзбек тилининг идеографик луғатини тузиш тамойиллари: Филол. фан. ном. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2010. 3. Кошғарий М. “Девону луғати-т-турк”. Қосимжон Содиқов таҳрири остида. – Тошкент, Ғ.Ғулом, 2017. 290 4. Махмараимова Ш.Т. Ўзбек тили теоморфик метафораларининг қисқача концептуал луғати. – Тошкент: Чўлпон, 2018. 5. Maxmaraimova Sh.T. Hozirgi oʻzbek tili (leksikologiya). – Toshkent: Firdavs-Shoh, 2021. – B. 22. 6. Musayeva F. Oʻzbek xalq soʻzlari. – Тoshkent, Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2022. 7. Омонтурдиев А. Чорвачиликка оид сўз ва атамаларнинг қисқача тематик эвфемик луғати. – Тошкент, 2015. 8. Омонтурдиев А., Раҳмонов Б. Сурхондарё диалектал-этнографик мақолларининг изоғли луғати. – Тошкент: Ilm-ziyo zakovat, 2019.