scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

LUG'ATSHUNOSLIK NUQTAI NAZARIDAN INGLIZ VA O'ZBEK SAVDO TERMINLARINING TADQIQI

Bozorova Sevara Kamol qizi

Full text

295 LUG‘ATSHUNOSLIK NUQTAI NAZARIDAN INGLIZ VA O‘ZBEK SAVDO TERMINLARINING TADQIQI Bozorova Sevara Kamol qizi Qarshi davlat universiteti doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392504 Annotatsiya: Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida savdo terminologiyasining qo‘llanilishini lug‘atshunoslik asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Qiyosiy yondashuv orqali savdo terminlarining umumiy va farqli jihatlari aniqlanib, ularning lug‘atshunoslikdagi ahamiyati yoritiladi. Natijalar ikki tilli terminologiyani standartlashtirish, tarjima jarayonlarini takomillashtirish hamda iqtisodiy diskursni chuqurroq o‘rganish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: lug‘atshunoslik, terminologiya, umumiy va xususiy lug‘atshunoslik, semantik, sintaktik va pragmatik xususiyatlar, ikki tilli maxsus lug‘atlar. Abstract: This article is devoted to a lexicographic study of the use of trade terminology in English and Uzbek. Through a comparative approach, the common and different aspects of trade terms are identified and their significance in lexicography is highlighted. The results serve as an important resource for standardizing bilingual terminology, improving translation processes, and deeper study of economic discourse. Keywords: lexicography, terminology, general and specific lexicography, semantic, syntactic and pragmatic features, bilingual special dictionaries. Iqtisodiy leksika va savdo bilan bog‘liq terminologiya zamonaviy tilshunoslikning eng muhim tarmoqlaridan biri sifatida shakllanib bormoqda. Savdo sohasi jahon miqyosida davlatlararo aloqalarni, xalqaro huquqiy tartiblarni, marketing, elektron tijorat, bank-moliya tizimlari hamda logistika jarayonlarini qamrab olgani sababli ushbu sohaga oid terminlarning yagona, aniq va tizimli qo‘llanilishi zaruriy masalaga aylangan. Bu esa bevosita lug‘atshunoslik nazariyasi va amaliyotini ham ilg‘or yondashuvlarga undaydi. Ingliz tili xalqaro savdo va iqtisodiy munosabatlarning asosiy kommunikativ vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli ingliz tilidagi trade, commerce, market, export, import kabi terminlarning semantik qamrovi kengayib, global iqtisodiyot diskursida asosiy tushunchalarga aylangan. O‘zbek tilida esa mustaqillikdan keyingi davrda bozor iqtisodiyoti tamoyillarining joriy etilishi, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik kuchayishi va axborot texnologiyalarining tezkor rivoji natijasida savdo terminologiyasi faol shakllana boshladi. Bu jarayon, bir tomondan, yangi iqtisodiy tushunchalarning tilimizga kirib kelishi va neologizmlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mavjud milliy leksik birliklarning semantik imkoniyatlarini kengaytirishga olib keldi. 296 Lug‘atshunoslik nuqtai nazaridan terminologiyani o‘rganish faqatgina leksik birliklarning lug‘aviy ma’nosini aniqlash bilangina cheklanib qolmasdan, semantik, sintaktik va pragmatik xususiyatlarni tahlil qilish, terminlarning xalqaro standartlarga mosligini belgilash va tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishni ham qamrab oladi. Shuning uchun ingliz va o‘zbek tillaridagi savdo terminologiyasini qiyosiy tahlil qilish bugungi tilshunoslik va tarjimashunoslikda dolzarb vazifa hisoblanadi. Lug‘atshunoslik tilshunoslikning leksik tizimni o‘rganishga ixtisoslashgan muhim sohalaridan biri bo‘lib, faqatgina so‘z boyligini ro‘yxatga olish va tartibga solish bilan cheklanmaydi, balki so‘zlarning semantik imkoniyatlarini, ularning nutqdagi qo‘llanish xususiyatlarini ham tadqiq etadi. Lug‘atshunoslikning maxsus sohasi sifatida terminologiya iqtisodiyot, texnika, tibbiyot yoki savdo kabi tor yo‘nalishlardagi so‘z va atamalarni tizimlashtirishga qaratilgan. Shu sababli savdo/trade terminologiyasini ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish lug‘atshunoslikning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Nazariy jihatdan lug‘atshunoslik ikki asosiy ko‘rinishda talqin qilinadi: umumiy lug‘atshunoslik va xususiy lug‘atshunoslik. Umumiy lug‘atshunoslik so‘zlarning kelib chiqishi, shakllanish mexanizmlari, semantik rivojlanishi va lingvistik birlik sifatida ularning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Xususiy lug‘atshunoslik esa muayyan tildagi lug‘at tizimini, shu jumladan, terminologiyani amaliy jihatdan tahlil qiladi va izohli, tarjima, ensiklopedik yoki maxsus lug‘atlar yaratishga xizmat qiladi. Terminologiya nazariyasi, o‘z navbatida, lug‘atshunoslikning asosiy tadqiqot obyektlaridan biri bo‘lib, terminlarning shakllanish manbalari, semantik strukturalari va qo‘llanish usullarini izohlaydi. Viktor Vinogradov 1 , Aleksandr Reformatskiy 2 , Sergey Grinev-Grinevich 3 kabi olimlarning asarlarida terminlar tizimi va ularning lingvistik mohiyati alohida ta’kidlanadi. O‘zbek tilshunosligida esa Hamidulla Dadaboyevning 4 izlanishlari terminologiyani nazariy va amaliy jihatdan o‘rganishda muhim bosqichni tashkil etadi. Shuningdek, lug‘atshunoslikda leksik birliklar o‘rtasidagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlar ham muhim nazariy asos hisoblanadi. Terminlar nafaqat alohida so‘z sifatida, balki terminologik birikma shaklida ham faol qo‘llanadi. Masalan, ingliz tilidagi foreign trade, retail market, e-commerce platform kabi 1 Виноградов В. В. Лексикология и лексикография: избранные труды. – Москва: Наука, 1977. – 312 с. 2 Реформатский А. А. Введение в языкознание. – Москва: Аспект Пресс, 1996. – 275 с. 3 Гринёв-Гриневич С. В. Терминоведение. – Москва: Академия, 2008. – 304 с. 4 Дадабоев Ҳ. Замонавий ўзбек лексикографияси ва терминологияси: ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент, 2017. – 93 б. 297 birliklar tizimli tarzda birikma asosida shakllansa, o‘zbek tilida tashqi savdo, chakana bozor, elektron savdo platformasi kabi birliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima yoki kalkalash yo‘li bilan yaratiladi. Bugungi kunda lug‘atshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari orasida korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi va sun’iy intellekt asosidagi lug‘at tuzish metodlari ham alohida o‘rin egallaydi. Bu esa savdo terminologiyasini keng ko‘lamda yig‘ish, statistik tahlil qilish va tarjimada qo‘llash imkonini beradi. Shu bois ingliz va o‘zbek savdo terminologiyasini lug‘atshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq qilish, bir tomondan, nazariy asoslarni mustahkamlaydi, ikkinchi tomondan, amaliy ehtiyojlarga javob beradi. Ingliz va o‘zbek tillarida savdo/trade terminologiyasining qiyosiy tahlili ularning semantik, sintaktik va pragmatik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganishni taqozo etadi. Bu ikki til o‘rtasidagi tarixiy rivojlanish, madaniy muhit va iqtisodiy tizimlarning farqlari sababli savdo leksikasida ham umumiyliklar, ham sezilarli tafovutlar kuzatiladi. Semantik jihatdan market va bozor terminlari ma’no doirasida yaqinlikka ega. Biroq ingliz tilida market keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u nafaqat savdo joyini, balki butun iqtisodiy tizimni, iste’molchilarni, marketing faoliyatini ham anglatadi. 5 O‘zbek tilidagi bozor esa asosan an’anaviy savdo maydoni ma’nosini bildiradi, ammo so‘nggi yillarda bozor iqtisodiyoti, onlayn bozor kabi termin birikmalar orqali kengroq mazmunga ega bo‘lib bormoqda. Shunga o‘xshash tarzda ingliz tilidagi retail va wholesale terminlari aniq iqtisodiy kategoriyalarni bildirsa, o‘zbek tilida bu tushunchalar chakana savdo va ulgurji savdo shaklida ifodalanadi. Sintaktik xususiyatlarda ham muhim farqlar mavjud. Ingliz tilidagi savdo terminlari ko‘pincha affiksatsiya va so‘z birikmalari orqali hosil qilinadi: re-export, pre-order, e-commerce. O‘zbek tilida esa terminlar ko‘proq kalkalash yoki izohli birikmalar orqali yaratiladi: qayta eksport, oldindan buyurtma, elektron tijorat. Shu bois ingliz tilidagi terminlar ixcham va yuqori darajada terminologik bo‘lsa, o‘zbek tilida ularni aniq ifodalash uchun ko‘proq so‘zlardan foydalaniladi. Pragmatik jihatdan ham farqlar seziladi. Ingliz tilidagi savdo terminlari asosan xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, huquqiy hujjatlarda va biznes aloqalarida standartlashtirilgan holda qo‘llanadi. O‘zbek tilida esa terminlarning qo‘llanilishi ko‘pincha kontekstdan kelib chiqadi, ba’zan esa sinonim birliklar bilan almashib ketadi. Masalan, onlayn savdo va elektron tijorat bir xil ma’noda ishlatilishi mumkin, ammo ingliz tilida e-commerce termini qat’iy qo‘llanadi. 5 Kotler P., Keller K. L. Marketing Management (15th ed.). – Harlow: Pearson Education, 2016. – 834 p. 298 Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilida savdo terminologiyasi ancha standartlashtirilgan va global miqyosda qo‘llaniladigan tizimga ega, o‘zbek tilida esa bu jarayon hali shakllanish bosqichida. Bu holat lug‘atshunoslik nuqtai nazaridan ikki asosiy vazifani belgilaydi: birinchisi, mavjud terminlarning semantik imkoniyatlarini kengaytirish va normallashtirish, ikkinchisi esa xalqaro iqtisodiy atamalarni milliy tilga moslashuvchan tarzda kiritish. Shu orqali o‘zbek savdo terminologiyasi xalqaro muloqot talablariga javob bera oladi. Savdo terminologiyasining ingliz va o‘zbek tillaridagi qiyosiy tadqiqi nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Avvalo, xalqaro savdo munosabatlari va iqtisodiy hamkorlik jarayonida terminlarning to‘g‘ri va aniq qo‘llanilishi huquqiy hujjatlarning izchilligini, iqtisodiy axborotlarning tushunarliligini va biznes aloqalarning samaradorligini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan savdo terminlarini standartlashtirish va yagona me’yoriy bazani shakllantirish dolzarb vazifalardan biridir. Tarjima amaliyotida ham bu masalaning ahamiyati beqiyosdir. Ingliz tilidan o‘zbek tiliga yoki aksincha, iqtisodiy hujjatlarni tarjima qilishda terminlarning noto‘g‘ri qo‘llanishi jiddiy huquqiy va moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, retail price va wholesale price terminlarining chalkash qo‘llanishi iqtisodiy hujjatlardagi moliyaviy hisob-kitoblarda xatoliklarga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shu sababli tarjimonlar uchun ikki tilli maxsus lug‘atlar, izohli termin bazalari va elektron korpuslardan foydalanish muhimdir. Amaliy qo‘llanilishning yana bir muhim sohasi ta’lim tizimi bilan bog‘liq. Iqtisodiyot va biznes yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ingliz va o‘zbek savdo terminlarini qamrab olgan maxsus lug‘atlar, o‘quv qo‘llanmalar va terminologik ma’lumotnomalar zarur. Oliy ta’lim muassasalarida “Bozor iqtisodiyoti”, “Iqtisodiyot nazariyasi” kabi fanlarni o‘qitishda ikki tilli atamalar tizimidan foydalanish bilimlarni aniq va tizimli shaklda yetkazishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivoji natijasida elektron lug‘atlar, terminologik ma’lumot bazalari va avtomatik tarjima tizimlarida savdo terminologiyasini qo‘llash ham katta ahamiyat kasb etadi. Sun’iy intellekt asosidagi dasturlar va korpus lingvistikasi yondashuvlari orqali savdo terminlarining qo‘llanish chastotasi, sinonimik qatori va semantik konteksti aniqlanib, amaliy tarjima va standartlashtirish jarayonlari samarali tashkil etilishi mumkin. Xullas, ingliz va o‘zbek tillaridagi savdo terminologiyasini lug‘atshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etish amaliy sohalarda, xususan, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, tarjimashunoslik, ta’lim va axborot texnologiyalarida bevosita 299 qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lib, tilshunoslikning nazariy yutuqlarini hayotiy ehtiyojlarga tatbiq etish imkonini beradi. Ingliz va o‘zbek tillarida savdo terminologiyasining lug‘atshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiqi shuni ko‘rsatadiki, ushbu qatlam nafaqat tilshunoslik, balki iqtisodiyot, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. Savdo terminlari ikki tilda ham ko‘p qatlamli va ko‘p ma’noli bo‘lib, ular tarixiy taraqqiyot, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va xalqaro integratsiya jarayonlari ta’sirida shakllangan. Maqolada keltirilgan nazariy va amaliy mulohazalar shuni isbotlaydiki, savdo terminologiyasining mukammal o‘rganilishi tarjima sifatini oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish, elektron lug‘atlar hamda avtomatik tarjima tizimlarini boyitishda muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari, bu boradagi tadqiqotlar iqtisodiy atamalarni xalqaro miqyosda yagona me’yoriy asosda qo‘llashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Cabré M. T. Terminology: Theory, Methods and Applications. – Amsterdam: John Benjamins Publishing, 1999. – 248 p. 2. Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. – 136 b. 3. Kotler P., Keller K. L. Marketing Management (15th ed.). – Harlow: Pearson Education, 2016. – 834 p. 4. Ахмедов О. С. Инглиз ва ўзбек тилларида солиқ-божхона терминларининг лингвистик таҳлили ва таржима муаммолари: Филол. фан. докт. … дис. – Тошкент: Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети, 2016. – 255 б. 5. Виноградов В. В. Лексикология и лексикография: избранные труды. – Москва: Наука, 1977. – 312 с. 6. Гринёв-Гриневич С. В. Терминоведение. – Москва: Академия, 2008. – 304 с. 7. Дадабоев Ҳ. Замонавий ўзбек лексикографияси ва терминологияси: ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент, 2017. – 93 б. 8. Реформатский А. А. Введение в языкознание. – Москва: Аспект Пресс, 1996. – 275 с.