O'ZBEK TILINING IZOHLI LUG'ATLARIDA O'ZLASHMA ADABIYOTSHUNOSLIK TERMINLARINING BERILISHI
Full text
305 O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATLARIDA O‘ZLASHMA ADABIYOTSHUNOSLIK TERMINLARINING BERILISHI Xudoyberdiyeva Maxbuba Murodovna Qarshi davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392527 Annotatsiya: Maqola soha terminologiyasiga doir olib borilgan tadqiqotlar, sohaga oid terminlarning leksikografik xususiyati xususida so‘z boradi. Jumladan, o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida mavjud adabiyotshunoslik terminlarining etimologiyasiga doir masalar tahlil qilinadi. Tayanch so‘zlar: terminologiya, soha terminologiyasi, izohli lug‘at, etimologik tasnif, statistik tahlil. Abstract: The article discusses research conducted on the terminology of the field, the lexicographical characteristics of terms related to the field. In particular, issues related to the etymology of literary terms in explanatory dictionaries of the Uzbek language are analyzed. Keywords: terminology, industry terminology, explanatory dictionary, etymological classification, statistical analysis. Tilshunoslikda terminologiya va uning muhim tarmog‘i sanalgan soha terminlariga oid masalalar dolzarbligi har qanday soha uchun mukammal terminologik lug‘atlar yaratilishini talab qiladi. Shu maqsadda shu kungacha yaratilgan va yaratilib kelinayotgan lug‘atlar salmog‘i va sifati har bir soha uchun muhim sanaladi. Jamiyatimizning muhim sohalari qatorida adabiyotshunoslikka oid terminlarning izohli lug‘atlarini yaratilishi boshqa sohalarga nisbatan biroz sust ekanligini inobatga olsak, bu soha terminologiyasida qilinishi kerak vazifalar ko‘pligini ko‘rsatadi. Zero, XX asr boshlarida adabiyotshunoslikka oid terminlarning izohli lug‘atlari soha mutaxassislari tomonidan yaratilgan bo‘lsa-da, oradagi katta tanaffus tufayli sohada davr talabiga mos mukammal lug‘atlar yaratishni taqozo qiladi. Tilshunoslikning terminologiya sohasida bir qator tadqiqot ishlarini olib borgan tilshunos olim H.Dadaboyev quyidagilarni ta’kidlaydi: “O‘zbek tili terminologiyasining hozirgi holatida o‘z hamda o‘zlashmalarning yonma-yon qo‘llanayotganiga shohid bo‘lamiz. Ushbu jarayon avvalgi terminologiya tizimidagi me’yor va yangi leksik birlik o‘rtasidagi qarama-qarshilik, “yashash uchun kurash”dan guvohlik beradi. Tabiiy, raqobatlashayotgan terminlardan qaysi biri o‘zbek tili terminologiyasi tarkibidan munosib o‘rin egallashini lisoniy hayot, nutqiy amaliyot va vaqt ko‘rsatadi” 1 . Darhaqiqat, bugungi tilshunoslik jadal sur’atlarda 1 Dadaboyev H.A. O‘zbek terminologiyasi. – Toshkent, 2019. – 117 b. – B. 50.
306 rivojlanayotgan bir paytda soha terminologiyasida yaratilayotgan lug‘atlarning faqat mukammallarigina qolishi o‘rinli bo‘ladi. Terminologiya sohasidagi qator tadqiqotlarni kuzatar ekanmiz, chetda kirib kelayotgan kelayotgan so‘zni va u ifodalaydigan tushunchani bir nechta so‘zlar bilan izohlanishi terminologiya talablariga mos kelmaydi. O‘zbek tilining izohli lug‘atlariga kitilgan adabiyotshunoslik terminlari ad. havolasi bilan berilgan bo‘lib, ularning etimologik xususiyatini quyidagicha tasniflash mumkin: – sof o‘zbekcha; – arabiy; – forsiy; – rus tilidan yoxud rus tili orqali o‘zlashgan (internatsional); – fransuz tilidan o‘zlashgan; – nemis tilidan o‘zlashgan; – yunon tilidan o‘zlashgan; – italyan tilidan o‘zlashgan; – yapon tilidan o‘zlashgan; – lotin tilidan o‘zlashgan terminlar. 1981-yilda nashr etilgan dastlabki “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi mavjud adabiyotshunoslik terminlari 73 ta, 5 jildli nashrida (2006-2008, 2020) adabiyotshunoslik terminlari 112 ta, yangi 6 jildli nashrida (2023) adabiyotshunoslik terminlarining soni 135 taga yetdi. Shuni aytish kerakki, yunon, lotin, nemis, italyan, fransuz tilidan o‘zlashgan adabiyotshunoslik terminlarining deyarli barchasi rus tili orqali o‘zbek tiliga o‘zlashgan. Shu sababli mazkur terminlarga xos talaffuz va imlo masalalari ham rus tili orqali o‘zlashtirilganiga guvoh bo‘lamiz: Antiteza [r < grek] ad. Bir-biriga tamoman zid bo‘lgan ikki tushuncha va obrazni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, taqqoslashdan iborat stilistik usul. Intriga [r < fr < lot] ad. Roman yoki drama asarlarida voqealarning keskinligi va chigalligi bilan ajralib turadigan syujet yo‘li. Prototip [r < grek ] ad. Adabiy obraz yaratishda yozuvchiga manba, namuna bo‘lgan shaxs yoki boshqa badiiy obraz. Pyesa [r < fr ] ad. Sahnaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan dramatik asar. Epitet [r < grek ] ad. Narsa, voqea, hodisa va sh.k.ning sifat-fazilatlarini yaqqol, jonli tasvirlash yoki tasvirli qilib ko‘rsatish uchun ularning nomiga qo‘shib ishlatiladigan sifatlovchi so‘z.
307 “O‘zbek tilining izohli lug‘at”larida (2 jildli hamda 5 va 6 jildli ) mavjud adabiyotshunoslik terminlarining etimologik xususiyatini statistik tahlil qilish quyidagi natijani berdi: – sof o‘zbekcha terminlar: 15% – 10% - 10% – arab tilidan o‘zlashgan terminlar: 52% – 48% - 52% – fors tilidan o‘zlashgan terminlar: 8% – 5% - 5% – fransuz tilidan o‘zlashgan terminlar: 1% – 5% - 4% – yunon tilidan o‘zlashgan terminlar: 17% – 23% - 20% – italyan tilidan o‘zlashgan terminlar: 1% – 1% - 1% – lotin tilidan o‘zlashgan terminlar: 2% – 5% - 4% – nemis tilidan o‘zlashgan terminlar: 0 % – 1% - 1% – rus tilidan o‘zlashgan terminlar: 1% – 0% - 0% – yapon tilidan o‘zlashgan terminlar: 0% - 0% - 1% Bu ko‘rsatkichlar o‘zbek adabiyotshunoslik terminologiyasida arab tilidan o‘zlashgan terminlarning yetakchi o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Albatta, O‘TIL keng xronologik doirada o‘zbek tilining butun so‘z boyligini emas, balki hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilining keng iste’moldagi so‘z boyligini to‘plash va tavsiflashni o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi” 2 . Hozirgacha yaratilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘at”lari tilimizning butun so‘z boyligini emas, aksincha yaratilgan davrda keng iste’molda bo‘lgan lug‘at qatlamini aks ettiruvchi qimmatli manba hisoblanadi. Lug‘at tuzuvchilar ana shu so‘z boyliklarini to‘plash va tasniflashni o‘z oldilariga maqsad qilishgan. Ayni bunday jarayon uzoq yillik mashaqqatli mehnat mahsuli sifatida yuzaga keladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. H. Dadaboyev. “O‘zbek terminologiyasi”. – Toshkent, 2019. 2. D. Quronov, Z. Mamajonov, M.Sheraliyeva. “Adabiyotshunoslik lug‘ati”. – Toshkent, 2013. 3. H. Homidiy, Sh. Abdullayev, S. Ibrohimova. “Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati”. – Toshkent, 1967. 4. N.Xatamov, B. Sarimsoqov. “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati”. – Toshkent, 1979. 5. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2 tomli. – Toshkent, 1981. 6. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 tomli. – Toshkent, 2006. 7. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 6 tomli. – Toshkent, 2023. 2 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildli. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. – B.6