MEHNAT RESURSLARI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI
Full text
5 MEHNAT RESURSLARI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING HUDUDIY XUSUSIYATLARI Abdullayev A.G., Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Erkinov Q.T., Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Gulmirzayeva M.A. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392547 Annotatsiya: Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida mehnat resurslarini tarkibi, shakllanish xususiyatlari, bandlik va ishsizlik darajalari hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishni hududiy jihatlari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, iqtisodiy nofaol aholi, iqtisodiyotida band aholi soni, ishsizlik darajasi. Abstract: This article analyzed the structure, formation characteristics, employment and unemployment rates, and territorial aspects of job creation in the Republic of Karakalpakstan. Key words: labor force, economically active population, economically inactive population, employment rate, unemployment rate. Bugungi davrda mehnat resurslaridan samarali foydalanish va aholini ish bilan ta’minlash vazifasi juda muhim va dolzarb muammo bo‘lib qoldi. Aholining eng faol qismi bo‘lgan mehnat resurslari iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda mehnat resurslarining sifat ko‘rsatkichlarini hamda bandligini oshirib borish talab etiladi. Mehnat resurslari shakllanishiga ko‘pgina omillar bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Bular orasida demografik, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Ma’lumki, mehnat resurslarisiz ishlab chiqarish ham, uning moddiy mahsuli ham bo‘lmaydi. Mehnat resurslarining soni va sifati aholining soni va yosh-jins tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Aholining yosh va jins tarkibining o‘zgarishi bir-biri bilan uzviy bog‘langan mehnatga layoqatli aholi va u orqali mehnat resurslarining shakllanishiga, mehnat resurslarining shakllanishi esa mamlakat va mintaqalarning iqtisodiy taraqqiyotiga o‘ziga xos tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat resurslari tarkibi iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholidan tashkil topgan. Iqtisodiy faol aholi (ishchi kuchi)ga - mehnat faoliyatining daromad
6 keltiruvchi har qanday turi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, shuningdek ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan ta’minlanmagan aholi kiradi. Mehnat resurslarining soni, sifati va tarkibi uch harakat turi ta’sirida shakllanadi. Mehnat resurslarining soniga aholining tabiiy takror barpo etilishi ko‘proq ta’sir ko‘rsatsa, uning sifat ko‘rsatkichiga aholining ijtimoiy va hududiy (migratsiya) harakatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. 1-rasm. Qoraqalpog‘istonda mehnat resurslari soni va uning tarkibi dinamikasi 2024-yil Qoraqalpog‘istonda mehnat resurslari soni 1098,0 ming kishini (jami aholining 58,6%) tashkil etdi. Mustaqillik yillarida mehnat resurslari soni 180%ga ko‘paydi. Bu davrda jami aholi soni esa 151%ga ortdi. Demak, mehnat resurslari soni, jami aholi soniga nisbatan tez ko‘paygan va uning aholi tarkibidagi ulushi 46,6%dan 55,6%ga ko‘tarildi (1-rasm). Iqtisodiy faol aholining jami aholiga nisbatan ulushi 2024-yilda 54,8%ni, band aholining jami aholiga nisbatan ulushi esa 40,2%ni tashkil etdi va bu ko‘rsatkichlar 1991-yilga nisbatan 5-6%ga ortdi. Mustaqillik yillarida mehnat resurslari soni o‘ziga xos tarzda ortib bordi. Xususan, 1991-1995-yillarda mehnat resurslari soni yiliga o‘rtacha 12,1 ming nafarga ortgan bo‘lsa, 1995-2000-yillarda bu ko‘rsatkich yiliga o‘rtacha 16,9 ming nafarni, 2000-2005-yillarda o‘rtacha yiliga 16,5 ming nafarni, 2005-2010-yillarda o‘rtacha yiliga 14,0 ming nafarni, 2010-2015-yillarda o‘rtacha yiliga 16,2 ming nafarni va 2015-2024-yillarda yiliga o‘rtacha 7,1 ming nafarni tashkil etdi. Keyingi yillarda mehnat resurslari sonining o‘sish sur’ati pasayib bormoqda. Shuningdek, mintaqaning mamlakat jami mehnat resurslariga nisbatan ulushi ham pasaydi. Masalan, 2000-yilda Qoraqalpog‘istonga mamlakatimiz mehnat resurslarining 6,1% to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 5,4% ga
7 tushdi. Xulosa qilib aytganda mehnat resurslari soni mutlaq sonlarda ortib borgan bo‘lsada, lekin uning yillik o‘sish ko‘rsatkichi pastga tushib bormoqda. Albatta, bunga aholi tabiiy ko‘payishining qisqarib borayotganligi, tashqi migratsiyaning faollashgani sabab bo‘ldi. Mehnat resurslarining ulushi Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikkal’a tumanlarida hamda Nukus shahrida yuqori (1-jadval). Mintaqada iqtisodiy faol aholi soni 805,8 ming kishiga teng bo‘lib, u jami mehnat resurslarining 73,3%ni tashkil etdi. Ohirgi o‘n yilda iqtisodiy faol aholining mehnat resurslari tarkibidagi ulushi 61,4%dan 73,3%ga ko‘tarildi. Demak, mintaqada aholining iqtisodiy faollik darajasi ortgan. Biroq, bu ko‘rsatkich respublikamiz o‘rtacha ko‘rsatkichidan past. 1-jadval Mehnat resurslari tarkibi va uning hududiy xususiyatlari (2021-yil, %) Mehnat resursi Iqtisodiy faol aholi Band aholi 1000 ta aholiga nisbatan ishsizlar Ishsizlik indeksi Ishsizlik darajasi Qoraqalpog‘iston 100,0 100,0 100,0 43,1 1,00 10,5 Nukus sh. 17,2 19,4 19,5 47,1 1,09 10,0 Tumanlar: Amudaryo 10,1 9,6 9,7 39,4 0,91 10,5 Beruniy 10,0 9,8 9,8 41,5 0,96 10,5 Bo‘zatov 1,1 1,0 1,0 42,1 0,97 11,2 Qanliko‘l 2,8 2,6 2,6 43,9 1,01 11,0 Qorao‘zak 2,8 2,6 2,6 42,5 0,98 10,9 Kegeyli 3,8 4,3 4,3 50,1 1,16 10,9 Qo‘ng‘irot 6,8 7,0 7,0 46,6 1,08 11,1 Mo‘ynok 1,6 1,6 1,6 37,3 0,86 9,7 Nukus 2,5 2,6 2,6 43,2 1,00 10,6 Taxiatosh 4,0 4,3 4,3 47,4 1,10 10,6 Taxtako‘pir 2,1 1,9 1,8 40,3 0,93 11,2 To‘rtko‘l 11,1 10,1 10,1 38,7 0,89 10,6 Xo‘jayli 6,5 5,9 5,9 40,1 0,93 10,7 Chimboy 6,2 6,2 6,2 45,1 1,04 10,5 Shumanay 3,1 2,7 2,7 41,9 0,97 11,0 Ellikkal’a 8,2 8,3 8,3 42,7 0,99 10,6
8 Jadval https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_554.pdf ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan tuzilgan. Keyingi yillarda mintaqada aholining iqtisodiy faollik darajasi ancha ortib bormoqda (2-jadval). Aholining iqtisodiy faollik darajasi quyidagi formula orqali topildi. K - Aholining iqtisodiy faollik darajasi ko‘rsatkichi P - Iqtisodiy faol aholi soni L - Mehnatga layoqatli mehnat yoshidagi o‘rtacha aholi soni Iqtisodiy faol aholi ish bilan ta’minlangan “band aholi”dan hamda ish bilan ta’minlanmagan “ishsizlar”dan tashkil topgan. 2024-yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotida band aholi soni 759,4 ming kishini tashkil etdi. Bu jami aholining 37,9%ni, mehnat resurslarining esa 69,1% demakdir. Umuman, 2014-2024-yillar mobaynida jami aholi tarkibida band aholining ulushi 2,2%ga ortgan bo‘lsa, mehnat resurslariga nisbatan esa band aholining ulushi 7,8%ga ortgan. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistondagi jami band aholining 5,3%ga teng. 2-jadval. Aholining iqtisodiy faollik, bandlik va ishsizlik darajalari Yil Aholining iqtisodiy faollik darajasi Aholining bandlik darajasi Aholining ishsizlik darajasi O‘zbekiston Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston Qoraqalpog‘isto n O‘zbekiston Qoraqalpog‘isto n 2015 71,9 61,4 68,2 58,1 5,2 5,3 2018 74,3 69,5 67,4 62,9 9,3 9,5 2020 73,8 69,2 69,0 65,8 8,1 7,7 2024 72,3 68,2 68,3 64,3 6,8 5,4 Jadval https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_1311.pdf ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. Statistik ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, 1991-1995-yillarda iqtisodiyotda band aholi soni yiliga o‘rtacha 4620 nafarga ortib bordi. Bu ko‘rsatkich 1995-2000-yillarda 7700 kishiga, 2000-2005-yillarda 7483 kishiga, 2005-2010-yillarda 7817 kishiga, 2010-2015-yillarda 8200 kishiga va 2015-2020-yillarda 11550 kishiga 2020-2024yillarda 12900 esa kishiga ortdi. Umuman, mintaqada 2010-2024-yillarda band aholi soni 130,7%ga ortdi. Mintaqa iqtisodiyoti tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 25,2% qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklarida, 8,6% - sanoatda, 10,2% - qurilishda, 11,9% - ta’limda, 11,2% - savdoda, 4,6% - tashish va saqlashda, 4,4% - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda va qolgan qismi esa iqtisodiyotning boshqa sohalarida faoliyat olib bormoqdalar. 2000-2024-yillarda band aholining ulushi qishloq, o‘rmon
9 va baliq xo‘jaliklarida qisqargan bo‘lsa, sanoat, qurilish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida band aholi soni ham, salmog‘i ham ortib bordi. Band aholi sonining o‘sishiga mintaqada olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida erishilmoqda. Iqtisodiyotda band bo‘lgan aholi tarkibida ayollar o‘ziga xos o‘ringa ega. Ayollar ulushi asosan savdo va umumiy ovqatlanish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida salmoqlidir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, band erkaklarning asosiy qismini 25-54 yoshdagilar tashkil etsa, ayollarda bunday yosh guruh bo‘lib, 16-49 yoshdagilar hisoblanadi. Band aholining o‘rtacha yoshi erkaklarda 37,5 teng bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich ayollarda 35,7 yoshni tashkil etadi. Ayollar bandligiga xos ushbu xususiyatlarni iqtisodiyotni rivojlantirishda hisobga olish ahamiyatlidir. Qoraqalpog‘istonda ish bilan bandlik nuqtayi nazaridan ayollar soni va tarkibiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha erkaklardan orqada qolmoqdalar. Aksincha, esa iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari bo‘yicha ulardan ustun turadilar. Ma’lumki, ishsizlik ishchi kuchining ish o‘rinlariga mos kelmasligi natijasida yuzaga keladi. Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatga olingan ishga muxtoj aholi soni 2024yilda 46,4 nafarni tashkil etdi (2-rasm). Oxirgi yillarda mintaqada ishsizlar soni ortib borib, ikki martaga ko‘paydi. 2015-2022-yillarda aholining ishsizlik darajasi 5,3%dan – 9,2%ga ko‘tarildi. Ishga joylashishga muhtoj aholi bilan yangi yaratilgan ish o‘rinlari o‘rtasida nisbat 3,5 martaga farq qiladi. Bugungi kunda Qoraqalpog‘stonda 1 ta band aholiga 2,7 ta band bo‘lmagan aholi (boqimanda) to‘g‘ri keladi. Aholining 31% mehnat yoshigacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardan iborat. Ushbu ko‘rsatkich pensionerlar bilan birga 41%ni tashkil etadi. 2rasm. Qoraqalpog‘istonda ishsizlar soni va ishsizlik darajasi dinamikasi
10 Ba’zi hududlarda mavjud ichki imkoniyatlardan samarali foydalana olinmayotganligi joylarda aholi bandlik darajasining mintaqa o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli darajada past bo‘lishiga olib kelmoqda. Aholining ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan hududlarga Poytaxt Nukus shahri 7,6 ming hamda mintaqaning janubiy Amudaryo tumani 5,2 ming, To‘rtkul tumani 5,0 ming, Beruniy tumani 4,6 ming, Ellikqal’a tumanida esa 4,0 ming kishi bo‘lib, ularda ishsizlik darajasi mintaqaning o‘rtacha ko‘rsatkichi 2,7 ming kishidan ortiq. Keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda yangi ish o‘rinlarini yaratishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mintaqada aholi bandligini ta’minlash Dasturi bo‘yicha 2019yilda 19,5 ming kishilik yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Yaratilgan yangi ish o‘rinlarining 44,3% (8634) kichik biznes subyektlari tomonidan tashkil etildi. Yaratilgan ish o‘rinlarining 12,8% - yirik loyihalar, 29,6% - kichik loyihalar, ya’ni o‘z mablag‘i hisobiga, 38,6% - kredit berish hisobiga tashkil etilgan ish o‘rinlaridir. Shuningdek, mintaqada hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga 6,3%, byudjet mablag‘lari hamda davlat-xususiy sherikchilik asosida ishga tushadigan ijtimoiy va boshqa obyektlar hisobidan 10% hamda 2,7% esa faoliyat ko‘rsatmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan binolar va qurilishi tugallanmagan obyektlar negizida shakllantirildi. Qoraqaopog‘istonda mahalliy va xorijiy investisyalar asosida tabiiy resurslarning ishga solinishi, yangi kichik sanoat zonalarining barpo etilishi, transport tizimining rivojlantirilishi aholini ish bilan ta’minlanganlik darajasining yuqori bo‘lishiga olib keladigan asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Biroq, Qoraqaopog‘istonda mavjud ichki imkoniyatlardan samarali foydalana olinmayotganligi aholi bandlik darajasining mamlakat o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli darajada past bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Qoraqalpog‘iston sharoitida aholini ish bilan ta’minlashning o‘ziga xos siyosatini ishlab chiqish va uni boshqarish tizimini yaratishda mintaqada vujudga kelgan o‘ziga xos demografik, iktisodiy, ijtimoiy, milliy va ekologik vaziyatni oqilona va to‘g‘ri baholash mazkur masalani hal etishning muhim shartidir. Iqtisodiyotning hozirgi taraqqiyotida mintaqadagi mavjud mehnat resurslaridan oqilona foydalanishning zarurligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi. Mintaqada mahalliy xom ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil etish va uni rivojlantirish asosida yangi ish joylarini tashkil qilib, aholini ish bilan ta’minlash muammosini hal qilish mumkin.
11 Mehnat resusrlaridan samarali foydalanish va aholini ish bilan ta’minlash mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishining muhim sharti va aholi turmush darajasini oshirishning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Ishsizlik muammolarini bartaraf etishda mintaqaga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida yangi tabiiy resurslarni ishga solinishi, yangi sanoat zonalarini tashkil etilishi, transport tizimining rivojlantirilishi aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasini ko‘tarilishiga olib keluvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Mintaqadagi eng dolzarb muammolardan biri qishloq joylarida ortiqcha mehnat resurslarining to‘planib qolishidir. Iqtisodiyotning hozirgi taraqqiyotida iqtisodiy faol aholidan samarali foydalanishning zarurligi, qishloq joylarini har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi. Qishloq joylarida mahalliy xom-ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil etish yoki xalq iste’moli buyumlari ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish joylarini yaratish, ortiqcha bo‘lgan mehnat yoshidagi aholini ish bilan band qilish muammosini ma’lum darajada hal qilish mumkin. Mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish mintaqaning ravnaqi va aholi bandligini to‘laroq qondirish, ularning turmush tarzini yuksaltirish masalasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mintaqada ishsizlik darajasini pasaytirish va mehnatga layoqatli yoshdagi aholini ish bilan bandlik darajasini ko‘tarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: • kelajakda mehnat resurslarining o‘sish sur’ati bilan ish joylarini o‘sishi sur’ati o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlashga erishish; • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan kamchiliklarni bartaraf etishni yanada kuchaytirish; • yosh farzandlari bor ayollarni hamda ishlash istagida bo‘lgan pensionerlarni bandligini tashkil etish; • engil va oziq-ovqat sanoatlarida yakuniy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni kengaytirish va rivojlantirish; • mehnat resurslari ko‘p joylashgan hududlarda mehnatni ko‘p talab qiluvchi engil va oziq-ovqat mahsulotlariga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini ochish va x.k.lar.
12 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ўзбекистон Республикасининг «Аҳоли бандлиги тўғрисида»ги янги РҚ-642-сонли Қонуни. Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 20.10.2020й., 03/20/642/1396сон. 2. “Ўзбекистон – 2030” стратегияси тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ – 158-сон Фармони. Қонунчилик маълумотлари миллий баъзаси, 11.09.2023 й., 06/23/158/0694-сон. 3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг Тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги ПФ-60-сон Фармони. 28.01.2022 йил 4. Бўриева М.Р. Демография асослари. Т., ЎзМУ нашриёти.2002. 5. Джумабаева Ш.Х. Қорақалпоғистон республикасида аҳоли ва меҳнат ресурслари шаклланишининг демографик хусусиятлари ва муаммолари «MA’MUN SCIENCE» 2жилд №1 сон. Тошкент-2024. - 241-249 б. 6. Ембергенов Н.Ж., Турсунов М.Ж. Қорақалпоғистон Республикаси аҳолисининг ҳудудий таркибини такомиллаштиришда табиий ресурсларнинг аҳамияти // Ўзбекистон география жамияти ахбороти. 35 жилд. – Т., 2010. – 48-51 б. 7. Жолдасов А.С., Ходжаева Г.А., Умаров Е.К. Аральский экологический кризис и особенности демографического развития сельской местности Республики Каракалпакстан. – Нукус: КГУ, 2009. – 48 с. 8. Ходжаева Г.А., Умаров У.К. Орол фожеаси ва Қорақалпоғистоннинг табиий-иқтисодий зоналари бўйича аҳолини ҳудудий жойлаштириш масалалари // Ўзбекистон география жамияти ахбороти. 18 т. II қисм. – Т., 1997. – 94-97 б.