AHOLI ZICHLIGINI YER SIG'IMI USLUBI ASOSIDA ANIQLASH DETERMINING POPULATION DENSITY BASED ON THE LAND CAPACITY METHOD
Full text
13 AHOLI ZICHLIGINI YER SIG‘IMI USLUBI ASOSIDA ANIQLASH DETERMINING POPULATION DENSITY BASED ON THE LAND CAPACITY METHOD Abduvaliyev X.A., Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston Komilova N.O‘. Farg‘ona davlat universiteti, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392559 Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston shaharlari va ma’muriy tumanlarida aholi zichligini noananaviy uslubda ya’ni yer sig‘imi yordamida hisoblashning bugungi zarurati ko‘rib chiqilgan. Yer sig‘imi uslubida aholining hududdagi haqiqiy zichlig‘i namayon bo‘lishi, u real holatda aholi zichlig‘ining brutto koeffitsiyentiga nisbatan aniqlikka ega bo‘lishi asoslantirilgan. Shuningdek, maqolada yuqoridagi masalalar misollar yordamida tushuntirildi. Kalit so‘zlar. Statistik tahlil, yer sig‘imi uslubi, sug‘oriladigan yerlar, sug‘oriladigan maydon, sof demografik birlik. Abstract. The article examines the current necessity of calculating population density in the cities and administrative districts of Uzbekistan using a non-traditional approach — the land capacity method. It is substantiated that this method reveals the actual population density within a territory, providing more accurate results compared to the gross population density coefficient. In addition, the article presents examples that illustrate the discussed issues. Keywords. Statistical analysis, Land capacity method, Irrigated lands, Irrigated area, Pure demographic unit. Kirish. Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi sonining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining ortishi va yerga bo‘lgan talabning kuchayishi natijasida hududlarda xo‘jalik va antropogen hajmining ortishi kuzatilmoqda. Xususan, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosini tashkil etadigan sug‘oriladigan yerlar miqdori, aholi jon boshiga hisoblanganda yildan-yilga kamayib bormoqda 1, 3. Markaziy Osiyoda, xususan O‘rta Osiyo (hozirgi O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning janubiy hududlari) hududlarida aholi asosan sug‘oriladigan dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Ko‘p joylar cho‘l va dasht bo‘lganligi bois, dehqonchilik faqat suv manbalari (daryo, ariq, kanal) atrofida rivojlangan. Shuning uchun qadimdan ham tarixchilar, ham geograf va iqtisodchilar aholi zichligi haqida so‘z borganda «sug‘oriladigan yerlar» omilini alohida e’tiborga olishni maslahat beradilar. O‘rta Osiyo sharoitida faqat yer maydonini olgan holda «umumiy aholi zichligi»ni hisoblash ko‘p hollarda noto‘g‘ri xulosa berishi mumkin. Chunki hududning katta qismi sug‘orilmaydigan, deyarli aholi yashamaydigan yoki juda kam faoliyat yuritiladigan cho‘l-dashtlardan iborat.
14 Qayerda suv manbasi, qayerda unumdor yerlar bo‘lsa – demak, aholining asosiy qismi o‘sha atrofda istiqomat qilishi yoki o‘sha yerda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi. Sug‘oriladigan yerlar bo‘yicha zichlikni bilish, mintaqaviy qishloq xo‘jaligini rejalashtirishda juda muhim. Agar sug‘oriladigan yerlar hajmi cheklangan bo‘lsa-yu, aholi soni tez o‘sib borayotgan bo‘lsa, demak, bu yerda resurslar cheklanganligi yuzaga kelib, mavjud vaziyatning yanada yomonlashuvi kuzatiladi. Tadqiqot mavzuining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risidagi milliy hisobotning 2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra aholi punktlari yerlari bilan birgalikda sug‘oriladigan yerlar miqdorining oz miqdorda bo‘lsada o‘sganligi ko‘rinadi. Ammo bu holat keyingi yillarda aholi punktlarini joylashtirishda sug‘oriladigan yerlardan tashqari yerlarni ajratilishi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. 2017 yil 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha sug‘oriladigan yerlar 4312,9 ming gektarni, ya’ni respublika umumiy yer maydonining 9,6 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil 1 yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 4342,5 ming gektarni ya’ni, 9,7 foizni tashkil etgan. So‘nggi 7 yilda sug‘oriladigan yerlar maydoni 0,6 foizga o‘sganligi ko‘rinadi. Biroq, bu ko‘rsatkich sug‘oriladigan yerlar miqdori oshib borayotganligini anglatmaydi. Respublikamizning qadimdan sug‘orish imkoniyati yuqori bo‘lgan hududlarida (Farg‘ona vodiysi, Zarafshon vohasi, Quyi Amudaryo) o‘tgan asrning birinchi va ikkinchi choraklarida keng miqyosda sug‘oriladigan yerlar hisobining kengaytirilishi natijasida bugungi kunga kelib, sug‘oriladigan yerlar maydoni sezilarli darajada oshdi. Bu esa respublika umumiy ko‘rsatkichiga nisbatan 5,2 marta kattadir. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Qashqadaryo viloyatida sug‘oriladigan yerlarning ulushi respublikaning boshqa hududlariga nisbatan ko‘p bo‘lsa, eng kam sug‘oriladigan yerlarga ega viloyat bu Navoiy viloyatidir. Lekin, Qashqadaryo viloyatida sug‘oriladigan yerlarning ko‘pligi bu viloyatda yerlarning buzilishi, tuproq eroziyasining yuqoriligi, yerlarning botqoqlashuvi kabi holatlar ham yuqoriligini anglatadi. Buning ustiga ekin yerlarning barchasi sug‘orishni talab etuvchi yerlardir. Natijalar, ularning muhokamasi. Maydon jihatidan eng katta sug‘oriladigan yerlar Qashqadaryo viloyatiga (viloyatlar ishida) to‘g‘ri kelsada, viloyat maydonida sug‘oriladigan yerlarning ulushi bo‘yicha Sirdaryo viloyatiga oldindadir. Bu yerda mavjud 427,6 ming ga yerning 67,2 foizi sug‘oriladigan yerlar xissasiga to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinlarni Farg‘ona vodiysining uch viloyati, ya’ni Andijon (65,2 foiz), Farg‘ona (54,6 foiz) va Namangan (39,0 foiz) viloyatlari egallaydi (1jadval). Aholi jon boshiga sug‘oriladigan yer maydonlari eng past ko‘rsatkichlari
15 albatta Farg‘ona vodiysining uch viloyatiga (Andijon, Farg‘ona, Namangan) hamda Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi. Andijonda, 12,11 ga, Samarqandda 11,09 ga, Farg‘onada 11,02 hamda Namanganda 10,58 ga tashkil etadi. Bu borada Andijon viloyati aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar bilan eng kam ta’minlangan viloyatdir. Bu holat aholini sug‘oriladigan yerlardan foydalanishni oqilona tashkil etishni majmuali o‘rganishni taqozo etadi. 2017-2024 yillarda respublika sug‘oriladigan yerlari miqdori 29,6 ming gektarga ortgan. Bu holat sug‘oriladigan ko‘p yillik daraxtzorlar hamda sug‘oriladigan o‘rmonzor va butazorlarning kengaytirilganligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari mavjud sug‘oriladigan yerlarni asrab qolish, imkon qadar ularning maydonini kengaytirish uchun keyingi yillarda amalga oshirilayotgan shaharsozlik loyixalari asosan sug‘orilmaydigan maydonlarga yo‘naltirilmoqda. Sug‘oriladigan yerlar miqdori va hududda mavjud aholi ko‘rsatkichlarini yanada chuqurroq tahlil etish maqsadida iqtisodiy geografiyada aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar maydonidan farqli ravishda 1 gektar maydonga to‘g‘ri keluvchi aholi soni ham hisoblanadi. Bu ikki ko‘rsatkich bir-biriga teskari proporsianallikda rivojlanadi. Ya’ni, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi sug‘oriladigan yerlar qancha kamaysa, 1 ga maydonga to‘g‘ri keluvchi aholi soni ortib boradi. 1-jadval 2017-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan yerlarining o‘zgarishi
16 Jadval O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‘g‘risida milliy hisobot ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan. Mamlakatimiz umumuy yer maydoni 44892,4 ming gektarni tashkil etib, uning 4336,1 ming gektari sug‘oriladigan yerlar xissasiga to‘g‘ri keladi [4]. Sug‘oriladigan yerlarning umumiy yer maydondagi ulushi 9,7 foizni tashkil etib, viloyatlar kesimidagi holat 1-jadvalda keltirilgan. Afsuski sug‘orish imkoniyati yuqori bo‘lgan hudularimizning maydonlari juda oz. Masalan, mamlakatimizda o‘zining maydoniga nisbatan eng katta sug‘oriladigan maydonlarga ega bo‘lgan Farg‘ona vodiysi viloyatlarining umumiy yer maydoni 1848,9 ming gektarni tashkil etadi. Bu esa jami respublikaning 44892,4 ming gektar yeriga nisbatan 4,12 foizni tashkil etib, Andijon viloyati 0,96 foiz (430,3 ming ga), Namangan viloyati 1,66 foiz (743,3 ming ga), Farg‘ona viloyati 1,50 foiz (675,3 ming ga) ulushga ega. Farg‘ona vodiysida 938,8 ming gektar sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, u respublika sug‘oriladigan yerlarining 21,62 foiziga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarni Janubiy O‘zbekiston, Quyi Amudaryo, Zarafshon, Mirzacho‘l va Toshkent mintaqasi egallaydi. Ularda mos ravishda respublikaning 19,2, 18,9, 18,9, 13,64 va 9,26 foiz sug‘oriladigan yerlari mos keladi. Respublika jami sug‘oriladigan yerlariga nisbatan eng katta ulush Qoraqolpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri kelib, unda 517 ming gektar sug‘oriladigan yerlar mavjud. Bu ko‘rsatkich bilan u respublika sug‘oriladigan yerlarining 11,91 foiziga egalik qiladi. Keyingi o‘rinni Qashqadaryo viloyati band etib, unda 513,5 ming gektar sug‘oriladigan yer bo‘lib, respublika sug‘oriladigan yerlarining 11,81 foizi demakdir. Lekin shuni inobatga olish kerakki, Farg‘ona vodiysi viloyatlari umumiy maydonning 4,12 foizini egallagani holda sug‘oriladigan yerlarning 1/5 qismidan ortiqrog‘iga egalik qiladi. Mazkur maqolaning mazmunidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan yerlari maydoni va uning aholiga soniga nisbatan ko‘rsatkichlarini tahlil etamiz (2-jadval). Aholi zichligi bo‘yicha mamlakatimiz viloyatlarining barcha ma’muriy tumanlari tahlil etilganda eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyati Asaka tumanidir. Unda 1 km kv maydonga 1254,4 kishi to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati Toshkent tumani (1205,1 kishi), Andijon viloyati Shaxrixon tumani (969,6 kishi), Andijon viloyati Izboskan tumani (903,6 kishi), Toshkent viloyati Zangiota tumani (889,1 kishi) egallaydi. Ammo bizga ma’lumki aholining maskanlarining kattagina qismi sug‘oriladigan maydonlarga to‘g‘ri keladi va u yerda respublikamiz aholi maskanlarining qariyb, 90 foizdan ortig‘i joylashadi. Sug‘oriladigan maydonlar
17 esa respublikaning atiga 9,7 foizini tashkil etadi xolos. 2-jadval O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan yerlar maydoni va uning aholiga nisbatan ko‘rsatkichlari Jadval O‘zbekiston Respublikasi Yer fondi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan. Bu esa umumiy zichlikka nisbatan aslida sug‘oriladigan yerlarda bundan ham katta ekanligini bildiradi. Asaka tumani umumiy aholi zichligi bo‘yicha eng yuqori o‘rinni band etgani bilan u 1 ga sug‘oriladigan yerda to‘g‘ri keluvchi aholi soni bo‘yicha o‘z o‘rnini Navoiy viloyati Uchquduq tumaniga bo‘shatib beradi. Uchquduq tumanida 1 ga sug‘oriladigan maydonga 327,5 kishini (1 km2 sug‘oriladigan maydonga 32750 kishi) tashkil etadi (3a-jadval). Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, mamlakatimizda 1 km kv maydonga aholi zichligi 8,2 kishini tashkil etgani holda, sug‘oriladigan yerlarga nisbatan aholi zichligi 848,7 kishiga teng bo‘lishini aytib o‘tish zarur. Sug‘oriladigan maydonlarga nisbatan zichlikning yuqoriligida Navoiy viloyati Uchquduq tumani 2-o‘rinni (1 km2 sug‘oriladigan maydonga 6352,5 kishi), Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 3-o‘rinni (1 km2 sug‘oriladigan maydonga 5451,1 kishi), Jizzax viloyati Forish tumani 4-o‘rinni (1 km2 sug‘oriladigan maydonga 4992,4 kishi), Surxondaryo viloyati Boysun tumani 5-o‘rinni (1 km2
18 sug‘oriladigan maydonga 2764 kishi) band etadi. Aholi zichligining brutto koeffitsentida 1-o‘rinni qayd etgan Asaka tumani mazkur ro‘yxatda 8-o‘rinni band etib, 1 km2 sug‘oriladigan maydonga 1990,7 kishi to‘g‘ri keladi. Ko‘rinib turibdi, bir qarashda maydoni jihatdan yirik hisoblangan Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarining ham amalda zichligi o‘ta yuqori hududlari mavjud (3 ajadval). Bizga ma’lumki, 2024 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra respublikamizda 177 ta ma’muriy tumanlar bo‘lib, ularning 12 tasi Toshkent shahri tumanlaridir. Yana ikkita ma’muriy tuman yangi tashkil etilgan bo‘lib, Namangan shahri tarkibiga kiradi. Ular Davlatobod va Yangi Namangan tumanlaridir. 1 gektar maydonga to‘g‘ri keluvchi aholi zichligi hisoblanganda shahar hududlari va shaharlarning ma’muriy tumanlari inobatga olinmaydi. Sababi shaharlarda sug‘oriladigan maydonlar kam bo‘lishi bu hisob ishlarini ishonchliligini kamaytiradi. 3 a-jadval O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy tumanlarining umumiy va sug‘oriladigan maydon bo‘yicha zichlik tafovutlari (a – umumiy zichlik bo‘yicha) 1 km2 maydonga 1 ga sug‘oriladigan yerga O‘rni Ma’muriy tuman Aholi zichligi O‘rni Ma’muriy tuman Aholi zichligi 1 Asaka 1254,4 8 Asaka 19,9 2 Toshkent 1205,1 9 Toshkent 19,3 3 Shaxrixon 969,6 14 Zangiota 16,0 4 Izboskan 903,6 17 Shaxrixon 14,4 5 Zangiota 889,1 18 Buloqboshi 14,3 6 Oltinko‘l 866,5 25 To‘raqo‘rg‘on 13,1 7 Norin 850,8 28 Izboskan 12,7 8 To‘raqo‘rg‘on 813,3 31 Oltinko‘l 12,1 9 Buvayda 811,0 33 Buvayda 11,8 10 Buloqboshi 810,2 42 Norin 10,4 3 b-jadval O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy tumanlarining umumiy va sug‘oriladigan maydon bo‘yicha zichlik tafovutlari (b – sug‘oriladigan maydonlar bo‘yicha) 1 ga sug‘oriladigan yerga 1 km2 maydonga O‘rni Ma’muriy tuman Aholi zichligi O‘rni Ma’muriy tuman Aholi zichligi 1 Uchquduq 327,5 1 Asaka 1254,4 2 Tomdi 63,5 2 Toshkent 1205,1 3 Dehqonobod 54,5 51 So‘x 380,1
19 4 Forish 49,9 132 Qo‘shrabot 65,7 5 Boysun 27,6 140 Dehqonobod 40,3 6 Qo‘shrabot 24,9 141 Boysun 38,3 7 Nurobod 22,0 147 Nurobod 33,5 8 Asaka 19,9 155 Forish 10,3 9 Toshkent 19,3 163 Uchquduq 0,9 10 So‘x 18,7 164 Tomdi 0,4 Jadval O‘zbekiston Respublikasi Yer fondi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan. Sug‘oriladigan asosiy maydonlar qishloq ma’muriy tumanlarida bo‘ladi. Shuning uchun hisob ishlarini 163 ta ma’muriy tumanlar ustida amalga oshiriladi. Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri respublikada yagona qishloq xo‘jalik maydonlari bo‘lgan shahardir. Shahar maydoni 25467 gektarni tashkil etib, uning 15132 gektari, ya’ni hududining 59,42 foizi sug‘oriladigan yerlardir. Yuqoridagilarni ibonatga olib, (177-12-2+1=164 ta) 164 ta hududlar bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarga aholi zichligini hisoblaymiz va brutto koeffitsent bilan solishtiramiz. Umumiy ya’ni, brutto zichlik bo‘yicha 164 ta ma’muriy hududning holati 1 km kv maydonga to‘g‘ri keluvchi aholi zichligi tartibida ko‘rib chiqilganda, dastlabki 10 ta o‘rinni band etgan ma’muriy hududlar 1 gektar sug‘oriladigan yerlarga to‘g‘ri keluvchi aholi zichligi bo‘yicha 8-42 o‘rinlarni band etganligi ko‘rinadi (3 a-jadval). Ahamiyatli jihati shundaki, aholisi umumiy zichlik bo‘yicha 1-o‘rinni band etgan Asaka tumani sug‘oriladigan yerlarga to‘g‘ri keluvchi zichlik bo‘yicha o‘z o‘rnini 8 pog‘ona pastlatib, Uchquduq tumaniga bo‘shatib beradi. Tumanda 1 gektar sug‘oriladigan maydonga 327,5 kishiga to‘g‘ri keladi va bu respublikada rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Ma’muriy tuman maydoni 4501456 gektarni tashkil etgani holda, unda atiga 120 gektar sug‘oriladigan yer mavjud xolos. Bu respublika bo‘yicha eng kam ko‘rsatkichdir. 1 gektar sug‘oriladigan yerlarga to‘g‘ri keladigan aholi zichligi bo‘yicha 1-10 o‘rinlarni band etgan ma’muriy tumanlar umumiy zichlik bo‘yicha 1-164 o‘rinlarni band etadi (3 b-jadval). Ahamiyatli tomoni shundaki, 1 gektar sug‘oriladigan yerlarga to‘g‘ri keladigan aholi zichligi bo‘yicha 1 va 2o‘rinlarni band etgan Uchquduq va Tomdi tumanlari, umumiy zichlik bo‘yicha mos ravishda 163 va 164 o‘rinlarni band etadi. Mazkur tumanlarning umumiy zichligi 1 km kv maydonga 0,9 va 0,4 kishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, Samarqand viloyatining Joyboy tumani umumiy zichlik ko‘rsatkichi bo‘yicha 1 km kv maydonga 338,7 kishi bilan 59-o‘rinni band etadi. Vaholanki, uning 1 gektar sug‘oriladigan maydonga to‘g‘ri keluvchi aholi zichligi 6,0 kishiga
20 to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich bilan mazkur tuman 97 o‘rinni band etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy tumanlarining umumiy va sug‘oriladigan maydon bo‘yicha zichlik tafovutlari jadvalining to‘liq holati kelgusi maqola ishlarida beriladi. Avvalgi tadqiqotlarda huddi shu usul bilan Farg‘ona vodiysining 40 ta ma’muriy tumanlari tahlil etilgan va aholi soni oz va zichligi bo‘yicha Farg‘ona vodiysi ma’muriy tumanlari ichida 38-o‘rinda qayd etiladigan So‘x tumanining aslida 1 ga sug‘oriladigan yerga to‘g‘ri keluvchi aholi soni bo‘yicha 1-o‘rinni qayd etilishi asoslangan edi [1]. Respublika tahlilida So‘x tumani umumiy zichlikda 51-o‘rinni, sug‘oriladigan maydonlar bo‘yicha 10-o‘rinni qayd etdi. Bunday tafovutning mavjudligi tumanlarning yer resurslari bilan (maydon bilan emas) ta’minlanganlik darajasini hududning tabiiy-landshaft sharoitlariga qanchalik bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi va aholi zichligini landshaft mintaqalari bo‘yicha hisoblashgina haqiqiy demografik yukni topish imkonini beradi degan fikrga kelishimizga asos bo‘ladi. Xulosa. Bunday misollardan go‘yoki (umumiy zichlikda past ko‘rsatkich qayd etgan tumanlardan) hozirda o‘zlashtirish imkoniyati bor yerlar mavjud degan xulosa chiqarish mumkin. Biroq, o‘zlashtirish imkoniyati bo‘lgan yerlar to‘liq o‘zlashtirilib, sug‘oriladigan yerlarga qo‘shilgan. Sug‘oriladigan yerlar bo‘yicha ko‘pchilik cho‘l tumanlari aholisi yer resurslari bilan eng kam ta’minlanganlar ichida oxirgi o‘rinlarni band etmoqda. Shuning uchun u yerdagi muammolar davlat miqyosida xal etilmoqda. Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi «20172021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uyjoylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2639-sonli qarori, Prezidentning 2017 yil 25 apreldagi «Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlari aholisi turmush darajasini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2925-sonli qarori, Prezidentining 2017 yil 8 avgustdagi «Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3182-sonli qarori, Prezidentning 2017 yil 29 sentabrdagi «Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari hamda Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3301-son qarorlari shular jumlasidandir.
21 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Аҳмадалиев Ю. Абдувалиев Ҳ. Фарғона водийсида аҳоли жойлашувини тадқиқ этишда ландшафт ёндошувининг қўлланилиши// Ўзбекистон география жамияти ахбороти, 57жилд. –Тошкент, 2020. 83-87 бетлар.; 24-б. 2. Аҳмадалиев Ю., Абдувалиев Ҳ. Фарғона водийсида аҳоли жойлашувини ландшафт омили асосида такомиллаштириш. Монография. «Classic» нашриёти, Фарғона, 2021. 140 б. 3. Мўминов Д. Қишлоқ жойларнинг геоэкологик - хўжалик ҳолати ва уни такомиллаштириш йўллари. Геог. фан. ном. ...дис. автореф.-Т., 2011.-22 б. 4. Ўзбекистон Республикаси Ер фонди (2023 йил 1 январь ҳолатига). Т., 2023. – 202 б.