scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AHOLI MANZILGOHLARINI KLASSIFIKATSIYAGA AJRATISH MASALALARI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)

Avezov S.A.; Gulimmmatov I.B.; Normetov S.M.

Full text

27 AHOLI MANZILGOHLARINI KLASSIFIKATSIYAGA AJRATISH MASALALARI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA) Avezov S.A. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Gulimmmatov I.B. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Normetov S.M. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392587 Annotatsiya. Mazkur maqolada aholi manzilgohlarini klassifikatsiyaga ajratishning ayrim masalalari xorijiy va mahalliy ilmiy adabiyotlarni tadqiq qilgan holda o’rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Xorazm viloyati olingan. Kalit so‘zlar: aholi punktlari, aholi manzilgohlari, sinflashtirish, Xorazm viloyati aholisi, geografik o‘rin, qishloq, shahar, shaharcha, mahalla, aholi zichligi Annotation. This article examines certain issues related to the classification of human settlements based on the analysis of foreign and local scientific literature. The Khorezm region has been taken as the object of the study. Keywords: settlements, residential areas, classification, population of Khorezm region, geographical location, village, city, town, neighborhood, population density Kirish. Aholi qadimdan qulay bo‘lgan hududlarda joylashib keladi. Qadimgi Misr, Mesopatamiya, Mohenja-Daro kabi svilizatsiyalar ma’lum bir davr uchun eng qulay hududlar hisoblangan. Markaziy Osiyoda esa aholi punktlari asosan, daryo vodiylari va vohalarda joylashgan bo‘lib, sug’orma dehqonchlik markazlarida aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1000-3000 kishigacha, cho‘l hududalarida esa 1-2 kishini tashkil qiladi. Aholi joylashuvida asosan, tabiiy sharoit muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lib, aloqa yo‘llari, suv obyektlari bo‘ylarida chiziqli, ma’muriy markazlarda esa halqasimon shaklda aholi punktlari shakllangan. Xorazm viloyati qadimiy aholi manzilgohlaridan biri bo‘lib, Amudaryoning asosan chap sohilida joylashgan. Viloyat aholi zich joylashgan hudularda biri bo‘lib, jami aholining 5,6% istoqmat qiladi. Bundan tashqari aholi zichligi respublika o‘rtacha zichligidan deyarli 4 marta yuqori bo‘lib, Urganch shaxri va Hazorasp tumanlarida 1000 kishidan oshadi. Xorazm viloyati aholisi joylashuvi va aholi punktlarining geografik xususiyatlari shakllanishida Amudaryoning bevosita ta’siri mavjud. Bugungi kunda Xorazm 28 viloyatida 1,9 mln aholi 11 ta tuman, 3 ta shahar, 56 ta shaharcha va 526 ta mahallalar istiqomad qiladi[7]. Ushbu ilmiy ishning asosiy maqsadi Xalqaro va mahalliy ilmiy adabiyotlar hamda manbalar asosida Xorazm viloyati aholi punktlarini klassifikatsiyaga ajratish hisoblanadi. Metod va metodologiya tizim tahlil, taqqoslash, statistik tahlil, geografik anologiya Adabiyotlar tahlili Aholi punktlari aholi joylashuvining hududiy shakli bo‘lib, turli manbalarda turlicha ta’rif berilgan. Jumladan aholi punkti bu - odamlar istiqomat qiladigan joy. Aholi punkti chekka hududdagi bitta uy kabi kichik yoki mega shahar (10 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan shahar) kabi katta bo‘lishi mumkin [10]. Oksford lug'atida aholi manzilgohlari atamasi uchun bir nechta ta'riflar mavjud bo‘lib, geografik nuqtai nazardan mazmunian eng yaqin bo‘lganlaridan biri bu “aholi manzilogohlari bu-muayyan hududda istiqomat qiluvchi odamlar yig'indisi”(Sumita Gosh) [4]. Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Vankuver dekloratsiyasida esa “Aholi manzilgohlari deganda shahar, shaharcha, qishloq yoki barcha ijtimoiy, moddiy, tashkiliy, ma'naviy va madaniy boʻlgan insonlar jamoasining yigʻindisi tushuniladi”[9]. Aholi manzilgohlari va ularni tadqiq qilish bo‘yicha P.Das Gupta, S.M.Misra, Doxiadis, Konstantinos A., Sumita Gosh, J.Setka, J.Cheng, N.N.Baranskiy, V.P.Maksokovskiy, S.A.Kovalyov, V.P. Semenov-Tyan-Shanskiy, Y.G. Saushkin, N.N.Kolosovskiy, Z.M.Akramov, A.S.Soliyev, T.Mirzaliyev, L.X.Gulyamova, Y.I.Ahmadaliyev kabilarning tadqiqotlari bilan tanishib chiqildi. Aholi manzilgohlari geografiyasi yo‘nalishi rivojlanishida gerk olimi Doxiadis, Konstantinos A. ning ilmiy tadqiqotlari muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Doxiadis tominidan aholi manzilgohlari rivojlanishi tipologiyasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish bo‘yicha ilmiy metodologik asos ishlab chiqilgan. Asosiy qism Albatta, aholi manzilgohlarini tashkiliy shakliga ko‘ra qishloq, shahar, shaharcha kabi guruhlarga ajratish mumkin. Qishloq aholi punktlari asosan o‘troq va qishloq xo‘jaligi faoliyati ustun bo‘lgan hududlardir[1]. Shahar aholi puntlariga esa ushbu maqom jahon miqyosida davlatlarda turlicha talablar asosida beriladi. Shaharlar aholi soni, infratuzilmalarning shakllanganligi va sanoat yoki boshqa noqishloq xo‘jaligi sohlari rivojlangan hududlardir. Masalan O‘zbekistonda shahar maqomi aholi soni 7000 kishidan kam bo‘lmagan va jami iqtisodiyotda band aholisining 66 foizi noqishloq xo‘jaligi sohalarida ishlaydigan hududlarga beriladi. 29 Tadqiqotlarda ularni turli yondashuv va bir qancha omillar asosida klassifikatsiyaga ajratish muhim. 1. Geografik o‘rniga ko‘ra aholi manzilgohlari tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy geografik o‘rinlarini ajratish mumkin. Tabiiy geografik jihatdan quruqlik ichkarisida, degiz, ko‘l yoki daryo sohilida, relyef jihatdan esa tekislik, tog’oldi yoki tog’li hududlarda joylashganiga ko‘ra farqlanadi. Aholi manzilgohlarining ijtimoiy-iqtisodiy geografik o‘rni qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va boshqa infratuzilma obyektlariga ko‘ra farqlanadi. Jahon miqyosida shunday hududlar borki, ularda davlatlar, mintaqalar yoki kichik etnik birliklarning manfaatlari to‘qnashgan bo‘lib doimiy ravishda siyosiy mojarolar sodir bo‘lishi bilan ajralib turadi. Aholi manzilgohlarining geografik o‘rni ularning boshqa jihatlarining shakllanishida muhim amaliy ahamiyatga egadir. Masalan, sohil bo‘yida, ijtimoiy-iqtisodiy markazlarda joylashgan aholi manzilgohlari barqaror va progressiv rivojlanish xususiyatlariga ega bo‘ladi. Jumladan O‘zbekistonning sug’orma dehqonchilik markazlarida, xususan Xorazm viloyatida aholi manzilgohlari asosan, irrigatsiya inshootlari yaqinida joylashgan. 2. Genetik shakllanishi jihatidan dastlab aholi maznilgohlari grek olimi Doxiadis fikriga ko‘ra 1. Ibtidoiy uyushmagan aholi punktlari, 2. Ibtidoiy uyushgan aholi punktlari, 3. Statik shahar aholi punktlari, 4.Dinamik shahar aholi punktlari, 5. Universal shahar bosqichlarida rivojlanadi. Uning fikriga ko‘ra uyushgan aholi punktlarining shakllanishi boshqariladigan qishloq xo‘jaligi shakllanishi bilan bogliq. Keyinchalik aholining o‘troq joylashishi, ijtimoiy mehnat taqsimotning sodir bo‘lishi aholi punktlarini areallarini kengaytirdi va bir monoyadrodan poliyadroli formaga o‘zgarib bordi bu esa aholi manzilgohlari hisoblanadi. Dastlabki shaharlar bundan 5-6 ming yil oldin shakllana boshlagan bo‘lib, ularning rivojlanishida endilikda hududiy mehnat taqsimoti va transport muhim amaliy ahamiyat kasb qila boshlagan. Jumladan, Qadimgi Xorazm aholi punktlari shakllanishi va rivojlanishida sun’iy sug’orish inshootlarining ixtiro qilinishi, hamda savdo yo‘llarining ta’siri kuchli bo‘lgan. Aholi manzilgohlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport negizida shakllangan yoki maxsus rejalashtirish asosida tashkil qilingan turlarga ajratish mumkin[6]. XX asrning 30 yillaridan (N.N. Kolosovskiy “Energiya ishlab chiqarish sikllari”) Sobiq ittifoqda aholi manzilgohlarini energiya manbalari bilan ta’minlash maqsadida “posyolkalashtirish” siyosati olib borildi va bu jarayon qariyib 50 yilgacha davom qilgan[2]. Natijada ko‘plab tarqoq joylashgan uylar klasterlangan formaga olib kelingan. Braziliya, Avstraliya, Qozog’iston kabi bir qancha davlatlarda esa poytaxtlarni reja asosida ko‘chirish yoki yangidan tashkil qilish maqsadida aholi 30 manzilgohlari (poytaxt shaharlar) tashkil qilingan. O‘zbekistonda aholi manzilgohlari genetik shakllanishida asosan, qishloq xo‘jaligi (Xorazm viloyati sug’orma dehqonchilik), tog’-kon sanoati (Gazli, Zarafshon, Olmaliq, Muborak va boshqalar) transport (Kogon, Denov) muhim amaliy ahamiyat kasb qilgan. 3. Aholi manzilgohlari maydoni uning joylashan o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlariga bog’liq holda shakllanadi. Progressiv, barqaror regressiv rayonlarda aholi joylashuvi turli yo‘nalishda va intensivlikda sodir bo‘ladi. Aholi manzilohlarining maydoni relyef xususiyatlariga ham bog’liq. Tog’oldi hududlarida (Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyati) joylashgan aholi punktlari tarqoq joylashuvi natijasi hudud qamrovi kattalashadi. Aholi soni zich bo‘lgan hududlarda esa qishloqlarning bir-biriga qo‘shilib ketishi (Andijon, Xorazm) kuzatiladi. Progressiv aholi manzilogohlarida bu asosan Samarqand, Toshkent, Namangan, Farg’ona kabi shaharlarda suburbanizatsiya hududlari hisobiga shahar hududlari hududning kengayishi yuzaga keladi. Xorazm viloyatida aholi zich joylashganligi sababli hozirgi kunda qishloq aholi punktlari o‘rtasida interval qisqarib ular qo‘shaloq qishloqlarga aylanib bormoqda. Shahar atrofi hududlari asosan shahar bilan bog’liq shakllangan va amalda bunday hududlarni “shahar hududi” ga huquqiy jihatdan qo‘shish zarur. Masalan, Urganch shahri hududi va unig atrofidagi suburbanizatsiya hududlarini huquqiy jihatdan qo‘shish orqali ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni barqarorlashtirish mumkin. Ammo shahar infratuzilmalarini hozirgi holati shaharlashuv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 4. Aholi soniga ko‘ra aholi manzilgohlarini tadqiqotlarda qishloq va shahar guruhlariga bo‘lgan holda kengroq o‘rganiladi. Aholi punktlarida aholi soni geografik o‘rni, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanganligi, ixtisoslashuvi hamda infrastruktura kabi bir qancha omillarga bog’liq holda shakllanadi. Hozirgi kunda Yer sharida aholi soni 30 mln kishidan ortiq bo‘lgan megapolislar mavjud. O‘zbekistonda esa eng yirik shahar poytaxt Toshkentda 2,8 mln aholi istiqomat qiladi. Aholi soniga ko‘ra qishloq va shaharlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi (1-jadval). 1-jadval. Qishloqlar va MFY Shahar Guruh Aholi soni (ming kishi) Guruh Zichligi (1 km/kishi) Guruh Aholi soni (ming kishi) 1 Kichik <1 Juda siyrak <10 Mayda <10 2 O‘rta 1-3 Siyrak 10-100 Kichik 10-20 3 Katta 3-5 O‘rtacha zich 100-500 Yarim o‘rta 20-50 4 Yirik 5-10 Zich 500-1000 O‘rta 50-100 31 5 Juda yirik >10 Juda zich >1000 Katta 100-250 1-jadval. Aholi punktlarining aholi soniga ko‘ra guruhlanishi (A.Soliyev, Z.N.Tojiyeva ma’lumotlaridan foydalanib Xorazm vilyati uchun muallif tomonidan ishlab chiqildi.) Xorazm viloyatida aholi soniga ko‘ra mahallalar, shaharchalar va shaharlarni guruhlarga ajratish statistik ma’lumotlar asosida amalga oshirildi. Viloyatda hozirgi kunda 1,9 mln kishida ortiq aholi istiqomad qiladi. Aholining asosiy qismi asosan, qishloq hududlarida klasterlangan aholi manzilgohlarida istiqomat qiladilar. Aksariyat aholi manzilgohlari sug’oriladigan yerlarga to‘g’ri keladi. Aholi manzilgohlarining hozirgi formalari shakllanishida XX asrning 70 yillarida amalga oshirilgan “posyolkalashtirish” (elektr-energiya, gaz, suv bilan ta’minlash va transport tarmoqlarini shakllantirish maqsadida) muhim amaliy ahamiyat kasb qilgan. Viloyatda aholi soniga ko‘ra yirik aholi manzilgohlari mahallalar (MFY) kesimida 75 ta bo‘lib Xonqa (19), Xiva(14) tumanlarida hamda Urganch shahrida (10) joylashgan. Aholining qariyb 80%i “o‘rta” va “katta” MFYlarga to‘g’ri keladi. Aholi soni 1000 kishidan kam bo‘lgan faqat bitta MFY (Yangibozor tumani Navryop MFY) mavjud. Viloyatda MFYlar kesimida aholi zichligi Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarida juda yuqori bo‘lib o‘rtacha har km.kv ga 5000-7000 kishini tashkil qiladi. Aholi zichligi 4 ta MFYda juda siyrak (Tuproqal’a tumani), 20 ta MFYda esa siyrak joylashgan bo‘lsa 167 ta MFYlarda “juda zich” joylashgan. 5. Aholi manzilgohlari geografik o‘rni, ixtisoslashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi aholisi soni, tarkibi uning turli jarayonlardagi tutgan o‘rnini belgilab beradi. Masalan, Urganch shaxri ma’muriy madaniy va xizmat ko‘rsatish markazi, Xiva shaxri turizm, Pitnak sanoat markazi hisoblanadi. Qishloq aholi punktlari esa bog’dorchilik (Madaniyat, Bog’olon), uzumchilik (Qorayantoq), baliqchilik (Yangiariq, Kattabog’, Tuzloq), sholichilik (Guliston, Vazir) kabi ixtisolashuvi bilan alohida ajralib turadi. Aholi punktlari iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanganligi va ixtsoslashuvidan kelib chiqqan holda tuman yoki viloyat miqyosidagi darajalarga ajratilishi mumkin. Xulosa. Viloyat aholisi asosan, Amudaryoning chap sohilida tekislik hududda joylashgan bo‘lib, sug’orma dehqonchilik markazlarida istiqomat qiladilar. Aholi manzilgohlari 95% klasterlangan, 5%i esa kichik dispers shakllarda joylashgan. Aholi joylashuvida irrigatsiya tarmoqlari va transport yo‘llari ta’siri kuchli bo‘lganligi sababli aholi punktlari chiziqli, yulduzsimon, ma’muriy markazlarda esa halqasimon formalar hosil qilgan. Aholi soni asosan tabiiy ko‘payish hisobiga ortib bormoqda, mutloq o‘sish 30-35 ming kishini tashkil qiladi. Viloyatda 520 ta xonadon va 379 mingdan ortiq oilalar mavjud bo‘lib, bitta oilaga o‘rtacha 4 kishi to‘g’ri 32 kleadi. Aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi 73,4% ni tashkil qiladi. Ushbu ko‘rsatkich Gurlan va Hazorasp tumanlarida 65% ni tashkil qiladi. Aholi manzilgohlarining ixtisoslashuvida qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlari ustunlikka ega bo‘lganligi sababli urbanizatsiya darajasi 33% ni (Respublikada 50,5%) tashkil qiladi. Urbanizatsiya darajasi Bo‘g’ot, Xiva(11%), Hazorasp, Urganch tumanlarida 20% dan ham past. Aholi manzilgohlari kengayishi hisobiga sug’oriladigan yerlarning qisqarishi sodir bo‘lmoqda. Bu esa kelajakda aholi punktlarini tashkil qilish va boshqarishda qishloq xo‘jaligi yerlarini saqlab qolgan holda “oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” hamda optimal infrastrukturani tashkil qilish muammolarni bartaraf qilishni talab qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. З.Н.Тожиева “Аҳоли географияси” Ўқув қўлланма. Т: 2020 2. Солиев А. Ўзбекистон географияси. – Т.: Университет, 2014. 3. Солиев А., Бўриева М. ва бошқалар Қишлоқ жойлар демографияси. –Т., 2005. 4. Sumita Gosh. Introduction to settlement Geography. Haydarabad, India. 1998 5. Avezov S.A., Gulimmatov I.B., Normetov S. Urganch shahri hududiy kengayishini tahlil qilishda geografik axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari. “Янгиланаётган Ўзбекистонда география: фан, таълим ва инновация” Республика илмий-амалий конфренцияси материаллари. Тошкент, 15-декабр 2021. 6. Авезов С., Гулимматов И.“Хоразм воҳаси аҳоли манзилгоҳлари шаклланишининг тарихий географик масалалари”. Ўзбекистон Республикаси География жамияти ахбороти 59-том 2021 7. http://www.xorazmstat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2 8. https://www.thegeographeronline.net/settlements.html#:~:text=Key%20Terms,with%20over% 2010%20million%20residents). 9. https://mirror.unhabitat.org/downloads/docs/The_Vancouver_Declaration.pdf 10. https://www.britannica.com/topic/hamlet-settlement