SHAHAR ATROFI OZIQ-OVQAT SANOATINI RIVOJLANISHIDA AGROSANOAT KLASTRELARINING AHAMIYATI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA)
Full text
42 SHAHAR ATROFI OZIQ-OVQAT SANOATINI RIVOJLANISHIDA AGROSANOAT KLASTRELARINING AHAMIYATI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA) Boboyev Sh.X., Sharof Rashidov Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston Xamrayev K.X., Sharof Rashidov Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston Berdiqulov F.F. Sharof Rashidov Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392606 Annotatsiya: Ushbu maqolada Samarqand viloyatidagi oziq-ovqat sanoatini rivojlanishida o‘rni ularning faoliyat yo‘nalishlari, ulardagi aholi bandligi yoritilgan. Hamda viloyatdagi eng yirik meva-sabzavotchilik klasterlaridan “Agromir” agrosanoat klasterlarining viloyat iqtisodiyotidagi o‘rni tahlil qilingan. Kalit so‘zlari: agrosanoat klasterlari, aholi bandligi, meva-sabzavotchilik klasterlari, “Agromir” klasteri. Abstract: This article discusses the role of the food industry in the development of the Samarkand region, its areas of activity, and employment in them. It also analyzes the role of the Agromir agro-industrial cluster, one of the largest fruit and vegetable clusters in the region, in the regional economy. Key words: agro-industrial clusters, employment, fruit and vegetable clusters, Agromir cluster. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash, sohani innovatsion yo‘nalishda rivojlantirish hamda agrosanoat kompleksi doirasida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifalar, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligining O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyati bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi, chunki u aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, shuningdek, sanoatning turli tarmoqlarini xomashyo bilan ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Samarqand viloyatida 2024-yilda qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 51 216,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, so‘nggi yillar davomida 1,7 martaga ko‘paydi. Uning YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi nisbatan ulushi 39,6 foizga teng bo‘ldi. Respublika bo‘yicha bu tarmoq tarkibida Samarqand viloyatining ulushi 12,0 % ni tashkil qiladi[2].
43 Hozirgi davrda ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy usuli – agrosanoat klasterlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, agrar sohaning milliy va mintaqaviy raqobat qobiliyatini mustahkamlash, qishloq joylarida aholining bandligini ta’minlash va ularning daromadlarini ko‘paytirish, shuningdek, uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishning muhim omili ekanligi xalqaro tajriba orqali aniq ko‘rsatib berilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash klasteri nafaqat yengil sanoatni, balki o‘z yo‘lida qishloq xo‘jaligi, oziq–ovqat sanoati, farmasevtika, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish kabi o‘nlab tarmoqlarni qamrab olish imkoniyatiga ega. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, respublikada 2017-2024-yillarda tashkil etilgan klasterlarning 21,2, foizi paxta-to‘qimachilik, 39,4 foizi meva-sabzavotchilik, 31,6 foizi g‘allachilik, 6,5 foizi sholichilik, 1,3 foizi dorivor o‘simliklar yetishtirish va paxta to‘qimachilik kooperatsiyalari tashkil etadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida 633 ta agrosanoat klasterlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan loyihalar natijasida so‘nggi 3 yilda hududlarda 152 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan[1]. Bu kabi loyihalar barcha yo‘nalishdagi klasterlar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirishning imkoniyatlari tadqiq etilayotgan mintaqada ham yanada yuqori. Respublika qishloq xo‘jaligida Samarqand viloyati o‘zining ulkan salohiyati bilan alohida ahamiyatlidir. Hududlarning o‘ziga xos jihati, barcha turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatining mavjudligidir. 1-jadval Samarqand viloyatida tashkil etilgan agrosanoat klasterlari soni va ularda aholi bandligi, birlikda (2024 y) № Tumanlar nomi Klasterlar soni Viloyatga nisbatan %da Klasterda band aholi soni Viloyatga nisbatan %da 1 Oqdaryo 3 7,3 618 6,0 2 Bulung‘ur 2 4,8 381 3,7 3 Jomboy 2 4,8 742 7,2 4 Ishtixon 3 7,3 1031 10,0 5 Kattaqo‘rg‘on 7 17,8 1365 13,2 6 Qo‘shrabot - - - - 7 Narpay 2 4,8 955 9,2 8 Payariq 4 9,7 794 7,7 9 Pastdarg‘om 1 2,4 984 9,5
44 10 Paxtachi 2 4,8 820 7,9 11 Samarqand 4 9,7 1049 10,1 12 Nurobod 1 2,4 16 0,3 13 Urgut 5 12,1 163 1,7 14 Toyloq 5 12,1 1399 13,5 Jami viloyat bo‘yicha 41 100 10317 100 *Jadval Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. Yuqoridagi ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, hozirga qadar tashkil etilgan klasterlarning 6,5 foizi o‘rganilayotgan hududga to‘g‘ri keladi. Shundan Kattaqo‘rg‘on tumaniga 17,8 foiz, Toyloq tumaniga 12,1 foiz, Urgut tumaniga 12,1 foiz, Payariq tumaniga 9,7 foiz, Samarqand tumaniga 5,5 foiz, qolgani esa boshqa tumanlar hissasiga to‘g‘ri keladi[4] (1-jadval). Samarqand viloyatida eng yirik agrosanaot klasterlari turlaridan biri bu mevasabzavotchilik klasterlari hisoblanadi. Meva-sabzavotchilik klasterlari aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash, iste‘mol uchun sarhil mevalar, quritilgan mevalar va eng muhimi viloyat iqtisodiyotini ko‘tarishda eksport salohiyati sezilarli darajaga ega bo‘lgan tarmoqlardan biridir. Viloyatda 2024 yilda faoliyat ko‘rsatayotgan meva-sabzavotchilik klasterlari soni 12 tani tashkil etgan holda, ulardan eng yiriklari Samarqand tumanida joylashgan “Agromir” agrosanoat klasteri va “Navobod naslli parranda” klasteri, Bulung‘ur tumanidagi “Samarqand Garden Plast” va “Bulung‘ur Sandvik” klasterlari hamda, Tayloq tumanidagi “Pet agro Oil” klasterlari eng yiriklari hisoblanadi[3]. “Agromir” meva-sabzavotchilik klasteri nafaqat Samarqand viloyatida balki, butun respublika bo‘yicha eng rivojlangan va eng yirik meva-sabzavotchilik klasterlaridan biri. Hozirda bu klasterda 784 ta ishchi xodimlar faoliyat olib borib, 8 ming tonna mahsulotni muzlatadigan muzlatkichlari, 80 ming tonna saqlash ombori, 73 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan saralash, qadoqlash sexi, 60 ming tonna mahsulotni quritish va qayta ishlash sexi tomonidan 98 ming tonna mahsulot qayta ishlanadi. Bu agrosanoat klasteri uzoq yillik tarixga ega bo‘lib ishlab chiqargan mahsulotlarini, qo‘shni respublikalar va MDH mamlakatlari, Xitoy Koreya mamlakatlariga ham eksport qilmoqda. Meva-sabzavotchilik klasterlari tomonidan yetishtiriladigan o‘rtacha hosildorlik gektariga 160 sentnerni tashkil qiladi. Bu klaster sohasida faoliyat olib boruvchilar 1884 kishini tashkil etib, viloyatda aholini ish bilan ta‘minlashdagi faol sohalardandir. Har yili 125,5 ming tonna dan ortiq mahsulotlar
45 saralanib, qadoqlash sexlarida tayyor mahsulot sifatida ham ichki, ham tashqi bozorni mahsulotlar bilan ta‘minlamoqda[5]. Qayta ishlash sexlarida 285,1ming tonna mevalar qayta ishlanmoqda. Quritish orqali 117 ming tonnadan ortiq ho‘l mevalar quritilib, qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda[6,7]. Umumiy oladigan bo‘lsak viloyatimizda meva-sabzavotchilik klasterlari hududlar imkoniyati va qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda faqat sug‘oriladigan yerlar maydoni katta tumanlardagina klaster faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Kelgusida hududlar imkoniniyatini tog‘ri baholaydigan bo‘lsak, bu sohaning rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, o‘rganilayotgan hududlarda agrosanoat klasterlarini tashkil qilish uchun yetarlicha imkoniyatlar jumladan, hududlarning qulay geografik o‘rni, tabiiy sharoitning o‘ziga xosligi, qishloq xo‘jalik tuzilishi va mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi kabi muhim xususiyatlarga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Lutfullo, I., & Shodiyor, B. (2023). Samarqand viloyatida agrosanoat klaster faoliyatini rivojlantirishning geografik imkoniyatlari. FAN VA TA'LIM INTEGRATSIYASI (FAN VA TA'LIM INTEGRASI) , 1 (1), 82-92. 2. Boboev, S. (2025). SAMARQAND VILOYATI AGROSANOAT KLASTERLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH. Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jurnali , (1), 131-131. 3. Boboyev, S., & Berdiqulov, F. (2025). LIVESTOCK CLUSTER IN SAMARKAND REGION DEVELOPMENT OPPORTUNITIES. Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 7, 2025; Reykjavík, Iceland), 84-87. 4. Boboyev, S. (2025). INCREASING EMPLOYMENT THROUGH ORGANIZATION OF AGROINDUSTRY CLUSTERS IN SAMARKAND REGION. Collection of scientific papers «SCIENTIA», (January 24, 2025; Singapore, Singapore), 150-157. 5. Ibragimov, L., & Boboyev, S. STUDY OF AGRO-INDUSTRY CLUSTERS IN FOREIGN STUDIES. 6. Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova, G. (2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS mapping-based study. In E3S Web of Conferences (Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences. 7. VVL, A. P., Suhail, M., Lutfullo, I., & Shodiyor, B. (2024). A Comparative Study of Three Supervised Algorithms for Mixed Crop Classification. In E3S Web of Conferences (Vol. 590, p. 01004). EDP Sciences.