SHAHAR TUSHUNCHASINING EVOLYUTSIYASI VA UNING ILIMIY TALQINLARI
Full text
51 SHAHAR TUSHUNCHASINING EVOLYUTSIYASI VA UNING ILIMIY TALQINLARI Dauletbaeva D.D. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, O‘zbekiston. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392646 Annotatsiya: Mazkur maqolada “shahar” tushunchasining kelib chiqishi, tarixiy shakllanish bosqichlari hamda turli sivilizatsiyalarda unga berilgan ma’nolar tahlil qilingan. Shuningdek, urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi, shaharlar geografiyasi fanining vujudga kelishi va uning zamonaviy davrda “geourbanistika” faniga aylanish jarayoni yoritilgan. Maqolada qadimgi Mesopotamiya, Misr, Yunon-Rim manbalarida shahar tushunchasining talqinlari, mashhur geograf va urbanist olimlarning ta’riflari hamda XX asrda urbanizatsiya nazariyalarining shakllanishi ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Geourbanistika fanining hozirgi bosqichdagi roli, O‘zbekiston sharoitida urbanizatsiya jarayonlarini boshqarish va rejalashtirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: urbanizatsiya, geourbanistika, shaharshunoslik, markaziy joylar nazariyasi, megapolis, steykxolder. Abstract: This article analyzes the origins of the concept of "city," the stages of its historical formation, and the meanings given to it in various civilizations. The development of the urbanization process, the emergence of the science of urban geography, and its transformation into the science of "geourbanistics" in the modern era are also highlighted. The article analyzes, based on scientific sources, the interpretations of the concept of "city" in ancient Mesopotamian, Egyptian, and Greco-Roman sources, the definitions of famous geographers and urbanist scholars, and the formation of urbanization theories in the 20th century. The role of the science of geourbanistics at the present stage, its significance in the management and planning of urbanization processes in the conditions of Uzbekistan, is substantiated. Keywords: urbanization, geourbanism, urban studies, theory of central locations, metropolis, steakhoulder. Ma’lumki, qadim davrlardan boshlab insonlarning yashash oʻrinlari paydo boʻlishi bilan aholi punktlarining dastlabki tarkibiy tuzilishlari yuzaga kela boshlagan. Dastlab shaharlar eramizdan avvalgi 4-3 ming yilliklarda paydo boʻlgan boʻlsa, ushbu ma’lumotlarni buyuk allomalarimiz Gippokrat, Platon, Aristotel asarlarida uchratishimiz mumkin. Oʻrta asrlarda ham yoʻl, bozor, hammomlarni qurish, shaharni qoʻriqlash, kasalliklar, oʻgʻrilik, jinoyatchilik kabi illatlarni yoʻqotish uchun kurashish maqsadida ham oʻz davriga xos turli shaharlarga oid qoidalar kelib chiqqan va shakllangan [9, 35-b]. Dastlab shaharlar asosan qishloq xoʻjaligi, savdo yoki diniy markaz sifatida tashkil topganligi va ushbu atama Mesopotamiyada “uru” yoki “ki” deb atalgan, bu soʻzlar aholi zichligi yuqori boʻlgan joylarni, koʻpincha diniy va siyosiy markazlarni anglatgan. Misrda esa shahar “niwt” deb atalgan, bu soʻz ham shahar yoki aholi yirik
52 punkti ma’nosini bildirgan. Yunon va Rimda “polis” va “urbs” soʻzlari shahar yoki shahar-davlat ma’nosini anglatgan. Yunonlar uchun “polis” nafaqat shahar, balki siyosiy va ijtimoiy tashkilotning ham belgisidir [2, 24-b]. “Shahar” atamasining oʻzi esa, forscha soʻz boʻlib, “qal’a” (rus tilida “gorod” – ogorodit, oʻrab olmoq) ma’nosini anglatadi. Shahar - tarixan tarkib topgan aholi manzilgohidir. Shahar tushunchasi nisbiy boʻlib, qaysi aholi manzilgohini shahar deb yoritish lozimligi borasida olimlar tomonidan hanuzgacha bir fikrga kelinmagan [2, 28-b]. XIX asrga kelib, urbanizasiya jarayonining jadal rivojlanishi, shaharlarda aholining koʻplab toʻplanishi asosida fan doirasida oʻrganila boshlangan. Muayyan hududda shaharlar va ularning tizimlarini joylashish va rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganish asosida shaharlar geografiyasi fani vujudga kelgan. Mazkur fan iqtisodiy geografiya tarkibida rivojlanib, 200 yillik tarixga ega. Uning dastlabki namoyandalari I.Kol, Y.Tyunen, K.Klark hisoblanadi. Rossiyada unga oid dastlabki tadqiqotlar - K.Arsenevning - “Rossiya imperiyasi shaharlarining gidrografik statistik tavsifi” (1850 y.), Semenov – Tyanshanskiyning - “Rossiyaning Yevropa qismining shahar va qishloqlari” (1910-y.), - kabi ilmiy asarlarida uchraydi. Urbanizatsiya jarayonlarini tahlil etishda ko‘plab olimlar o‘z nazariya va modellarini ilm-fanga olib kirgan. Innocenzo Kol 1850-yilda shaharlarning o‘sish qonuniyatlarini ifodalovchi I.Kol nazariyasini yaratgan bo‘lsa, Jean Gottmann 1961-yilda “megalopolis” tushunchasini ilm-fanga kiritgan. John Friedmann urbanizatsiya jarayonlarini “markaz–periferiya” nazariyasi asosida tushuntirib, hududiy rivojlanishdagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni yoritgan. K.Clark urbanizatsiya va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatini aniqlagan. Edgar Barjes shaharlarning hududiy tuzilishini ifodalovchi konsentrik zonalar modelini yaratgan bo‘lsa, X.Xoyt uni sektorli joylashish modeli bilan to‘ldirgan. Ch.Garris va E.Ulman tomonidan esa ko‘p yadroli shahar modeli ishlab chiqilgan. B. Rodoman “qutblashgan landshaft” nazariyasini yaratib, shaharlarning tabiiy va ijtimoiy rivojlanishidagi tafovutlarni tahlil qilgan. John Jibbs esa urbanizatsiya jarayonini besh bosqichda kechishini ilmiy asoslab bergan. Maqolamizda bir nechta geograf olimlarning shahar tushunchasiga bergan ta’riflarini atroflicha o‘rganib chiqdik va jadval shakliga keltirdik (1-jadval). 1-jadval Shahar tushinchasiga urbanist - geograf olimlarning bergan ta’riflari № Yirik nomoyondalar Shahar tushinchasiga bergan ta’riflari
53 ismlari 1 G. M. Lappo “Shahar - bu aholining koʻp qismi sanoat, transport, ilm-fan, madaniyat va boshqaruv bilan shugʻullanuvchi, qishloq xoʻjaligidan uzilgan, yuqori darajada urbanizatsiyalashgan aholi yashash punktidir” [5, 48-b]. 2 V. Kristaller Shaharlar - bu markaziy joylar boʻlib, ular oʻz atrofidagi hududni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xizmatlar bilan qamrab oladi. Shaharlar oʻzaro aloqada boʻlib, atrofdagi aholini turli xizmatlar bilan ta’minlaydi [1, 30-b]. 3 B. Rodaman Shaharlar - bu yashash, ishlash va ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish uchun qulay joylar boʻlib, ular ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni shakllantiradi va jamiyatning rivojlanishiga xizmat qiladi [8, 44-b]. 4 V. G. Davidovich Shahar - bu iqtisodiy va siyosiy tizimlarning markazlaridir. Shaharlar milliy va xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatadi va jamiyatni boshqarishda muhim rol oʻynaydi [3, 86-b]. 5 O. A. Konstantinov Shaharlar - bu ijtimoiy tizimlarning markazlari boʻlib, ular oʻzining iqtisodiy, madaniy va siyosiy rolini bajaradi. Shaharlar oʻzaro oʻzgarishlarga olib keladigan va jamiyatni tashkil etuvchi tizimlardir [4, 95-b]. 6 I. M. Maergoyz Shahar - bu ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar orqali rivojlanadigan markazdir. Shaharlar turli tizimlarning oʻzaro aloqalarini va jamiyatni tashkil etuvchi elementlarni yaratadi [6,108b]. Jadval sohaga oid ilmiy adabiyotlar tahlili asosida muallif tomonidan tuzildi Ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlangan xorijiy davlatlarda shaharlarning jadal rivojlanishi bilan bogʻliq holda shaharlar geografiyasi takomillashib, shahar geografiyasiga oʻtish zaruriyati paydo boʻladi. Shaharning oʻzidan kattaroq tizim ichidagi tizim boʻlishi “Geourbanistika” fanining kelib chiqishiga asos soldi [10, 139b]. 1960-70 yillarda Sobiq Ittifoqda xalq xoʻjaligining, xususan, sanoatning rivojlanishi bilan shaharlar jadal rivojlandi. Uning yirik namoyandalaridan N.Baranskiy, G.Lappo, V.Davidovich, E.Persik, F.Listengurt, P.Polyan, oʻzbek shaharshunos olimlaridan T.Raimov, A.Soliev, O.Otamirzaev, A.Qayumov va boshqalarning nomlarini keltirish mumkin [11, 1527-b]. Mashhur rus geograf olimi Yu.Saushkin tomonidan 1970-yilda ilk marotaba “Geourbanistika” termini qoʻllanildi (shaharlar geografiyasi - rivojlangan davlatlardan 30-40 yil keyin). Biroq, yirik masshtabli tadqiqotlar deyarli bajarilmadi yoki uni oʻrganuvchi fan rivojlanmadi.
54 1990-yillardan boshlab MDH davlatlarida ham shaharlarning, aglomerasiyalarning turli qismlarida roʻy berayotgan voqea-hodisa va jarayonlarni, ularning sifat oʻzgarishlarini tadqiq va tahlil etuvchi, hududiy rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganuvchi fanga zarurat tugʻildi va Rossiya Federatsiyasida mustaqillikdan soʻng, ushbu sohada rivojlangan davlatlarni tajriba va yutuqlari darhol e’tiborga olindi. Shaharlar geografiyasi takomillashib, shahar geografiyasiga (geourbanistika) oʻtila boshlandi. E.Persik fikriga koʻra, geourbanistika shaharlar geografiyasini inkor qilmaydi, balki uni toʻldiradi, amaliy jihatini kuchaytiradi [7, 124-b]. XXI asrning jiddiy muammolari, urbanizasiyaning jadal rivojlanishi, shaharlarning gipertrofiyasi, tabiiy resurslarning tanqisligi, iqlim oʻzgarishi - rejalashtirishga oʻtishni, shahar boshqaruvini, aholi fikrini hisobga olishni talab qilmoqda. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda urbanizasiya va shaharlar rivojlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu tizimni toʻgʻri tashkil etishda jahon tajribalarini oʻrganish, shaharlar loyihalari, bosh rejalarni tuzishda ekologik, geologik, iqtisodiy, geografik ilmiy tahlillarni amalga oshirish, aholi qiziqishlarini e’tiborga olish, rejalashtirishga steykxolderlar (steykxolder – shaharni brend loyiha asosida rivojlantirish uchun boʻlgan barcha qiziquvchi shaxs, jamoa, guruh, mer, kengash, manfaatli biznesmenlar, maqsadli auditoriya, dizayner va b.), developerlarni jalb etish zamon talabidir. Xulosa. Shahar tushunchasi insoniyat tarixining eng qadimiy davrlaridan shakllangan bo‘lib, uning mazmuni davrlar o‘tishi bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarga qarab boyib borgan. Shaharlar dastlab iqtisodiy, diniy va siyosiy markazlar sifatida vujudga kelgan bo‘lsa, zamonaviy davrda ular global iqtisodiyot, fan va madaniyat markazlariga aylangan. XIX–XX asrlarda urbanizatsiya jarayonining kuchayishi shaharlar geografiyasi fanining shakllanishiga olib keldi. Keyinchalik bu yo‘nalish geourbanistika nomi bilan mustaqil tarmoqqa aylandi. Geourbanistika shahar tizimlarini rejalashtirish, ularning hududiy, iqtisodiy va ekologik rivojlanish qonuniyatlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ham urbanizatsiya jarayonlarini ilmiy asosda boshqarish, shaharlarni barqaror rivojlantirish, xorij tajribalarini o‘rganish va amaliy geourbanistik yondashuvni joriy etish dolzarb masalalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Kristaller V. «Central Place Theory», Jena University Press. 1933.
55 2. Soliyev A.S., Tashtayeva M.M. Egamberdiyeva. Shaharlar geografiyasi Oʻquv qoʻllanma.T.: 2019. 3. Давидович В.Г. «Социальная география городов». Москва «Мысль». 1977. С. 320 4. Константинов О. А. Город и его роль в социальном развитии. Москва.»Мысль» 1976. 312 c. 5. Лаппо Г.М. География городов. –М.: Гуманитарный издательский центр ВЛАДОС, 1997. 480 с. 6. Маергойз И.М. Географическое учение о городах. –М.: Наука, 1987. 7. Перцик Э.Н. География городов (геоурбанистика). – Москва: Высшая школа, 1991. 8. Родоман Б. Город и эго социальная роль. Москва. Мысль. 1969. 328 с. 9. Ходжаева, Г. А., Даулетбаева, Д. Д., & Байрамова, М. (2020). ПРОБЛЕМЫ ФОРМИРОВАНИЯ ГОРОДСКИХ ПОСЕЛЕНИЙ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН. ХАБАРШЫСЫ, 1, 35. 10. Ходжаева Г.А., Даулетбаева Д.Д., Байрамова М.Д., Шукриллаев Х.Х. Формирование и развитие городов, современные урбанистические процессы Каракалпакстана. “Ӯзбекистонда Геоурбанистиканинг замонавий муаммолари” мавзусидаги илмий амалий семинар Тошкент шаҳри, 2021 йил 18-март. Тошкент шаҳри, 2021 йил 138-147 б. 11. Ходжаева, Г. А., Даулетбаева, Д. Д., & Калмуратов, Р. Ф. (2025). ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ ГОРОДСКИХ ПОСЕЛКОВ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН. Экономика и социум, (5-1 (132)), 1525-1528.