scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

CHORVACHILIK TARMOG'I RIVOJLANISHINING QISQACHA TARIXI

Joldasov А.S.; Ramanova D.R.

Full text

56 CHORVACHILIK TARMOG‘I RIVOJLANISHINING QISQACHA TARIXI Joldasov А.S., Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Ramanova D.R. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392655 Annotatsiya: ushbu maqolada chorvachilik tarmog’i rivojlanishining tarixi qisqacha tahlil etilgan. Kalit so’zlar: chorvachilik, xonakilashtirish, qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, qoramolchilik, qo’y va echkichilik, yilqichilik. Abstract: This article briefly analyzes the history of the development of the livestock sector. Key words: animal husbandry, domestication, agriculture, farming, cattle breeding, sheep and goat breeding, horse breeding. Chorvachilik moddiy ishlab chiqarishning eng qadimiy tarmoqlardan biri bo‘lib, u o‘zining uzoq rivojlanish tarixiga ega. Aholi qadimdan chorva mollari va uning mahsulotlaridan oziq-ovqat sifatida foydalanish maqsadida ularni boqish va ko‘paytirish ishlari bilan shug‘ullanib kelishgan. Keyinchalik esa ularning teri, jun, suyak va boshqa mahsulotlaridan o‘zlari uchun kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyimlari yasashganlar. Dastlab insonlar yovvoyi hayvonlarni faqat ovlash bilan cheklangan bo‘lsa, keyinchalik ularni xonakilashtirishni o‘rgana boshlaganlar. Arxeologik manbalarga ko‘ra hayvonlarni uy sharoitiga xonakilashtirish yangi tosh davri, ya’ni bundan 10-15 ming yil muqaddam neolitda boshlangan. U davrda inson takomillashgan tosh qurollariga ega bo‘lishgan, shuningdek ular olov va sapol idishlardan foydalanishni bilishganlar. Manbalarning ko‘rsatishicha, chorvachilikning vujudga kelishi taxminan 11 ming yil oldin, ya’ni oxirgi muzlik davridan keyin insonlarning qo‘ylarni xonakilashtirishi bilan boshlangan. Bu taxminan 14 million yil muqaddam insoniyat evolyutsiyasining boshlanishi bilan taqqoslaganda juda qisqa davrdir. Bu shuni anglatadiki, insoniyat va uning ajdodlari millionlab yillar davomida uy hayvonlarisiz eng muhimi oziq-ovqat manbai sifatida ularni iste’mol qilmasdan tirikchilik bilan kun kechirishgan [7]. Demak, hayvonlarning xonakilashtirilishi hamda dehqonchilik madaniyatining ilk ko‘rinishlarining shakllanishi insoniyat taraqqiyotida tub o‘zgarishlarga olib kelgan. 57 Inson tomonidan dastlab itlar, keyinchalik qo‘y, echki, sigir, cho‘chqa va otlar (7-8 ming yil muqaddam) qo‘lga o‘rgatilgan. Osiyoning janubi-g‘arbiy qismi va O‘rta er dengizi bo‘ylari hayvonlarni qo‘lga o‘rgatgan dunyodagi dastlabki hududlar hisoblanishadi. O‘sha davrda evropada sigirlar, ot, qo‘y, echki, cho‘chqa, quyon, it, o‘rdak va g‘ozlar, Osiyoda tuya, sigir, echki, qo‘y, cho‘chqa, ot, it, quyon, tovuq, o‘rdak, g‘oz va tovuslar hamda Amerika qit‘asida esa lamalar, dengiz cho‘chqasi, qush va o‘rdaklarning bir qancha turlari qo‘lga o‘rgatilgan [1]. Shunday qilib, o‘sha davrdan boshlab inson tomonidan ularning sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga katta ahamiyat berila boshlaganlar. Qadimgi Misrda hayvonlarning har xil turlarini, shu jumladan qo‘y, echki, qoramollarni xonakilashtirish bo‘yicha ko‘plab amaliyotlar o‘tkazilganligi ma’lum. Ma’lumotlarga ko‘ra, qadimda ot boqish va uni ko‘paytirish esa Sitsiliya va Yunonistonda rivojlangan [6]. Temir davrida (eramizning I-VI asrlar) O‘rta Evropa va Janubiy Skandinaviyada oziq-ovqat iste’moli ayniqsa dexqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatadiki, xo‘jaliklarning asosiy qismida qoramollar 56 foizni, cho‘chqalar 28 foizni hamda qo‘y va echkilar 16 foizni tashkil qilgan [1]. O‘rta asrlarga kelib chorvachilik tizimini yuritish avvalgi davrlardan unchalik farq qilmadi va yaylov chorvachiligi davom etgan [2]. Qoramollar, qo‘ylar, cho‘chqalar va boshqa chorva mollari asosan dalada boqilgan va oziq-ovqat uchun dalalar, lalmi erlar, o‘tloqlar va qishloqlarga yaqin o‘rmonlardan keng foydalanilgan. Lekin, ushbu davrda chorvachilik tarmog‘idagi o‘zgarishlar siyosiy, ijtimoiy va texnikaviy jarayonlar bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan. O‘rta asrlarda (VI-XI asrlar) aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan shug‘ullanishgan. XV asrga kelib band aholining taxminan 80 foizi oziq-ovqat bilan bog‘liq ishlarda faoliyat yuritgan [4]. Feodal tuzumining o‘rnatilishi bilan qishloq xo‘jaligi, shu bilan birga chorvachilik tarmog‘i rivojlana boshlagan. Lekin, bu tuzumda shaharlar va savdosotiq ham rivojlangan [25; 291-308-b]. Bu davr mobaynida ekin maydonlari ancha kengaygan. Jumladan, VIII-XIII asrlarda haydaladigan yerlar maydoni ikki barobarga, ya’ni jami yer maydonlarining taxminan 3-5 foizdan 6-10 foizgacha ko‘tarilgan [5]. Chorvachilikning rivojlanishi o‘rta asr oxiridan XVII asr o‘rtalarigacha oldingi davrga nisbatan sezilarli darajada kuzatilmadi. Ushbu tarmoqning rivojlanishi yemxashak ekinlarini yetishtirish va yerlarning unumdorligi bilan chambarchas bog‘liq 58 bo‘lgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida dexqonchilikning rivojlanishi bilan haydaladigan yerlar ko‘lami oshishi bilan yaylovlar maydoni ulushi kamayib borgan. Lekin, dexqonchilikda yetishtiriladigan don, lavlagi, kartoshka, karam va boshqa ekinlarning chiqindilari ham chorvachilikda ozuqa sifatida keng qo‘llanilgan. O‘sha davrda donli ekinlarga nisbatan go‘sht narxining pastligi chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish va intensivlashtirishga sarmoya kiritishga to‘sqinlik qilgan [8]. Chorvachilikning yuqori mahsuldorlikka erishishi birinchi Angliyada ro‘y berdi. Chunki, u erda ilk bor qishloq xo‘jaligida almashlab ekish ishlari yo‘lga qo‘yilgan [8]. Qishloq xo‘jaligida bunday usul yerlar unumdorligining oshishiga olib kelgan va har yili ekin dalalarida turli xil ekin turlarining etishtirilishi muntazam ravishda yem-xashak jamg‘arib borishga imkon bergan. Xo‘jaliklarda chorva mollari yaylovlardan tashqari maxsus molxonalarda ham boqilgan. Adam Smit shunday degan edi: “O‘rtacha hosildorlikdagi g‘alla maydoni shu o‘lchamdagi eng yaxshi yaylovlarga nisbatan aholi uchun ko‘proq miqdorda oziq-ovqat beradi” [3]. Chorvachilik aholining joylashuviga ta’sir qilib, ko‘chmanchi turmush tarzini vujudga keltirdi. Mamlakatimiz hududidagi daryo bo‘ylari, cho‘l, tog‘oldi va ko‘llar atroflarida ovchilik, baliqchilik, shuningdek obikor dexqonchilik madaniyatining shakllanib borishi bilan bir qatorda chorvachilik tarmog‘i ham rivojlanib borgan. Asosan, Xorazm hududi Amudaryoning quyi havzasidagi topilgan Kaltaminor madaniyati eramizdan avvalgi 4-3 ming yillikda yashagan ajdodlarimizning chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanganligidan dalolat beradi. Aniqlangan arxeologik manbalarning ko‘rsatishicha eramizdan avvalgi 2-1 asrlarda Farg‘ona vodiysidagi Davan topilmalari mintaqada dehqonchilik madaniyati bilan birga yilqichilikning ham yuqori darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sut va go‘shtga yo‘naltirilgan qoramolchilik, qo‘y va echkichilik, yilqichilik, shuningdek sut va go‘shtni saqlash, undan iste’mol mahsulotlarini olish kabi tajribalar bundan 3 ming yil oldin shakllangan [9]. XX asrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston hududida ko‘chmanchilik bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘y va echkichilik, tuyachilik, yilqichilik, shuningdek vodiylarda qoramolchilik rivojlangan. 1916 yilga kelib, O‘zbekiston hududida qoramollarning bosh soni 1342 ming boshni, shundan sigirlar 481 ming bosh, qo‘y va echkilar 3821 ming bosh va yilqilar 517 ming boshni tashkil qilgan [9]. O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab respublikamiz hududida chorvachilikning ilmiy bazasini yaratish, mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy sharoitini baholash hamda yem-xashak bazasiga qarab mintaqani chorvachilik nuqtai nazardan rayonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Obikor dehqonchilik hududlarida sut, sut-go‘sht 59 yo‘nalishidagi qoramolchilik, parrandachilik va cho‘chqachilik, tog‘ oldi mintaqalarida esa go‘shtga yo‘naltirilgan qoramolchilik va yilqichilik hamda cho‘l va yarim cho‘l hududlarida go‘sht va jun yo‘nalishidagi qo‘y va echkichilik rivojlantirildi. Qoraqalpog‘istonda o‘tgan asrning 30 yillarida kompleks ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan bo‘lib, bunda respublika tabiati chorvachilik nuqtai nazardan o‘rganilgan. Amudaryoning quyi qismi hamda Orolbo‘yi qamishzor va to‘qay mintaqalarida go‘shtga yo‘naltirilgan qoramolchilik, qo‘y va echkichilik, yilqichilik, cho‘llarda esa qorako‘lchilikni rivojlantirishga e’tibor qaratilgan [10]. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin qishloq xo‘jaligida tub iqtisodiy islohatlar amalga oshirila boshlandi. Bunda davlat xo‘jaliklari mulkchilikning har xil shakllariga, ya’ni dastlab shirkatlarga, keyinchalik esa fermer xo‘jaliklariga aylantirildi. Shuningdek, mayda chorvachilik fermer xo‘jaliklari tashkil etila boshladi. Natijada, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda dehqon va fermer xo‘jaliklarining ulushi oshib bordi. Umuman olganda, davlatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan siyosati aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga qaratilgandir. Buni amalga oshirish va ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qishloq xo‘jaligi sohasi, ayniqsa chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish va joylashtirishni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Benecke N., 1994. Der Mensch und seine Haustiere. Konrad Theiss Verlag GmbH und Co., Stuttgart, Germany. 2. Benecke N., 2003. Haustierhaltung. In: Benecke, N., Donat, P., Gringmuth-Dallmer, E. and Willerding, U. (eds.) Frühgeschichte der Landwirtschaft in Deutschland. Beier & Beran. Archäologische Fachliteratur, Langenweißbach, Germany. 3. Comberg G., 1984. Die deutsche Tierzucht im 19. und 20. Jahrhundert. Verlag Eugen Ulmer, Stuttgart, Germany. 4. Falkenberg H. and Hammer H., 2006. Zur Geschichte und Kultur der Schweinezucht und Haltung. 2. Mitteilung: Schweinezucht und -haltung in Europa im Mittelalter. Züchtungskunde 78(4): 291-308. 5. Hartung J., A short history of livestock production. Livestock housing: modern management to ensure optimal health and welfare of farm animals. Wageningen Academic Publishers, 2013. 6. Klimmer M., 1924. Gesundheitspflege der landwirtschaftlichen Nutztiere. 4. Auflage. Paul Parey, Berlin, Germany. 7. Reed C.A., 1984. The beginnings of animal domestication. In: Mason, I.L. (ed.) Evolution of domesticated animals. Longman, New York, NY, USA, p. 1-6. 8. Seidl A., 1995. Deutsche Agrargeschichte. SFW. Band 3. Fachhochschule Weihenstephan, Freising, Germany. 9. Носиров У., Қорамолчилик, Т., 1968. QOMUS.INFO.onlayn ensiklopediya. https://qomus.info/encyclopedia/cat-ch/chorvachilik-uz/ 60 10. Каракалпакия. II том. Труды первой конференции по изучению производительных сил ККАССР. Изд. АН СССР. Ленинград, 1934. – 247 с.