scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DEMOGRAFIK JARAYONLAR RIVOJLANIShIDA AHOLI YOSh TARKIBINING TUTGAN O'RNI

Muxamedov O.L.; Yuldoshev Sh.Z; Abduxoliqov J.O.

Full text

68 DEMOGRAFIK JARAYONLAR RIVOJLANIShIDA AHOLI YOSh TARKIBINING TUTGAN O‘RNI Muxamedov O.L., Yuldoshev Sh.Z., Abduxoliqov J.O. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392689 Annotatsiya: Maqolada respublika va uning ma’muriy hududiy birliklari darajasida aholi yosh tarkibidagi dinamik o’zgarishlar tahlil qilingan va demografik jarayonlar rivojlanishida o’ziga xos ketma-ketlikka ega davrlar ajratilgan. Kalit so‘zlari: yosh guruhlari, mehnat yoshdagilar, qariyalar, tug’ilish darajasi, mehnat bozori. Abstract: The article analyzes dynamic changes in the age structure and level population dynamics in the republic of Uzbekistan and its administrative-territorial units. It also identifies temporal dynamics in a specific sequence for the development of demographic processes Key words: age groups, working age, elderly, birth rate, labor market Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida aholining yosh tarkibi muhim tayanch ko‘rsatkichlardan sanaladi. Yosh tarkib mehnat bozoriga, nafaqa tizimiga, iste’mol va ijtimoiy ehtiyojlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va nafaqa berish kabilarni turli yosh guruhlari ehtiyojlariga mos ravishda rejalashtirishga yordam beradi. Iqtisodiy jihatdan yosh tarkib ishchi kuchi hajmi, mehnat unumdorligi va iste’mol talablariga ta’sir qiladi. Demografik jarayonlar rivojlanishida ham yosh tarkib muhim ahamiyat kasb etgani holda tug’ilishning pasayishi aholining qarishiga va aksincha tug’ilish darajasining yuqoriligi aholining yosharishiga olib keladi. O’zbekiston aholisining yosh tarkibida mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 2023 yilda jami aholining 31,8 foizini, mehnatga layoqatli yoshdagilar 56,9 %, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 11,3 foizni egallaydi. Aholining aynan mazkur tarkibida so’nggi yillarda sezilar o’zgarishlar bir maromda davom etmoqda. Masalan, 2017 yilda mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar jami aholining 30,1 foizini, 2018 yilda 30,2 %, 2019 yil 30,4 %, 2020 yil 30,7 %, 2021 yil 30,9 %, 2022 yil 31,3 % va 2023 yil 31,8 foizni tashkil etgani holda, aholining ushbu yosh tarkibi salmog’i yilma-yil o’sib bormoqda. Mazkur holatni respublika va uning viloyatlarida tug’ilish darajasining oshib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Xuddi shunday holat mehnatga layoqatli yoshdan kattalar guruhida ham kuzatiladi (yuqoridagilarga mos ravishda 9,4 %, 9,7; 10,1; 10,5; 10,8;11,1 va 11,3%). Keyingi yillarda respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ijobiy o’zgarishlar aholi turmush darajasi sifat 69 ko’rsatkichlarining oshib borishiga ta’sir etib, o’rtacha umr ko’rish davomiyligining ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. Biroq mehnatga layoqatli yoshdagilar ulushi ko’rilayotgan yillar davomida sekinlik bilan kamayishi kuzatiladi (2017 yil 60,5 %, 2018/60,1 %, 2019/59,5 %, 2020/58,8 %, 2021/58,3 %, 2022/57,6 % va 2023/56,9 %). Tabiiyki tug’ilish darajasining nisbatan ko’tarilishi aholi takibida yoshlarning ko’p bo’lishiga va o’rtacha o’rtacha umr ko’rish davomiyligining oshib borishi esa aholi tarkibida keksa yoshdagilar salmog’ining ko’payishiga asos bo’ladi. Demografik jarayonlarning rivojlanishida aholi yosh tarkibidagi o’zgarishlar ham muhim ahamiyatga ega. So’nggi o’n yillik tahlillarga ko’ra aholi yosh tarkibida o’ziga xos dinamik xususiyat kuzatiladi. 2013-2025 yillar davomida respublika va uning viloyatlarida 0-2 yoshdagilar salmog’i oshib bormoqda. Masalan, 2013 yilda respublika aholisining 6,2 foizini 0-2 yoshdagilar tashkil etgan bo’lsa, 2025 yilga kelib bu miqdor 7,4 foizdan iborat bo’ldi. Bu jihatdan Surxondaryo (6,9-8,4 %) va Qashqadaryo (6,8-8,1 %) viloyatlari yetakchilik qiladi. Bunga asosan tug’ilish darajasining yuqoriligi va migrasiya jarayonlarining pastligini sabab qilib ko’rsatish mumkin. Mazkur yosh tarkibdagi past salmoqqa ega mintaqalar sirasiga Qoraqalpog’iston Respublikasi (6,4-6,1 %) va Buxoro viloyatlari kiradi (5,8-6,5 %). Bunda tug’ilish darajasining nisbatan pastligi, tabiiy sharoitiga mos ravishda o’ziga xos nozogeografik vaziyat, shuningdek migrasiya jarayonlari kabilar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Umumiy holda respublika va uning viloyatlari aholisi yosh tarkibida 0-2 yoshdagilar salmog’i ortib bormoqda va bu nisbatan tug’ilish darajasining ko’tarilishi, tibbiy xizmatlarda sifat ko’rsatkichlarining oshib borishi bilan belgilanadi. Tahlil qilinayotgan davrda aholi yosh tarkibining 3-5, 6-7 va 8-15 yosh guruhlarining salmog’i ham ortib borishi kuzatiladi. Bu jihatdan Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari yetakchilik qiladi. Bunda boshqa hududlarga nisbatan urbanizasiya darajasining pastligi, ko’proq aholining qishloq xo’jaligi bilan mashg’ulligi kabi omillar tug’ilish darajasining biroz yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi. Natijada ushbu mintaqalarda tahlil qilinayotgan yosh guruhlari salmog’ining yuqoriligi kuzatiladi. Biroq mazkur yosh guruhlari salmog’ining kamligi jihatidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro va Toshkent viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri alohida ajralib turadi (Tahlil qilingan yosh guruhidagi o’zgarishlarning birinchi davri). O’rganilayotgan davrda respublika viloyatlari bo’yicha 16-17 yosh guruhlarining jami aholidagi ulushi dinamikasida katta tafovutlar yo’q. Aksincha 1819, 20-24 va 25-29 yosh guruhlarining salmog’i barcha viloyatlarda kamayishi bilan 70 izohlanadi. Umuman olganda o’rganilayotgan davrda 0-2 yoshdan to 16-17 yosh guruhlarining ulushi yuqori bo’lgan bo’lsa, 18-29 yoshgacha bo’lgan guruhlarining jami aholi sonidagi ulushi kamayib borgan. Shuningdek, mazkur yosh oralig’ida boshlang’ich davrda salmog’i yuqori bo’lgan mintaqalar keyin davrga kelib past ko’rsatkichlar namoyon etdi. Masalan, 18-19 va 25-29 yosh guruhlarining ulushi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida yuqoriligi kuzatilsa va aksincha Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bu holat past. Bu shundan dalolat beradiki so’ngi 20 yil davomida demografik jarayonlarning rivojlanishida o’ziga xos davr kechmoqda, ya’ni tug’ilish darajasining nisbatan ko’tarilib borishi bilan tavsiflanadi. O’rganilayotgan davrda 20-24 yosh guruhlarining ham ulushi kamayishi bilan bir qatorda viloyatlar darajasidagi hududiylik koeffisiyentining ham qisqarishi ko’zga tashlanadi. Masalan, 2013-yilda mazkur yosh tarkibidagi geografiylik koeffisiyenti 1,3 martadan iborat bo’lgan bo’lsa, 2025-yilga kelib 1,1 martani tashkil etdi (Tahlil qilingan yosh guruhidagi o’zgarishlarning ikkinchi davri). O’zbekiston respublikasi va viloyatlari aholisining yosh guruhlari tahlilida 3034, 35-39, 40-49, 50-59, 60-64, 65 va undan yuqori yoshdagilar salmog’i o’rganilayotgan davrda oshib borishini kuzatishimiz mumkin. 30-34 yosh guruhlarining ulushi Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida o’sib borishi yaqqol seziladi. Bunda Mirzacho’lning o’zlashtirilishi bilan migrasiyada ishtirok etganlarning farzandlari (ya’ni o’sha davrda mazkur jarayonda yosh oilalar ko’pchilikni tashkil etganligi va ulardagi tug’ilish darajasining nisbatan yuqoriligi asos bo’ladi) ulg’ayishi va aholi takror barpo bo’lishida muhim ahamiyat kasb etayotganligi bilan izohlash mumkin. Biroq 30-34 yosh guruhlarining tahlil davrida Toshkent shahri va viloyatidagi ulushi kamayib borgan. Bunga sabab sifatida mustaqillikning ilk yillarida poytaxt shahar va viloyatida rusiy zabon millatlarida migrasiya jarayonlari avj olganligi, shuningdek migrasiyada ishtirok etganlar tarkibida yoshlar salmog’i yuqoriligi, nikohlar sonining kamayishi va tug’ilish darajasining pasayishi kabilar hisobiga sodir bo’lgan deyish mumkin. 35-39 yosh guruhlari salmog’ining yuqoriligi bilan Sirdaryo viloyati alohida ajralib turadi. Bu bevosita viloyatda yangi o’zlashtirilgan yerlar evaziga xo’jalikni tashkil etish va aholi manzilgohlarini barpo qilish bilan izohlash mumkin. Aksincha Andijon va Farg’ona viloyatlarida mazkur yosh tarkibining ulushi ancha pastligini ko’rishimiz mumkin (7,6-7,7 %). Aynan shu yosh tarkibida iqtisodiy omil ta’sirida migrasiya jarayonlari ko’proq kuzatiladi. Biroq Mirzacho’lni o’zlashtirishda asosan aholisi zich joylashgan hududlardan mehnat resurslarining jalb etilganligi, jumladan 71 bu jarayonda Farg’ona va Andijon viloyatlari aholisi nisbatan ko’proq ishtirok etganligining ta’siri shu yosh tarkibida birqadar sezilishi kuzatiladi. 40-49 yosh tarkibining ulushi Xorazm viloyati va Toshkent shahrida, 50-59, 60-64, 65 va undan yuqori yoshdagilar salmog’i Buxoro va Toshkent viloyatilari va Toshkent shahrida yuqoriligini kurishimiz mumkin. Bunda migrasiya jarayonlarida yoshlarning ishtiroki, yillar davomida nisbatan tug’ilish darajasining pastligi kabi omillar ta’sir ko’rsatgan deyish mumkin (Tahlil qilingan yosh guruhidagi o’zgarishlarning uchinchi davri). Demak yuqoridagi tahlillardan ma’lum bo’lishicha aholi yosh tarkibidagi o’zgarishlar mustaqillikning ilk yillaridan to hozirgi kunga qadar demografik jarayonlar rivojlanishida o’ziga xos ketma-ketlikka ega davr kuzatiladi: - birinchi davr 0-2, 3-5, 6-7, va 8-15 yosh guruhlari ulushining ko’tarilib borishi bilan tavsiflanadi; - ikkinchi davr 16-17, 18-19, 20-24 va 25-29 yosh guruhlari ulushining pasayishi; - uchinchi davr 30-34, 35-39, 40-49, 50-59, 60-64 va 65 yosh guruhlari ulushining ko’tarilishi bilan izohlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Мухамедов О.Л. Динамичные изменения уровня рождаемости населения Республики Узбекистан «Географические проблемы развития стран и регионов» Сборник трудов Международной научно-практической конференции Ставрополь-Самарканд, 2023 2. Мухамедов О.Л. O‘zbekistonda tug‘ilish ko‘rsatkichlarining mintaqaviy xususiyatlari SamDU Ilmiy axborotnomasi. www.axborotnoma.uz 1-son | 143/2 | Mart 2024 3. Мухамедов О.Л., Равшанов А.Х. Влияние смертности на естественный прирост населения "Экономика и социум" №9(124) 2024www.iupr.ru 4. www. statuz