IQLIM O'ZGARISHLARI SHAROITIDA O'ZBEKISTONNING TOG'LI TUMANLARIDA AHOLI SALOMATLIGI MUAMMOLAR
Full text
81 IQLIM O‘ZGARISHLARI SHAROITIDA O‘ZBEKISTONNING TOG‘LI TUMANLARIDA AHOLI SALOMATLIGI MUAMMOLAR Qalandarova M.K. Nizomiy nomidagi O’zMPU, O’zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392702 Annotatsiya. Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi va uning ta‘sirida haroratning isishi, yog‘ingarchilikning o‘zgarishi, ba‘zi ekstremal ob-havo hodisalari chastotasi yoki intensivligining oshishi, bularning ta‘siri iste‘mol qilinayotgan ovqat, ichadigan suv, nafas olayotgan havo, insonlar sog‘lig‘iga tahdid solayotgani yoritilgan bo‘lib, ayniqsa, tog‘lar iqlim o‘zgarishi, ularning ta‘siriga sezgirligi, oqibatda esa tog‘ va tog‘ oldi hududlarda aholi salomatligidagi o’zgarishlar tahlil qilingan. Kalit so’zlar: iqlim o’zgarishi, inson salomatligi, balandlik kasalligi, moslashuv, nozoiqlimiy sharoit, relef, tog‘ kasalligi, kislorod yetishmovchiligi, tog‘ vodiy hududlari, tog‘-kon sanoati, tibbiy geografik tahlil, tog’ balandliklari, yetakchi omillar. Abstract. This article discusses climate change and its impact on warming temperatures, changing precipitation, increasing the frequency or intensity of some extreme weather events, and their impact on the food we eat, the water we drink, and the air we breathe. It highlights that the air we breathe poses a threat to human health. In particular, the sensitivity of mountains to climate change, their impact, and the resulting changes in the health of mountain and foothill populations are analyzed. Key words: climate change, human health, altitude sickness, adaptation, non-climatic conditions, terrain, mountain sickness, oxygen deficiency, mountain-valley territories, mining industry, medical-geographical analysis, mountain heights, leader factors. So’nggi yillarda nafaqat mamlakatimizda balki, butun dunyoda ekologik-iqlim, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-biologik, tibbiy va tashkiliy omillarning inson salomatligiga salbiy ta’siri kuchayib boryotganligini guvohi bo‘lyapmiz. Iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan ekstremal ob-havo hodisalari va tabiiy ofatlar siyosiy beqarorlikni kuchaytirib, nafaqat suv resurslariga balki, aholining turmush tarziga ham tahdid solmoqdaki[1], bu ketishda kishilarni turli maqsadlarda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi yoki noqonuniy daromad manbalariga murojaat qilishga majbur qilishi mumkin. Iqlim o‘zgarishi hodisasini va uning oqibatlarini tahlil qilish, o‘rganish shuni ko’rsatadiki, ushbu jarayon barcha fanlarning eng muhim ilmiy-amaliy vazifasi hamda tadqiqodchi olimlar oldida turgan dolzarb yo‘nalishlardan hisoblanadi. Barcha mintaqa va davlatlar singari O‘zbekistonda ham o‘rtacha yillik havo haroratining ko‘tarilishi davom etishi kuzatilmoqda. Ayrim mutaxasisilar va
82 tadqiqotchilar keltirgan bashoratlarga qaraganda respublikamizda havo harorati 2030 yilga kelib 1,0-1,4°C ga ko‘tariladi. Biroq, bu ma‘lumotlar mavsum va joyga qarab farq qiladiki, tog‘oldi va tog‘ tumanlarida yozda harorat 4-5°Cga oshganligi hamda shunga qarab muammolarning vujudga kelishi kuzatilmoqda. Ma‘lumki, tog‘li ekotizimlar dunyo aholisining yarmidan ko‘pini hayotining asosiy boyligi hisoblanib, ular suv, energiya va qishloq xo‘jaligi kabi muhim resurslar hamda xizmatlarni taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. Biroq, haroratning ko‘tarilishi va ob-havo sharoitlarining o‘zgarishi o‘rmonlar, o‘tloqlar va ko‘llarga ta‘sir ko‘rsatmoqda. Tog‘-kon hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatining ifloslanishi ekotizimlarning o‘zgarishlarga dosh berish qobiliyatini buzadi[4]. Ushbu ekotizimlarga bog‘liq bo‘lgan aholi, ayniqsa, boshqa xizmatlarga qaraganda, zararga tobora ko‘proq moyilligi bilan ajralib turadi. Biroq biz, tog‘li hududlarning iqlim o‘zgarishiga nisbatan zaifligiga qaramay, ushbu hududlar ham barcha kabi iqtisodiyijtimoiy-ekologik muammo sifatida qaralishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Tekisliklarda insonlar global miqyosda sog‘liq uchun xavf-xatarlarga eng zaif bo‘lishi mumkin, shu bilan bir qatorda bizning tadqiqot ob’ektimiz tog’li hududlarda ham salomatlikka jiddiy tahdid soladi. Jumladan, bolalar, homilador ayollar, keksalar va kam ta‘minlangan odamlar kabi ba‘zi populyatsiyalar yuqori xavfga duch kelishadi. Tog‘li o‘lkalarda yashovchi kishilar orasida tog‘ kasalligidan tashqari, quyosh urishi, oftalmiya, endemik bo‘qoq singari xastaliklar ko‘p uchraydi[8]. Jumladan, Shveysariya, Karpat orti o‘lkalari, Kavkaz va markaziy Osiyoning tog‘li hududlarida (masalan, Farg‘ona vodiysining ayrim tog‘ oldi hududlarida) bu holni kuzatish mumkin. Bugungi kunda global muammo sifatida qaralayotgan iqlim o‘zgarishi yurakqon tomir tizimi kasalliklari, yuqumli kasalliklar, xususan, suv bilan yuqadigan ichak infektsiyalari, jumladan bezgak, transchegaraviy daryolarning yuqori oqimiga ko‘tarilishi, shuningdek, shamol orqali yuqadigan kasalliklarning ko‘payishiga olib kelmoqda. Ma‘lumki, jahon bo‘yicha uzoq umr ko‘ruvchilarning asosiy qismi tog‘ va tog‘ oldi mintaqalariga to‘g‘ri keladi. Ushbu hududlar iqlimining inson salomatligiga ko‘rsatuvchi ijobiy ta’siri ham sir emas. Lekin, so‘nggi yillarda tog‘, ayniqsa, tog‘ vodiy hududlarida tog‘-kon sanoati tarmoqlarining rivojlanib borishi mazkur hududlarda ekologik muhitning ifloslanishiga va shu atrofda yashovchilar salomatligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Yuqori balandlik sharoitida inson tanasiga bir qator omillar ta‘sir qiladi, ular orasida past barometrik bosim, kislorodning qisman past bosimi, haroratning keskin o‘zgarishi, ultrabinafsha nurlanish darajasining
83 oshishi, havoning yuqori ionlanishi, sezilarli shamol tezligi va boshqalar. Ushbu omillarning barchasini to‘liq tahlil qilish olimlarga ushbu kompleksning yetakchi omili atmosfera bosimining o‘zgarishi degan xulosaga kelishga imkon bergan. Mavjud maʼlumotlariga koʻra 1500 m balandlikda mavjud tog‘ sharoitlariga moslashmaganlarda yengil nafas qisilishi odamlarning 2750 m balandlikda, jismoniy mehnat paytida qattiq nafas qisilishi kuzatiladi. 3650 m balandlikda, hatto baland tog‘ sharoitlariga moslashgan kishilarning tanasida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Balandlikka moslashish, birinchi navbatda, kislorod va karbonat angidrid yetishmasligiga moslashish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Kislorod tanqisligi ya’ni, gipoksiya sharoitida ishlash va chidamlilikning sezilarli pasayishi qayd etilib, asab tizimining disfunktsiyalari, ko‘rish va eshitish sezgirligining pasayishi bilan tavsiflanadi[14]. Bundan tashqari tog‘ tumanlarida oʻrtacha haroratning iliqroq, kunlarning issiqroq boʻlishiga, havo sifatining yomonlashuviga, issiqlik toʻlqinlarining tez-tez va uzoqroq boʻlishiga ta‘sir etsa, bu o‘z navbatida u yerda istiqomat qiluvchi kishilarning issiqlik urishi va suvsizlanishga, shuningdek, yurak-qon tomir, nafas olish, o‘pka to‘qimalariga zarar yetkazishi, o‘pka funktsiyasini kamaytirishi, havo yo‘llarini yallig‘lanishi hamda miya qon tomirlari kasalliklariga olib kelishi hamda ushbu holatlarni kuchaytirishi mumkin[13]. Bundan tashqari eng xavfli astma yoki boshqa o‘pka kasalliklarini kuchaytirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o’z navbatida bolalar, kattalar, ochiq havoda mehnat bilan shug’ullanuvchilar orasida astma va boshqa surunkali o‘pka kasalliklari bilan kasallanishlar sonini oshishiga olib keladi. Tog‘ oldi va tog’larda istiqomat qiladigan insonlarda tug‘ma yurak nuqsonlari, jumladan, qorinchalararo to‘siq yetishmovchiligi, bo‘lmachalararo to‘siq yetishmovchiligi, yirik qon tomirlar tranpozitsiyasi, tekisliklarda yashovchilarga qaraganda tog‘liklar orasida 3-4 marta ko‘proq qayd etiladi[15]. Tog‘lilarda o‘ziga xos klinik belgilarga ega bo‘lgan va og‘irroq bo‘lgan bir qator boshqa kasalliklar ham mavjud. Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, yurak klapani nuqsoni kasalligi, miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi va yurak aritmiyalari kabi ko‘plab kasalliklarning kechishi odatda ko’proq kuzatiladi. Yana shu ham ma‘lumki, yuqori balandlik sharoitida alveolalarning qon miqdori ortib boradi, bu ularning qattiqligining oshishiga olib keladi. Mahalliy aholida kislorod iste‘moli va bazal metabolizmning kichikligi qayd etish o‘rinli hisoblanadi. Ayrim manbaalarda keltirilishicha tog‘ oldi va tog’li hududlarda istiqomat qiluvchi insonlarning nafas olish tezligi tekislikda yashovchi kishilarnikidan yuqori
84 ekan, bundan tashqari, karbonat angidrid gazi yuqori faollikka ega bo‘lib, hudud qanchalik baland bo‘lsa, ferment faolligi shunchalik yuqori bo‘lishi qayd etilgan 1 . Tog‘ iqlimining bir qator xususiyatlari uning fiziologik ta‘siri va terapevtik ta‘sirini belgilaydiki bu ta’sir ma‘lum balandliklargacha[5] ekanligini ham aytishimiz lozim. Atmosfera havosidagi kislorod miqdorining pasayishi organizmning moslashuv fiziologik reaksiyalarini harakatga keltirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tarixan shakllanish va individual rivojlanish jarayonida insonlarda kislorod tanqisligi davrida mobilizatsiya qilinadigan ma‘lum darajadagi gipoksiyaga moslashish va ma‘lum bir qarshilikka ega bo‘lishni ta‘minlaydigan moslashuvchanlik reaktsiyalari shakllangan. Ammo havoning yuqori darajada kamayishi bilan, moslashishning turli xil biologik reaktsiyalari kiritilganiga qaramay, tog‘ kasalligi va kislorod yetishmasligi bilan bog‘liq boshqa hodisalar ham rivojlanadi. Tog‘ iqlimining ikkinchi xususiyati atrof-muhit haroratining pastligidir. Ma’lumki, hududning balandligi oshishi bilan haroratning asta-sekin pasayishi har yuz metr balandlikka ko’tarilganda taxminan 0,6°Cga qayd etiladi. Atrof-muhitning past harorati, jarayonlarning kuchayishi, yurak-qon tomir tizimi, o‘pkaning ishini oshiradi, ko‘plab fermentlarning faolligini o‘zgartiradi va shu bilan yuqori balandlikdagi gipoksiyaning tanaga ta‘sirini kuchaytiradi. Havoning past harorati inson tanasining, ayniqsa kasal bo‘lganlarning moslasha olish holatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatish ehtimoli yuqori. Bilamizki, ob-havoning sovuqligi ko‘p hollarda yashirin infektsiyalarni kuchaytiradi. Kishilar organizmiga tog‘ iqlimi sharoitlaridan tashqari, ichimlik suvi va tuproqning mikroelement tarkibi (oziq-ovqat mahsulotlari orqali), landshaft va boshqa omillar ham sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi [7]. Inson tanasida juda ko‘p turli xil moslashuvchan reaktsiyalar mavjud bo‘lib, ular yordamida u to‘qimalarni va birinchi navbatda hayotiy organlarni ya‘nimiya, yurak, jigar, buyraklarni yetarli miqdorda kislorod bilan ta‘minlashga intiladi. Ma‘lumki, kislorod miqdori balandlik oshgan sarijuda tez kamayib boradi, dengiz sathiga nisbatan olganimizda 2000 metr balandlikda beshdan bir ulushga, 3000 metrga uchdan bir ulushga kamayadi. Bunday sharoitlarda yuqorida takidlaganimizdek kishilar tog‘ kasali bilan og‘rishi ya‘ni, boshi og‘rig’i, ko‘ngli behuzur bo‘lishi, burnidan qon kelishi, jahldorlik, jizzakilikning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi, atrof muhitga, xavf xatarga befarqlik xissi yuzaga keladi. Har bir qadami qiyinlashib, xattoki, grammga teng yuklari kilogrammlarda xis qilinadi. Ba‘zan hushdan ketib, holsizlik bilan bir qatorda ayrim hollarda o’lim bilan tugashi ham mumkin. 1 Mirraximov М.М., Агаджанян Н.А. Человек и окружающая среда. — Ф.: Кыргызстан. 1974. - 44 с
85 Inson organizmining moslashuvchanlik imkoniyatlarini cheklaydigan ko‘plab kasalliklar, uning baland tog‘li omillarga sezgirligini oshiradi. Kuzatishlarimiz davomida olingan ma’lumotlarimizga kora mamlakatimizning Boysun, Zomin, Baxmal, Bo‘stonliq tumanlarida yashovchi aholi orasida uzoq umr ko’ruvchilar salmog’i yuqori ekanligi aniqlandi. Etiborli jihati shundaki, mazkur tumanlar respublikamizning tog‘li tumanlari hisoblanadi. Yana shuni eslatish lozimki, mamlakatimizning ayrim tog‘li mintaqalari aholisi orasida ba‘zi ichki sekresiya bezlari faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar, jumladan, endemik bo‘qoq kasalligi ham keng tarqalgan. Bu hol ayniqsa vodiy hududlarda ko‘proq kuzatilmoqda, kasallikning asosiy sababi esa aholi ichimlik suvi tarkibida yod moddasining yetarli miqdorda emasligidir. Keyingi yillarda Farg’ona vodiysi va Samarqand viloyati aholisi orasida endemik bo’qoq kasalligi bilan kasallanishlar sonining oshganini, qalqonsimon bez bilan bog’liq muammolar ayollarda ko‘proq uchrab (ayniqsa yosh o’tishi bilan ayollarda gormonal o’zgarishlarda yuz beradi -klimaks) erkaklarda ham bunday xastalik tez-tez qayd qilinishi avj olyayotganini ko‘rishimiz mumkin. Qalqonsimon bez, yurak faoliyatini, miya faoliyatini, yurak mushaklarning tonusini ham boshqarishini inobatga olsak, buni jiddiy xavf sifatida qaralishi maqsadga muvofiq. Shuning uchun barcha yosh davrlarda qalqonsimon bez juda sezuvchan bo‘lib, immun tizimining zaiflashuvi, yuqumli kasalliklar, yod yetishmasligi yoki ortiqchaligi, stresslarga tezda javob qaytaradi. Sog‘lom hujayralarga qarshi kurashadigan antitanalarning patologik faollashuvi natijasida yosh o‘tgani sayin ayollar autoimmun kasalliklarga ko‘proq moyil bo‘lib qolishadi. Ushbu antitanalar qalqonsimon bez faoliyatini ham sustlashtiradi. Natijada zaiflik, xotiraning pasayishi, shishlar, tana vaznining ortishi, terining quruqlashishi, sochlarning mo‘rtligi, mushak og‘riqlari va spazmlar, ich qotishlari kuzatiladi[9]. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, mamlakatimiz aholisi va uning salomatligi ko‘p jihatdan turmush sifati va darajasini belgilashidan kelib chiqib, ijtimoiy rivojlanish darajasining asosiy majmuaviy ko‘rsatkichlarini, aholi salomatligi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganish, hududiy tahlil qilib borish shu bilan birga bartaraf etishning zamonaviy yechimlari orqali choralar ko‘rish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Айдаралиев А.А., Максимов А.А. Определение уровня физической работоспособности человека в условиях высокогорья: Метод, рекомендации. — М., 1980. 2. Афанасьев Ю.А., Куликов Ю.А. Саломатлик алифбоси. -Т.: Ибн Сино, 1993.
86 3. Белкин В. Ш., Соколов Л.Н., Финаев А.Ф. Особенности биоклиматического районирования горных территорий // Тез. докл. Всес. совещ. по биоклиматологии человека. — Л., 1989 4. Гольдберг П.Н. Сущность и параметры экстремальных горных условий // Высокогорная адаптация и деадаптация / М3 Киргизстан. — Фрунзе, 1984., 37-42 с 5. Ермакова Л.Н., Толмачева Н.И. Влияние погодных условий на здоровье человека // Современные географические исследования. Пермь, 2006. 6. Jumayev T.J. Bizning ulug’vor tog’larimiz. O’zbekiston tog‘ zonasining barqaror rivojlanishi: nazariya va amaliyot. Monografiya. Toshkent.: “Iqtisodiyot”, 2021, 267-321 betlar 7. Zakirov A.Z. O’zbekistonning shifoobaxsh resurslari va shifobaxsh maskanlari. Toshkent.: Tibbiyot nashr. 1997, 184 b 8. Комилова Н.K. Инсон саломатлигига табиий омилларнинг таъсири. Экология хабарномаси. -Т., 2005. -Б. 38-40. 9. Komilova N.К., Qalandarova M.K. (2023). Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida tog‘ va tog‘ oldi hududlarini o‘rganishning ijtimoiy ekologik jihatlari Экономика и социум, №5 (108)-2, 179-186 10. Мамбеталиев Б.С. Некоторые практические вопросы номирования труда рабочих в условиях горной местности// Метод, рекомендации. —Фрунзе, 1977. — 19с. 11. Медицинская география и здоровье. Сборник научных трудов. -Л.: Наука, 1989, -223 с. 12. Мей Ж. Медицинская география // Американская география. Современное состояние и перспективы. -М., 1957. -С. 431-445. 13. Миррахимов М.М., Агаджанян Н.А. Человек и окружающая среда. — Ф.: Кыргызстан. 1974. - 20 с 14. Миррахимов М.М., Гольдберг П.Н. Горная медицина. Фрунзе: Кыргызстан, 1978. 15. Чаклин А.В. Медицинская география. -М.: Знание, 1977. -136 с