XIZMAT KO'RSATISH TARMOQLARI RIVOJLANISHIDA GEOGRAFIK O'RIN OMILINING TA'SIRI
Full text
106 XIZMAT KO‘RSATISH TARMOQLARI RIVOJLANISHIDA GEOGRAFIK O‘RIN OMILINING TA’SIRI Safarova N. I., Soxibova S.M. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392737 Annotatsiya: Ushbu maqolada geografik o‘rin omilining xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojiga ta’siri o‘rganib chiqilgan. Kalit so‘zlari: Geografik o‘rin, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish muassasalari, tibbiy xizmat, turizm. Abstract: This article examines the impact of geographic location on the development of service industries. Keywords: Geographic location, service sectors, service institutions, medical services, tourism. “Geografik o‘rin” tushunchasi geografiya fanining boshqa yo‘nalishlari, xususan harbiy geografiya, tibbiyot geografiyasi, rekreasiya va turizm geografiyasi kabilarda ham muhim ahamiyatga ega va ilmiy tadqiqotlarda uning hisobga olinishi talab etiladi. Ammo bu tushuncha iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada alohida o‘ringa egadir. Sababi, bunda geografik o‘rin, qolgan yo‘nalishlardan farqli ravishda, o‘rganilayotgan iqtisodiy geografik ob’ektlar (rayonlar, shaharlar, korxonalar, sanoat va transport tugunlari, qishloq xo‘jaligi maydonlari kabilar)ning hududiy - iqtisodiy munosabatlariga aloqador bo‘ladi va boshqa barcha ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bo‘lgan voqeliklar bilan bog‘liq holda o‘rganilishi orqali ahamiyatlidir. Iqtisodiy geografik o‘rinning (IGO‘) ilmiy tadqiqot mavzusi sifatidagi alohida jihati avvalo uning tadqiqot ob’ektining “jonli”ligidir. Chunki, agar ob’ektning (tog‘lar, tekisliklar, daryolar, ko‘llar, dengizlar va boshqalar) tabiiy geografik o‘rni o‘zlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha asrlar davomida asosan tabiiy sharoit, muhit sifatida bir xil, deyarli o‘zgarmay kelayotganligi bilan ajralib tursa, mintaqalar, hududlar, alohida aholi manzilgohlarining IGO‘ esa tarixiy o‘zgaruvchanligi, dinamik holati bilan farqlanadi.[5] Ob’ektlarning tabiiy geografik o‘rni o‘rganilayotganda ularning joylashgan o‘rni, tabiiy kelib chiqish qonuniyatlari va jarayonlari, ularni tashkil qiluvchi mineral tabiiy jinslar, ular tabiatining turli boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Bunda IGO‘ tahlili o‘rganilayotgan iqtisodiy geografik ob’ekt (mintaqa, shahar, korxona, aloqa kommunikasiyalari va boshqalar) ning boshqa hududlarga nisbatan hududiy munosabatlarni o‘rganib chiqishni, ular IGO‘ning hududlar iqtisodiy va ijtimoiy
107 taraqqiyotida qay darajada o‘rin tutishini chuqur tahlil qilish va shu asosda tegishli ilmiy va amaliy xulosalar chiqarishni taqazo qiladi. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, “geografik o‘rin” tushunchasi tarkibiga ko‘ra ko‘p tarmoqlidir va uni geografiyaning har bir yo‘nalishida chuqur o‘rganilishi katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan ishlab chiqarish tarmoqlari joylashuvida ham omil sifatida o‘z ta’siriga ega. Bu holat xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojida alohida o‘rin tutadi. Mazkur tarmoq jahon iqtisodiyotida katta salmoqqa ega tarmoq ekanligi barchamizga ma'lum. U hozirgi kunda ko'plab davlatlar milliy iqtisodiyotining asosiy tarmog'i sifatida YaMMning katta qismini yaratib, jahon mehnat resurslarining deyarli ⅔ qismining bandligini ta'minlab bermoqda. Aholiga xizmat ko'rsatish so'nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari orasida eng istiqbolli tarmoqlardan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Turli davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot modellarida ushbu tarmoq sohalari rivoji iqtisodiy o'sishga erishishning muhim omili ekanligi ta'kidlanadi. Shu sababli hozirgi kunda rivojlangan hamda taraqqiy etayotgan davlatlar milliy iqtisodiyotida nomoddiy ishlab chiqarishning mazkur yo'nalish sohalari tezlik bilan rivojlanib bormoqda. Jahon iqtisodiyoti tarmoqlari orasida uchlamchi soha nomini olgan xizmat ko'rsatish aholiga xizmatlar taklif etish va ishlab chiqarish maqsadida shakllantirilgan faoliyat turlari hamda xo'jalik tarmoqlarning jamlanmasi bo'lib xisoblanadi. Tarmoq sohalari yaratadigan mahsulotlar asosan nomoddiy xarakterga ega bo'lishi bilan bir qatorda uning ishlab chiqaruvchi va iste'molchisi orasida o'zaro bog'liqlik mavjudligi, ularni saqlash imkoniyatining mavjud emasligi, ularga bo'lgan talabning o'zgarib turishi kabi xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Xalqaro savdo tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra hozirgi kunda ushbu tarmoqning 150 turdagi sohalari mavjud bo'lib, ular ta'limiy, ishbilarmonlik, moliya, transport xizmatlari kabi ko'rinishdagi 12 ta sektorda birlashtirilgan. [2,3] Geografik joylashuv savdo yo‘llariga chiqish imkoniyati, tabiiy-iqlim sharoitlari, shuningdek, aholi zichligi va yirik shaharlarga yaqinligi orqali xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa muayyan xizmatlarni rivojlantirishga bo‘lgan talab va salohiyatni belgilaydi. Masalan, dengiz bo‘yida joylashuv transport va turizm xizmatlarini rivojlantirishga yordam bersa, turli aholi manzilgohlarida esa maishiy va ta’lim xizmatlariga talab ko‘proq (1-rasm). 1-rasm Xizmat ko‘rsatish tatrmoqlari hududiy joylashuvida geografik o‘rinning ta’siri
108 Geografik o‘rin omili tabiiy sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, demografik, milliy, diniy omillar bilan bir qatorda xizmatlar sohasi muassasalarining turli hududlarda rivojlanishida katta ahamiyatga ega. [4] Yuqorida nomlari sanalgan omillar ma’lum turdagi tarmoq sohalarini taraqqiyotiga ta’sir etadi. Masalan: uy-joy kommunal, tibbiy, turistik, transport xizmatlari markazlarining joylanishida iqlim xususiyatlari e'tiborga olinsa (tabiiy sharoit omili), milliy mentalitet va diniy e'tiqod xususiyatlari umumiy ovqatlanish, savdo, turizm kabilarning hududiy rivojlanishida (milliy va diniy omil) o'z ta’sirini ko‘rsatadi. Geografik o‘rin ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatishning barcha sohalari uchun birday katta ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 2022 yil 22 yanvarldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-sonli farmoni// https://lex.uz/docs/5841063 2. Лапочкина А.А., Байгулова А.А. Роль сферы услуг в современной экономике // Naukarastudent.ru. – 2016. – No. 03 (027) / [Электронный ресурс] – Режим доступа. – URL: http://nauka-rastudent.ru/27/3247/ 3. Г.А.Меньшикова. Экономика и социология непроизводственной сферы. СанктПетербург, 2002 4. Safarova N.I. O‘zbekiston Respublikasida tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasi rivojida demografik omilning ahamiyati // O‘zbekiston zamini №1, 2024. 44-48 в. 5. Сафарова Н.И. Влияние ЭГП на общественно-экономическое развитие регионов Узбекистана // Двадцатые международные плехановские чтения. – М., 2007. с. 154-155.