scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FARG'ONA MINTAQASI AHOLISI O'RTACHA UMR DAVOMIYLIGINI MODELLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI

Temirov Z.A.

Full text

115 FARG‘ONA MINTAQASI AHOLISI O‘RTACHA UMR DAVOMIYLIGINI MODELLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI Temirov Z.A. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392752 Annotatsiya: Mazkur maqolada aholining o‘rtacha umr davomiyligi prognozi Lee &Carter metodi bo‘yicha Farg’ona mintaqasi aholisining 1991-2015 yillardagi yosh guruhlari bo‘yicha o‘lim ko‘rsatkichlari asosida 2030 yilgacha o‘rtacha umr davomiyligi prognozi natijalari tahlili keltirildi. Kalit so‘zlar: Lee &Carter, o‘rtacha umr davomiyligi, o‘lim ko‘rsatkichlari, aholi yosh guruhi, prognoz, hayot jadvali, Farg’ona mintaqasi. Annotation: This article presents an analysis of the results of the forecast of average life expectancy of the population until 2030 based on mortality rates by age group of the population of the Fergana region for 1991-2015, according to the Lee & Carter method. Keywords: Lee & Carter, life expectancy, mortality rates, population age group, prognosis, life table, Fergana region. Bugungi kunda aholi o‘rtacha umr davomiyligi jahonning turli mamlakatlari va mintaqalarida farqlanadi. Umr davomiyligiga aholining turmush tarzi, yashash sharoiti, sanitariya-gigiyena xolati, tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi, hududlarning geoekologik vaziyati va boshqa omillar ta’sir etadi. Bugungi kunda ko‘plab iqtisodiy rivojlangan jahon mamlakatlarida Lee & Carter metodidan foydalanilmoqda. Mazkur metoddan MDH mamlakatlarida Knykova A. Qozog’istonda [2], Lakman I.A., Askarov R.A., Prudnikov V.B., Askarova Z.F., Timiryanova V.M.lar [5] Rossiya va Boshqirdiston misolida Lee & Carter metodi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. O‘zbekistonda aholi prognozi, hayor jadvali bilan bir qator olimlar shug’ullanishgan. Jumladan, Z.N.Tojiyeva [7], Q.Abduraxmonov [1], N.J.Muhammedova [6] kabi olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan. Bevosita Lee & Carter metodi bo‘yicha prognozlar bugungi kunga qadar amalga oshirilmagan. Lee & Carter metodi - bu o‘lim darajalarini tahlil qilish va prognoz qilish uchun ishlatiladigan statistik model bo‘lib, 1992-yilda Ronald Lee va Lawrence Carter tomonidan ishlab chiqilgan. U asosan umr ko‘rish davomiyligini (life expectancy) yoki o‘lim koeffitsiyentlarini kelajakda bashorat qilishda qo‘llaniladi. Uning asosiy formulasi quyidagidan iborat: ln(mx,t)=ax+bx*kt+εx,t Bu yerda: mx,t - bu x yosh va t davrdagi o‘lim ko‘rsatkichi; ax - yoshga bog‘liq o‘rtacha logorifm, o‘lim ko‘rsatkichi; 116 bx - yoshga sezuvchanlik koeffitsiyenti; kt - vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi koeffitsiyent; εx,t - xatolik komponent. Yuqoridagi formula asosida mazkur maqolada Lee & Carter metodi bo‘yicha tug’ulganda kutiladigan umr davomiyligi prognozini Farg’ona vodiysi viloyatlari misolida tadqiq etildi. Unda Farg’ona mintaqasi aholisini yosh guruhi bo‘yicha 19912015 yildagi o‘lim ko‘rsatkichlari asosida 2030 yilgacha bo‘lgan umr davomiyligi prognozini Lee & Carter metodi orqali ishlab chiqildi. Olingan natijalar asosida 2016 yildan 2030 yilgacha umr davomiyligi prognozini ishlab chiqilib, 20152024 yillardagi Lee & Carter metodi prognozini rasmiy statistik ma’lumotlar bilan taqqoslandi (1-jadval). 1-jadval Farg‘ona mintaqasi aholisi 2016-2030 yilga umr davomiyligi prognozi Yillar stat.uz ma’lumoti Lee Carter bo‘yicha Farqi 2016 73,53 73,84 -0,31 2017 73,17 73,98 -0,81 2018 74,37 74,13 0,24 2019 74,83 74,27 0,56 2020 73,73 74,41 -0,68 2021 74,00 74,55 -0,55 2022 74,77 74,68 0,09 2023 74,97 74,81 0,16 2024 74,97 74,94 0,03 2025 75,07 2026 75,19 2027 75,32 2028 75,44 2029 75,56 2030 75,67 Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika agentligi maalumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, Lee & Carter metodi bo‘yicha ishlab chiqilgan tug’ilganda kutiladigan umr davomiyligi rasmiy statistika ma’lumotlari bilan birozgina farq kuzatildi xolos. 2016 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan o‘rtacha farq -0,14 ni tashkil etdi. Bu esa metodni aniqligi yuqori ekanligini anglatadi. Mazkur maqolada Lee & Carter metodi bo‘yicha ilk bor amaliy prognoz olib borildi. Mazkur prognoz yuqori aniqligi bilan katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Aholi umr davomiyligi prognozi bilan shug’ullanuvchi tadqiqotchilar uchun muhim qo‘llanma vazifasini ham bajaradi degan umiddamiz; 117 Lee & Carter metodi bo‘yicha Farg’ona mintaqasida tug’ilganda kutiladigan umr davomiyligi 2030 yilga borib 75,67 yoshga yetishi kutiladi. Shuningdek, keksa yoshdagi aholida ham umr davomiligini ortib borishi kelgusida ham umr davomiyligini ortib borishini hamda aholi tarkibida keksalar salmog’ining ortishini anglatadi. Bu esa istiqboldagi yo‘l xaritalarini tuzishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Абдурахмонов Қ., Абдураманов Х. Демография. –Т.: Ношир, 2011. –296 б. 2. Akzharkyn KNYKOVA & Azat SAPIN, 2017. "Forecasting Mortality for Kazakhstan Using the Lee Carter Model," Journal of Advanced Research in Law and Economics, ASERS Publishing, vol. 8(6), pages 1798-1811. 3. Booth, H., Hyndman, R., Tickle, L., & de Jong, P. (2006). Lee–Carter mortality forecasting: a multi country comparison of variants and extensions.Demographic Research, 15(9), 289–310. 4. Henry Connor. John Graunt F.R.S. (1620-74): The founding father of human demography, epidemiology and vital statistics // Journal of medical biography. 2024, vol 32 (I). P. 57-69. 5. Lakman I.A., Askarov R.A., Prudnikov V.B., Askarova Z.F., Timiryanova V.M. Predicting Mortality by Causes in the Republic of Bashkortostan Using the Lee-Carter Model. tudies on Russian Economic Development, 23 Sep 2021, 32(5):536-548 6. Муҳаммедова Н.Ж. Ўзбекистонда аҳоли ўлимининг географик тафовутлари. География фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. –Т.: 2019, –Б. 16. 7. Тожиева З.Н. Ўзбекистон аҳолиси: ўсиши ва жойланиши. Т.: –2010. –276 б. 8. Temirov Z.A. Development of demographic processes in the Fergana region of Uzbekistan: yesterday, today, tomorrow // Journal og geology, geography and geoekology № 4 (31) 2022. – P. 736-748. (doi:10.15421/112269) 9. Qodirov R.B., Temirov Z.A. Forecasts and demographic development of the population of Fergana Valley regions of Uzbekistan until 2040 // Journal og geology, geography and geoekology № 3 (30) 2021. –P. 491-499. (doi: 10.15421/112145)