scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOGʻISTONDA ATROF-MUHIT IFLOSLANISHI VA BIRLAMCHI KASALLANISH OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIK (2009–2021 YILLAR TAHLILI)

Utarbaeva K.A.; Abatova A.U.

Full text

140 QORAQALPOGʻISTONDA ATROF-MUHIT IFLOSLANISHI VA BIRLAMCHI KASALLANISH OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIK (2009–2021 YILLAR TAHLILI) Utarbaeva K.A. Abatova A.U. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392783 Annotatsiyaá Ushbu ishda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2009–2021 yillar davomida atrof-muhit omillarining aholi salomatligiga ta’siri oʻrganildi. Asosiy e’tibor ichimlik suvi (quduq va vodoprovod), atmosfera havosi tarkibidagi zararli moddalarining aholi oʻrtasidagi birlamchi kasallanish darajasiga ta’siriga qaratildi. Tahlil natijalariga koʻra, ushbu omillar bilan kasallanish koʻrsatkichlari oʻrtasida oʻrtacha va kuchli korrelyatsion bogʻlanishlar mavjudligi aniqlandi. Ayniqsa, Toʻrtkoʻl, Kegayli, Xoʻjayli va Taxtakoʻpir tumanlarida ekologik zararli moddalar va sogʻliq oʻrtasidagi bogʻliqlik yaqqol namoyon boʻlmoqda. Kalit so’zlar: atrof-muhit, quduq suvi, quvur suvlari, havo ifloslanishi, birlamchi kasallanish, korrelyatsiya, ekologik tahdid. Abstract: This study analyzes the impact of environmental factors on public health in the Republic of Karakalpakstan from 2009 to 2021. The main focus is on the influence of chemical contamination in drinking water (well and tap water) and atmospheric air on the incidence of primary diseases among the population. The analysis revealed moderate to strong correlations between environmental pollution levels and the incidence of various diseases. Particularly, districts such as Turtkul, Kegeyli, Khodjeyli, and Takhtakopir show a significant link between ecological conditions and public health outcomes. Keywords: environmental pollution, drinking water, atmospheric air, primary morbidity, correlation, ecological factors. Kirish. So‘nggi yillarda aholining sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi ekologik va gigiyenik omillarni chuqur tahlil qilish zarurati ortib bormoqda. Ayniqsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida atrof-muhitning ifloslanishi bilan kasallanish darajasining ortishi o‘rtasidagi bogʻliqlik dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda 2009–2021 yillar oralig‘ida aholi salomatligiga tashqi ekologik omillarning ta’sirini aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari berildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2009–2021 yillar davomida olib borilgan tibbiy-geografik tadqiqotlar aholining salomatligiga atrof-muhitning ta’siri jiddiy ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi. Tadqiqot davomida aholi salomatligi, ekologik vaziyat va kasallanish dinamikasiga oid koʻplab manbalar tahlil qilindi. Jumladan, QoraqalR Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tibbiy statistika instituti va Davlat statistika agentligi ma’lumotlari asosida tahlil olib borildi. Tadqiqotda alohida e’tibor ichimlik suvi (quduq va vodoprovod) va atmosfera havosining kimyoviy ifloslanishi bilan aholi oʻrtasidagi birlamchi kasallanish darajalari oʻrtasidagi bogʻliqlikka qaratildi. 141 Tahlil uchun quyidagi manbalardan foydalanildi: -O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Statistika agentligi va QR Sog‘liqni saqlash vazirligi statistik to‘plamlari (2011–2021 yy.); -Aholining demografik, ijtimoiy, gigiyenik xususiyatlari; -Kasalliklarning birlamchi ko‘rsatkichlari (100 ming aholiga nisbatan). -Korrelatsion tahlil usuli bilan ekologik omillar (suv, havo ifloslanishi) va kasallanish o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. 1. Quduq suvlari va kasallanish: Quyidagi tumanlarda quduq suvining kimyoviy ifloslanishi bilan birlamchi kasallanish oʻrtasida oʻrtacha korrelyatsiya aniqlandi: ✓ Gʻarbiy zona – r=0,39 ✓ Kegayli – r=0,55 ✓ Xoʻjayli – r=0,56 ✓ Toʻrtkoʻl – r=0,63 Bu hududlarda suvning sifatli emasligi turli kasalliklarning koʻpayishiga sabab boʻlmoqda. 2. Ichimlik (Vodoprovod) suvlari va kasallanish: Ichimlik (vodoprovod) suvining ifloslanishi bilan birlamchi kasallanish darajalari oʻrtasidagi bogʻliqlik: ✓ Qonlikoʻl – r=0,43 ✓ Kegayli – r=0,44 ✓ Nukus – r=0,52 ✓ Xoʻjayli – r=0,48 ✓ Beruniy – r=0,41 Bu koʻrsatkichlar suv tarkibidagi nitratlar, ogʻir metallar va boshqa zararli moddalar bilan bogʻliq. 3. Atmosfera havosi va kasallanish: Atmosfera havosining zararli moddalar bilan ifloslanishi aholi salomatligiga kuchli ta’sir koʻrsatmoqda: ✓ Qoraqalpogʻiston Respublikasi umumiy – r=0,66 ✓ Beruniy – r=0,59 ✓ Shimoliy zona – r=0,46 ✓ Qonlikoʻl – r=0,39 ✓ Taxtakoʻpir – r=0,86 (eng yuqori bogʻliqlik) Tahlillardan koʻrinaqdiki, ayniqsa Taxtakoʻpirda SO₂, tetraetilqoʻrgʻoshin va chang miqdori yuqori boʻlib, nafas olish kasalliklari, oʻpka xastaliklari va bolalar oʻrtasida kasallanish koʻrsatkichlari yuqori. 142 Asosiy natijalar. Birlamchi kasallanish dinamikasi ekologik omillar bilan yaqqol bog‘liq bo‘lib, u quyidagi omillar bilan ta’sirlanuvchanlik ko‘rsatdi: o Ochiq suv havzalaridagi kimyoviy ifloslanish: ▪ To‘rtko‘l (rxy=0.71), Chimboy (rxy=0.52), Kegeyli (rxy=0.66), Nukus (rxy=0.47) o Quduq suvlari kimyoviy tarkibi: ▪ Kegeyli (rxy=0.55), Xo‘jayli (rxy=0.56), To‘rtko‘l (rxy=0.63) o Ichimlik (Vodoprovod) suvlari ifloslanishi: ▪ Nukus (rxy=0.52), Qonliko‘l (rxy=0.43), Beruniy (rxy=0.41) o Atmosfera havosining kimyoviy ifloslanishi (tetraetilqo‘rg‘oshin, SO₂ va chang): ▪ Butun QR bo‘yicha (rxy=0.66), Taxtako‘pir (rxy=0.86) 2. Kasalliklarning hududiy va demografik taqsimoti: o Yuqumli va parazitar kasalliklar (sil); o Buyrak, o‘t yo‘llari, siydik tizimi, nafas yo‘llari kasalliklari; o Xavfli o‘smalar, qon kasalliklari, tug‘ma anomaliyalar; o Chaqaloqlar va onalar o‘limi, sil va o‘smalardan o‘lim sabablari. 1-rаsm. Qоrаqаlpоgʻistоn Rеspublikаsi аhоlisining birlаmchi kаsаllаnishi хаritаsi Xarita Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’likni saqlash vazirligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilganá 3. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar (tibbiyot xizmatlari darajasi, gigiyena, yashash sharoiti) ham kasallanish ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi omillar sifatida qayd etildi. Ekologik ifloslanish – ayniqsa, suv va havo sifati – aholining sog‘lig‘iga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Birlamchi kasallanish ko‘rsatkichlari ekologik omillarni 143 tahlil qilishda asosiy mezon sifatida qo‘llanishi maqsadga muvofiq. Tadqiqotlar QRdagi bir qancha tumanlarda ekologik muammolar sog‘liq bilan bevosita bog‘liqligini isbotlaydi. Zarur choralar sifatida: ekologik monitoringni kuchaytirish, suv va havo sifatini yaxshilash, profilaktik tibbiyot xizmatlarini rivojlantirish lozim. Xulosa. 2009 - 2021 yillarda Qoraqalpogʻistonda oʻtkazilgan tibbiy-geografik tahlillardan ma’lum boʻldiki, aholi salomatligiga ta’sir etuvchi asosiy ekologik omillar - bu suv va havo resurslarining ifloslanishidir. Tahlil qilingan quduq, vodoprovod suvi va atmosfera havosi komponentlaridagi kimyoviy ifloslanish darajasi birlamchi kasallanish holatlari bilan oʻrtacha va kuchli darajada bogʻliq. Xususan, Toʻrtkoʻl, Kegayli, Xoʻjayli va Taxtakoʻpir tumanlarida ekologik omillar bilan kasallanish oʻrtasida yaqqol bogʻliqlik kuzatildi. Mazkur vaziyatni yaxshilash uchun suv va havo sifati ustidan muntazam monitoringni joriy etish, aholini ekologik xavflar haqida xabardor qilish va profilaktik sogʻliqni saqlash choralarini kuchaytirish tavsiya etiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida ekologik omillar (suv va havoning kimyoviy tarkibi) va birlamchi kasallanish o‘rtasida o‘rtacha va kuchli darajadagi korrelyatsion bog‘liqlik mavjud. Aholining sog‘lig‘ini yaxshilash uchun ekologik monitoringni kuchaytirish, suv va havo sifatini yaxshilash, profilaktik tibbiy xizmatlarni rivojlantirish lozim. Tibbiy-geografik tahlil kasalliklarni hududiy bashorat qilish va sog‘liqni saqlash siyosatini shakllantirishda muhim vosita bo‘la oladi. Ekologik monitoring tizimini kuchaytirish; Sog‘liqni saqlash xizmatlarining hududiy barqarorligini oshirish; Atrof-muhit va sog‘liq o‘rtasidagi aloqani inobatga olgan holda strategik qarorlar ishlab chiqish. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Саломатлик ва тиббий статистика институтининг Қорақалпоғистон Республикаси филиали маълумотлари (Статистик маълумотлар). – Нукус: 2009-2021. – 35 б. 2. Солиев А., Комилова Н. Нозогеографик вазият ва уни бахолаш. Географик экология ва табиатдан фойдаланиш муаммолари. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. – Тошкент: 1999. – Б. 84-86. 3. Турдимамбетов И.Р. Қорақалпоғистон Республикаси нозогеографик вазиятини яхшилашнинг ижтимоий-иқтисодий хусусиятлари. География фанлари доктори диссертацияси автореферати. – Тошкент, 2016. – 82 б. 4. Turdimambetov I., Madreymov А., Foldvary L., Oteuliev М., Kurbanov М., Utarbaeva K., Bekanov K. Influence of adverse ecological factors on the incidence of malignant neoplasms. E3S Web of Conferences 227, 02001 (2021) GI 2021 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202122702001 5. Turdimambetov I., Pauditsova Е., Madreymov А., Komilova N., Oteuliev М., Kayupov N., Utarbaeva K., Eshimbetova G. Influence of harmful ecological factors on the population of the Republic of Karakalpakstan. European Journal of Molecular & Clinical Medicine ISSN 25158260 Volume 7, Issue 10, 2020.