scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ANDIJON AGLOMERATSIYASINING IQTISODIY-IJTIMOIY TARAQQIYOTI VA DEMOGRAFIK JARAYONLARI TA'SIRINI BAHOLASH

Payzullayev M.A.

Full text

77 ANDIJON AGLOMERATSIYASINING IQTISODIY-IJTIMOIY TARAQQIYOTI VA DEMOGRAFIK JARAYONLARI TA’SIRINI BAHOLASH Payzullayev M.A. Andijon davlat pedagogika instituti, O’zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392842 Annotatsiya: Ushbu maqolada Andijon aglomeratsiyasining joylashishi, chegaralari va shakllanishi va rivojlanishi kabi masalalar atroflicha o’rganilgan. Kelajak istiqbollari va muammolari ilmiy tahlil etilib, ilmiy hulosalar asosida yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: urbanizatsiya, aglomeratsiya, bir markazli model, ko‘p markazli model, chiziqli submodel, tarqoq submodel, hududiy rivojlanish, mintaqa, aholi manzilgohi, yo‘ldosh shahar. Annotation: This article examines in detail the location, boundaries, formation and development of the Andijan agglomeration. Future prospects and problems are scientifically analyzed and highlighted based on scientific conclusions. Keywords: urbanization, agglomeration, single-center model, multi-center model, linear submodel, scattered submodel, regional development, region, settlement, satellite city. Farg‘ona vodiysida Andijon aglomeratsiyasi alohida mavqega ega. Shu sababdan vodiy aglomeratsiyalarining asosiy xususiyatlari Andijon aglomeratsiyasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Andijon viloyatida hozirgi zamon urbanizatsiyasining muhim ko’rinishi sifatida Andijon aglomeratsiyasi tarkib topmoqda va rivojlanmoqda. U deyarli butun viloyatni hududini to’laligicha qamrab olgan va ta’sir doirasiga ega. Aglomeratsiya asosini Andijon shahri tashkil etadi va uning tarkibiga Asaka, Shahrixon, Poytug‘ shaharlari va Kuyganyor kabi o’nlab shaharchalar kiradi. Aglomeratsiya shimolda Poytug‘ shahridan boshlanib, janubda Asaka shahrigacha davom etadi. Andijon aglomeratsiyasi monotsentrik aglomeratsiya bo’lib meridional yo’nalishda 30 km masofaga cho’zilgan. Andijon aglomeratsiyasida bugungi kunda salkam 1 mln.ga yaqin aholi istiqomat qilmoqda va u yanada ko’payishda davom etmoqda. 1897 yil Andijon shahrida 47 ming kishi yashagan bo’lsa, 1910 yilga kelib bu ko’rsatkich 76 ming kishini tashkil etgan. Ipakchilik sanoatining eng katta markazi bo’lgan Marg‘ilonda shhrida esa XX asr boshida aholi soni salkam 47 ming kishiga bo’lgan. Hozirgi paytga kelib Andijon shahar aholisi 481 ming kishidan ortib ketdi [2]. Andijon aglomeratsiyasi haqida so’z ketganda olimlar ikki uchburchakni keltiradi. Birinchisi Andijon–Asaka-Shahrixon uchligi, ikkinchi guruhdagilar Andijon –Asaka-Kuyganyor yo’nalishini belgilaydi [1]. 78 Asaka shahrida avtomobolsozlik korxonasining qurilishi va uning ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishi Andijon shahrida tashkil etilgani shaharning iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan birga “yo’ldosh” shaharlardagi ortiqcha mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini bermoqda. Bu esa, o’z navbatida, aglomeratsiyalashish jarayonining eng muhim sharti bo’lgan aholi manzilgohlari o’rtasidagi aholi qatnovi, ya’ni mayatniksimon migratsiyani rivojlantirdi. 2009 yillarda mayatniksimon migratsiyaning asosiy yo’nalishilari Andijon-AsakaKuyganyor uchligiga qaratilgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2009-yil 13 martdagi №68-sonli “O’zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy –hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlari to’g‘risida”gi qarori qabul qilingandan kegin, viloyatda ham urbanizatsiya darajasini oshirishga qaratilgan ishlar ko’plab amalga oshirilganligini ko’rish mumkin. Natijada viloyatning urbanizatsiya ko’rsatkichi tubdan o’zgardi va ortdi. 2009 yildan keyingi Andijon viloyatidagi 78 ta aholi manzilgohlariga shaharcha maqomining berilishi, transport qatnovlarining va yo’l infratuzilmasini yaxshilash bo’yicha bajarilgan ishlar Andijon–-Shaxrixon-Asaka-Poytug‘ shaharlari o’rtasida rivojlandi va Andijon aglomeratsiyasi tarkibini o’zgartirib to’rtburchak shaklni vujudga keltirdi. Uning natijasida aglomeratsiyaning geografik ko’lami va miqyosi kengaydi. Xususan, Andijon shahar aglomeratsiyasi doirasidagi Cho’ja, Segizaqum, Qo’shariq, Oqyor, Qo’shtepa, Bobur kabi shahar va shaharchalarning vujudga kelishi Andijon aglomeratsiyasi rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Bunga qadar aglomeratsiya doirasidagi asosiy ichki harakatlar markazga – Andijon shahriga qaratilgan edi. Keyingi davrlarda Asaka shahri va Kuyganyor shaharchasiga tomon yirik ichki harakatlar yo’nalishi vujudga keldiki, bu aglomeratsiyani yanada kengayishiga olib keldi. Asaka shahriga har kuni Marhamat, Shahrixon, Andijon, Buloqboshi, Oltinko’l, Xo’jaobod, Jalaquduq tumanlaridan ishchi va xizmatchilar kelib ketadilar. Huddi shunday xolat Andijon tumanining ma’muriy markazi - Kuyganyor shaharchasida va uning davomi Poytug‘ shaharchalarida ham kuzatiladi. Bu yerga Izboskan, Paxtaobod, Baliqchi tumanlaridan odamlar ko’plab kelib ketadi. Chunonchi, Kuyganyor-Poytug‘ Andijon shahridan 6-12 km shimoliy - g‘arbda joylashgan bo’lib, tranzit transport tuguni hisoblanadi. Undan tashqari, bu yerda Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Qoradaryoning bo’yida esa dam olish maskanlari hamda Andijon tumanining ma’muriy binolari joylashganligi, bu hudud infrastrukturasini ham rivojlantirmoqda. 79 Aglomeratsiya markazini 15 km masofada sharq tomondan Andijon tumani, g‘arbdan Oltinko’l, janubdan Asaka, shimoliy - g‘arbdan Izboskan tumanlari halqa shaklida o’rab olgan. Ikkinchi halqa 25 km cha masofani egallaydi va bu masofada Buloqboshi, Xo’jaobod, Jalaquduq tumanlari joylashgan. Undan tashqari, g‘arbiy yo’nalishda Andijon aglomeratsiyasiga Shahrixon tumani ham tutashadi. Andijon shahriga aglomeratsiya hududidan har kuni o’rtacha 50-60 ming kishi kelib ketadi va bu ko’rsatkich bayramlar, dam olish kunlarida 100 mingdan ham ortib ketadi. Shuningdek, aglomeratsiya hududidan yo’ldosh manzilgohlarga borib ishlovchi mayatniksimon migrantlar ham mavjud. Har kuni Andijon shahridan atrofdagi joylarga 10 ming dan ortiq kishilar turli maqsadlarda (ishga, dam olish va h.k) borib keladilar. Andijon aglomeratsiyasi hududining nisbatan tekisligi unda har xil transport turlarini rivojlanish imkonini beradi. Xususan, avtomobil transporti - Andijon aglomeratsiyasida yuk va yo’lovchi tashishda ko’rsatkichlari jihatidan oldinda turadi[2]. Aglomeratsiyadagi avtomobil yo’llari ichida uzunligi 13 km li Andijon shahriga shahobcha yo’l (4R-17D) va uzunligi 31 km. bo’lgan Andijon shahri aylanma yo’l (4R-130) yuk va yo’lovchi tashishdagi hajmiga ko’ra alohida ahamiyatga ega. Aglomeratsiya miqyosida tashiladigan yuk va yo’lovchilarning asosiy qismi qayd etilgan yo’llarga to’g‘ri keladi. Yo’lovchi tashishda Andijon-Asaka (11 km), Andijon-Shahrixon (27 km), Andijon-Poytug‘ (20 km), AndijonQo’rg‘ontepa (38 km), Andijon-Osh (50 km) yo’nalishlari katta salmoqqa ega. Asaka shahrining o’ziga xos “o’sish qutbi” ekanligi, Shahrixonning qulay transport geografik o’rni, Qo’rg‘ontepa yo’nalishining esa tranzit ahamiyati bunga sabab bo’lgan. Aynan ana shu yo’llar aglomeratsiya «tanasining katta tomirlari»dir. Bizningcha, Andijon aglomeratsiyasining keyingi rivojlanishi aglomeratsiya dorasining sharqiy yo’nalishda 400 ming aholiga mo’ljallangan Yangi Andijon “Bobur” shahrini qurilishi hamda Bog‘ishamol, Xo’jaobod adirlariga ko’p qavatli turarjoy binolarining qurilishi, Andijon-O’sh-Ergashtom avtomobil va temiryo’llarining qurilishi belgilab beradi. Andijon aglomeratsiyasi manzilgohlari orasidagi aholi qatnovini avtomobil transportisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular orasidagi kundalik aloqalarni shahar va shahar atrofi yo’lovchi tashish transporti amalga oshiradi. Markaziy shaharAndijondan 15 ga yaqin yo’nalishda avtobus va 50 dan ortiq yo’nalishda taksi qatnovi aholi manzilgohlarini to’g‘ridan-to’g‘ri bog‘lab turadi (Toshkent shahrida avtobus yo’nalishlarining o’zi yuzdan ortadi). 80 Andijon shahri bilan shahar va qishloqlar orasidan qatnayotgan transport vositalari, asosan, Andijon shox bekati, Eski-shahar bosh bekati va jahon bozori bekatlari orqali bog‘langan. Tabiiyki, ular orasida odamlarning eng ko’p qabul qilish va jo’natish Andijon shoxbekati hissasiga to’g‘ri keladi. Hozirgi kunda mazkur shoxbekat shahar atrofi, tumanlararo, viloyatlararo yo’nalishlarda qatnovchi avtobuslarni qabul qilishga moslashgan. Ammo, bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’plab yo’nalishlarda avtobus qatnovi o’rnini mikroavtobus va yengil avtomobillar egallab oldi. Natijada, ilgari 30-35 ta yo’lovchini o’zida sig‘dirgan 1 avtobus o’rniga 2-3 ta mikroavtobuslar to’g‘ri kelmoqda. Buning oqibatida bekatlarda transport vositalari ko’payib, ilgarigi bekatlar va yo’llarning transport o’tkazish qobiliyati bugungi kun talablariga javob bermay qoldi. Andijon aglomeratsiyasining sharqiy va g’arbiy tomonlarga qarab kengayishi, va shahar aholisining keskin ortishi o’z navbatida iqtisodiy va ijtimoiy, ekologik muommolarni hal qilishni talab etmoqda. Aynan bu muammolar aglomeratsiyaning keyingi kelajagini belgilab beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Payzullayev M.A. THEORETICAL ISSUES OF THE SCIENTIFIC RESEARCH OF THE DEVELOPMENT OF URBAN AGGLOMERATIONS OF FERGANA REGION // Экономика и социум (электронное научно-практическое периодическое международное издание). – Саратов (Россия). Выпуск №4 (107)-1, 2023. ISSN: 2225-1545 (11.00.00; №11). –С. 233-238. 2. Payzullayev M.A. ECONOMIC GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF ANDIJAN AGGLOMERATION // Экономика и социум (электронное научно-практическое периодическое международное издание). – Саратов (Россия). Выпуск №12 (115)-2, 2023. ISSN: 2225-1545 (11.00.00; №11). -С. 291-293. 3. Перцик Е.Н. Геоурбанистика. – М.: ЮРАЙТ, 2016. 4. Трубина Е.Г. Город в теории: опыты осмысления пространства. – М.: «Новое литературное обозрение», 2011.