QUYI AMUDARYO OQIM MIQDORLARINI GIDROTEXNIK INSHOOTLAR TA'SIRIDA O'ZGARISHLARINI BAHOLASH
Full text
177 QUYI AMUDARYO OQIM MIQDORLARINI GIDROTEXNIK INSHOOTLAR TA’SIRIDA O‘ZGARISHLARINI BAHOLASH Adenbayev B.E., Umarov A.Z., Iskandarova Z.I Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392849 Annatatsiya. Maqola Amudaryoning quyi oqimda uning o‘zanida qurilgan gidrotexnik inshootlarning qurilishi natijasida oqim miqdorlarining o‘zgarishlarini baholashga qaratilgan. Shu maqsadda Amudaryoning Tuyamo‘yin gidrologik posti ma’lumotlari asosida gidrotexnik inshootlarning qurilishidan oldin hamda qurilishidan keyin kuzatilgan o‘rtacha kunlik suv sarflari tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra oqim miqdori 68,8 % ga o‘zgarganligi aniqlangan. Kalit so‘zlari: Amudaryo, gidrotexnik inshoot, suv sarfi, oqim miqdorining o‘zgarishi. Annotation. The article is aimed at evaluating the changes in flow rates as a result of the construction of hydrotechnical structures built in the lower reaches of Amudarya. For this purpose, based on the data of the Tuyamoyin hydrological post of the Amudarya, the average daily water consumption observed before and after the construction of hydrotechnical facilities was analyzed. According to the obtained results, it was determined that the amount of flow changed by 68.8%. Key words: Amudarya, hydrotechnical structure, water consumption, flow rate change. Kirish. Ma’lumki, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarining suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoji, asosan, Amudaryo va Sirdaryo suvlari hisobiga qoplanadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bugungi ilm-fan, texnologiya taraqqiyoti davrida dunyo manzarasi tubdan o‘zgarib ketdi. Bu o‘zgarishlar natijasida bir qator dolzarb, ta’sir doirasi butun dunyoni qamrab olgan, insoniyatning kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotini belgilab beradigan muammolar vujudga kelmoqda. Iqlim o‘zgarishi ana shunday global muammolardan biri bo‘lib, buning natijasida yana bir qancha muammolar, jumladan, oziq-ovqat inqirozi, ayniqsa, keyingi yillarda sayyoramiz bo‘ylab haroratning ilishi isish, kuchli shamol, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va kuchli yong‘inlar yanada ko‘proq sodir bo‘la boshladi, muzliklar erishi kuchaydi. Harorat ko‘tarilishi natijasida suvning bug‘lanish koeffitsenti oshishi hududlarda suv resurslari kamayishiga ta’sir etmoqda. Oqibatida, daryolarning quyi oqimida joylashgan mamlakatlarda suv tanqisligi yildan yilga yanada kuchayib bormoqda. Shuningdek, o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Amudaryo havzasida antropogen omillarning daryo oqimiga ta’siri keskin kuchaydi. Bu davrda Amudaryo havzasida yangi yerlarni o‘zlashtirish, suv omborlari, kanallar qurish ishlari keng miqyosda olib borildi [1, 5]. Natijada, Amudaryo to‘la ravishda inson izmiga bo‘ysundirildi. Bunday salbiy oqibatlar ta’sirini kamaytirish uchun daryoning mavjud suv resurslarini miqdor jihatdan aniq baholash va o‘rganish katta
178 amaliy ahamiyatga ega. Ushbu muammoni Amudaryoning quyi qismi uchun o‘rganish hozirgi kunda o‘ta dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi Amudaryoning Tuyamo‘yin gidrologik postida oqim miqdorlarining gidrotexnik inshootlar ta’sirida o‘zgarishlarini baholashga qaratilgan. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun tadqiqotda quyidagi vazifalar belgilab olindi va o‘z yechimini topdi: 1) Tuyamo‘yin gidrologik postida tanlab olingan yillarga tegishli bo‘lgan kunlik o‘rtacha suv sarfi ma’lumotlarini to‘plash; 2) ushbu to‘plangan suv sarflariga oid ma’lumotlar asosida gidrograflarni chizish va tahlil qilish; 3) Tuyamo‘yin suv ombori ishga tushirilishidan oldingi va undan keyingi davr hamda bungi holatlari uchun oqim miqdorlarining o‘zgarishlarini taqqoslash. Ishda tadqiqot obyekti sifatida Amudaryo quyi oqimida joylashgan Tuyamo‘yin gidrologik posti tanlanlab olindi. Ushbu postda statsionar sharoitida amalga oshirilgan kuzatishlar natijalarini tahlil qilish, suv sarflarining yil davomida miqdoriy o‘zgarishlarini baholash va ulardan tegishli xulosalar chiqarish kabi masalalar tadqiqotning predmetini belgilaydi. Ishni bajarish jarayonida Tuyamo‘yin gidrologik postida tanlab olingan yillarda statsionar kuzatishlar natijasida olingan kunlik o‘rtacha suv sarfi ma’lumotlaridan foydalanildi. Tadqiqotda geografik umumlashtirish va taqqoslash, daryo oqimi miqdorlarini baholashda esa zamonaviy gidrologik hisoblashlar usullari qo‘llanildi. Asosiy natijalar va ularning muhokamasi. Ma’lumki, Tuyamo‘yin suv ombori Amudaryoning quyi oqimida, Tuyamo‘yin tor darasida qurilgan. Qurilish ishlari 1970-yilda boshlanib, birinchi navbati 1978-yilda, to‘liq inshoot 1983-yilda ishga tushirilgan [3]. Tuyamo‘yin suv ombori daryo oqimini yillararo tartibga solish maqsadida barpo etilgan. Natijada Turkmanistonning Toshouz viloyati, Respublikamizning Xorazim viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasini sug‘oriladigan va yangi o‘zlashtirilgan yerlarni suv bilan ta’minlash imkonini oshirgan. Ishning maqsadidan kelib chiqib oqim miqdorlarini gidrotexnik inshootlar ta’sirida o‘zgarishlarini Amudaryoning quyi oqimi uchun ko‘rib chiqildi. Bunda, Tuyamo‘yin suv omborining ekspluatatsiya qilish sharoitiga bog‘liq holda dastlab, 1965-yilda quyi Amudaryoga oqib keladigan o‘rtacha kunlik suv sarflarining yil davomida o‘zgarish gidrografi Tuyamo‘yin gidrologik posti ma’lumotlari asosida chizildi (1-rasm ).
179 1-rasm. Tuyamo‘yin gidralogik postida o‘rtacha kunlik suv sarflarining yil davomida o‘zgarish gidrografi (1965-yil) Ushbu gidrografdan ko‘rinib turibdiki, daryoda yuqoridagi kabi oqimning asosiy qismi bahor va yoz oylariga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, bu yildagi maksimal o‘rtacha kunlik suv sarfi 23-iyul kuni kuzatilgan bo‘lib, uning qiymati 5390 m3/s ni, minimal qiymati 10-fevral kuni 480 m3/s ni, o‘rtacha yillik suv sarfi esa 1310 m3/s ga teng bo‘lib, bu qiymat 8-avgustda kuzatilgan o‘rtacha kunlik suv sarfining qiymatiga yaqin bo‘lgan. Yuqoridagi nomlari keltirilgan yirik irrigatsiya kanallarni daryo oqimiga ta’sirini hisobga olmaganda bir qarashda grafik tabiiyga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin Tuyamo‘yin suv ombori ishga tushirilgandan keyin, ya’ni 1986-yilda kuzatilgan o‘rtacha kunlik suv sarflarining yil davomida taqsimlanishi gidrografi butkul o‘zgarganini ko‘rish mumkin (2-rasm).
180 2-rasm. Tuyamo‘yin gidralogik postida o‘rtacha kunlik suv sarflarining yil davomida o‘zgarish gidrografi (1986-yil) Ushbu grafikda Quyi Amudaryo oqimiga Tuyamo‘yin suv omborining ta’siri aks ettirgan. Grafikda, daryoda oqimning asosiy qismi qaysi vaqtda oqib o‘tganini aytish biroz murakkabligi, boshqacha qilib aytganda oqim noteks taqsimlanganligini ko‘rish mumkin. Shunday bo‘lsada, 25-dekabrdan 29-yanvargacha o‘rtacha kunlik suv sarflarining yuqoriligi keyinchalik, may oyining boshida suv sarflari yuqorilab 20-maydan kamayganligi, yoz fasliga kelib kunlik o‘rtacha suv sarflarining 800 m3/s dan yuqoriga qarab ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin. Buning asosiy sababi, suv omborining to‘liq irrigatsiya va energitik rejimda ishga tushirilgani bilan izohlash mumkin. Shuningdek, Tuyamo‘yin suv omborining daryo oqimiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganligini aniqlash maqsadida yuqorida keltirilgan 1965-yil va 1986-yilda chizilgan girafiklarning malumotlari o‘zaro solishtirildi. Bunda, maksimal suv sarfi 1840 m3/s ni minimal suv sarfi 61 m3/s ni, o‘rtacha yillik suv sarfi esa 535 m3/s ga teng bo‘lib, bu qiymat 31-mayda kuzatilgan qiymatga teng bo‘lgan. Quyida Tuyamo‘yin gidrologik postining 2022-yilda kuzatilgan o‘rtacha kunlik suv sarflarinig yil ichida taqsimlaish gidrografi chizildi (3-rasm). 3-rasm. Tuyamo‘yin gidralogik postida o‘rtacha kunlik suv sarflarining yil davomida o‘zgarish gidrografi (2022-yil) Yuqoridagi gidrogrifda, Tuyamo‘yin gidralogik postining 2022-yilda kuzatilgan o‘rtacha kunlik suv sarflarining yil ichida o‘zgarishlari aks ettirilgan. Ushbu yilda kuzatilgan o‘rtacha kunlik suv sarflaring maksimal qiymati 892 m3/s ga,
181 11iyulga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, minimal qiymati esa, 81 m3/s ga, 4yanvar kuni kuzatilgan. O‘rtacha yillik suv sarfi esa 410 m3/s ga teng bo‘lib bu qiymat 13fevralda kuzatilgan qiymatga yaqinligi aniqlandi. Amudaryoning quyi oqimining gidrotexnik inshootlar ta’sirida o‘zgarishlarini aniqlash uchun chizilgan gidrogrifalrning solishtirish maqsadida 1-jadval tuzildi. 1-jadval Amudaryoning quyi oqim miqdorlarining gidrotexnik inshootlar ta’sirida o‘zgarishlari (106 m3) T.r. Postlar Yillar Xarakterli oqim miqdorlari O‘rtacha yillik oqim hajmi (W, km3) max min 1 Tuyamo‘yin 1965 y 465,7 41,4 41,3 2 Tuyamo‘yin 1986 y 158,9 5,2 16,8 3 Tuyamo‘yin 2022 y 78,1 6,9 12,9 Bajarilgan tadqiqot natijalarini umumlashtirgan holda, xulosa sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin. Tuyamo‘yin suv ombori qurilishidan oldin ya’ni 1965-yilda Tuyamo‘yin gidrologik postida o‘rtacha yillik oqim hajmi W=41,3 km3 ga, teng bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda (2022 y) ushbu miqdor W=12,9 km3 ni tashkil etgan. Ushbu gidrotexnik inshootning qurilishidan oldingi davrga nisbatan o‘rtacha yillik oqim miqdori 68.8% ga kamayganligi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Аденбаев Б.Е., Умаров А.З. Об изменении стока реки Амударьи под влиянием хозяйственной деятельности // Фарғона водийсида табиатдан фойдаланиш ва муҳофаза қилишнинг долзарб муаммолари республика илмий-амалий конференция материаллари. – Наманган, 2013. – Б.109–110. 2. Аденбаев Б.Е., Хикматов Ф.Х. Оценка современного гидрологического режима и водообеспеченности низовьев р. Амударьи. – Ташкент: “INFO CAPITAL BOOKS”, 2021. – 176 с. 3. Ирригация Узбекистана. Т.III. – Ташкент: Фан, 1979. – 357 с. 4. Рубинова Ф.Э., Иванов Ю.Н. Качество воды рек бассейна Аральского моря и его изменение под влиянием хозяйственной деятельности. – Ташкент: НИГМИ Узгидромет, 2005. – 185 с. 5. Умаров А.З., Умарова Д.А. Изменение водного режима реки Амударьи под влиянием гидротехнических сооружений // Экономика и социум. –Россия №3 (106)-2 2023