XORAZM VOHASIDA YER-SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH VA SUG'ORILADIGAN YERLARNI MELIORATSIYALASHNING TABIIY-GEOGRAFIK ASOSLARI
Full text
209 XORAZM VOHASIDA YER-SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH VA SUG‘ORILADIGAN YERLARNI MELIORATSIYALASHNING TABIIY-GEOGRAFIK ASOSLARI Karimbaev Q.K. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392905 Annotatsiya: Xorazm vohasining tabiiy-geografik sharoitida yer-suv resurslaridan samarali foydalanish va sug‘oriladigan yerlarni melioratsiyalash masalalari yoritilgan. Sho‘rlanish, sizot suvlari sathi va drenaj tizimlari holati tahlil qilingan. Shuningdek, sho‘rga chidamli transgen ekinlar va raqamli monitoring texnologiyalarining melioratsiya samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Xorazm vohasi, sug‘oriladigan yerlar, sho‘rlanish, drenaj tizimi, melioratsiya, transgen o‘simliklar, raqamli monitoring, yer-suv resurslari. Abstract: Issues of efficient use of land and water resources and melioration of irrigated lands in the natural and geographical conditions of the Khorezm oasis are highlighted. The state of salinity, groundwater levels, and drainage systems was analyzed. The importance of salt-tolerant transgenic crops and digital monitoring technologies in increasing the efficiency of land reclamation is also shown. Key words: Khorezm oasis, irrigated lands, salinization, drainage system, land reclamation, transgenic plants, digital monitoring, land and water resources. Kirish: O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlari, xususan Xorazm vohasi hududlari, tabiiy-meliorativ jihatdan murakkab sharoitda joylashgan. Bu yerda yersuv resurslaridan samarali foydalanish va tuproq melioratsiyasini yaxshilash masalalari dolzarb hisoblanadi. Sho‘rlanish, grunt suvlari sathining ko‘tarilishi va drenaj tizimlarining past samaradorligi sug‘oriladigan yerlarda hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda [3, 4, 5]. Shu boisdan, meliorativ tadbirlarni loyihalash va amalga oshirishda hududning tabiiy-geografik xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi [6]. Asosiy qism: Xorazm vohasi Amudaryo deltasi hududida joylashgan bo‘lib, relyefi tekis, sizot suvlari sathi yuqori va tuproqlari turli darajada sho‘rlangan. 1960yillarning boshlariga qadar bu hududda irrigatsiya va drenaj tizimlarini loyihalashda tabiiy landshaftlarning xususiyatlari yetarlicha inobatga olinmagan. Natijada, yerlarning meliorativ holati yomonlashgan, sho‘rlanish kuchaygan va drenaj tarmoqlari tezda ishdan chiqqan [6]. Sho‘rlanish jarayonlari asosan sizot suvlarining sathi yuqoriligi va minerallashuv darajasining ortishi bilan bog‘liq [3, 4]. Sho‘rlangan tuproqlarda tabiiy o‘simliklardan galofitlar o‘sadi. Ular evolyutsion jihatdan tuzli muhitga moslashgan bo‘lib, ildiz tizimi orqali ion almashinuvini tartibga soladi va o‘z hujayralarining
210 sho‘rlanishiga yo‘l qo‘ymaydi [1, 2]. Galofitlarning bunday xususiyatlari ularning genetik tuzilishida mustahkamlangan [1]. Molekulyar biologiya sohasidagi yutuqlar asosida galofit o‘simliklarning tuzga chidamlilik genlarini ajratib olish, ularni tahlil qilish va boshqa ekin turlariga kiritish imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada, transgen, ya’ni sho‘rga chidamli sholi, pomidor, soya kabi qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari yaratilgan. Bu o‘simliklar yuqori tuz konsentratsiyasiga ega bo‘lgan tuproqlarda ham o‘sib, barqaror hosil beradi. Ularning amaliy qo‘llanilishi yer resurslaridan samarali foydalanish, sho‘r yerlarni o‘zlashtirish va suv tanqisligini kamaytirish imkonini beradi [1, 2]. Transgen o‘simliklar haqida ayrim salbiy fikrlar mavjud bo‘lsada, ular ilmiy jihatdan asossizdir. AQSH va boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, genetik jihatdan o‘zgartirilgan ekinlar oziq-ovqat xavfsizligi nuqtayi nazaridan an’anaviy seleksiya mahsulotlaridan farq qilmaydi. Shu sababli, O‘zbekiston sharoitida sho‘rga chidamli transgen ekinlarni joriy etish melioratsiya tizimlari samaradorligini oshirishda istiqbolli yo‘nalishlardan biridir [1, 2]. Yerlarni melioratsiyalashda asosiy e’tibor tabiiy-geografik sharoitlarni o‘rganishga, drenaj tizimlarini ilmiy asosda loyihalashga va muntazam monitoring olib borishga qaratilishi kerak. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar, GAT, GPS va kosmik tasvirlardan foydalanish orqali sho‘rlanish jarayonlarini aniqlash, tuproq holatini xaritalash va nazorat qilish osonlashdi [4]. Sug‘oriladigan yerlarda har 3-5 yilda bir marta tuproq-meliorativ syomka o‘tkazish tavsiya etiladi. Xorazm viloyatida kollektor-zovur tarmoqlarining umumiy uzunligi 42-45 m/ga ni tashkil etadi, bu esa respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori. Har yili 10-12 million tonna tuz drenaj suvlari bilan hududdan tashqariga chiqariladi. So‘nggi o‘n yilliklarda paxta hosildorligi 28-32 sentnerdan 40 sentner gacha oshgani meliorativ tadbirlarning yuqori samaradorligini ko‘rsatadi [5]. Xulosa: Xorazm vohasining tabiiy-geografik va meliorativ sharoitlari sug‘oriladigan yerlarning unumdorligiga bevosita ta’sir qiladi. Hududda sho‘rlanish muammosini kamaytirish uchun kompleks yondashuv zarur - muhandislik, biologik va raqamli yechimlar uyg‘unlashgan holda amalga oshirilishi lozim. Sho‘rga chidamli transgen ekinlar, zamonaviy drenaj tizimlari va raqamli monitoring texnologiyalarini joriy etish orqali yer-suv resurslaridan samarali foydalanish mumkin. Bunday choratadbirlar O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, shuningdek, ekologik barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
211 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Flowers T. J., Galal H. K., Bromham L. Evolution of halophytes: multiple origins of salt tolerance in land plants. Avstraliya, Functional Plant Biology, 37(7), 604–612. 2010. 2. Flowers T. J., Colmer T. D. Plant salt tolerance: adaptations in halophytes. Avstraliya, Annals of Botany, 115(3), 327–331. 2015. 3. Ковда В.А. Основы почвоведения и мелиорации. - М., 1971. 4. Минашина Н.Г. Мелиоративный мониторинг орошаемых земель. Москва, 1979. 5. Рафиков А.А. Природно-мелиоративные особенности Хорезмского оазиса. Ташкент, 1982; 1993; 2000. 6. Розанов А.Н. Мелиоративные основы и природные условия. - М., 1958.