XORAZM VILOYATIDA GEOGRAFIK NOMLAR PAYDO BO'LISHINING HUDUDIY TOPONIMIK QONUNIYATLARI
Full text
212 XORAZM VILOYATIDA GEOGRAFIK NOMLAR PAYDO BO‘LISHINING HUDUDIY TOPONIMIK QONUNIYATLARI Kutlimuratov A. A. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392911 Annotatsiya: Maqolada Xorazm viloyati toponimlarining paydo bo‘lishida, hududning tabiiy geografik joylashuvi hamda ijtimoiy-iqtisodiy geografik xususiyiyatlar asosiy ahamiyat kasb etadi. Mavjud toponimik qonuniyatlar asosida viloyat toponimlari hududning geografik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllanganligi ko‘riv chiqilgan. Kalit so‘zlari: Toponimik pozitivlik, nisbiy negativlik, o‘zlashma (kalka) nomlar, geografik nomlarning qatorlar qonuni va xalqona (soxta) etimologiya. Abstract: The article shows that the natural geographical location of the region and socioeconomic geographical features play a key role in the emergence of toponyms of the Khorezm region. It was observed that, based on existing toponymic laws, regional toponyms were formed based on the geographical features of the territory. Key words: Toponymic positivity, relative negativity, borrowed (nicknames), the law of series of geographical names, and folk (pseudo) etymology. Kirish. Bizga ma'lumki tarixan kishilar diqqat-e’tiborini jalb qilgan har qanday geografik joyning oʻz nomi mavjud boʻlib, u joyning biror xususiyatini yoki obyekt bilan bogʻliq tarixiy voqea-hodisalarini oʻzida mujassam etishi bilan birga, o‘sha joyning geografik o‘rni, relyefi, o‘ziga xos xususiyatlari, suvlari, o‘simlik va hayvonot olami, tuproqlari to‘g’risida qimmatli ma’lumotlarni beradi. lnson paydo boʻlganidan boshlab uzoq tarixiy jarayonda behisob va juda murakkab nomlar dunyosida yashab kelmoqda. Toponimlar insoniyatning uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarida paydo bo‘lib, mavjud tabiiy va sun’iy obyektlar, ma’lum hududlarda yashovchi xalqlar, ularning tarixi, tili, madaniyati va urf-odatlari, turmush tarzi to‘g’risida bebaho ma'lumotlarni etkazib beradi. Tadqiqot mavzuning dolzarbligi. Jaxonda keying yillarda geografik joy nomlarini standartlashtirish, geografik obyektlarga nom berish va ularnim qayta nomlash masalalariga katta ahamiyat berilmoqda. Geografik nomlarni to‘plash va tasniflash, toponimik lug‘atlar nashr etish, mavzuli toponimik xaritalar tuzish, toponimlarning yozilishi va talaffuzi, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy manbalar, xalq og‘zaki ijodida o‘rinli foydalanish ham muhim ahamiyatga ega [3]. Bu jixatdan O‘zbekistonda geografiya va toponimika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash borasida yaxshi natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5850-son Farmoniga asosan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tarkibida “Atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish”
213 bo‘limi tashkil etildi. Ushbu Farmonda “ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir hilda qo‘llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish” 1 yuzasidan muhim vazifalar belgilangan. Mazkur ishning asosiy maqsadi geografik joy nomlari paydo bo‘lishining huddiy toponimik qonuniyatlari Xorazm viloyatining tabiiy geografik xususiyatlari bilan bog’liqligini aniqlashga qaratilgan. Natijalar va muhokama. Yer yuzasidagi barcha geоgrаfik nоmlаr mа’lum bir dаvr dаvоmidа dunyоgа kelаdi, yаshаydi, shаkli hаmdа tаlаffuzi оʻzgаrаdi vа nihоyаt bazilari nоm-nishоnsiz yоʻqоlаdi. Shundan kelib chiqib tоpоnimlаrning umri turlichа, bаzi birlari bir nechа yil yоki bir nechа оʻn yil yаshаsа, bоshqа bir geоgrаfik nоmlаr аsrlаr bоʻyi hаm tildаn tilgа оʻtаverаdi. Toponimlar juda qadimdan, kishilar tabiatni, o‘zi yashaydigan va uni o‘rab turgan muhitni idroq eta boshlagandan buyon shakllana boshlagan. Joylarga nom qo‘yish, boshqalardan ajralib turadigan, o‘ziga hos jihatlarni ifodalaydigan atoqli otni tanlash inson va tabiat o‘rtasidagi umumiy geografik, lisoniy, tarixiy aloqadorlik yuzasidan paydo bo‘ladi, boshqacha aytganda geografik obyektlarga nom tanlashning o‘ziga xos toponimik qonuniyatlari mavjud. Joylarga nom tanlash jarayoni haqida H.Hasanov quyidagi fikirlarni keltiradi: “Yangi tug’ilgan chaqaloqqa ot qo‘yish oson, chunki yuzlab tayyor ismlar bor. Ammo, joy nomlari tayyor emas, ularni oʻylab topish kerak, ismini jismiga monand qilish kerak” [6; 16-b.]. Shuningdek, daslab berilgan nomlar ko‘pincha tasodifiy bo‘lib, rasmiy nomlar keyinchalik paydo bo‘lgan deb takidlagan V.A.Nikonov [4; 43-b]. Bizga ma’lumki, nomlash doimiy jarayon bo‘lib u o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki, uning ijodkori ham, muallifi ham xalq hisoblanadi. Geografik nomlar kishilik jamiyatining turli davrlarida ijtimoiy ehtiyoj tufayli kelib chiqadi. Ushbu ijtimoiy ehtiyojlar davr va makonda, geografik obyektlar turlicha nomlangan. Shu bilan birga, birinchi galda toponimlarning kishilik jamiyati uchun eng muhim va zaruriy funksiyasi uning manzil (adreslik) bo‘lib xizmat qilishini unutmasligimiz lozim. “Toponimlar paydo bo‘lishida birinchi va eng keng tarqalgan tamoyil aholi maskani joylashgan hududning tabiiy-geografik xususiyatlarini e’tiborga olishdir. Bunda, yuqorida aytganimizdek, joy xususiyatini aks ettiruvchi umumiy geografik tushuncha hamda iboralarning konkretlashuvi va individuallashuvi qonuniyati yuz beradi” [2; 68-b]. Tabiiy geografik obyektlar nomlarida hududda yashovchi aholining tevarak-atrofni qanchalik yaxshi bilishida 1 O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2019 yil 21-oktyabr PF -5850son « O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora - tadbilari to‘g’risida» gi Farmoni.
214 ham ko‘rinadi. Inson mehnati natijasida yaratilgan obyektlarga nom berishda esa ko‘pgina hollarda nomlanayotgan obyektning kimga yoki qaysi xalqqa, millat yoki urug’ga tegishliligi, kim bunyod etgan, kimga bag’ishlanganligiga ishora beruvchi nomlar tanlanadi [5; 86-b]. Umuman olganda geografik obyektlarni nomlashning o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagi toponimik qonuniyatlar asosida o‘rganiladi: toponimik pozitivlik, nisbiy negativlik, o‘zlashma (kalka) nomlar, geografik nomlarning qatorlar qonuni va xalqona (soxta) etimologiya. Geografik joy nomlari paydo bo‘lishining huddiy toponimik qonuniyatlari asosida, Xorazm viloyatining tabiiy geografik xususiyatlari bilan bog’liqligini ko‘rishimiz mumkin bo’ladi (1-jadvalga qaralsin). Xorazm viloyatining toponimik qonuniyatlari Toponimik pozitivlik Nisbiy negativlik O‘zlashma (kalka) nomlar Geografik nomlarning qatorlar qonuni Xalqona (soxta) etimologiya Amudaryo Kattako‘l Qizilyop Oqtepa Duldulotlagan Ko‘hnadaryo Kattayop Qiziloy Qoratepa Qo‘yqirilganqal’a Angariq Chuqurqum Qizilravot Oqqum Qumbosganqal’a Qatariq Ulug’sho‘rko‘l Qizilsho‘r Qoraqum Qizketgan Beshariq Oqsuv O‘risketgan Zarbuloq Qorasuv O‘kizo‘lgan Buloqqal’a Oqtol Shirinquduq Qoratol 1-jadval. Xorazm viloyatining toponimik qonuniyatlari asosida shakllangan geografik joy nomlari (Jadval muallif tomonidan tuzilgan) Toponimik pozitivlik - nomlar geografik obyektlarning tabiiy yoki ijtimoiyiqtisodiy alomatlarini, ya’ni, real voqea-hodisalarni o‘zida aks ettirishdir. Bizga ma’lumki ko‘pchilik geografik nomlarning paydo bo‘lishida oddiy geografik terminlar asosiy rol o‘ynaydi. Toponimikada daryo, ariq, buloq, bog‘, dara, dovon, jar, ko‘prik, ko‘cha, tepa, tog‘, soy va hokazo kabi geografik terminlarning oldiga yoki orqasiga ot, sifat, son yoki qandaydir qo‘shimcha qo‘shilsa, obyektlarning xususiyatlarini aks etdiradigan toponimlar hosil bo‘ladi. Misol uchun, Amudaryo, Ko‘hnadaryo, Angariq, Qatariq, Beshariq, Zarbuloq, Buloqqal’a, Shirinquduq, Oqtepa, Qoratepa, Tozabog’, Gullanbog’, Kattabog, Echkijar va boshqalar. Geografik joy nomlari qancha qadimiy bo‘lsa, ularning obyektlar bilan bog‘liqligi shuncha ishonarli bo‘ladi. Geografik joy nomining etmologiyasini aniqlashda mavjud bir necha farazdan bittasini, ya’ni toponimning mazmuni va mohiyatiga bevosita to‘g‘ri keladiganini tanlash ijobiy natija berishi mumkin.
215 Masalan, Qo‘shko‘pir tumanida O‘rtayop nomli qishloq bo‘lib uning yon-atrofi yop bilan o‘ralgan ekanligi aniq, yoki, Chakkalar nomi Gurlan tumanida joylashgan bo‘lib, u tuman chekkasida emas, aksincha Gurlan shaharchasining bir qismi bo‘lgani sababli shunday nomlangan. Geografik nomlar real voqealikni aks etdirishi tufayli ham qimmatlidir. Nisbiy negativlik - ma’lum bir hududda bir xil predmet ko‘p bo‘lganda u joyning nomi uchun belgi bo‘lolmaydi. Odatda shu joyda kam, kishilar nazariga tez tashlanadigan belgilar, narsalar geografik obyektlarning nomlanishida asos bo’lib xizmat qiladi. Joyga boshqa yerlardan farq qiladigan xususiyatiga qarab nom qo‘yishni V.A.Nikonov nisbiy negativlik qonuni deb atagan. Geografik obyektni nomlashda asos bo‘lgan belgi ana shu joyning asosiy xususiyati bo‘lmasligi ham mumkin. Masalan, Kattako‘l, Kattayop, Yuqoriqum, Chuqurqum va boshqalar. Bular eng katta ko‘l yoki yop, eng yuqori yoki chuqur qum degan ma’noni bermaydi, balki, ana shu muayyan hudud doirasidagina u eng katta ko‘l yoki yop, yuqoridagi(balanddagi) yoki chuqurdagi(pastdagi) qum demakdir. O‘zlashma nomlar (tarjima nomlar) - toponimikadagi bu qonuniyatning mohiyati shundaki, geografik nomlarning shakli, eshitilishi o‘zgargani bilan, ammo mazmuni o‘zgarmasdan qolishi tushuniladi. Masalan, Hazorasp, Urganch va Bog’ot tumanlarida Darg’alar nomli aholi punktlari mavjud. Darg’a mo‘g’ulcha «boshliq, qo‘mondon» degan ma’noni bildiradi. Xiva xonligida o‘tgan asrning birinchi choragida Amudaryo va katta kanallarda kemalar qatnab turgan va kema boshlig’i darg’a deb yuritilgan. Shu bilan birga Xeva xonligida darg’a amaldorlarga unvon sifatida ham berilgan. Qadimda yunonlar Amudaryoni, Oksni, narigi tomonini, ya’ni shimol tomonini Transoksiana - «Oks daryosining narigi tomoni, Oks orqasi» deyishgan, arablar esa uni o‘z tillariga tarjima qilib Movarounnahr - «daryo orqasi» deyishgan. Oks qadimiy turkiy tildagi O‘kuz so‘zining yunoncha talaffuz shakli bo‘lib, Transoksiana ham turkiy O‘kuzorti toponimining kalkasi, tarjimasi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga mustaqillik davrigacha Respublikamizning aksariyat xududlari joy nomlari tarkibida ruscha «krasniy» so‘zining kalkasi (kalka - fransuzcha calque - «kopiya, nusxa») sifatida qizil komponentli toponimlar uchragan. Hozirda ham viloyatda “qizil” komponentli toponimlarni uchratishimiz mumkin, jumladan: Qizilyop, Qiziloy, Qizilravot, Qizilsho‘r va boshqa shu kabi nomlar. Geografik nomlarning qatorlar qonunining - mohiyati joy nomlari hech qachon yakka holda - yolg‘iz, o‘z holicha paydo bo‘lib qolmaydi, balki har doim birbiriga nisbatan nomlanadi degan xulosada ko‘rinadi. Ikki geografik obyektni birbiridan farq qilish uchun shakllangan nomlar qatorida viloyatda: Oqtepa - Qoratepa,
216 Oqqum - Qoraqum, Oqsuv - Qorasuv, Oqtol - Qoratol, Uzun – Kalta, Baland (yuqori) – Past (oyoq) kabi qo‘shaloq toponimlar paydo bo‘lgan. V.A.Nikonovning ta’kidlashicha, «joy nomining kelib chiqishini aniqlash uchun eng avvalo u yagona emas, balki boshqa nomlar qatorida paydo bo‘lganligini tushunish muhimdir» [4; 45b]. Masalan, katta - kichik (Katta Qumbodoq - Kichik Qumbodoq), (Katta Juvarxos – Kichik Juvarxos), baland(yuqori) – past(oyoq) (Yuqoribog’ – Oyoqbog’), (Yuqorido‘rman – Oyoqdo‘rman) eski - yangi (Ko‘naqal’a – Yangiqal’a) va boshqa shu kabi sifatlardan tarkib topgan hamda ulardan birining ma’nosi aniqlansa, albatta ikkinchisini ham topish mumkin bo‘ladi. Bu sifatlar toponimning xususiyatiga ko‘ra, yonma-yon joylashgan geografik obyektlarni bir-biridan farq qilish uchun xizmat qiladi. Toponimlarning ana shunday yonma-yon kelishini, ularning bir-biriga nisbatan nom olishini V.A.Nikonov qatorlar qonuni deb atagan. Xalq etimologiyasi yoki soxta etimologiya - geografik nomlarni jonli tildagi talaffuzi va ma’no - mazmunini o‘xshashligiga qarab talqin qilish usulidir. Xalq etimologiyasi muayyan nom ma’nosini aniq faktlarga asoslanmagan holda, faqat talaffuz (tovush) tomonining tasodifiy o‘xshashligiga qarab, shuningdek, afsona va rivoyatlarga tayanib izohlashdan iborat. Shu bilan birga nomning shunday talqin qilinishida ko‘pincha, geografik va tarixiy sharoitlar hamda lingvistik qonuniyatlar inobatga olinmasligi natijasida, toponim umuman boshqa ma’no kasb etishi mumkin. Aslida, xalq etimologiyasi - xalqning toponimik ijod mahsuli namunasi hisoblanadi. O‘zining mohiyatiga ko‘ra xalq etimologiyasi, geografik nomning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning ma’no-mazmunini yangicha talqin qilish demakdir. Toponimik tadqiqotlar davomida, bunday joy nomlarning etimologiyasini aniqlashda ularni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. Toponimik rivoyatlar - xalq etimologiyasining mahsulidir. Ko‘pincha soxta etimologiya turli xil ishonishi qiyin, ammo, qiziqarli rivoyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Duldulotlagan, Devqal’a, Qo‘yqirilg’anqal’a, Qirqqizqal’a, Qumbosganqal’a, Qizketgan, O‘risketgan, O‘kizo‘lgan va boshqa nomlar. Xorazm viloyati toponimlarining nomlanish qonuniyatlari ularning huddiy xususiyiyatlari, jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib shakllangan. Umuman olganda geografik obyektlar uchun nom uzoqdan qidirilmaydi, shu atrof yaqinidagi komponent (relyef shakli, o‘simlik, hayvon turi, tuproq …) nomi yangi toponim uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa. Xorazm viloyati toponimlarining oʻziga xos xususiyati oʻzlashma nomlar qonuniyati boʻyicha bir nomning boshqa bir nomga qoʻchishi natijasida hosil bo‘lgan va viloyatning aksariyat xududlari toponimlarining shakllanishida joyning tabiiy geografik xususiyatlariga katta eʼtibor berilgan holda toponimik pozitivlik
217 qonuniyati ustun bo‘lib, geografik obʼyektlar toponimlashuvi jarayonida ijtimoiy geografik xususiyatlar katta o‘rin tutadi. Viloyat gidronimlari turlari va oykonimlarining shakllanishida ham barcha turdagi toponimik qonuniyatlar ishtiroq etgan holda hududning tabiiy va ijtimoiy xususiyatlari joy nomlari ma’nomazmunida shakillanganligini ko‘rishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2019 yil 21-oktyabr PF -5850son «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora - tadbilari to‘g'risida» gi Farmoni. 2. Аҳмадалиев Ю.И. Топонимика ва географик терминшунослик. Ўқув қўлланма. Фаргона, 2018. – 120 б. 3. Mirakmalov M T et al 2023 IOP Conf. Ser.: Earth Environ. Sci.1284 012004 4. Никонов В.А. Введение в топонимику. – М.: Наука, 1965. 180 c. 5. Суперанская А.В. Что текое топонимика? – М.: Наука, 1985. – 182 c. 6. Ҳасанов Ҳ.Ҳ. Ўрта Осиё жой номлари тарихидан. – Т.: Фан, 1965.