scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUXORO VILOYATI HAVO HARORATI O'RTACHA KO'RSATKICHLARINING KO'P YILLIK O'ZGARISH TENDENSIYALARI

Temirova M. A.; Ergasheva M.K.

Full text

231 BUXORO VILOYATI HAVO HARORATI O‘RTACHA KO’RSATKICHLARINING KO‘P YILLIK O‘ZGARISH TENDENSIYALARI Temirova M. A., Ergasheva M.K. Buxoro davlat unversiteti. O‘zbekiston. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17392939 Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro viloyatida havo harorati ko‘rsatkichlarining ko‘p yillik o‘zgarish tendensiyalari o‘rganilgan. Tadqiqotda so‘nggi o‘n yillik meteorologik kuzatuv ma’lumotlari tahlil qilingan. Haroratning yil fasllari kesimida o‘zgarishi va umumiy ko‘tarilish yoki pasayish dinamikasi aniqlangan. Statistik natijalar asosida hudud iqlimining barqarorligi va uzoq muddatli o‘zgarishlari baholangan. Olingan natijalar qishloq xo‘jaligi, suv resurslaridan foydalanish hamda ekologik xavfsizlikka ta’siri nuqtai nazaridan ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so’zlar: Iqlim, quyosh radiatsiyasi, harorat, o’rtacha harorat, amplituda, minimal harorat, maksimal harorat, shamol energiyasi, quyosh energiyasi. Annotation: The article examines the long-term trends of air temperature indicators in Bukhara region. The study analyzes meteorological observation data from the last decades. Seasonal variations of temperature and the overall dynamics of increase or decrease have been identified. Based on statistical results, the stability and long-term changes of the regional climate have been evaluated. The findings are of scientific and practical importance in terms of agriculture, the use of water resources, and ensuring environmental safety. Keywords: Climate, solar radiation, temperature, average temperature, amplitude, minimum temperature, maximum temperature, wind energy, solar energy. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarida “Iqlim o‘zgarishiga javob chora-tadbirlarini milliy darajadagi siyosat, strategiyalar va rejalarga kiritish” vazifasi belgilangan. Ushbu vazifalarni bajarishda dunyo mamlakatlari hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Jumladan, okean va ochiq dengizlardan minglab kilometr uzoqlikda joylashgan Buxoro viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hududi (40,3 ming kv. km) cho‘l zonasida joylashgan. Ushbu hudud inson tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasiga ko‘ra cho‘l-voha, cho‘l-yaylov hududlardan iborat. Buxoro viloyatining iqlimi, oʻziga xos xususiyatlariga ega. Buxoro viloyatida havo haroratining ko‘p yillik o‘zgarishlarini o‘rganish orqali iqlim o‘zgarishining viloyat hududiga ta’sirini aniqlash imkoni vujudga keladi. Ushbu natijalar qishloq xo‘jaligi, suv resurslari va hududiy rivojlanishda amaliy qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Bunday iqlimiy oʻlkalarda bahor fasli (Buxoro viloyatida aprel oyining oʻrtacha harorti +18°C) kuz fasliga nisbatan (oktabr oyining oʻrtacha harorati +28.55°C) issiq, dengiz iqlimida (Qora dengiz sohilidagi misolida koʻrsak) kuz (oktabr oyini oʻrtacha harorati +16.2°C), bahorga (aprel oyining oʻrtacha harorati +11,5°C gradus) nisbatan issiq boʻladi [1]. Demak, qurgʻoqchil va 232 dengiz iqlimli oʻlkalar bir geografik kenglikka joylashuviga qaramasdan hamma fasllarga bir xil isimaydi. 1-jadval Buxoro viloyati havo haroratining o‘rtacha ko‘rsatkichlari 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 O'rt. Yanvar 2,6 5,8 2,5 0,2 5,9 2,3 1,6 4,2 -3,2 4,8 2.67 Fevral 6,2 6,4 2,3 4,0 6,2 7,5 7,6 7,4 6,3 4,4 5.83 Mart 8,3 13,4 8,2 13,9 12,1 12,4 9,6 9,4 16,7 10,8 12.2 Aprel 18 16,7 16,3 16,7 16,7 17,6 18,6 21,4 19,2 18,8 18 May 24,5 24,6 25,2 22,9 24,3 24,3 26,3 23,9 23,8 22,4 24.22 Iyun 30,1 29,1 28,8 28,5 28,3 29,4 30,5 29,9 30,4 30,1 29.51 Iyul 30,9 30,4 30,7 31,9 32,5 31,0 31,7 31,0 31,6 30,7 31.24 Avgust 27,2 28,4 27,7 27,5 28,0 27,6 29,0 29,4 28,4 28,8 28.2 Sentabr 21,9 24,2 22,8 22,0 21,8 20,7 23,5 23,7 21,8 21,5 22.39 Oktabr 14,3 12,5 15,6 14,4 16,1 13,4 12,3 15,5 16,9 15,0 28.55 Noyabr 7,4 7,9 10,0 5,5 5,0 4,6 6,6 9,6 12,9 9,4 7.89 Dekabr 4,9 4,5 1,4 4,0 5,7 -0,6 6,4 0,7 4,4 1,5 3.29 Izoh: Jadval Buxoro Gidrometeorologiya markazi ma'lumotlari asosida tayyorlandi Yuqoridagi jadvalda 2015–2024 yillar oralig‘ida Buxoro viloyatida oylik o‘rtacha haroratlar dinamikasi kuzatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu 10 yil davomida eng past harorat yanvar va fevral oylariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eng yuqori haroratlar iyun–iyul oylarida qayd etilgan. Qish oylaridagi haroratlar (dekabr, yanvar, fevral) Yanvar oyining o‘rtacha harorati +2.67 °C bo‘lib, eng past ko‘rsatkich 2023 yilda - 3.2 °C, eng yuqori ko‘rsatkich esa 2019 yilda +5.9 °C ni tashkil qilgan. Fevral oyida esa o‘rtacha qiymat 5.83 °C bo‘lib, 2016 yilda +6.4 °C qayd etilgan. Dekabr oyidagi haroratning o‘rtacha qiymati 3.29 °C, eng past ko‘rsatkich 2020 yilda –0.6 °C, eng yuqori esa 2019 yilda 5.7 °C bo‘lgan. Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, qish mavsumida haroratlarda sezilarli yillik tebranishlar mavjud, lekin umumiy o‘rtacha qiymatlar musbat bo‘lib, hududning nisbatan iliq qishlarga ega ekanligini ko‘rsatadi [2]. Bahor oylaridagi haroratlar (mart, aprel, may): mart oyining o‘rtacha harorati 12.2 °C bo‘lib, eng yuqori qiymat 2018 yilda +13.9 °C, eng past qiymat 2024-yilda 233 +10.8 °C ni tashkil etgan. Aprel oyida +18 °C atrofida barqaror ko‘rsatkich kuzatiladi, bu bahor faslining nisbatan iliqligini tasdiqlaydi. May oyining o‘rtacha harorati +24.2 °C, deyarli barcha yillarda +24–25 °C diapazonida bo‘lgan. Bahor faslida haroratlar yildan yilga katta farq qilmaydi, mavsumiy barqarorlik kuzatiladi. Yoz oylaridagi haroratlar (iyun, iyul, avgust): Iyun oyining o‘rtacha qiymati +31.2 °Cga teng. Eng issiq kunlar kuzatiladigan oylar qatoriga kiradi. Iyul oyida eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkich qayd etilgan +31.82 °C, 2019 yilda maksimal qiymat +32.5 °C. Avgust oyining o‘rtacha harorati esa +28 °C bo‘lib, yoz faslining oxirida biroz pasayish kuzatilgan. Bu asosan fasl almashinishi bilan bog’liq (1-rasm). Yoz faslida barqaror yuqori haroratlar kuzatiladi, ayniqsa iyun va iyulda +30 °C dan yuqori o‘rtacha qiymatlar iqlimning quruq-issiq ekanligini ko‘rsatadi. Kuz oylaridagi haroratlar (sentabr, oktabr, noyabr) sentabr oyida harorat +22.5 °C atrofida bo‘lib, yozdan kuzga o‘tish davri silliq kechadi. Oktabr oyida o‘rtacha qiymat +15.85 °C, bu davrda harorat keskin pasaya boshlaydi. Noyabr oyining o‘rtacha qiymati +7.89 °C bo‘lib, sovuq mavsumga o‘tishning yaqqol ifodasidir. Yillik o‘rtacha qiymatlar: Yillik o‘rtacha haroratlar 2015–2024 yillarda +15.85 °C dan 17.43 °C gacha oraliqda o‘zgarib kelgan. Eng past yillik o‘rtacha harorat 2020 yilda (+15.85 °C), eng yuqori esa 2023 yilda (+17.43 °C) qayd etilgan. Umumiy davr bo‘yicha o‘rtacha yillik harorat +17.83 °C ni tashkil qiladi (1-jadval). 1-rasm Buxoro viloyatida 10 yillik o‘rtacha havo harorati dinamika Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, hududda qish oylarida nisbatan yumshoq iqlim kuzatiladi, o‘rtacha musbat haroratlar hukmron. Bahor faslida haroratlar barqaror ko‘tarilib boradi va may oyida +24 °C ga yetadi. Yoz mavsumi ancha issiq va quruq bo‘lib, iyun–iyul oylarida +30 °C dan yuqori o‘rtacha qiymatlar qayd etiladi. Kuz faslida haroratlar sekin-asta pasayadi va noyabrga kelib 7–8 °C gacha tushadi. Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Buxoro viloyatida iqlimning asta-sekin iliqlashish tendensiyasi davom etmoqda (2020 yil istisno). 234 Xalq xoʻjaligining har bir tarmogʻi iqlimiy resurslardan foydalanadi. Shunday ekan iqlim hodisalarini tushinish, undan oqilona foydalanish, ularni oʻz foydasiga qaratish, iqlim va ob-havoning noqulay ta'siridan qutilish imkoniyatini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Нуров У.Н. Бухоро вилояти иқлими ва унинг ресурслари. Ўқув услубий қўлланма. Бухоро. 1996.-Б.5-10. 2. Ergasheva M.K., Temirova M.A. Buxoro viloyati iqlimiy resurslaridan samarali foydalanishning geografik asoslari// Iqtidorli talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning “Tafakkur va talqin” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to‘plami. Buxoro. 2025. -Б. 253-255.