scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILARNI MASOFADAN O'QITISHDA AVTOMATLASHGAN DIDAKTIK TA'MINOTNING UMUMIY TUZILISHI

Bekdjayeva, Fotima Egamberdi qizi; Davkarova, O'g'iloy Muhiddin qizi

Abstract

Ushbu maqolada masofaviy ta’lim va masofaviy ta’limning didaktik ta’minotini yaratish texnologiyalari va ularning tibbiyotda va ta’lim soxalarida tashklillashtirish tamoyillari asosiy vazifalari va amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish bo‘yicha ishlar olib borilgan va didaktik ta’minot uslubiy ko‘rsatkichlari va didaktik ta’minotning avtomatlashgan tizimlari va funksional tizimlari yetarlicha boyitilgan hamda tibbiyot xodimlari va talabalarni masofadan o‘qitishning dolzarb mavzulari ko‘rib chiqilgan.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 113 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17394594 O‘QUVCHILARNI MASOFADAN O‘QITISHDA AVTOMATLASHGAN DIDAKTIK TA’MINOTNING UMUMIY TUZILISHI Bekdjayeva Fotima Egamberdi qizi Guliston Davlat Universiteti Tayanch doktaranti Davkarova O‘g‘iloy Muhiddin qizi Innovatsiyalar texnologiyalar Universiteti talabasi e-mail: [email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada masofaviy ta’lim va masofaviy ta’limning didaktik ta’minotini yaratish texnologiyalari va ularning tibbiyotda va ta’lim soxalarida tashklillashtirish tamoyillari asosiy vazifalari va amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish bo‘yicha ishlar olib borilgan va didaktik ta’minot uslubiy ko‘rsatkichlari va didaktik ta’minotning avtomatlashgan tizimlari va funksional tizimlari yetarlicha boyitilgan hamda tibbiyot xodimlari va talabalarni masofadan o‘qitishning dolzarb mavzulari ko‘rib chiqilgan Kalit so‘zlar: Masofadan o‘qitish, masofaviy ta’lim, masofaviy ta’lim texnologiyasi, didaktik ta’minot, didaktik ta’minot texnologiyasi, avtomatlashgan tizim, didaktik ta’minotning avtomatlashgan tizimlari. Abstract: In this article, work was carried out on the formation of the main tasks and practical skills of the technologies of distance education and didactic support of distance education and the principles of their organization in medicine and in the fields of education, and didactic support methodological indicators and automated systems and functional systems of didactic support are sufficiently enriched and current topics of distance education of medical workers and students are considered. Key words: distance education, distance education, distance education technology, didactic support, didactic support technology, automated system, automated systems of didactic support. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 114 KIRISH Hozirgi kunda oliy o‘quv yurti talabalari va izlanuvchan yoshlar bilan bo‘sh vaqtlarini va umumiy amaliy ko‘nikmalarni masofadan turib yetarli shart–sharoit ostida uzog‘ini yaqin qilib birgalikda hamnafas fikr almashishlariga o‘rgatish o‘zlarining bilimlarini masofadan turib turli xil fan adabiyotlari bilan boyitish uchun imkoniyatlar yaratish ularni ma’nan fikriy qobilyatini boyitish maqsadida masofaviy ta’lim didaktik ta’minotini avtomatlashgan tizimini ishlab chiqishdan va uni soxalarda keng qamrovda tatbiq etishdan iborat bo‘lgan masalalarni o‘rganishga chuqur singdirishimiz kerak. Masofaviy ta’lim o‘qitish modeli axborot va fan muhitidan iborat bo‘lib, o‘z ichiga turli ko‘rinishdagi o‘quv materiallarini, o‘quv maqsadining dasturiy ta’minotini hamda o‘quvchi faoliyatini boshqarish modelini oladi. Avtomatlashgan har bir tizim aloxida qo‘llaniladigan yo‘nalishlar uchun tizimli tashkil etilgan jarayonlardan bilimlarini masofaviy didaktik ta’minot va adabiyotlar bilan boyitib borilishi keng qamrovda tushuntirib o‘tiladi. {1-59 – 65} b ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Masofaviy ta’limda avtomatlashgan didaktik ta’minot talab etiladi. 1.1-rasm. Avtomatlashgan didaktik tizim tuzilishi Didaktik ta’minotaniq fan mazmuni bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualardan iborat bo‘ladi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 115 Funksional ta’minot - o‘quv mazmunini o‘rganishni modellashtirish imkonini beradi va pedagogik hamda texnologik qismlardan iborat bo‘ladi. Pedagogik –pedagogik maqsadga erishish uchun maqsadga va shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik uslublar va texnologiyalarni uslubiy ketma-ketligi. Texnologik - pedagogik maqsadga erishish uchun foydalaniladigan axborot texnologiyalari ketma-ketligi. Texnologik qismni tuzishda o‘qituvchining ishtiroki pedagogik va axborot texnologiyalarini birlashtirish imkonini beradi. NATIJALAR Pedagogik imkoniyatlarning ortib borishi natijasida esa o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar, jumladan, elektron dasturiy mahsulotlar, multimedia ilovalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Axborotning elektron tovush, tasvir, matn ko‘rinishlaridan o‘quv-tarbiya maqsadini ro‘yobga chiqarishda samarali hisoblangan kompyuterli o‘qitish metodikasi ta’limga kirib keldi. O‘qitishning bunday metodikasining ahamiyati o‘quvchining bilish jarayonidagi quyidagi psixologik holatlarida ko‘rinadi: - diqqatni jamlashda; - ma’lumot to‘g‘risidagi tasavvurni kengaytirishda; - o‘quv predmeti, darsga qiziqishning ortishi va bilimlarni ixtiyoriy tarzda o‘zlashtirishda; - izlanuvchanlik, ijodkorlik va mustaqil faoliyatga faol kirishishda; - o‘zini boshqa o‘quvchilarga nisbatan baholashda. O‘z navbatida, o‘qituvchi faoliyatida kompyuterli o‘qitish: - ish vaqtini to‘g‘ri taqsimlashda; - o‘quv materiali mazmun-mohiyatining yorqin va ishonarli bo‘lishini ta’minlashda; - berilayotgan axborotning ko‘lamini oshirishda; - o‘quv topshirig‘ining turlarini kengaytirishda; - sog‘lom raqobat, ijodiy muhitni yuzaga keltirishda; - kasbiy malakani muntazam oshirib borishda ahamiyatli sanaladi.{ 2-100-106b} MUHOKAMA Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati – o‘qitish jarayonining barcha bosqichlari, jumladan, yangi o‘quv materiallarini tushuntirish, GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 116 takrorlash, umumlashtirish, talaba (tinglovchi)larning fan bo‘yicha erishgan bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonlarda kompyuter talaba (tinglovchi) uchun turli vazifalar, xususan, pedagogik, ta’lim vositasi, ta’lim ob’ekti, o‘zaro muloqot hamkori kabi funksiyalarni bajaradi. Shu bilan birga bilimlarni baholash va ularning tegishli standart va talablarga mosligi monitoringini tashkil etishdagi afzalliklari uning o‘qitish tizimiga keng joriy etilishiga sabab bo‘ldi. {3-64 b} XULOSA Boshqaruv bloki uslubiy ta’minot bo‘yicha turli xil nazorat sinovlari uchun mo‘ljallanadi. Masofaviy ta’limning didaktik ta’minotini tashkillashtirish va uslubiy asosalarini o‘rganishda tibbiy xodimlar va ularni malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib kerakli adabiyotlar va ular bilan birgalikda ularning umumiy holatdagi bilimlarini o‘zaro almashish va bilimlarini nazorat qilish va masofadan turib foydalinishga qulaylik yaratish maqsadida keltirilgan sharoitlar yaratilgan. O`quv bloki fan bo`yicha quyidagilardan tashkil topadi: ✓o`quv rejalar va dasturlar; ✓darslik va uslubiy qo`llanmalar; ✓ an`anaviy bosma o`qitish vositalari; ✓kodogrammalar; ✓diapozitivlar; ✓o`quv kinofil`mlari; ✓jadvallar; ✓o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish uchun didaktik materiallar; ✓o`quv jihozlari; ✓mul`timediali dars ishlanmalari; ✓o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal September, 2025 117 References: 1. Asqarov A.D., Masofaviy o‘qitish ta’lim shaklining rivojlanish bosqichlari va modellari // Zamonaviy ta’lim 2015, 10. 59 – 65 b. 2. Masofaviy ta’limning afzalliklari va kamchiliklari // Ta’lim: muvaffaqiyatga erishish yo‘li. - Ufa, 2010 yil. 100-106b 3. Zakirova F., Muxamedxanov U., SHaripov SH., Isyanov R., Esanboboev F., Dottoev S.. Elektron o‘quv-metodik majmualar va ta’lim resurslarini yaratish metodikasi. Metodik qo‘llanma.– T.: OO‘MTV, 2010. –64 b 4. www.fjsti.uz 5. https://tktishf.edu.uz/ 6. https://dist.edu.uz