3-SINF ONA TILI DARSLIGIDA FE'L BOʻYICHA BERILGAN BILIMLAR ASOSIDAKOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada 3-sinf ona tili darsligida fe’l bo‘yicha berilgan bilimlar asosida o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni tahlil qilinadi. Maqola, darslikdagi fe’l turkumlarining taqdimoti, ularning o‘quvchilarga ta’siri va amaliyotda qo‘llanilishiga e’tibor qaratadi. Shuningdek, fe’l bilimlarini o‘zlashtirish orqali o‘quvchilarda til ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash va ijodiy yondashuv kabi kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ta’lim jarayonida uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ham muhokama qilinadi. Maqola, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning bilim darajasini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Full text
Oktabr, 2025-Yil 179 3-SINF ONA TILI DARSLIGIDA FE’L BOʻYICHA BERILGAN BILIMLAR ASOSIDAKOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH Alibekova Xosiyat Esanboy qizi Guliston shahar 18-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17395595 Annotatsiya. Ushbu maqolada 3-sinf ona tili darsligida fe’l bo‘yicha berilgan bilimlar asosida o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni tahlil qilinadi. Maqola, darslikdagi fe’l turkumlarining taqdimoti, ularning o‘quvchilarga ta’siri va amaliyotda qo‘llanilishiga e’tibor qaratadi. Shuningdek, fe’l bilimlarini o‘zlashtirish orqali o‘quvchilarda til ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash va ijodiy yondashuv kabi kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ta’lim jarayonida uchraydigan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ham muhokama qilinadi. Maqola, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning bilim darajasini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so'zlar: 3-sinf, ona tili, darslik, fe’l, kompetensiyalar, ta’lim jarayoni o‘quvchilar, til ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash, muammolar va yechimlar. Аннотация. В данной статье анализируется процесс формирования компетенций учащихся на основе знаний, представленных в учебнике родного языка для 3-го класса, посвящённых глаголам. В статье особое внимание уделяется представлению глагольных категорий в учебнике, их влиянию на учащихся и их применению на практике. Также рассматриваются возможности развития таких компетенций, как языковые навыки, логическое мышление и творческий подход, у учащихся посредством овладения знаниями о глаголах. Обсуждаются проблемы, возникающие в образовательном процессе, и пути их решения. В статье содержатся рекомендации, необходимые для повышения качества образования и уровня знаний учащихся. Ключевые слова: 3-й класс, родной язык, учебник, глагол, компетенции, образовательный процесс учащиеся, языковые навыки, логическое мышление, проблемы и решения. Abstract. This article analyzes the process of forming competencies in students based on the knowledge given in the 3rd grade native language textbook on verbs. The article focuses on the presentation of verb categories in the textbook, their impact on students, and their application in practice. It also considers the possibilities of developing competencies such as language skills, logical thinking, and creative approach in students through the mastery of verb knowledge. Problems encountered in the educational process and ways to solve them are also discussed. The article contains recommendations necessary to improve the quality of education and improve the level of knowledge of students. Keywords: 3rd grade, native language, textbook, verb, competencies, educational process students, language skills, logical thinking, problems and solutions. Fe’l ustida ishlashda izchillik, boʻlimlar orasidagi bogʻlanish, dastur materialining hajmi, uni har bir sinfda oʻrganish usullari va vositalari shu soʻz turkumini oʻrganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi oʻquvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Fe’l mavzusini oʻrganishda asosiy vazifalar: fe’l soʻz turkumi haqida dastlabki tushunchani
Oktabr, 2025-Yil 180 shakllantirish, oʻquvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda ogʻzaki va yozma nutqda fe’ldan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini oʻstirish, oʻquvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, Grammatik mavzu bilan bogʻliq holda ayrim imloviy qoidalarni oʻzlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir biri bilan bogʻliq holda hal etiladi. Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlangʻich sinf oʻquvchilari faqat felning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi. Fe’lni oʻrganishda izchillik. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savodga oʻrgatish davrida boshlanadi. Bu davrda oʻquvchilarning diqqati felning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yigʻiladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi soʻz va mashqlarni oʻqish, rasmga qarab gap tuzish bilan bogʻlab oʻtkaziladi. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, soʻz nimani bildirishini va qanday soʻroqqa javob boʻlishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni,daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni koʻrib, gapni mazmunga mos soʻzlar bilan toʻldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi?...(pishadi), sabzavotlarnima qiladi?...(yetiladi), daraxt barglari nima qiladi?...(sargʻayadi). Bolalar nima qilyaptilar?...(dam olyaptilar), (oʻynayaptilar), (ishlayaptilar). Fe’lni oʻrganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan soʻzlar mavzusini oʻrganishdan boshlanadi (1-sinf, oʻquv yilining 2-yarmi). Fe’l leksikma’nosi bilan Grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan(nimaqilyapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydikabi misollardan foydalanish bilan, oʻquvchilar oʻzlari bajargan harakatlarni aytishni soʻrab, ular bergan javobini(fe’lni) soʻroqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat oʻtkazish bilantushuntiriladi. Oʻquvchilarni soʻroq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, oʻynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni ham tanlashga oʻrgatib borish muhim ahamiyatga ega.Bunday mashqlar oʻquvchilarda predmet harakatini keng ma’noda tushunish koʻnikmasining shakllana borishiga yordam beradi. [3] Dastur oʻquvchilarda soʻzlarga soʻroq berib, ularni bir-biridan farqlash koʻnikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun oʻqituvchi fe’lningharxilshakllaridan foydalanib, maxsus mashqlar oʻtkazadi. Nima? Soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻz bilan nima qildi? (nima qilyapti?, nima qiladi?) soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar taqqoslanadi: nima? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar guruh predmetni bildirishi, nima qildi? soʻrogʻiga javob boʻlgan soʻzlar guruhi esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga oʻrgatadi, ularni nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkonberadi. Fe’lga soʻroq berishga oʻrgatish yuzaki boʻlmasligi, oʻquvchilar harakat birkishi tomonidan bajarilsa, nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? soʻroqlarini, ikkiva undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qildilar?, nima qilyaptilar? Nima qilmoqchilar? soʻroqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday soʻroqlarga javob berishga oʻrgatish oʻz navbatida, fe’l zamonlarini oʻrganishga tayyorlash demakdir. Boshlangʻich sinf ona tili darslarida pedagogik kompetensiyalarni ishlab chiqish va ularga tayangan holda oʻquvchilarga har bir mavzu yuzasidan yondashish bugungi kun ta’limining yutugʻi hisoblanadi. Boshlangʻich ta’limda motivlar hosil qilishda didaktik oʻyinlarning oʻrni beqiyosdir. Oʻyinsiz tom ma’nodagi aqliy rivojlanish boʻlishi mumkin emas.
Oktabr, 2025-Yil 181 Oʻyin oʻquvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uygʻotuvchi uchqundir. Oʻyin boshlangʻich sinf oʻquvchilarida ma’lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar-oʻqituvchilar, tarbiyachilar, otaonalar tomonidan qoʻllaniladigan usul. Oʻyin vositasida oʻquvchilarning bilim oʻzlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda boʻlishga oʻrganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi. Maktab yillarida oʻyin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. Oʻquvchilarning oʻyin faoliyati juda koʻp soha olimlarining, ya’ni, faylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san’atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi. Didaktik oʻyin oʻrganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilishi sohasidagi faol faoliyatdir. Oʻyinning boshqa faoliyat turlaridan muhum farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik oʻyinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi oʻquv faoliyatidir. Shuningdek, hozirgi davrda XXI asr pedagogidan nafaqat nazariy bilim balki shu bor bilimni oʻquvchilar ongiga samaraliroq usullar orqali yetkazish, berilgan bilimning oson, puxta va tez oʻzlashtirilishiga zamin yaratish, oʻquvchilar ongida mantiqiy fikrlash, ijodkorlik va ravonlikni shakllantirish ham talab etilmoqda. Albatta bunday vazifalar innovatsion texnologiyalar, turli xil interaktiv oʻyinlar orqali amalga oshiriladi. Demak, endi oʻqituvchidan an’anaviy darsdan noan’anviy darsga oʻtish talab etiladi. Noanʼanaviy darsning asosiy yoʻnalishlari: a)Oʻquvchilarga mustaqil fikr yuritishni oʻrgatish; b) Oʻquvchi fikrini bir nuqtaga jamlash; c) Oʻquvchilarda fan asoslari, yutuqlari toʻgʻrisida aniq tushuncha hosil qilish;d) Olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash va boshqalarga oʻrgatish va hokazo. Yana bir e’tiborga olinishi lozim boʻlgan jihat bu ona tili va adabiyot darslari davomida kompyuter texnologiyalardan foydalanishdir. Buning uchun birinchi navbatda oʻqituvchi sinf xonasini kerakli jihozlar bilan ta’minlanishini tashkil etishi, soʻngra mavzuga doir taqdimotlar, videolar, qisqa filmlar, rasmlar va ijod namunalarini yaratishi yoki internet saytlaridan sifatlilarini tanlab yuklab olishi lozim. Buning asosiy sababi, ular oʻquvchilarning ijodkorligini va dunyoqarashini kengaytirishga, visual oʻrganishni rivojlantirishga va albatta oʻquv jarayonining qiziqarliroq va sifatliroq tashkil etilishiga yordam beradi. Bu usul grammatik jihatdan murakkab mavzularning oson tushunilishiga, rasmlar orqali oʻquvchilarning mustaqil oddiy gapdan to kichik matn tuza olish qobiliyatini oʻstirishga, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodini koʻz oldida gavdalantirish va yaxshiroq yodda saqlashga, ularning ijod namunalaridan ekran orqali bahramand boʻlishga yordam berishi bilan alohida xarakterlanadi. Har bir darsni oʻziga xos usul asosida oʻtish, oʻquvchining fanga boʻlgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uygʻotishoʻqituvchining mahoratiga bogʻliq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni oʻzdarslaridaqoʻllasa, albatta ijobiy natijaga erishadi. Bugungi kun oʻqituvchisiningmaqsadibarkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlarbilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga oʻrgatish, bilim va hayotiy koʻnikmalar hosil qilish, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuygʻularini qaror toptirishdan iborat. Bu [5] ezgu maqsadlarni ilgʻor pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida oʻtilgan mashgʻulotlarda amalga oshirish mumkin.
Oktabr, 2025-Yil 182 Innovatsion texnologiya– ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qoʻllash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida oʻqituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, oʻzgartirishlar kiritish boʻlib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashgʻulotga aylanadi. Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud boʻlib, ularning aksariyati tajriba-sinovdan oʻtib, yaxshi natija bergan. Keng qoʻllaniladigan usullar– “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-soʻrov”,“Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning oʻtilgan mavzuni soʻrash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”,“Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”,“Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida“Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptualjadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”,“T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qoʻllash dars samaradorligini ta’minlab, oʻquvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Ona tili va adabiyot darslarida ham yuqorida sanab oʻtilgan interfaol metodlardan tashqari “Ha…yoʻq”,“Ta’rif egasini top”, “Men kimman?”, “Domino” kabi didaktik oʻyinlardan foydalanish mumkin. Oʻyin vaqtida oʻquvchilar oʻzini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada oʻquvchida ishonch, qat’iyat paydo boʻladi. Munozaraga kirishishni oʻrganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda oʻquvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim. Xulosa, oʻrnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini boyitishga oid ishlarni muntazam ravishda olib borish lozim. Oʻquvchilar ma’naviyatini shakllantirishda pedagogik omillarni ham koʻplab topsa boʻladi. Ular ta’lim mazmunini yangi sifat bosqichiga koʻtarishga mustahkam didaktik asos boʻla oladi va ularni ta’lim mazmuniga ustalik bilan kiritish esa, oʻziga xos innovatsion jarayon boʻlib, bunda oʻqituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Adilova S.A. Oʻzbеk tili mashgʻulotlarini kompyutеr tеxnologiyalarvositasida tashkil etish: pеd. fan. nom. ... dis. –Toshkеnt, 2004. – 160b. 2. Anorqulova Y. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari ongida oʻzbektili orqalimilliylikni shakllantirish: Magist.dissert.- Toshkent: 2021. – 100 b. 3. Asqarova M. va boshq. Kichik yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish.–Toshkеnt: Oʻzbеkiston, 2001. – 97 b. 4. Ashrapova T., Odilova M., Boshlangʻich sinflarda onatili oʻqitishmetodikasi, - T.: Oʻqituvchi, 1984. 5. Kеnjaеva M.A. Ona tili fanini oʻqitishda innovatsion tеxnologiyalarningahamiyati \\Fanlarni oʻqitishda innovatsion mеtodikalar. Rеspublika masofaviy ilmiy sеminar matеriallari. – Toshkеnt-Samarqand. 2020. – B. 44 6. Matchonov S. va bosh. Oʻqish kitobi. 4-sinf uchun darslik. T., 2013. 240b. 7. Matjonov S., Gʻulomova H., Dolimov Z. 3-4-sinfda oʻqish darslari. Oʻqituvchi kitobi. Toshkent, 2007. 192 bet
Oktabr, 2025-Yil 183 8. Matjonov S., Gʻulomova H., Dolimov Z. Oʻqish kitobi. 4-sinf uchun.Toshkent, 2007. 272 bet.